Mavzu: Endogen jarayonlar 1-§. Endogen jarayonlar tavsifi



Download 270,42 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.04.2022
Hajmi270,42 Kb.
#565058
Bog'liq
Mavzu. Endogen jarayonlar



Mavzu: Endogen jarayonlar 
 
1-§. Endogen jarayonlar tavsifi 
Endogen termini yunoncha “endos” — ichki, ichida, ichkarida; “gen” —
tug„ilish so„zlari yg„indisidan tashkil topgan bo„lib, yer qa‟rida yer ichki kuchlarining 
ta‟sir etishidan yuzaga keladigan geologik jarayonlardir.
Yerdagi bo„ladigan jarayon 
vulkan otilishi, zilzila, tog‘ hosil bo‘lishi, Yer 
po‘stining cho‘kishi va ko‘tarilishi, metamorfizm, gidrotermal jarayonlar
bilan 
bog„liq harakatlar endogen jarayon deb ataladi. Yerdagi behisob energiya ta‟siridan 
jinslarning yotish holati va tarkibi o„zgaradi, burmali tog„lar, vulkan xarakterlaridan 
vulkan tog„lar va orollar hosil bo„ladi.
Yer po„stining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada to„plangan energiya 
qatlamlarning burmalanishiga, yoriqlar va uzilmalar hosil bo„lishiga, qatlamlarni 
yoriqlar bo„ylab turli yo„nalishlarda siljishiga, zilzilalar vujudga kelishiga va 
boshqalarga olib keladi. Magmaning cho„kindi yotqiziqlar ichiga joylashishi va ular 
bilan reaksiyaga kirishishi, flyuidlarning yoriqlar bo„ylab yuqoriga ko„tarilishi va 
boshqalar omillar ta‟siridan turli foydali qazilma konlari hosil bo„ladi. 
Endogen jarayonlarning rivojlanishi ayrim hollarda ekzogen jarayonlar 
ta‟sirida vujudga keladi. Ko„pgina geologik hodisalar, foydali qazilmalarni tarkib 
topishi (mas, neft, toshko„mir va boshqalar) va strukturalarning shakllanishi ekzogen 
va endogen geologik jarayonlarning bir-biriga bo„lgan aloqasiga bog„liqdir. 
Yer qatlamlarini o„zgarishidan hosil bo„lgan har xil strukturalarni o„rganuvchi 
geologiyaning sohasi 
geotektonika 
deyiladi.


6-chizma.
Endogen jarayon 
Materiklar, dengiz va okeanlar tubidagi yirik relyef shakllarning (planetar 
relyef shakllari, megashakllar, makroshakllar) kelib chiqishi va shakllanishida 
endogen jarayonlar asosiy omil hisoblanadi.
Mashhur 
rus 
olimlari 
I.P.Gerasimov 
va 
Yu.A.Mashcheryakovlar 
geomorfologiyaning asosiy tushunchalaridan hisoblangan 
geotektura,
morfostruktura
va 
morfoskulpturalar
kabilarni fanga kiritishda endogen kuchlarni, ya‟ni tektonik 
harakatlarning relyef hosil qilishdagi rolini etiborga olganlar. Ularning fikricha
geotekturalar
 
shunday relyef shakllariki, ularning hosil bo„lishida deyarli faqat 
endogen kuchlar qatnashadi. 
Geotekturalarga
 
yaxshi materiklar, okean tublari, yirik 
tog„ tizmalari va tekisliklar misol bo„la oladi. 
Morfostrukturalar
relyefning asosan 
endogen kuchlar ishi natijasida kelib chiqqan ikkinchi darajali shakllari bo„lib, 
ularning hosil bo„lishida ekzogen (tashqi) jarayonlar ham qisman ishtirok yetadi. Bu 


relyef shakllariga tog„ tizmalari va ular orasida hosil bo„lgan tog„ oraliq botiqlari 
misoldir.
Morfoskulpturalarning
tarkib topishida ham endogen va ekzogen jarayonlar 
ishtirok yetadi. Biroq morfoskulpturalarning shakllanishida asosan ekzogen jarayonlar 
hal qiluvchi omil hisoblanadi. Morfoskulpturalarning kelib chiqishida oqar suvlar, 
shamollar, muzliklar va boshqa jarayonlar asosiy vazifani bajaradi.
2-§. Tektonik harakatlar nima?
 
Tektonik harakatlar
 
(yun. tektonikos — qurilishga oid) endogen jarayonlar 
ichida eng qudratlisidir. Shuning uchun tektonik harakatlarning turi, shiddatli 
kechishi, yo„nalishi yirik relyef shakllarining rivojlanishini oldindan aniqlab beradi.
Tektonik harakatlar ― Yer qa‟rida sodir bo„lgan jarayonlar natijasida vujudga 
kelgan Yer po„sti harakatlari. Tektonik harakatlar Yer po„sti va asosan Yer 
mantiyasidagi kuchlar ta‟sirida sodir bo„lib, po„stni tashkil etgan jinslarni 
deformatsiyaga olib keladi.
Tektonik harakatlar odatda, deformatsiyaga uchragan tog„ jinslarining 
kimyoviy tarkibi, fazaviy holati (mineral tarkibi)
Nazorat uchun savollar 
1.
Endogen termini ma‟nosini tushuntirib bering? 
2.
Endogen jarayonlarga qaysi jarayonlar kiradi? 
3.
Yer qa‟rida yer ichki kuchlarining ta‟sir etishidan yuzaga keladigan 
geologik jarayonlar nima deb ataladi? 
4.
Yer po„stining chuqur qismlarida va yuqori mantiyada to„plangan 
energiya qanday hodisalarga olib keladi? 
5.
Yer qatlamlarini o„zgarishidan hosil bo„lgan har xil strukturalarni 
o„rganuvchi fan sohasi qanday nomlanadi? 


6.
Yerning taraqqiyot tarixida qanday burmalanishlar bo„lib o„tgan? 
7.
Hozirgi davrdagi Yer yuzasidagi relyef shakllarining kelib chiqishida 
qanday tektonik harakatlar asosiy rolni o„ynagan? 
8.
Geotektura, 
morfostruktura 
va 
morfoskulptura 
tushunchalarini 
geomorfolog olimlardan kimlar fanga kiritgan va ular nimani anglatadi?
 

Download 270,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish