3
KIRISH
Aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni kuchaytirish, onalik va
bolalikni himoya qilish, sog‘lom avlodni kamol toptirish
borasida, milliy tibbiyotimiz va farmatsevtikamiz
rivojlanishida
O‘zbekiston Respublikasining „Ta’lim to‘g‘risida“gi, „Fuqa-
rolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“gi qonunlari, „Sog‘liqni
saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi“ning qabul qilinishi
katta ahamiyat kasb etdi. Aholi sog‘lig‘ini saqlash va kasallikning
oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bemorlarni
parvarish va birinchi tibbiy sanitariya yordamini ko‘rsatish o‘rta
tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklatiladi.
Shu talabga asosan, yuqori malakali, yangi tibbiyot
texnikasi bilan mukammal ishlaydigan, bemorning
ahvoliga
baho berib, kasallik simptomatikasi asosida tashxis qo‘yib,
bemor muammosi bo‘yicha mustaqil reja tuzib ishlay oladigan
barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlarini
yetishtirish zarur.
Farmakologiya asoslari fani umumiy va xususiy qismlarga
bo‘linadi. Umumiy qismda fanning qisqacha tarixiga, mohiyatiga
va boshqa tibbiy, biologik fanlar bilan aloqasiga to‘xtalib o‘tilgan.
Shuningdek, dori shakllari va ularning turlari, dorixona, uning
tuzilishi va vazifalari, asosiy qoida va qo‘llanmalar, dorilarning
dozalari, zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dorilar haqida
tushuncha keltiriladi, sinonimlar, retsept
va retsept yozish
qoidalari, retseptda yoziladigan dori dozalarini tekshirish va
hisoblash yo‘llari o‘rgatiladi.
Xususiy qismda periferik va markaziy asab tizimiga ta’sir
etuvchi, bajaruvchi a’zolarga, modda almashinuviga, mikrob-
larga qarshi, immunobiologik sistemaga ta’sir etadigan,
antiblastom va boshqa dori vositalariga, doridan zaharlanishda
ko‘riladigan choralarga oid ma’lumotlar o‘rin olgan.
Bulardan tashqari, darslikda keltirilgan, farmakalogiya
guruhga tegishli ayrim qadimdan ishlatib kelingan va asosan
4
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va qisman xorijiy
retsepsiz beriladigan dori vositalari keltirilgan.
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston
Respublikasi
Sog‘liqni Saqlash vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
qoshidagi muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan 2016-yilda
tasdiqlangan, 3510500 — „Farmatsevt-assistent“ mutaxassisligi
uchun „Farmakologiya asoslari“ bo‘yicha tuzilgan dasturiga
muvofiq yozildi.
Ba’zi dori vositalari dasturdan
chiqarildi, ularning o‘rnini
yangilari egalladi hamda bir qator dori vositalari qaytadan
chuqur tekshirilib, ularning ta’sir etuvchi biologik faol
moddalari aniqlandi, natijada yangi dorivor preparatlar yaratildi.
Keyingi vaqtlarda qator dori vositalarining lotin tilida yangi
nomlari qabul qilindi, ba’zilarining
eski nomlari qaytadan
tiklandi. Bu, o‘z navbatida, ularning o‘zbek va rus tilidagi
nomlarining ham o‘zgarishiga olib keldi. Shu yangiliklar
„Farmakologiya asoslari“ fani dasturiga muvofiq kitobimizda o‘z
ifodasini topdi.
O‘quv qo‘llanma farmatsiya yo‘nalishi bo‘limining o‘quv-
chilariga mo‘ljallangan, undan, shuningdek, farmatsevtika fao-
liyati bilan shug‘ullanayotgan keng mutaxassislar ommasi
foydalanishlari mumkin.