Tasavvuf ta’limotida
komil inson - bir ideal, barcha dunyoviy va ilohiy
bilimlarni egallagan, ruhi Mutloh ruhga tutash qalbi ezgu tuyg‘ularga limmo –
lim pokiza zot. Prof. Najmiddin Komilov “Tasavvuf” kitobida yozishicha komil
inson tasavvuf adabiyotida ko‘p marta tilga olinib, munozaralarga sabab bo‘lgan va
bu haqda maxsus kitoblar yozilgan. Shulardan Sayid Abdulkarim Geloniy va
Aziziddin Nasafiy (XIII asr) larning “Insoni komil” nomli risolalaridir. Komil
inson tushunchasini birinchi marta Muhyiddin Ibnal Arabiy (1165 - 1240)
tomonidan muomalaga kiritilgan. Uning fikricha komil insonning yerdagi timsoli
Hazrat Muhammad salollohu vasallamdir. Ul zot vujudida aqliy,
ruhiy kamolot,
dunyoviy va ilohiy bilimlar jamuljam edi.
«Qur’on»i karimda insonga berilgan tariflar ham komil insonga berilgan
tariflardir. “Valaqat karim – no bani odama” (Odamlar bolalarini mukarram qilib
yaratdik) va “Laqat xalaqno fiahsanut taqvim” (Chindan ham inson suratini go‘zal
qilib yaratdik) oyatlari mavjud. Demak, har bir inson barkamol bo‘lish
imkoniyatiga ega va haqli.
Shayx Aziziddin Nasafiyning “Komil inson”, “maqsadi aqso”, “Zubdatul
haqoyiq” nomli va boshqa risolalarida komil inson masalasi o‘ziga xos qiyofasini
ifodalaydi.Unda bu tushuncha insonning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti martabalar
topishi bilan bog‘liq holda olib qaraladi. Natijada biz Aziziddin tariflarida aynan
hayotiy odamga xos belgilar, axloqiy sifatlarni ham ko‘ramiz. Yana shuni ham
aytish kerakki, Nasafiy islomdagi bir nechta ilmning insonga bo‘lgan qarashlari va
munosabatini chog‘ishtiradi, insonni kayhoniy vujud sifatida ham, yer maxluqoti
sifatida ham tahqiq va tadqiq etadi. Nasafiyda komil inson ruh tushunchasi bilan
zich aloqada tasvirlanadi. Inson martabalari ruh martabalari sifatida olib qaraladi.
Shu uchun umumiy tushunchadan (konkret) tushunchalarga o‘tib turish bor.
Buning sabablaridan yana biri Aziziddin Nasafiyning kamolotni uruj (kutarilish) va
nuzul (tushish) nazariyasi asosida tushunishidir. Bu nazariya o‘z navbatida ulug‘
olam va kichik olam tushunchalari bilan bog‘lanib ketadi. Chunki Nasafiy Ibnal
Arabiyga qo‘shilib, insonni olam sag‘ir (kichik olam) ilohiy olam va moddiy
olamni birgalikda olami kabir (ulug‘ olam) deb ataydi. - Ulug‘ olamdagi jamiki
narsa va xususiyatlar kichik olamga mavjud, deydi u. Shu tariqa, inosn yuqori olam
- olami kabirning kichraytirilgan nusxasi bo‘lib hisoblanadi.
Aziziddin Nasafiy komil insonga tarif berib yozadi: “Bilgilki,
Komil inson
deb shariat va tariqat va haqiqatga yetuk bo‘lgan odamga aytadilar va agar bu
iborani tushunmasang, boshqa ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday
insondirkim, unga quyidagi to‘rt narsa kamolga yetgan bo‘lsin: yaxshi so‘z, yaxshi
fel, yaxshi axloq, va maorif”.
Pedagogika tarixida tasavvuf tariqatlarining komil inson haqidagi qarashlarni
o‘rganish va kishilik jamiyatida milliy ta’lim – tarbiyaning hayotiy tajribalarini,
ilmiy g‘oyalarni qiyosiy tahlil etish bugungi kunda foydalanish imkoniyatini
oshiradi. Barkamol shaxsni shakllantirishda tasavvuf ta’limotining buyuk qudrati
inson o‘zligini anglashi, uning botuniy, ruhiy olami va hayotiy uyg‘unligi jahonda
dolzarb ta’lim – tarbiyada refleksiya yo‘nalishini rivojlantiradi.
Demak, ta’lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni komil inson mohiyatida o‘z
ifodasini topgani pedagogika tarixi va tasavvuf ta’limotining o‘zaro
aloqasidan
dalolat beradi.
Pedagogika tarixini o‘rganishda metodologik yondashuv boy ma’naviy
merosimizning ilmiy-amaliy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi. Milliy
g‘oyaning komil inson ta’limotini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya tizimida ma’naviy
merosdan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Ana shu qonuniyatlar jamiyatimizning ma’naviy qudratini oshirish,
barkamol avlodni tarbiyalashda tasavvuf ta’limoti va pedagogik merosimizdan
izchil foydalanishning metodologik asosidir.
Pedagogika tarixi va tasavvufning o‘zaro aloqasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Ijtimoiy ong shakllari sifatida bir-biri bilan uzviy боғлиқлиги; инсонни o‘zligini
bilish predmetida tasavvuf va pedagogik merosimizning bevosita aloqasi; milliy
mafkurani yaratishda va ommanining ongiga singdirishda yosh avlodni ma’naviy-
axloqiy tarbiyalashda o‘zaro hamkorlik kabilar. Shuni takidlash lozimki,
har bir
ijtimoiy voqeylik, jumladan, insonni bir butunlikda o‘rganish, barkamol avlodni
tarbiyalash, shaxsni shakllantirishda fanlararo bog‘liqlikni bayonchilik,
chaqiriqlardan aniq qonuniyatlar asosida yondashish vaqti keldi. Zero, shaxsni har
qanday g‘oyaviy manqurtlik ruhida tarbiyalash barham topmoqda, insoniyat
taraqqiyoti tarixi tajribalari asosida “insondagi imkoniyatlarni erkin namoyon
qilishga shart-sharoit yaratish davr imkoniyati va
talabi mavjud qonuniyatlar
asosida yondashish tizimini ishlab chiqish davri keldi.
Shaxs o‘zligini bilishi o‘z-o‘zini tarbiyalashga tarixiy taraqqiyoti izchil
o‘rganilman Vaholanki, o‘z-o‘zini tarbiyalash barkamol shaxsni shakllantirishning
samarali omildir. Inson o‘ziligini bilishi va o‘z-o‘zini boshqarishi, tarbiyalashi
muammosini rivojlantirishda ham bu ikkala ong ijtimoiy shakli bir-birini to‘ldiradi.
Bu borada komil inson haqidagi qarashlarining umumiy ikki yo‘nalishni ko‘rish
mumkin. Birinchi turkum qarashlar tarki dunyo etib ollohning yo‘liga o‘zini
bag‘ishlay olgan; inson o‘zligini bilish, o‘zligida olloh qudratini ko‘rishi komillik
mezoni sifatida talqin etiladi. Yа’ni, “Hadisi sharif” dagi “Kimki o‘zini tanisa,
Rabbini taniydi” g‘oya Alisher Navoiy, Boyazid Bistomiy, Mansur Xaloj va
Jaloliddin Rumiy kabi mutafakkirlarning so‘fiyona ta’limotida ifodasini topgan.
Inchunun, Alisher Navoiyning “Lison-ut tayr” asarida inson o‘zligini anglashi
ramziy obrazlar orqali asoslangan. komillikka erishish bosqichlari, sifatlari hayotiy
lavhalarda ko‘rsatilgan.
Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini
boyitishga xizmat
qilib kelgan. Insonning ruhiy-axloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib
borishi bu ta’limotning asosiy g‘oyasidir. Shu bois tasavvuf chuqur insparvarlik
g‘oyalari bilan omuxta bo‘lib, haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo‘l topdi,
odamlarni poklik, abadiy hayot, ko‘ngil hurriyati haqidagi orzularini ifodalab
keldi.
Sharq tasavvuf tarixi, ularning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti haqida
Najmiddin Komilovning “Tasavvuf”, Homidjon Homidiyning “Tasavvuf
allomalari”, Anvar Choriyevning “Tasavvuf falsafasida inson qiyofasi”
kitoblari
alohida o‘rin tutadi. Sharq malakatlarida tasavvuf ta’limoti “maktab”, “tariqat”,
tarzida keng tarqalgan. Muhosibiya, malomatiya, tayfuriya, junaydiya, qodiriya,
suhravardiya, mavlaviya, kubraviya,
chishtiya, naqshbandiya, bektoshiya,
hakimiya, shotiriya, axromiya, yassaviya, kabi tariqat va mazhablarni ko‘rsatish
mumkin. Bu tariqat va mazhablar malum jihatdan bir-birini to‘ldirsa, ko‘p hollarda
bir-biri bilan kurash olib borgan.
Alisher Navoiy “Nasoyimul muhabbat” asarida keltiradikim, Jaloliddin
Rumiy o‘z zamondoshi Sadriddin Kazviyni xushlamas edi.
Bir kuni suhbat
asnosida gap islomdagi mazhablar haqida borganda, Rumiy Kazviyga qarab “Men
yetmish uch mazhab bilan birdirman”, deydi. Bu etmish уч мазҳаб-исломдаги
siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy kurashlarni ifodalab kelgan har xil oqimlar, guruh
va firqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: