Donni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi


Donning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qiymati



Download 7,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/142
Sana26.10.2022
Hajmi7,4 Mb.
#856823
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv qo`llanma

Donning kimyoviy tarkibi va oziqaviy qiymati
 
Bug‘doy doni inson a’zolari uchun eng qimmatbaho ozuqadir. 
Yumshoq bug'doy donining kimyoviy tarkibi va yuqori quvvatga egaligi 
bilan un tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarishda eng arzon 
xomashyo hisoblanadi. Bundan tashqari, bug‘doy donidan yorma olinib, 
yorma makaron va konditer sanoatida ishlatiladi. Bug‘doy donlaridagi 
oqsil moddalar kleykovinani ko‘p bo‘lishiga 
60


yordam beradi va u nonning g‘ovakligini ta’minlaydi, bu esa inson 
organizmida tez hazm bo‘lishiga olib keladi. 
Bug‘doyda gliadin va glyutenin oqsillari mavjud. Bu oqsillar suvda 
bo‘kib, o‘z massasiga nisbatan 20-30% suvni yutadi va kleykovina deb 
ataluvchi bog'langan elastik massasini hosil qiladi. Kleykovinaning 
qayishqoq-elastik xossalari bug‘doy unidan yuqori sifatli non va makaron 
mahsulotlari tayyorlash imkonini beradi. 
Bug‘doy donining tarkibida uning naviga qarab 11 % dan 18-19 % 
gacha oqsil moddasi boiadi. Nondagi oqsilning hazm bo‘lishi 95 % ni 
tashkil qiladi. 
Qattiq bug‘doy donidan olingan unda oqsil moddasi yumshoq 
bug‘doyga nisbattan ko‘p bo‘lib, kleykovinasi esa qayishqoqdir. Bunday 
unlar makaron mahsulotlari uchun asosiy xomashyo hisoblanadi. Bu 
donlardan manniy yormasi hamda kraxmal olinadi. Bug‘doy kepagidan 
turli dorivorlar olinadi, shu bilan birgalikda chorvachilikda omuxta -yem 
uchun xomashyo hisoblanadi. Bug‘doy donining meva qobig‘i ostida 
urug‘ qobig‘i joylashgan. U yupqa va mo‘rt bo‘lib, don massasini 2-
2,5%ni tashkil etadi. Meva va urug‘ qobiqlaming tarkibida oz miqdorda 
oqsil, qandlar va yog‘lar bo‘lib, asosiy qismini mineral moddalar va inson 
organizmida kam hazm bo‘ladigan sellyuloza, gemittsellyuloza kabi 
moddalarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, meva va urug‘ qobiqlari 
unning rangini qoraytiradi. Shuning uchun meva va urug‘ qobiqlari un 
ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadi. Donning asos tomonida 
joylashgan murtak tashqi tomonidan meva yoki urug‘ qavati bilan 
qoplangan. Murtakning massasi don massasining 2—3% ni tashkil qiladi. 
Murtak tarkibida: 33-39% oqsil, 25% qand, 12-15%yog‘, 
2,2-
2,6% sellyuloza va mineral moddalar mavjud. Murtak qismi 
esa vitaminlarga boy bo‘ladi. Donda suvning miqdori 14% atrofida, 
oqsillar - 11,6-12,5%, uglevodlar - 67,5-68,7% shu jumladan, kraxmal - 
53,7-54,9%, sellyuloza - 2,3-3,4% yog‘lar 1,6-1,9%, mineral moddalar 
1,7-1,8% dir. Aleyron qatlami endospermning tashqi qatlami bo‘l ib, bir 
qator qalin devorli hujayralardan tuzilgan. Aleyron qatlamining tarkibida 
oqsillar, yog‘lar, qandlar, sellyuloza 
61


va mineral moddalar bo‘ladi. Aleyron qatlami don massasining 6 -8%ni 
tashkil etadi. 
Bug‘doy donining ichki qismini to‘liq endosperm egallaydi. 
Endosperm kraxmal va oqsil zarrachalari bilan to‘lgan katta hujayralardan 
iborat. Endospermning ranggi oq yoki biroz sariqroq bo‘ladi. Endosperm 
shaffof, unsimon yoki qisman shaffof bo‘lishi mumkin.
Endospermning kimyoviy tarkibi donning qolgan barcha qismlaming 
tarkibidan farq qiladi. Uning tarkibi 78 -82% kraxmal, 2% atrofida qand, 
13-15% oqsillar, 0,3-0,5% mineral moddalar, 
0,
5-0,6% yog‘, 0,1-0,15% sellyulozadan iborat. 
Endosperm bug‘doy doni massasining 80-84% ni tashkil etadi. Bu 
qayta ishlash jarayonida bug‘doy donidan ko‘p miqdorda sifatli un olish 
imkonini beradi. Bug‘doy donining oqsil, uglevod va ferment kompleksi 
xossalari ham yuqori darajali ahamiyatga ega. 
Yuqorida tavsiflangan bug‘doylar kimyoviy tarkibi bilan ham 
farqlanadi. 

Download 7,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish