o‘zini tarbiyalash va chiniqtirish tadbir usullari shakllandi. Tariqat, marifat, haqiqat
degan tushunchalar yuzaga keldi.
Uning predmeti insonparvarlik, insonshunoslik odam va odam mohiyati
Soflik, Haqiqat, Marifat, Go‘zallik, Kamolot ideali unga yetishish: ta’lim – tarbiya,
o‘z – o‘zini tarbiyalash yo‘llari, usullaridir.
Pedagogika tarixining predmeti: kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab
ta’lim- tarbiya maqsadi, mazmun, metod, vositalarining taraqqiyoti, ta’lim –
tarbiya jarayoni qonuniyatlarini hayotda ifodalanishi; xalq pedagogikasi
rivojlanishi va har bir davrda jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, har bir xalqning
ta’limiy - tarbiyaviy qadriyatlari va uni millat taraqqiyotida tutgan o‘rni; buyuk
mutafakkirlarning ta’lim – tarbiya haqidagi ta’limotining ilmiy, tarixiy va amaliy
ahamiyati; va nihoyat diniy ta’lim - tarbiyaning ijtimoiy, ilmiy va amaliy
mohiyatidir.
Demak, avvalo, pedagogika tarixi va tasavvuf ta’limotini uzviy bog‘liqligi
ularning ijtimoiy predmetida ifodalanadi. Malumki, kishilik jamiyati tarixiy
taraqqiyoti dinlar tarixi bilan bog‘liq. Ta’lim – tarbiya insoniyat hayotining
tarkibiy qismi, mohiyati va hayotbaxsh omil bo‘lib kelgan. Ibtidoiy jamiyatdanoq
yoshlarni hayotga tayyorlash, turmush tajribalarini ularga o‘rgatish, tarbiyalash
kishilar faoliyati, urug‘ oqsoqqollari faoliyatining muhim qismi bo‘lgan, shu
asosda insoniyat rivojlangan, ta’lim – tarbiya tajribalari orta borgan, jamiyatning
ma’naviy, iqtisodiy taraqqiyot qudratiga aylangan.
Pedagogika tarixining muhim muammosi xalq pedagogikasi diniy ta’limot,
jumladan tasavvuf tariqatlari bilan uzviy bog‘liqdir. Xalq pedagogikasi tarixini
o‘rganishda yangicha yondoshuv ana shu uyg‘unlikka asoslanishi taqozo etadi.
Masalan, “Avesto” dagi ta’lim – tarbiya tizimini tariqat tahlili pedagogika tarixini
sarchashmalarini ochilishiga imkoniyat berdi. Ta’lim - tarbiya maqsadi mazmuni,
metodlari, qadimgi yunon pedagogikasidan bir necha asr oldin shakllanganidan
dalolat beradi. Bugun ham xalqning hayotida, zardushtiylik qoidalarini saqlanib
qolgani xalq pedagogikasi, diniy ta’limot bilan izchil rivojlanganidan dalolat
beradi.
Shuningdek, diniy asarlar, dostonlar, tasavvuf allomalarining hayoti, Alisher
Navoiyning “Lisonut - tayr” asarida keltirilgan rivoyatlar kabi hikmatlar
pedagogika tarixining muhim xazinasiga aylandi. Bu yaxlitlik va uzviylik ta’lim –
tarbiya maqsadi hayot mezoni mumtoz g‘oya jamiyat taraqqiyotining omili,
pedagogika tarixini o‘rganishning metodologik asosi ekanligini isbotlaydi.
Ta’lim – tarbiyaning ijtimoiy mohiyati, har bir davrda jamiyat taraqqiyotida
tutgan o‘rni uning mazmuni, metodlari va vositalari bilan belgilanadi. Bu borada
zardushtiylik va boshqa diniy ta’limoti alohida o‘rganilishi zarur.
Boshqa jahoniy dinlar va zardushtiylik ta’limotida ta’lim – tarbiya maqsadi
komil inson g‘oyasida uzviylik mavjud bo‘lsada ««Qur’on» va oxirgi payg‘ambar
Muhammad s.a.v. hadislari, islom ta’limotida inson va uni kamoloti masalasi
o‘ziga xos xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: