Yuk tashishni boshqarishda nozimlik aloqasini tashkil qilish katta ahamiyatga ega. Bunda telefon, telegraf va radio aloqasidan foydalaniladi.
Telefon aloqasi 2 va ko`p tomonlama ( selektor) gaplashish imkonini beradi. Agarda yuk punktlari va avtotransport korxonalari shahar telefon tarmog`iga ulangan bo`lsa, bunday aloqa ATS tarmog`i orqali amalga oshiriladi.
Bevosita telefon aloqalari nozimlik komutatorlari orqali amalga oshiriladi. Bunda DKZ-40, DKS-70 rusumli komutator quril-malaridan foydalaniladi.
Telegraf aloqasida teletayp qurilmasi yordamida turli masofalarga qisqa vaqtda juda yuqori tezlikda ma'lumotlar uzatiladi
va qabul qilinadi.
Avtomobil transportida radioaloqani qo`llash keng tarqalgan bo`lib, radioaloqa nozimlik punktlari va avtomobillar orasida tashkil qilinadi. Odatda bunday aloqa vositasidan kar'erlarda va katta qurilishlarda foydalaniladi.
Keyingi paytlarda suv inshootlari, temiryo`l bosh bekatlari, katta qurilishlar va shu kabilarda televizion aloqalardan foydalanilmoqda. Bunday joylarda avtomobillarning ishi maxsus telekameralar yordamida kuzatilib, boshqarib boriladi.
Ko`rilgan tadbiriy choralar haydovchilarga eshittirish qurilmalari orqali etkaziladi.
Ekspluatatsiya xizmati nozimlik yuk guruhi buyurtmachi tash-kilotlardan tashkil topib, ular avtomobillarning yuk jo`natuvchilarga borish vaqti, ularning manzili, yuk olib boriladigan tashkilotning nomi va manzili, yuk tashish masofasi va boshqa ma'lumotlarni taxlil qiladi va kerakli aniqlik kiritib, maxsus shaklda yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashishga buyrtma qabul qiladi.
Buyrtma (talabnoma) yuk tashiladigan kundan 14 soat (shaxarlararo yuk tashishda 48 soat) avval yozma tarzda beriladi. Avtotransport korxonasi buyrtmani qabul qilishdan bosh tortishi yoki uni boshqa kunga ko`chirishi haqida yuk jo`natuvchi bilan kelishishi mumkin.
Avtokorxona hisob raqamida buyurtmachi tashkilot yuk tashish haqining kamida 15 foiz pul mablag`i bo`lgan taqdirdagina buyrtma qabul qiladi.
Birinchi navbatda baxtsiz hodisa, boshqa transport ishini yengillashtirish (temiryo`l transportida konteynerlarni tashish) va shu kabi buyrtmalar qabul qilinadi.
Buyurtmachilar talablari va extiyojlarini ekspluatasiyaga tayyor bo 'Igan harakatlanuvchi tarkiblar sonini hamda aniq yuk tashish sharoitini hisobga olgan holda sutkalik (kunlik) yuk tashish rejasini tuzish operativ rejalashtirish deb aytiladi.
Smena-sutka rejasi harakatlanuvchi tarkiblardan samarali foydalanib, belgilangan yuk aylanishining bajarilishini ta'minlaydi.
Smena-sutka rejasini yuk tashishdan bir kun oldin buyurtma asosida nozimlik yuk guruhi tuzadi.
Smena-sutka rejasida har bir avtomobil va haydovchiga kunlik (smena) topshirig`i belgilanadi. Agar avtomobillar ikki smenada ishlatilayotgan bo`lsa, kunlik reja smenalarga bo`lib tuziladi.
Smena-sutka rejasi tuzilib, avtotransport korxonasi direktori tomonidan tasdiqlangandan keyin nozimlik guruhi haydovchilarga yo`l varaqasi yozib beradi.
Yo`l varaqasida haydovchiga kunlik topshiriq ko`rsatiladi. Yo`l varaqasining orqa tomonida haydovchiga berilgan topshiriqning bajarilgani to`g`risida ma'lumotlar bo`ladi. Bu ma'lumotlar tovar-transport hujjati bilan tasdiqlanishi lozim. Kunlik yuk tashish ishlari bajarilgandan keyin topshirilgan yo`l varaqalari asosida o`tgan kun uchun nozimlik guruhi hisobot tayyorlaydi. Bu hisobotda kunlik bajarilgan transport ishi taxlil qilinadi.
Smena-sutka rejasini tuzish tartibini quyidagi amaliy misolda ko`rib chiqamiz. Masalan, karieridan uysozlik kombinatiga 630 tonna qum tashishga buyrtma qabul qilingan. Buyurtmada quyidagi ma'lumotlar ko`rsatilgan: o`rtacha tashish masofasi 8 km; avtokorxonadan birinchi yuk ortish punktigacha 5 km; oxirgi yuk tushirish punktidan avtokorxonagacha 5 km. Yuklar uchinchi yo`l sharoitida tashiladi, yuk ortish ishlari ekskavatorda mexanizmlar yordamida bajariladi. Harakatlanuvchi tarkibning ishda bo`lish vaqti 16 soatga teng. Smena-sutka rejasini tuzish uchun quyidagi hisoblarni bajaramiz.
1. Ko`rsatilgan xajmdagi yukni tashish uchun yuk ko`taruv-chanligi 14 tonna bo`lgan KaMAZ 53102, GKB 8527 rusumli harakatlanuvchi tarkibni tanlaymiz.
3. Qatnovlar sonini aniqlaymiz.
4. Harakatlanuvchi tarkibning kunlik ish unimini aniqlaymiz:
2. Qatnovlar vaqtini aniqlaymiz:
5. Zarur harakatlanuvchi tarkiblar sonini aniqlaymiz.
6. Smena topshirig`ini aniqlaymiz. a) smenalardagi qatnovlar soni:
b) Smena topshirig`i:
1-smenauchun;
2-smena uchun
Jami kunlik topshiriq.
Nozimlik guruhi harakatlanuvchi tarkibni yo`nalishga chiqarish grafigi asosida ishga chiqishini tashkil qiladi. Harakatlanuvchi tarkibni ishga chiqarish grafigi ekspluatatsiya xizmati tomonidan texnik xizmat bilan kelishilgan holda tuziladi. Harakatlanuvchi tarkiblar yo`nalishga ma'lum vaqt oralig`ida yoki uzluksiz xolatda chiqariladi.
Yo`nalishga chiqish grafigini tuzishda quyidagilar hisobga olinadi. Jumladan reja bo`yicha harakatlanuvchi tarkiblarni bir sutkada ishga chiqarish o`rtacha soni, harakatlanuvchi tarkiblarning yo`nalishdagi ishlarining davomiyligi, oylik grafik asosida avtomobillarga 2-TXK va JT ishlarining tashkil etilishi, xizmat korsatilayotgan mijozlarning ish rejimi; yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish usuli.
Avtomobillarni ishga chiqish grafigiga muvofiq ravishda haydovchilarning ishlash grafigi tuziladi.
1 8-jadval
Harakatlanuvchi tarkibni yo`nalishga chiqish va qaytish grafigi
Hozirgi paytda ilg`or avtotransport korxonalarida yo`nalishga chiqishni va qaytishni operativ nazorat qilish uchun turli qurilmalardan foydalaniladi. Hozimlik xonasida ma'lumot tablosi, aloqa tarmog`i va boshqarish pulti bo`ladi. Boshqarish pulti orqali ma'lumot tablosidagi garaj raqamiga muvofiqlashgan chiroqning yonishi avtomobillarning yo`nalishga chiqqanligini ko`rsatadi. Hozimlik guruhi tomonidan yuqori tashkilotga, yo`nalishga chiqarilgan harakatlanuvchi tarkiblar soni va yuk tashish turi haqida ma'lumotlar berib boriladi.
Yuk tashishni boshqarishda nozimlik guruhlarini yo`nalish nozimlari, yuk jo`natuvchi va yuk qabul qiluvchilar hamda ayrim avtomobillar bilan aloqasini tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun uyali va umum foydalaniladigan telefon aloqa tarmoqlaridan, telegraf va radiotelefon aloqalaridan foydalaninadi.
Teletaypning afzalligi ma'lumotlarni qisqa vaqtda juda yuqori aniqlikda etkazishdan iborat. Teletaypda matn yozuv mashinasiga teriladi, so`ngra uzatish qurilmasiga beriladi. Teletayp apparati matnni avtomatik ravishda yozib oladi va uzatadi.
Avtomobil transportida turli xil tizimdagi radio va radiotelefon aloqalaridan foydalaniladi. Bunda o`rta, qisqa to`lqinli radiostan-siyalar qo`llaniladi. Ushbu radiostansiyalarning qo`zg`almas, harakatlanuvchi, markaziy va abonet turlari mavjud.
Harakatlanuvchi radiostansiyalar, asosan, avtomobillarga o`rnatiladi. Markaziy radiostansiyalar qo`zg`almas va harakatla-nuvchi turda bo`ladi. Qo`zg`almas va harakatlanuvchi radiostan-siyalar aloqa uzunligi 20—30 kilometrni tashkil qiladi.
Avtotransport korxonasi ekspluatatsiya bo`limining hisob-nazorat guruhi harakatlanuvchi tarkib ishining natijasi bo`yicha operativ hisobni yo`l varaqasi va tovar-transport hujjati asosida yuritadi.
Haydovchi yo`nalishdan qaytgandan keyin yo`l varaqasi bilan tovar-transport hujjatini navbatchi dispetcherga topshiradi. Nozim bu hujjatlarning to`g`ri rasmiylashtirilganini, yo`l varaqasidagi yozuvlarning tovar-transport hujjatiga to`g`ri kelishini, smena topshiriqlarining bajarilishini va boshqa ma'lumotlarni juda aniqlik bilan tekshirishi kerak.
Navbatchi nozim hujjatlarni rasmiylashtirishda yo`l qo`yilgan xatolar, smena topshiriqlarining bajarilmasligi va shu kabi kam-chiliklarni aniqlab, katta nozimga maTumot berishi lozim.
Hisob-nazorat guruhi yo`l varaqasi va tovar-transportning dastlabki hujjatlarini yuritadi. Hujjatlarning dastlabki ishlovi quyi-dagi ishlarni o`z ichiga oladi:
umumiy va yukli masofani hisoblash;
yurilgan umumiy masofani spidometr ko`rsatkichi bilan taqqoslash;
harakatlanuvchi tarkibning ish, harakat va to`xtab turish vaqtlarini, natijaviy ishini (qatnovlar soni, tashilgan yuk hajmi va yuk aylanishi) aniqlash;
qo`llanilayotgan tarif asosida transport ishi va boshqa xizmatlar hisobini qilish.
Yo`l varaqalari va tovar-transport hujjatlari dastlabki ishlovdan keyin qayta ishlovini bajarish uchun reja-iqtisod va hisob bo`limlariga topshiriladi (23-rasm).
2
3-rasm. Hujjatlarning aylanishi: 1 — yuk tashish rejasi; 2 — yuk tashish shartnomasi; 3 — yuk tashish buyurtmasi; 4 — operativ yuk tashish rejasi; 5 — yuk tashish uchun harakatlanuvchi qismlarning tayyorgarligi haqida ma'lumot; 6 — yo`l varaqalari; 7— yo`l varaqalarini ro`yhatga olish hisobi qaydnomasi; 8 — tovar-transport huijati; 9 — yuk tashish schetlari; 10 — texnik-ekspluatatsiya ko`rsatkichlari hisobi; 11 — avtoshinalarning yurgan masofasi hisobi.
Katta nozim, avtotransport korxonasi rahbari va yuqori tashkilotga kunduz soat 1200 gacha kunlik ish yakuni to`g`risida hisobot beradi. Harakatlanuvchi tarkibning yo`nalishga chiqarilishi va yo`l varaqalari ishlovi ma'lumotnomalari asosida avtotransport korxonasi smena-sutka davomida yuk tashish rejasining bajarilishini taxlil qiladi va kamchiliklarni aniqlaydi. Taxlil natijalari bo`yicha kamchiliklarni bartaraf qilish tadbirlari belgilab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |