3-mavzu. O‘rta asrlardagi pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar). Reja


Tasavvufda pedagoglik faoliyati va ustoz-shogird munosabatlari



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana22.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#839508
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
3-маъруза

Tasavvufda pedagoglik faoliyati va ustoz-shogird munosabatlari



Pedagogika tarixiing muhim masalalaridan biri ta’lim-tarbiya jarayoni, 
uning tarixiy taraqqiyoti, ustoz-shogird faoliyati uyg‘unligi va qonuniyatlaridir. Bu 
borada tasavvuf manbalarida o‘ziga xos didaktik qoidalar rivojlangan. 
Shariat qonun-qoidalariga rioya qilish malakasini o‘zida mujassamlashtirgan 
kishi tariqat bosqichiga qadam qo‘yadi. Boshqacha aytganimizda, tariqat adablarini 
o‘zlashtirishga kirishadi. Tariqat adabi talablariga ko‘ra, ushbu bosqichga qadam 
qo‘ygan kishi eng avvalo ustoz (pir) sabog‘ini olmagan shogird (murid) chinakam 
komillik darajasiga ko‘tarila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham tariqat adabi 
talablariga ko‘ra komil inson darajasiga ko‘tarilishini orzu qilgan har bir kishi 
ustoz va shogird (pir va murid) munosabatlari chig‘irig‘idan o‘tmog‘i darkor. 
Ustoz va shogird orasidagi insoniy munosabatlarining yo‘lga quyilishi komil inson 
darajasiga ko‘tarilishining muhim sharti hisoblanadi. 
Tariqat adablari tariqatiga ko‘ra, har qanday shogird o‘z ustozi 
ko‘rsatmalirini so‘zsiz bajarishi lozim. Chunki ustozsiz, piru-muridsiz har qanday 
shogird o‘z murodiga, yani Xudo vasliga yeta olmaydi. Ustoz o‘z shogirdiga 
uzluksiz yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, uning kundalik faoliyatini nazorat qilib turmasa, 
shogird hali yosh, tajribasizligi uchun o‘zini-o‘zi taftish qila olmaydi. Shuning 
uchun ham komil inson bo‘lishga ahdu paymon qilgan har bir kishi tajribali 
ustozga qo‘l berib, o‘z iroda ixtiyorini uning ixtiyoriga topshirmog‘i zarur. 
Boshqacha qilib aytganimizda, tariqat bosqichida turgan shogirdning inson 
barkamolligi sirlarining o‘zlashtirishining muhim sharti o‘z iroda-ixtiyorini ustoz 
izmiga buysindirishdir. Xuddi shu manoda bazan tariqatni irodat ham deb 
yuritadilar. 
Tariqat adabi qoidalariga asosan, shogird (murid, solik) ga saboq 
beruvchi ustoz (pir, murid) murabbiy zammasiga katta masuliyat yuklatiladi. 
Xususan, shogridni komillik pillapoyalari tomon yuksaklikka chorlovchi ustoz 
tariqat adabi talablarini mukammal biladigan va unga qatiy rioya qiladigan, qalbi 
Olloh marifati bilan limmo-lim to‘la orif inson bo‘lishi kerak. ustoz bilimining 
chuqurliga, tariqat usullarini mukammal bilishi, axloqan pokligi, so‘zi va ishining 
birligi, tashkilotchiligi va tadbirkorligi bilan shogirdlariga hamisha shaxsiy o‘rnak 
bo‘lishi lozim. Saboq berish jarayonida o‘zining ishontira bilish sanati bilan 
boshqalardan ajralib turishi darkor. 
Ustoz hech qachon shogird mulkiga ko‘z oloytirmasligi, aksincha 
uning yumushlarini osonlashtirishga, bilim olish borasidagi qiyinchiliklarini 
bartaraf etishga, turli marifiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashmog‘i lozim. 
Marifiy muammolarni bartaraf eta olmasa, o‘zidan kuchliroq shayxga shogirdni 
maslahat olish uchun yo‘llamog‘i zarur. Shogirdlarning istedodi xilma-xil 
bo‘lganidek, ustozlarining murabbiylik mahorati, intellektual salohiyati turlicha 
bo‘ladi. Xuddi shuning uchun ham, tariqat adabi talablariga ko‘ra, ustozlar ham 
o‘zlarining murabbiylik mahoratlari, intellektual salohiyatlarini oshirib borishi 
shogirdning komillik darajasiga ko‘tarilishining eng muhim shartlaridan biridir. 
Tariqat odabining ushbu talabiga diqqat bilan nazar solsak, ushbu 
qoidalar orasida mustahkam dialektik aloqadorlik mavjud ekanligiga ishonch hosil 
qilamiz. Xususan, ushbu talabalarga muvofiq komillika intilayotgan kishi avvalo 
o‘zini tiya bilishi, kam eyishi, kam uxlashi, kam gapiirishi, barcha 


axloqsizliklardan chetda turishi, nafaqat o‘z tanini, balki ma’naviyatini ham pok 
bo‘lishiga erishishi, o‘zini ruhan chiniqtirishi, uzluksiz mutoala qilishi, xotira va 
zehnini o‘tkirlab turishi, surunkali zikr orqali Allohning muborak nomlarini 
qalbiga joylashtirishi, uning muborak nomlarini qalbiga joylashtirishi, uning 
qudratiga har tomnlama qalbdan iqror bo‘lishi lozim. 
Tariqat odabining biz yuqorida sanab o‘tgan qoidasi talablarini 
bajarish odat tusiga kira borishi bilan o‘zini-o‘zi cheklash, yani musohaba va 
o‘zini-o‘zi kuzatish, yani muroqaba, shuning o‘z faoliyatini uzluksiz nazorat qilish 
malakasi hosil bo‘ladi. Xuddi o‘sha malaka tufayli uning ma’naviyatida ham, 
ruhiyatida ham jiddiy o‘zgarish ro‘y beradi. 
Ruhiy - ma’naviy komillik tomon intilayotgan shogirdning har bir 
harakati ustoz tomonidan uzluksiz nazorat qilinishi, undagi ruhiy-ma’naviy 
o‘zgarishlar rag‘batlantirib borilishi kerak. Najmiddin Kubro birinchilardan bo‘lib 
o‘sha zamon madaniy va ma’naviy olamida mashhur bo‘lgan “Ofoq va anfuz” 
nazariyasini tasavvuf falsafasiga tatbiq etdi. Shayx yoki murid darajasiga 
ko‘tarilish uchun: birinchidan, har bir kishi o‘zi mansub bo‘lgan tariqat yo‘lini, 
ikkinchidan jazba (ishq), uchinchidan, uruj (ko‘tarilish)ni bilmog‘i zarur. Shogird 
yoki solikka xos narsa – harakat, intilishdir. Jazbaga xos narsa – tor tilish, zavqu-
shavqdir, ko‘tarilish (uruj)ga xos narsa – karam va saxovatdir. 
Istiqlol bergan buyuk nematlardan biri xalqimizning ming – ming yillik 
madaniyati, fanlari tarixini uzviy bog‘liqlikda o‘rganishga keng imkoniyat 
yaratildi. Kishilik tarixiy taraqqiyotida ma’naviy madaniyat: fan va din yaxlit bir 
butun hayotiy tajribalar, uni umumlashtirish, takomillashtirish borasidagi 
ta’limlardan iborat. Avloddan – avlodga o‘tib sayqal topgan tafakkur hosilasi 
insoniyatni turmush mazmuni, mohiyati, ma’naviyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish