Tirik baliqni tashish



Download 18,2 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi18,2 Kb.
#599647
Bog'liq
Baliqlarni tashish


Tirik baliqni tashish
Baliqlarni avtomobil, temir yo‘l, suv va aviasiya transportida tashiladi. Tashish tarasi sifatida ochiq va germetik idishlar qo‘llaniladi. Ochiq tipdagi idishlarga avtosisternalar, olinadigan koteynerlar va vagonlar hisoblansa, yopiqlariga-polietilen paketlar, mahkam qopqoqlangan bochkalar mansubdir.
Tashish uchun sog‘lom va harakatchan baliq olinib, turi bo‘yicha navlangan, o‘lchami va massasi bir xil, tangacha va qoplama zararlanmagan, shikastlanishlarsiz va nuqsonlarsiz bo‘lishi kerak. Tashishga mo‘ljallangan baliq ichidan ozg‘in, zaif va zararlangan baliqlar ajratib olinadi.
Tashishda asosiy talab tashilayotgan baliq fizologik holatini va hayotini saqlab qolishdir. Shuning uchun baliqni tashishga tayyorlash muhim hisoblanadi. Quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur hisoblanadi:

  • Tashishdan 1-2 kun ilgari ovqatlantirish to‘xtatiladi;

  • Tashish uchun zarur suvni tabiiy hovuzlardan olinadi;

  • Yuklash-tushirish ishlarini kechqurгn, erta tongda yoki tunda bajariladi;

  • Yuklashgacha baliq saqlangan suv haroratidan tashiladigan suv harorati 1-20С dan ortiq farq qilmasligi kerak.

Tashilayotgan baliqning tirik qolishiga suvda kislorodning eruvchanligi, hayot faoliyati chiqindilari (ayniqsa korbonat angidirid) va idish kengligi ta’sir qiladi. Tashishda hayot faoliyati chiqindilari ta’sirada baliqlarning ommaviy qirilishi yuz beribgina qolmay, baliq joylashtirilgan idishlar va suv havzalarida ham yuz beradi. Shuning uchun yaxshi tashishda baliqlarning idishdagi zichligi, havo va suvning harorati, baliqning yoshi va tashilayotgan masofa hisobga olinadi.
Lichinka va chavoqlarning tashishdagi maksimal zichligi quyidagi formuladan foydalanib hisoblanadi.

M-(V/V1)n


Bunda M-baliq soni, dona; V-suv hajmi, l; V1-baliq egallagan hajm, l; n-erkin bo‘shliq koeffisenti.
1 g gacha bo‘lgan og‘irlikdagi lichinkalar uchun n ning kattaligi 8-10 dan kam bo‘lmasligi kerak.
1 g dan ortiq vazndagi lichinkalar uchun n ning kattaligi 2 ga teng bo‘lishi, 3 g ortiq vazndagi chavoqlar uchun 4 bo‘lishi lozim.
Segoletkalar joylashtirilishining zichligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
B=V(K1-K2)TQ,
Bunda, B-baliq massasi, kg; V-tashiladigan idishdagi suv hajmi, l; K1- tashish boshidagi kislorodning miqdori, ml/l; K2-baliq bo‘g‘ilib qolishi boshlanadigan kislorod hajmi ml/l; T- tashish davomiyligi, soat; Q-baliq tomonidan kislorodning o‘zlashtirilishi, ml/kg.soat.
Ko‘pgina issiqsevar baliqlarni tashishning optimal harorati yoz paytida 10-120C, sovuq suv baliqlari uchun 6-80C, kuz va bahor mavsumida tegishli holda 5-60C va 3-50C.
Baliqlarni tashish vaqtida ular organizmida borayotgan almashinish jarayonlarini sekinlashtirish va joylashtirish zichligini oshirish uchun suv haroratini quruq muz (uglerod VI-oksid) qo‘shish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Uning suyulish harorati -790C bo‘lib, u suyuq holatga o‘tmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri gazga aylanadi. Uni suvga 1:3 nisbatda qo‘shilganda baliqni hushsizlantiradi.
Nasl beruvchilar tashilganda anasteziyalovchi preparatlar: xinaldin (1:1), trikain va metakain 10-40 mg/l suv va aminazin 0,125-0,25 g/l konsentrasiyada qo‘llanadi.
Lichinka va chavoqlarni 40 l hajmdagi polietilen paketlarda tashish maqsadga muvofiq. Ularni 40-80 sm kenglikdagi polietilen yenglardan tayyorlanadi (polietilen plyonka qalinligi 0,7-0,15 mm).
Polietilen paketlar umumiy hajmining 1/3 qismigacha suv bilan to‘ldiriladi (baliqchilik apparatlarini suv bilan ta’minlaydigan manbadan suv olinishi maqsadga muvofiq) va unga baliq solinadi. Qolgan bo‘sh joy bir oz bosim ostida kislorod bilan to‘ldiriladi, shlang orqali gaz berishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish lozim. So‘ng paketlar germetik bog‘lanib maxsus yashiklar yoki tashish qutilariga taxlab joylashtiriladi. Uzoq masofalarga tashish sharoitlarini yaxshilash uchun paketlar oralig‘iga uncha katta bo‘lmagan muz qo‘yish maqsadga muvofiq.
Nasl qoldiruvchir va sotiladigan baliqni tirik tashiladigan sisternalar va mashinalarda, alohida konteynerlarda hamda tirik baliq vagonlarida tashish mumkin.
Tirik baliq sisternalari zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan idishlar bo‘lib, baliqlar hayot faoliyatini tutib turuvchi mexanizmlar bilan jihozlangan.
Sisternalarni suv bilan to‘ldirish nasos vositasida bajariladi. Suvni kislorod bilan boyitish 10m3/soat quvvatli, avtomobil dvigatelida ishlaydigan havo kompressori bilan amalga oshiriladi. Avtosisternaning oldingi qismida muz saqlanadigan idish bo‘ladi, orqa devorda 250 mm diametrli lyuk bo‘lib, unga baliqni chiqarish uchun brezent mahkamlangan.
Baliqni bahor-yoz davrida tashilishida sisternadagi suv harorati 6-120C, kuz-qish davrida-3-70C bo‘ladi. Yilning sovuq davrida issiqlik almashtirgichdan issiq havo berilsa, o‘zda muz qo‘shiladi.
Chet elda maxsus tirik baliq mashinalari yaratilgan bo‘lib, baliq tashishda yuqori ishonchlilik ta’minlanadi. Ularning ustiga sinmaydigan oynadan termoizolya-siyalangan konteynerlar o‘rnatiladi. Ular baliq yuklash-tushirish uchun lyuklar va suv chiqarish trubkalari bilan ta’minlanadi.
Mashinalar suyuq kislorod bilan ta’minlangan bo‘lib, ular bug‘latgich orqali o‘tib, gaz holatda konteynerlarga beriladi. Kislorod changitgichi sifatida armaturalangan rezina shlanglar ishlatiladi. Shuningdek, atmosfera havosini beruvchi qo‘shimcha qurilma bo‘lib, havoni teshikli metall trubkalar orqali beradi.
Baliqli olinadigan konteynerlar ham kemadarda tashilishi mumikin. Bunda avtomobilda tashishda bajariladigan shartlarga amal qilinadi. Tashish dengiz tinch turgan holda bajariladi, chunki uzoq vaqt kema borti chayqalishida baliq devorlarga urulib jarohat olishi mumkin va yo‘qotishlarga olib keladi.
B-20 va B-239 tipidagi tirik baliq vagonlari baliqni temir yo‘lda tashishda qo‘llaniladi. Ular ikkita sisterna bilan jihozlangan bo‘lib, 13,3 m3 idishda baliq, 17,2 m3 li idishda suv saqlanadi, shuningdek aerasiya va ventilyasiya qurilmasi bilan jihozlangan.
Xaroratni tartibga solish uchun vagon muz va isitish uchun cho‘ntaklar bilan ta’minlangan. Va toza havo ventilyator yordamida beriladi. 15 l/sekund quvvatli ikkita nasos yopiq siklda suvni haydaydi, bunda suv osilmalar va shilliqdan ham tozalanadi va kislorod bilan boyitiladi. Baliq tashish qishda 6 sutkadan ortiq bo‘lmagan, yozda muz bilan sovutib turgan holda -4 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatlarda tashilishi tavsiya etiladi.
Doimo suv ostida yashaydigan osetrsimonlar idish maydonida taqsimldanishi ularni suv ostida bir qavat joylashishini hisoblab joylashtiriladi. Masalan 6-80C haroratda 4-6 sutka tashiladigan bo‘lsa, 500-600 dona ostersimonlar yoki umumiy massasi 0,5-0,7 t bo‘lgan sevrbga joylanadi.
O‘rtacha 20 g bo‘lgan karpsimonlarni joylashtirish zichligi kislorod 5 mg/l, suv harorati 100C bo‘lganda 1,1 t, 150C da- 0,57 t bo‘ladi. Xuddi shu sharoitlarda 500 gli baliq zichligi tegishli holda 2,8 va 1,4 t.
Tayinlangan joyga yetib borishda avtosisternalarda, tirik baliq vagonlarida haroratlar tenglashadi. Ruxsat berilgan farq 20C dan oshmasligi shart. Haroratning tenglashishi baliq bo‘lgan idishlarga uzluksiz suv quyish orqali amalga oshiriladi. Bir qavatning o‘zida uning ortiqchasi tashlab yuboriladi. Bu operasiya 30 minut oralatib 3 bosqichda bajariladi. Bunda baliq dengiz suviga osonroq moslashadi.
Xarorat tenglashgandan so‘ng baliq devori silliq qattiq plastik shlang orqali yoki diametric 20 sm bo’lgan quvur orqali qo‘yib yuboriladi.
Download 18,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish