Farmakologiya



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Antigistamin vositalar. Antigistamin preparatlar deb,
gistaminga qarshi ta’sir etib, allergiyaning belgilarini bartaraf
etadigan dori vositalariga aytiladi. Ular ta’sir etish mexanizmiga
ko‘ra 3 guruhdan iborat: gistaminoblokatorlar, qondagi
gistaminni kamaytiradigan dorilar, Erlix hujayralaridan
gistaminning ajralishini to‘sadigan preparatlar.
Gistaminoblokatorlar, asosan, to‘qimada joylashgan,
gistaminga nisbatan sezgir bo‘lgan retseptorlarni to‘suvchi dori
vositalari hisoblanadi. Bular, o‘z navbatida, qaysi gistamino-
retseptorlarga ta’sir etishiga qarab H
1
- va H
2
- gistaminoblo-
katorlar tafovut etiladi.
H
1
-gistaminoblokatorlarga dimedrol, tavegil, suprastin,
diðrazin, fenkarol, diazolin va boshqalar kiradi.
H
1
-gistaminoblokatorlar H
1
-retseptorlarni to‘sib, gistamin
keltirib chiqargan barcha o‘zgarishlarni va allergiya belgilarini
bartaraf qiladi yoki ularning rivoj topishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Masalan, gistamin keltirib chiqaradigan qon tomirlarining
kengayishini yo‘qotib, ularni toraytiradi, qon tomir devorining
o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, qon bosimini normallashtiradi,
qisqargan silliq mushaklarni bo‘shashtiradi va hokazo. Boshqacha
aytganda, allergiyaga xos bo‘lgan belgilarni (shish, qizarish,
qichima, og‘riq va hokazo) kamaytiradi va bartaraf etadi.
H
1
-gistaminoblokatorlar H
2
-gistaminoretseptorlarga ta’sir
etmagani uchun gistamin ta’sirida xlorid kislotaning ajralishi
o‘zgarmaydi. Demak, H
1
-gistaminoblokatorlar allergiyaga qarshi
bo‘lgan farmakologik xossaga ega bo‘lgani uchun, ushbu guruhga
kiruvchi preparatlar allergiya xastaligining deyarli hamma
shakllarida keng qo‘llaniladi.


366
Ushbu preparatlar ayrim xususiyatlariga ko‘ra shartli
ravishda ikki guruhga bo‘linadi. Dimedrol, suprastin, piðolfen
va qisman tavegil preparatlari antigistamin ta’siridan tashqari
markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi va uyqu keltirib
chiqaruvchi xususiyatga ega, qolgan preparatlar esa (diazolin,
fenkarol) bunday xossaga ega emas. Shuning uchun ham
b i r i n c h i   g u r u h  preparatlarni tavsiya etishda bemorning
qaysi sohada ishlashi, kasbi hisobga olinishi kerak. Diqqat-
e’tiborni talab qiladigan ishda band bo‘lgan kishilarga ushbu
dorilar tavsiya etilmaydi. Bularga ikkinchi guruh preparatlar
(diazolin, fenkarol) beriladi.
Dimedrol, suprastin va piðolfen preparatlariga yuqorida
keltirilgan ta’sirlardan tashqari, ular qisman mahalliy og‘riq
qoldiruvchi spazmolitik, adrenoblokatorlik (piðolfen), xolino-
blokatorlik ta’sir ko‘rsatadi.
Piðolfen (diðrazin) neyroleptiklarga yaqin bo‘lgani uchun
narkoz, uxlatuvchi va analgetiklar ta’sirini kuchaytiradi,
qisman giðotenziv va giðotermik ta’sirga ham ega.
H
1
-gistaminoblokatorlar me’da-ichakdan yaxshi so‘riladi.
Ayrimlari parenteral yo‘l bilan ham yuboriladi. Keltirilgan pre-
paratlardan tavegilning ta’sir etish muddati uzoqroq (8—12 s).
Antigistamin preparatlari, asosan, allergiyaning teri va shilliq
pardani zararlantiruvchi turida yaxshi samara beradi, bronxial
astma xastaligida kor qilmaydi. Bunda ko‘proq adrenomimetiklar
(adrenalin, efedrin, izadrin), xolinoblokatorlar (atropin) va
boshqa preparatlar (teofilin, teobromin, kortikosteroidlar) ish-
latiladi (13- jadval).
13-jadval

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish