Inson ruhi dialektikasi.
Butun dunyoda islomning qodiriya, xojagon-naqshbandiya, kubraviya,
chishtiya, yassaviya, suhravardiya tariqatlari malum. “Tariqat” degan so‘z aslida
3 Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Hadis (Al-jome’ as-sahih). 1-jild, Tarjimon
4.Ismoilov. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997. – 536-Hadis.
to‘g‘ri yo‘l, rost yo‘l degan manolarni anglatadi. To‘g‘ri yo‘l ahli so‘fiylardir.
Shariat-qonun, tariqat yo‘l, bu yo‘l kishini haqqa yaqinlashtishi. Mashoyihlar
haqqa yetishmoq uchun birinchi tariqat, ikkinchi marifat, uchuinchi marifat va
haqiqat esa to‘rtinchi zina ekanligi qadimgi Turon zaminida naqshbandiya,
qodiriya, yassaviya, kubraviya keng tarqalgan. Qodiriya tariqatining asosichisi
Shayx Abduqodir Jaloniy (1079-1166), Yassaviya tariqati asosichi Yahmad
Yassaviy (1166-vafot q), Kubraviya tariqatining asosichisi Shayx Najmiddin
Kubro (1145-1221) naqshbandiya tariqatining asoschisi Hazrati Bahoviddin
Naqshband (1318-1389) bo‘ladilar.
Tariqat pirlarining asosiy vazifalari payg‘ambar s.a.v. sunnatlarini targ‘ib
qilish badat va xurofotga qarshi kurashish insonni o‘zligini anglashga yo‘llashdan
iborat bo‘lgan. Chunki payg‘ambar s.a.v: “Bidat va xurofotga berilganlar eng
yomon kishilardir, bidat va xurufotga berilgan odam to uni tark etmaguncha, uning
qilgan savob ishlari Tangri qabul qilmaydi.” “Men barcha axloqni takomillashtirish
uchun yuborilganman”, deganlar. Tariqat pirlari ham payg‘ambarona axloq egasi
bo‘lish uchun, shuningdek, Rasuli akram s.a.v axloqlarini ommaga o‘rgatish uchun
harakat qilganlar.
“Tariqat pirlari, so‘fiylar hozirgi til bilan aytganda fidoiy muallimlar bo‘lib
bir necha avlodni asr-asrlardan beri tarbiyalab kelmoqda” “Sharq mashoyixlari
orasida butun umrini haq yo‘liga tikish bilan birga xalqni vatanni, umuman
insoniyatni zulm va jaholatdan qutqarish uchun jonfidolar ko‘p”
1
6
Pedagog kishi ruhi muhaddisi, qalb memori ekaniligi ko‘p takrorlanadi. Ammo
pedagogika fanlarida buning nazariy-amaliy asoslari, shuningdek, insonnig
botuniy, olami ishlab chiqilmagan. Inson ruhi dialektikasini o‘rganishda tasavvuf
allomalarining merosi muhim manba bo‘ladi. Bu borada Jaloliddin Rumiyning olti
jildlik “Masnaviy-ma’naviy” va “Ichindagi ichindadur”
2
7
asarlari alohida o‘rin
tutadi. Alisher Navoiy ul zot sharifni uztozlar ustozi deb atagan, Abdirahmon
Jomiy esa u payg‘ambar emas, ammo payg‘ambarlik kitobi bor deb ulug‘lagan.
Buyuk nemis faylasufi Gegel men o‘zimning dealektika haqidagi ta’limotimni
Jaloliddin Rumiyga suyanib yaratdim deb e’tirof etgan.
Jaloliddin Rumiy yoki Mavlono Rumiy (1207-1273) nomi bilan mashhur
bo‘lgan zot dunyoning ulug‘ donishmandlardan biri, benazir shoir va betakror bir
mutafakkir, valiy insondir. Uni goh Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar
bilan qiyoslaydilar. Ammo mavlono Rumiy hech kimga o‘xshamaydi, u muazzam
Sharq tafakkurining mo‘jizali bir haykaltoroshkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham,
ilmu hikmat va falsafa ham, sheriyat va ma’naviyat ham birlashib, oliy ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi. Uning olti daftardan iborat “Masnaviy ma’naviy” nomli asarini
“fors tilidagi «Qur’on»” deb tavsif etadilar. Jaloliddin Rumiy o‘zidan keyingi
Sharq sheriyati, fikriy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan tasir o‘tkazgan ijodkordir.
Alisher Navoiy uni ilohiy ishq kuychisi, buyuklikning ko‘z ilg‘amas cho‘qqisi deb
sharaflaydi.
1
H.Homidiy “Tasavvuf allomalari” T “Sharq” nashriyoti 2004 yil 124 b
2
Rumiy Jaloliddin. Ma’naviy masnaviy.- T.: Tehron, 2007. 12-bet
Rumiy Jaloliddin. Ichindagi ichindadir- T.: Mehnat, 2001. 56-bet
Jaloliddin Rumiy hozirgi Afg‘onistoning Balx shahrida, sultonal ulamo
laqabini olgan ulug‘ shayx Muhammad Bahovaddin Valad xonadonida dunyoga
kelgan. Bahovaddin valad Muhammad Xorazmshoh bilan kelishaolmay. oilasi,
muridlarini olib, Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan so‘ng, Iroqu Ajam
shaharlarini kezib, axiyri Turkiyaning Ko‘niya (Koniya) shahrida qo‘nim topadi.
Saljuq sultonlari tomonidan izzat-ikrom bilan qabul qilingan Baxoviddin Valad
shu yerda muqim bo‘lib qoladi. Jaloliddin ota yurtiga qaydib kelmadi va o‘zini
anatoliyalik hisoblab, Rumiy degan taxallus oldi. Mavlono Jaloliddin Rumiy ilmiy
va adabiy merosi g‘oyat katta. G‘azal, masnaviy va ruboiylarni o‘z ichiga oladigan
“Devoni kabir” (“Ulug‘ devon”)da uch mingdan ortiq sher bor. Falsafiy-so‘fiyona
mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldiradigan
teranlik bilan yozilgan “Masnaviy-ma’naviy” ham bir necha ming baytdan iborat.
Bundan tashqari, “Maktubot”, “Fihi mo fihiy” (“Ichindagi-ichindadir”) nomli
asarlari mavjud.
Jaloliddin Rumiy asarlari jahonning ko‘p tillariga tarjima qilingan,
“Masnaviy-ma’naviy” va “Fihi mo fihiy”ning usmonli turkcha tarjimalari mavjud.
Iqtidorli yosh olim Ulug‘bek Hamdam (Abduvahob o‘g‘li) tashbbus va g‘ayrat
ko‘rsatib “Fihi mo fihi”ni turkchadan o‘zbekchaga tarjima qildi.
“Fihi
mo
fihiy” – Jaloddin Rumiyning ilohiyot, tasavvuf, prof. N. Komilov takidlaganidek;
hayot va borliq haqidagi qaydlari, do‘stlar va suhbatdoshlari davrasida aytgan
fikrlari, bahs-munozaralarda paydo bo‘lgan mulohaza – muqoyasalari to‘plamidan
tashkil topgan bir asardir.
“Fihi mo fihiy” sodda fors tilida yozilgan asar, ulug‘ mualliya “Masnaviy-
ma’naviy”dagi hadis va oyatlar, hikoyat va tafsillarga o‘ralgan, o‘ta murakkab bir
falsafiy muhokamalar asosiga qurilgan fikrlarini bu yerda ravshan va sodda qilib
tushuntirib bergan. Bunda juda ko‘p masalalar ustida bahs boradi: tajrid va tavhid,
surat va mano, tavakkul va idtihod, g‘ayb asrori va laduniy ilmlari mohiyati va
yana qanchadan qancha muammolar yoritiladi.
Yeng muhimi shuki, Jaloliddin Rumiy murakkab sufiyona mulohazalarni oddin
turmush tafsilotlari bilan tushuntirib beradi, intihosiz qudratga ega inson aqlining,
ruhiyatning mo‘jizalarini hayratomuz bir tarzda namoyish etadi. Rumiyning ming
yillar davomida to‘plab kelgan Sharq falsafasi va hikmati, islomiy haqiqatlarni
omuxta etolmagan, tasavvuf va falsafani qo‘shib, inson ruhi dealektikasini ochgan
ulug‘ mutafakkirdir. Uning qarashlarida biror bir mutaassiblik, ko‘r-ko‘rona
aqidaparaslik namunasini ko‘ramiz. U tiyrak va hushyor ko‘z bilan dunyoga nazar
soladi, insonni qanday bo‘sa, shunday olib o‘rganadi, inson qalbi to‘ridagi eng
nozik,eng inja, eng yashirin sirlarni oshkor etadi, ruhimiz iqlimlaridagi o‘zimiz
sezmagan qonuniyatlar, zururiyatlarni ko‘rsatib beradi. Shu bois “Fihi mo fixiy”ni
botiniy ilmlar bayonnomasi, o‘z-o‘zini, o‘zlikni va ilohni tanish kitobi deb ayta
olamiz.
Jaloliddin Rumiy odamni tadqiq etadi, uning tabiatni va intilishlarini
kuzatadi, botiniy jilolar va surilishlar, qalb siljishlarini qidirib topadi. Insonning
iymon gavhari, buyukligi barobarida, nuqsonlari – nafsi, hirsi oqibatida kelib
chiqadigan yovuzliklarini tahlil etib, bulardan kutilish, poklanish yo‘llari, fazilotini
bayon etadi.
Shu taxlit, insonning ma’naviy kamoloti yo‘llari, marifatli bo‘lish, fayzu
futuhga, payg‘ambar sunnatiga sodiq bo‘lishning ahamiyati, muhimligi yoritiladi.
Rumiyning har bir fikri – bir mashala, bir chiroq, shundoqqina qalbga qo‘yiladigan
ziyodir. Ulug‘ mutafakkir inson kamolti uchun muqtadir bir kurashchi bo‘lib
maydoga chiqadi, inson bolasini uning o‘ziga tanishtiradi, yomonlikdan
nafratlanish va yaxshilikdan, ilohilikdan faxrlanishga o‘rgatadi.
Jaloliddin Rumiyning buyukligi yana shundaki, u islomning buyuk shoiri va
mutafakkiri bo‘lgani holda barcha mazhablardinlardan yuqori ko‘tarila oldi, bani
basharni birlashtiruvchi yagona ilohiy g‘oyalarni olg‘a surib, kishilarni bir-biriga
yaqinlashtiruvchi e’tiqod va iymon, ishq va sig‘inish, poklik va tavbadan so‘z
ochdi: “Yo‘llar muxtalif, ammo maqsad bir, yani Olloh huzuri”, deya Ulug‘ Tangri
haqiqati oldida jami maxluqot barobarligini isbotladi. “Fihi mo fihi”da ruh
dialektikasi, inson mayllari, tushuncha – tasavvurlari ehtiyoj va talablari, iztirob va
qiynoqlari, ziddiyatlar va muvofiqliklar, kurash va g‘alaba, yo‘qlik va borliq, ruyo
va haqiqat jism va jon va hokazolar ustida bildirilgan fikrlar shunchalik chuqur va
shu qadar yorqinki, bu fikrlarni bundan yetti yuz yil ilgari aytilganiga
ishonqiramay qolasan, guyo ular bugun aytilganday. Falsafasi Hegel va Marksdan,
Shopengauer va Kantdan, Nitshche va Freyddan o‘rgangan kishilar “Fihi mo fihiy”
ni o‘qib, hammasi o‘zimizda allaqachon bor ekanku, hammasi aytilgan ekannu
deyishlari tabbiy. Ha Rumiy hali kashf etilmagan tafakkur xazinasi, bizga etib
kelmagan manolar ummoni edi. “Fihi mo fihiy” shu ummondan bir daryo bo‘lib
oqib keladi.
Jaloliddin Rumiyning mashhur asari “Masnaviy ma’naviy”dir. Asarda
“Quroni Karim” va Hadisi sharif manolarini o‘zida singdirgan, inson hayoti bilan
bog‘liq barcha masalalar badiiy yo‘sindagi ban etilgan. 6 jild (daftar)dan iborat
asarning dastlabki qismlarini adibning shogirdi Hisomiddin Chalabiy ustozi
og‘zidan yozib olib, tahlildan o‘tkazgan. Chalabiy vafotidan so‘ng muallif
asasrining davomini 10 yilda yozib tugatadi. «Qur’on»i Karim oyatlarining
mohiyatini o‘zida jamlashtirgan, 270 dan ziyod hikoyalarni, yuzlab pandu-
nasihatlarni o‘z ichiga olgan bu kitob o‘z vaqtida va keyinchalik ham yozuvchi
nomining dunyoga tarqalishiga sabab bo‘lgan. Chunki Jaloliddin Rumiy
masnaviyda o‘zigacha bo‘lgan Sharqu, G‘arb donishmandlarining falsafiy
qarashlarini, islomiy farzlarni sodda bir uslubda, sheriy yo‘l bilan badiiy
ifodalagan. Qissa va hikoyalarida payg‘ambarlar hayotidan turli mo‘jizalar keltirib,
islomiy-tasavvuf g‘oyalarini targ‘ib etgan bo‘lsa, boshqa turkum hikoyalarida
bevosida insonning kundalik turmush, ilm-marifat kasb etishi hunar o‘rganish
yo‘lidagi riyozatlarini badiiy tasvirlab, chuqur falsafiy xulosa chiqarishga undagan.
Jaloliddin Rumiy ijodi yuksak baddiyati bilangina emas, balki mantiq kuchi,
falsafiy fikrlarga boyligi bilan ham katta tasir kuchiga ega. Uning tabiat va jamiyat
hodisalarining doimiy o‘sish, o‘zgarishda ekani, eskining yo‘qolib, yangining
paydo bo‘lishi-“dunyoning ziddiyatlar birligidagi ziddiyatlar jangi”dan iboratligi
to‘g‘risidagi qarashlari dialektik metodni yaratishga yordam berdi. Jaloliddin
Rumiy inson irodasini ozodlikning birdan bir vositasi deb hisoblab, axloq
prinsiplari va kategoriyalarini shu asosda hal qiladi. Uning qayd qilishicha, inson
o‘z xulqini idora qilishda ozoddir. YAni, yomon xulqdan uzoqlashib, yaxshi
xulqga intiladi.
Jaloddin Rumiy falsafada inson shaxsiyatiga xurmat, kishilar birodarligi,
xalq va millatlar do‘stigi haqidagi pedagogik g‘oya alohida o‘rin tutadi. Kmil inson
va uni shakllantirish g‘oyasini rivojlanishi.
Qadimgi sharrqning yana bir mutafakiri Aziziddin ibn Muhammad an-
Nasafiydir.
Professor N. Komilov Aziziddin Nasafiyni komil inson tadqiqotchisi deyish
mumkin, chunki uning barcha risolalarida inson hilqati, uning istedodi va
nuqsonlari, insonni kamol toptirish omillarni o‘rganildi so‘fiyona va ilmiy
ifodalanishini asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |