Tasavvufda ta’lim-tarbiya tamoyillari, metodlari va vositalari.
Pedagogika tarixining asosiy ilmiy muammolaridan biri ta’lim – tarbiya
jarayoni qonuniyatlari va tamoyillarining taraqqiyotidir. XX asr oxirlariga qadar
ta’lim – tarbiya jarayonining qonuniyatlari aniq masala sifatida o‘rganilmagan edi.
Har qanday obyektiv qonuniyat singari ta’lim – tarbiya jarayonida ham
barqaror, takrorlanib turuvchi, ichki aloqadorlik, bog‘liqlik qonuniyatlari mavjud.
YAni, ta’lim – tarbiya jarayonining ham o‘ziga xos qonuniyatlar va tamoyillari
(prinsiplari) asrlar bo‘yi shakllangan, hayotda o‘z isbotini topgan. Ta’lim
prinsiplarini ilmiy asoslashda buyuk chex pedagogi va pravaslav dinining
rahnomalaridan biri Yan Amos Komenskiy (1592-1670) ning, ta’limoti jahonda
tan olingan. Uning izchillik, ko‘rgazmalilik, ko‘rsatmalilik, yosh va individual
xususiyatlarni hisobga olish, jamoa shaklida o‘qitish prinsiplari jahon pedagogika
tarixida alohida o‘rni tutadi. Mustaqillikdan keyin Abu Ali ibn Sinoning didaktik
qarashlarida ta’limda uzviylik, tabaqalashtirish, ta’limda o‘quvchi faolligi, bugungi
texnologik yondoshuv tamoyillari ilmiy.
Barcha dinlar, jumladan, islomning nazariy asosi tasavvufda joriy qilingan
ma’naviy, ruhiy tajribalar, eng avvalo diqqatni insonga qaratgan, insonni o‘zini
ilohiy mohiyatini bilishga, mushohada etishga ilhomlantiradi. Shuning uchun ham
bashariyat islom tasavvufiga qiziqishi, o‘zgacha ehtirom bilan orta boshladi.
Tasavvuf insonning basirat ko‘zini Ruh va Ko‘ngil olamiga qaratadi. Nafsni tanish
va yengish orqali go‘zal axloqqa erishish tajribasini o‘rgatadi. Ruhoniyat tarbiyasi
uchun uzluksiz g‘amho‘rlik qilish usullarini ko‘rsatadi.
Muhammad Payg‘ambar ta’limotining musulmon madaniyati, adabiyoti ilm-
fanning tadqiqot obyektiga aylanishining bosh sabablaridan biri ham shunda.
Rasululloh uchun dinning kamoli, eng avvalo, axloqning kamoli edi. Bir zot
Rasulullohning yoniga kelib: “Ey Ollohning Rasuli! Din nimadirq” – deya
so‘raganda, payg‘ambar: “Din go‘zal axloqdir”, - deb javob beribdi. O‘sha odam
payg‘ambarning o‘ng tomoniga o‘tib, yana Rasuli Olloh! Din nimadirq deb
so‘rabdi. Payg‘ambar esa: “Din go‘zal axloqdir”, - debdi. So‘ng haligi kimsa
payg‘ambarning orqasiga o‘tib “Ey Ollohning Rasuliq Din nedurq” degan ekan,
payg‘ambar: Anglamasmisan, din g‘azablanmaslikdir”
1
3
, - degan ekan.
Demak, komil inson mohiyati, fazilati uni shakllantirish omillari taraqqiyoti
masalasida pedagogika tarixi va tasavvuf ta’limoti uzviy bog‘liq rivojlangan.
Komil insonni shakllantirishda ta’lim – tarbiyaning ijtimoiy mohiyati falsafa tarixi,
jamiyat tarixi kabi fanlar o‘rgansada uning qonuniyatlarini, mazmuni, metodlari,
vositalari va shakllari tarixiy taraqqiyotini pedagogika tarixi o‘rganadi.
Ta’lim - tarbiyaning ijtimoiy mohiyati, maqsadi insoniy hayoti, yashashga
tayyorlash ekan uning mazmuni har bir davr talabidan kelib chiqadi. Zero,
pedagogik qonuniyatlardan biri ham ta’lim – tarbiyaning davr talabiga, jamiyat
buyurtmasiga mosligidir.
Bu borada islom ta’limoti VI – VIII asrlarda jamiyatdagi ma’naviy
bo‘shliqni to‘latishga qaratilgani, qatiy ta’lim – tarbiya mazmunida ifodalanadi.
Malumki, ta’lim – tarbiyaning mazmuni ibtidoiy jamiyatda: mehnat
qurollaridan foydalanish, dehqonchilik qilish, tabiat injiqliklaridan muhofazalash,
tibbiy bilim mehnat ta’lim – tarbiyasi mazmunini: hamkorlik, do‘stlik, jamoa
qoidalariga rioya qilish, kattalarni hurmatlash axloqiy tarbiya; jismoniy chiniqish,
har xil o‘yinlar jismoniy va nafosat tarbiyasi mazmunini ifodalagan.
Jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida kishilik jamiyati tomonidan
yaratiladigan tajribalarni aniq mashg‘ulotida tizim asosida ta’lim berish qoidalari
mazmuni, metodlari shakllanganini yozma manbalar “Avesto” da va yunon
pedagogikasi tarixida ko‘ramiz.
Xalq pedagogikasi maqol, rivoyat, dostonlarda ta’lim - tarbiyaning
mazmuni o‘z aksini topgan. Har bir davr ta’lim – tarbiya mazmuniga o‘z hissasini
qo‘shgan. Ta’lim – tarbiya mazmuni, avvalo, davr talabiga mos rivojlangan bo‘lsa,
o‘z navbatida jamiyat, millat va har mamlakat rivojlanishi ta’lim – tarbiya
mazmuniga bog‘liq bo‘lgan.
Jamiyat tarixi manbalarida malumki, meloddan oldingi ming yillik
o‘rtalarida insoniyat yashash tarzining oshishi boylik to‘plash, yerlarni bosib olish,
qullarning kuchidan foydalanish, xalqlar o‘rtasida, urug‘lar o‘rtasida raqobat bir
1 Al-Buxoriy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil. Hadis (Al-jome’ as-sahih). 1-jild
/Tarjimon Z.Ismoilov. – T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1997. – 572 b.
tomondan ma’naviy – axloqiy tarbiyaga ham salbiy tasir ko‘rsatdi. Ikkinchi
tomonidan hunarmandchilik savdo – sotiq, memorchilik tibbiyot, davlatchilik kabi
ilmlarni rivojlanishiga olib keldi. Qaysi halqda ilm – fan, ta’lim – tarbiya
rivojlangan bo‘lsa, shu xalq ustunlikka erishdi. Buni qadimgi Yunonistonda ilm –
fanni rivojlanishi va jahonning ko‘pgina qismini zabt etishida ham ko‘rish
mumkin.
Bu insoniyatning bir- biri bilan raqobati ma’naviy bo‘hronlarini ham
keltirib chiqardi. Shunday bir davrda Olloh tomonidan nozil bo‘lgan dinlar
insoniyatning ma’naviy mezonida aylandi. Insoniy fazilatlar har – bir dinning
mohiyati, mazmuniga mujassam bo‘ldi.
Islom ta’limoti falsafasi, ma’naviyati, axloqi, huquqining asosi bo‘lgan «Qur’on»i
Karim”ga ilohiyat, diniy e’tiqod masalalari bilan birga insonparvarlik, insonlarni
qovushtirish, ularning o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyat – nizolarning olidini olish,
ular orasiga adolat o‘rnatish kabi axloqiy ta’lim – tarbiya mazmuni ifodalangan.
Tasuvvuf ta’limotini ommoning shaxsning ongiga, qalbiga asrlar bo‘yyi barqaror
tasiri, dunyoda buyuk shaxslar tomnidan e’tirof etilishi uning tasirchan metod va
vositalaridan dalolat beradi. Har bir tasavvuf allomasining tariqatida, ta’limotida
komil insonni shakllanishi metod va vositalari izchil ifodalanadi.
Tasavvuf joriy etilgan ma’naviy ruhiy tajribalar, eng avvalo, diqqatini
insonga qaratar, uni o‘zining ilohiy mohiyatini mushohoda etishga ilhomlantiradi.
Tasavvuf insonni ollohga tobeyligiga alohida urg‘u berar ekan insonning, insonga
qaram va muhtojligi tushunchalarani tubdan isloh aylashni hurriyat, erkinlik
tenglik kabi aqidalarini targ‘ib qiladi. Tarixiy tarjribalardan kelib chiqadigan
ta’lim-tarbiya insonparvarlashtirish va demokratlashtirish tamoyili “har bir shaxsni
erkin rivojlashiga shart-sharoit yaratish” (I. Karimov) imkoniyatini oshiradi.
Tasavvufda insonshunoslik g‘oyasi ustuvorligi yana ilmiy o‘rganishga
molik. “Tasavvuf maslagi insonning besurat ko‘zini Ruh va Ko‘ngil olamiga
qaratadi. Nafsni tanish va yengish orqali go‘zal axloqqa erishish tajribasini
o‘rgatdi. Va ruhoniyat tarbiyasi uchun uzluksiz g‘amhurlik qilish usullarini
ko‘rsatdi”
1
.
4
.
Ta’lim – tarbiyaning samaradorligi oshirishda uning shakl va vositalari
muhim muammo, munozara bo‘lib kelgan. Ta’lim-tarbiya tizimi shakl, va vositasi,
saboq berish mashg‘ulotlari darsning takomillashuvi uzoq tarixga taqaladi.
“Avesto” dagi didaktik g‘oyalar qadimgi Yunonistonda pedagogika tizimi
fikrimizning dalilidir. Malumki xalq pedagogikasida badiiy rivoyat, maqol hikoya,
doston pand-nasihat asarlar ta’lim-tarbiyaning tasirchan vositasi ekanligi hayotda
asosalangan. Diniy ta’limotning barchasida shuningdek, tasavvuf allomalarining
asarlarida ham sher badiiy lavhalar vositasi ta’lim va targ‘ibotning asosiy
vositasidir.
Ta’lim-tarbiya metod, usul va vositalarini taraqqiyoti tajribalarini
umumlashtirish pedagogika tarixining muhim muammodir. Har bir davr ta’lim-
tarbiya mazmuniga xos metod va vositalarini qo‘lanilishi samaradorli omili bo‘lib
kelgan. Bu boradagi rivojlangan tajribalar umumlashtirilgan, avloddan-avlodga
1 Ibrohim Haqqul “Tahdir va tafakkur” “Sharq” T., 2007 27-28 b
o‘tib kelgan. Ta’lim-tarbiya talabi, jamiyat buyurmasi, zamon va makon xususiyati
asosida milliylik va umuminsoniylik xususiyat qaror topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |