Preparatlar.
D o p a n (Dopanum). Òabletka holida 0,002 g dan ishlab
chiqariladi. 0,006—0,012 g dan 3—5—7 kun davomida 1 marta
ichiladi. Davo kursi: 5—7 marta qabul qilinadi.
S a r k o l i z i n (Sarcolysinum). Òabletka holida 0,01 g,
kukun shaklida 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Haftada 1 marta
ovqatdan keyin ichiladi. Vazni 50 kg dan ortiq bemorlarga bir
martalik dozasi 0,03—0,05 g.
S i k l o f o s f a n (Cyclophosphanum). Kukun shaklida
flakonda 0,2 g dan inyeksiya uchun ishlab chiqariladi. Venaga,
mushaklar orasiga, plevra bo‘shlig‘iga, qorin bo‘shlig‘iga 0,2 g
dan har kuni yuboriladi.
B e n z o t e f (Benzotephum). Sterillangan kukun, flakonda
0,024 g dan ishlab chiqariladi. 20 ml izotonik eritmada eritib,
venaga haftada 3 marta yuboriladi.
Ò i o f o s f a m i d (Thiophosphamidum). Liofillangan kukun
holida flakonda 0,01 g dan ishlab chiqariladi. Mushaklar
orasiga, vena, arteriya, plevra va qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi.
362
M e r k a p t o p u r i n (Mercaptopurinum). Òabletka shaklida
0,05 g dan ishlab chiqariladi. 0,002—0,0025 g/kg tana vazniga
1—3 marta ichishga beriladi.
M e t o t r e k s a t (Methotrexatum). Òabletka holida 2,5 mg
dan, ampulada kukun holida 5 mg dan va 0,9% li natriy
eritmasi ampulada 2 ml dan birga ishlab chiqariladi.
F t o r u r a t s i l (Phthoruracilum). 5% li eritmasi 5 ml dan
ampulada ishlab chiqariladi. Har kuni venaga asta-sekin 10—
15 mg/kg vazn o‘lchovida yuboriladi.
F t o r a f u r (Phthorafurum). Ampulada 4% li eritmasi 10
ml dan ishlab chiqariladi. Har 12 soatda 1,2—2 g (30 mg/
kg) dan venaga yuboriladi.
V i n k r i s t i n (Vincristinum). Ampulada quruq kukun
holida; 0,5 mg dan erituvchi bilan birga ishlab chiqariladi.
Venaga haftada 1 marta (0,05—0,15 mg/kg) yuboriladi.
V i n b l a s t i n (Vinblastinum). Liofillangan kukun holida
0,005 g dan flakonda ishlab chiqariladi. Venaga haftada 1 marta
yuboriladi (0,025 dan 0,3 mg/kg gacha).
K o l x a m i n (Colchaminum). 0,5% li surtma sifatida 25 g
dan ishlab chiqariladi; tabletka holida 0,002 g dan chiqariladi.
Òeri o‘smalarida surtiladi. Qizilo‘ngach o‘smasida kunora 0,006—
0,01 g ichiladi.
A d r i a b l a s t i n (Adriablastinum). Antratsiklinlar guruhiga
kiruvchi antibiotik. Flakonda 0,01 g dan kukun holida, flakonda
5 ml inyeksiya uchun, suyultiradigan suv bilan ishlab
chiqariladi. 0,01 g ni distillangan suvda yoki natriy xloridning
0,9% li eritmasida (5 ml) venaga yuboriladi.
D a k t i n o m i t s i n (Dactinomycinum). Ampulada 0,05% li
eritmasi 1 ml dan ishlab chiqariladi. Venaga 0,0005 g dan 5
kun davomida yuboriladi.
O l i v o m i t s i n (Olyvomycinum). Nurli zamburug‘lar
ishlab chiqaradigan antibiotik. Flakonda 0,02 g dan kukun holida
ishlab chiqariladi. Har kuni yoki kunora venaga sekin-asta
yuboriladi.
R u b o m i t s i n g i d r o x l o r i d (Rubomycini hydrochlori-
dum). Flakonda 0,02 g dan ishlab chiqariladi. Venaga yuboriladi.
L - a s p a r g i n a z a . Flakonda 10000 ÒB dan ishlab
chiqariladi. Venaga sekin-asta yuboriladi (natriy xlorning 0,9%
li eritmasida suyultiriladi).
363
F o s f e s t r o l ( Phosphestrolum). Òabletka holida 0,1 g,
ampulada 6% li yog‘li eritmasi 5 ml dan ishlab chiqariladi. Venaga
sekin-asta (tomchilab) 1 ampuladan yuboriladi. Ichish
uchun 0,1 g dan kuniga 2—3 marta beriladi.
F i l g r a s t i m ( Filgrastimum). Aminokislotalar qoldig‘ini
saqlovchi poliðeptid. 1 ml da 0,3, 0,48 mg saqlaydi. 5 ml
glukozada eritib, venaga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |