Har qaysi millitning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va
yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va tasiri beqiyosdir. Chunki insoning
eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda
oila bag‘rida shakllanadi. Bolaning harakaterini, tabiati va dunyoqarashini
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va
mehr – oqibat, or – nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori
oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota – onaga
hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini
chuqur anglash har qaysi
insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizini,
oilavning ma’naviy olamini tashkil etadi.
Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson o‘z umri
davomida oladigan barcha informasiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrida
olar ekan.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak,
aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit tasirida ma’naviyatning ilk
kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi shuni, xalqimizning “qush uyasida ko‘rganini
qiladi”, degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks
ettirishni takidlaydi.
Ota – onaning burchi haqida Hadisi sharifda “Kishi o‘z bolasiga odobdan
ko‘ra afzalroq narsa ato etaolmaydi”1 deyiladi. Islom dinida onalar mutabar zot
sifatida ulug‘lanadi va sharaflanadi. Milliy qadriyatlarimizdan biri oila
pedagogikasi tarixini o‘rganishda bu ta’limot metodologik asos bo‘lib hizmat
qiladi.
Islom dinida onalar mo‘tabar zot sifatida ulug‘-lanadi va sharaflanadi. Bir
saho-ba: «Kimga yaxshilik qilayq — deb so‘raganda, u ulug‘ zot,
uch marta
«Onangga» — deb, to‘rtinchisida «Otang-ga» deb (188-hadis) va yana «Jannat
onalarning oyoqla-ri ostidadir» — deya qo‘shib qo‘ygan ekanlar (378-hadis). Ona
bo‘lish — ulug‘ bir nemat va nazirsiz bir sharafdir. Onalik vazifasini to‘la ado
etgan, o‘ziga iffat, nomus libosini kiygan, sabr degan ulug‘ fa-zilat bilan
ziynatlangan, qanoatli, odobli ona — baxt-saodatning mujassam timsolidir.
Ota-onalar bolani dunyoga keltirishga sabab bo‘lganliklari uchun emas,
balki uni odobli, hayoli, axloqli qilib voyaga yetkazganliklari uchun olqishga
sazovordirlar. «Qur’on»i Karimda ehson insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri
ekanligi aytiladi. «Qur’on»i Karimda «ehson» so‘zi «yaxshilik» manosida kelgan.
YAni, Olloh senga yaxshilik qilib, seni inson qilib yaratdi, hamma azolaringni o‘z
vazifasini bajaradigan qildi. Senga malumki, saxiylik qo‘li ochiq, olihimmatlik
demakdir. Saxiylik go‘zal xulqlarning eng alosidir. Qo‘li ochiq,
saxiy odam har
kimning qoshida hurmatli va qadrlidir. Saxiy bo‘lish uchun boy bo‘lish shart emas,
oz narsa bilan ham saxiylik qilish mumkin ekanligi ta’lim-tarbiyaning mazmunini
ifodalaydi.
Islom dinida insonlar sadoqatli bo‘lishga ham da-vat etilgan. Chunki sadoqat
jamiyat va oila uchun zarur bo‘lgan qadriyat hisoblanadi. Sadoqat barcha
yaxshiliklarning boshlanishi, odamlarda bir-birlariga ishonch hosil qiluvchidir. Shu
tufayli ham “«Qur’on»i Karim”da: «Ey, iymon keltirganlar, Allohga taqvo
qilinglar va sadoqatlilar bilan bo‘linglar» («Tavba» surasi, 119-oyat) deb,
musulmon ahli sadoqatli bo‘lishga chaqirilgan.
Islom ta’limotida vafodorlik va sadoqat o‘zaro hamohang iboralar bo‘lib
hisoblanadi. Vafo — eng ulug‘ insoniy fazilat. Bu fazilatga ega bo‘lganlar
«Qur’on»i Karim”da: «Ular shunday kishilarki, omonatlariga va ahdlariga rioya
qiladilar» («Mo‘minun» surasi, 8-oyat) deb tariflanadi.
Vafo hayotda obro‘-e’tibor va muvaffaqiyatga sabab bo‘luvchi fazilatdir.
Omonat va vafo hayotda tinchlik va baxt-saodatni orzu qilgan har bir jamiyat, xalq,
oila, inson uchun zaruriy xislatdir. Uni avaylab saqlab va yanada barkamol etish
lozim. Bu esa xalqimizda milliy qadriyatlar,
oila muqaddasligi islomdan
oziqlanishdan dalolat beradi.
“«Qur’on»i Karim”da aytiladiki: «Parvardigoringiz dillaringizdagi
sirlaringizni juda yaxshi bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar (yani ota-
onalaringizning huquqlarini tanib, ularga mehribon bo‘lsangizlar), albatta, Alloh
bilmasdan qilgan gunohlaringizni mag‘firat qilur. Zero, u tavba qiluvchi-larni
mag‘firat etuvchi bo‘lgan zotdir» («Al-Isro» surasi, 25-oyat).
“«Qur’on»i Karim”dan keyin mo‘tabar sanalgan Muhammad sallollohu
alayhissalomning Hadisi Shariflarida musulmonlarning moddiy va ma’naviy
jihatdan barkamolligi, ota-onaga hurmat,
mehnatsevarlik, o‘zaro ahil bo‘lish,
mehr-oqibat, ehson, sabr-toqat, kamtarlik, vafo-sadoqat, poklik kabi insoniy
sifatlar haqidagi nasihatlari va yaxshi fazilatli bo‘lish yo‘llari bayon etilgan.
Hadisi-sharifda «Topilgan molning eng tozasi (pokizasi) kishining peshona
teri bilan topilgan mol va beg‘irrom halol savdodan topilgan pulidir»2 . Har bir
odam, agarda ko‘ngli tinch, hayoti saodatli bo‘lishini istasa, u baxil bo‘lmasligi,
ko‘ngilsiz holatlarga uchramaslikka harakat kilishi kerak. Alayhissalom
aytadilarki, «Diling yumshab, hojating ravon bo‘lishini xohlaysanmiq Yetimga
rahm kil,
boshini sila, ovqatingdan yedir, shunda diling yumshaydi va hojating
chiqadi»3 .
Muhammad alayhissalom kishilar-ni ogohlantirib: «Kishining olijanobligi
— dinidir. Muruvvati — aklidir. Uning nasabi esa xulqidir»deydilar va kishilarni
olijanob, muruvvatli va yaxshi xulkli bo‘lishga chaqiradilar. «Kimki o‘zini katta
olsa, yurishida o‘ziga bino qo‘ysa, oxiratda Allohning g‘azabiga uchraydi»deb
ogohlantiradilar.
Kamtarlik insoniy eng go‘zal fazilatlardandir. Kamtarlik insonning
madaniyati, odamiyligi, mard-ligi kabi xislatlar bilan belgilanadi. Insonning
kamtarligi, avvalo uning mehnatida namoyon bo‘ladi. Kamtar kishida havoi-nafs,
g‘urur, manmanlik bo‘lmay-di.
U odob-axloqli, mehr-shafqatli bo‘ladi. Ishida,
so‘zida qatiy turadi. Albatta bu insoniy fazilat, mazmun, mohiyati va uni uni
shakllantirish pedagogikaninng bugungi kundagi dolzarb muammosi. Lekin
tasavvuf ta’limotida, uning asosi «Qur’on» va hadislarda inson ma’naviy
go‘zalligini ifodasini o‘rganish pedagogika tarixi va din tarixining hamkorligiga
bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: