Barcha о‘simlik turlarining urug‘lari va
donlari tashqi muhitdan har
xil gaz va bug‘larni o‘ziga singdirib (sorbtsiyalash) olish xususiyatiga
ega. Ba’zan ma’lum sharoitlarda aksincha jarayon yuzaga kelib, bu
moddalar tashqi muhitga chiqariladi (adsorbtsiyalash).
Don
uyumida ko‘pgina sorbtsiyalash jarayonlari kuzatiladi:
adsorbtsiyalash, kapillyar kondensatlash va xemosorbtsiya.
Bular - ning
barchasi umumiy nom bilan donning sorbtsiyaon xususiyatlari deb ataladi.
Har
qanday don uyumi yaxshi sorbent hisoblanadi.
Don uyumining
yaxshi sorbent ekanligi quyidagi ikki omil bilan izohlanadi: har bir
donning kolloid kapillyar-g‘ovak strukturaga ega bo'lishi
hamda don
uyumining g‘ovakligi.
Ma’lumki don uyumi namlik, bug‘ va turli hidlarni tashqi muhitdan
o‘ziga singdirib olish xususiyatiga ega. Don uyumidagi g‘ovaklik, unda
kapillyarlar bo‘lishi yaxshi sorbent ekanligini bildiradi. Bug‘, hid, namlik
va boshqa suyuqliklarni don uyumi tomonidan
singdirilishi sorbtsiya,
aksincha ya’ni yuqoridagilarning don uyumidan chiqib ketishi adsorbtsiya
deyiladi. Don uyumlarining uglerod, azot, ammiak, turli kislota va boshqa
birikmalardan hosil boMgan gazlarni o'ziga singdirib olishi ayniqsa
kuchlidir.
Donlarni tashish jarayonida transport vositalarining ishlashi natijasida
chiqadigan turli gaz va bugMarni ham don uyumi o‘zi- ga yengil
singdiradi. Don uyumi tomonidan singdirilgan
neft mah sulotlari hidini
yo'qotish juda qiyin. Shuning uchun don uyumini sorbtsion xususiyatlarini
chuqur bilish va tashish, joylash, saqlash jarayonlarida unga qat ’iy e’tibor
berilishi lozim.
Don saqlash omborlari va don tashuvchi transport vositalari umuman
begona hidsiz bo‘lishi shart. Don uyumini saqlashda saqlash joylarini faol
shamollatish, begona hid va gazlardan holi etish kabi tadbirlar ham don
uyumining sorbtsion xususiyatlariga uzviy bog‘langandir.
Don uyumininghavodagi
namlikni singdirib olishi, kapillyarlik va
G‘ovak tuzilishga ega ekanligi uning suvga ta’sirchan mahsulotligini
bildiradi.
51
Ushbu xususiyat don uyumining barcha komponentlari (don,
mikroorganizmlar,
zararkunandalar, donlar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib
turuvchi havo) uchun xosdir. Donga suv bug‘ining singishi va
namligining ortishi havoda suv bug‘ining bosimi don yuzasidagi suv
bug‘ining bosimidan yuqori boMganda ro‘y beradi.
Aksincha don
yuzasidagi suv bug‘ining bosimi havonikidan yuqori bo‘lsa, don
uyumidagi suv bug‘i havoga tarqaladi va namlik pasayadi.
Namlik almashinuv jarayoni don uyumi bilan havo o‘rtasida uzviy
boglangan holda o‘tib, ulardagi suv bug‘ining bosimi tenglashguncha
davom etadi. Don uyumi va havo namligi bosimlarining tenglashgandagi
darajasi donning muvozanat namligi deb ataladi. Don uyumining
muvozanat namligi don turiga va ombor- xona haroratiga ko‘ra turlicha
boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: