Farmakologiya


IMMUNOLOGIK JARAYONLARGA ÒA’SIR EÒUVCHI



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

IMMUNOLOGIK JARAYONLARGA ÒA’SIR EÒUVCHI
DORI VOSIÒALARI
Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori vositalari. „Allergiya“
so‘zi grekcha alle so‘zidan olingan bo‘lib, „boshqacha,
o‘zgacha“ degan ma’noni bildiradi. Bu xastalikning kelib
chiqishida tananing immunobiologik tizimi muhim rol o‘ynaydi.
Ma’lumki, ushbu tizim tanaga tushgan va kasallik paydo
qiladigan ko‘pchilik mikroorganizmlarga qarshi kurashib,
ularning zaharli ta’sirini yo‘qotadi yoki kamaytiradi.
Immunobiologik tizimning faoliyati va tuzilishi ancha
murakkab bo‘lib, tanani himoya qilish vazifasini, asosan, limfa
tizimi bajaradi. Uning tarkibiga timus (ayrisimon bez), limfatik
follikulalar va tugunchalar, taloq, qon va boshqalar kiradi.
Immunitetning hosil bo‘lishida limfotsitlar (Ò- va B-
limfotsitlar) faol qatnashadi. Bundan tashqari, immunobiologik
tizim ko‘pchilik kasalliklarning (rak, revmatizm va boshqalar-
ning) paydo bo‘lishi va rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishi
aniqlangan.
Allergiyani keltirib chiqaradigan moddalar allergenlar
deyiladi. Ular ekzo- va endoallergenlarga bo‘linadi. Ekzoal-
lergenlar deb tashqi muhitdan tanaga ta’sir etuvchi moddalarga
(kimyoviy moddalar, dori preparatlari, uy buyumlari,
o‘simliklar va hokazo), endoallergenlar deb, tananing o‘zida
hosil bo‘ladigan (masalan, kuyganda) to‘qima oqsilining
o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladigan moddalarga aytiladi.
Ma’lumki, ko‘pchilik dori moddalarini qabul qilgandan
so‘ng ular qonga o‘tib, asosan, jigarda metabolizmga uchrashi
(oksidlanish, gidrolizlanish, konyugatsiya va boshqalar)
natijasida hosil bo‘lgan ba’zi moddalar (metabolitlar) bo‘lib,
allergiyaga sabab bo‘lishi mumkin.


364
Allergenlar immunobiologik tizimga ta’sir etadi va ularga
qarshi antitana hosil qilinadi. Bu antitanalar oqsildan (gamma-
globulin) iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda mana shu antigen —
hujayra — antitana kompleksi Erlix (bazofillar) hujayralaridan
biologik faol bo‘lgan moddalar (gistamin, serotonin, asetilxo-
lin, prostoglandin va boshqalar) ajralib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Natijada ajralib chiqqan endogen gistamin qon bilan
tarqalib, tanada ko‘pgina o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.
Masalan, gistamin ta’sirida qon tomirlari (ayniqsa, kapil-
larlar) kengayadi, uning devori o‘tkazuvchanligi oshadi,
natijada qon tarkibidagi suyuqlik qon tomir devori orqali
to‘qimalarga o‘tadi, qon tomirlarda quyuqlashib, aylanishi
sekinlashadi, qon bosimi tushishi mumkin. Qon tarkibidagi
suyuqlik — ekssudatning to‘qimalarga o‘tishi natijasida
to‘qimada shish hosil bo‘ladi. Agar shunday shish burun
shilliq qavatida vujudga kelsa, bemor rinit (tumov)ga chalinib
qoladi, aksiradi, burundan suyuqlik ko‘p oqadi, burun
qizaradi. Shish teri to‘qimasida bo‘lsa „eshakyemi“ toshib, shu
joy qizarib ketadi. Ayrim hollarda butun badanga toshmalar
toshib, qichib turadi.
Endogen gistamin ta’sirida tanadagi ko‘pchilik silliq
mushaklar qisqaradi, masalan, nafas yo‘llari — bronxlarning
silliq mushaklari qisqarishi natijasida ular torayadi va nafas
olish va chiqarish qiyinlashadi. Nafas qisishi, ya’ni bronxial
astma avj oladi. Bachadon mushaklarining qisqarishi natijasida
homila vaqtidan ilgari tug‘ilishi mumkin. Shunday qilib,
allergiya holatining kelib chiqishida to‘qima gistamini muhim
rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, gistamin ta’sirida me’da shilliq
pardasida joylashgan xlorid kislota ishlab chiqaradigan pariyetal
hujayralarning faoliyati ham kuchayadi. Me’da shirasining
miqdori xlorid kislota hisobiga oshadi.
Gistaminning bunday farmakologik ta’siri gistaminoretsep-
torlar tufayli yuz beradi. Gistaminoretseptor gistamin ta’sir
etadigan va unga nisbatan sezuvchi to‘qimalarda joylashgan
biokimyoviy tuzilma. H
1
- va H
2
-gistaminoretseptorlar tafovut
qilinadi. H
1
-gistaminoretseptorlar silliq mushaklarda joylashgan.
Ular qo‘zg‘atilsa, ushbu mushaklar qisqaradi. H
2
-gistamino-
retseptorlar esa me’da pariyetal sekretor hujayralarida bo‘lib,
ularning qo‘zg‘alishi natijasida xlorid kislota ajralishi ortadi.


365
Gistamin ta’sirida qon tomirlarining kengayishi va qon
bosimining tushishi ko‘proq H
1
-gistaminoretseptorlarning
ta’sirlanishidan kelib chiqadi.
Shunday qilib, endogen gistamin H
1
-gistaminoretseptor-
larni ta’sirlab, allergiyaga xos alomatlarni („eshakyemi“, angio-
nevrotik shish, Kvinke shishi, konyunktivit, rinit, bronxial
astma va boshqalar) keltirib chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda,
allergiyaning rivoj topishida endogen gistamin asosiy rol
o‘ynaydi.
Allergiyaga qarshi ishlatiladigan dori preparatlari ta’sir etish
mexanizmiga qarab ikki guruhga bo‘linadi: antigistamin va
allergiyaga qarshi turli preparatlar.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish