3-mavzu. O‘rta asrlardagi pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar). Reja



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana22.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#839508
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
3-маъруза

YОSH DAVRI 
MAKTABNING NOMI 
TARBIYANING MAZMUNI 
18-20 
EFEBLAR 
HARBIY VA AMALIY TAJRIBA O‘TADILAR. DAVLAT 
QONUNLARINI O‘RGANADILAR
15-18 
KIMNASIYА
(GIMNAZIYА)
GIMNASTIKA, ADABIY, FALSAFA, MUNOZARA 
BILAN. MASHG’UL BO‘LADILAR. 
13-14 
IDEAL
“VATANDASHL” 
 MAKTABI 
PALESTRA –(GIMNASTIKA O‘YIN MAKTABI) 
 
7-13 
GRAMATTIKA KIFARMST 
 (O‘QISH, YОZI, HISOB)
 (MUSIQA
QO‘SHIQ, SHE’R) 
IDEAL –
VATANDOSHLIK 
MAKTABI 
(GRAMMATIKA, 
KIFARA, PALESTRA) 
XUSUSIY VA 
GIMNAZIYА VA 
EFIBLAR ESA DAVLAT 
MAKTABI.
0-7 
OILADA
PEDAGOGINI NAZORATI 
OILA TARBIYASI
SPARTA (LAKONIYA) TARBIYA TIZIMI 
YoSH DAVRI 
TARBIYA MUASSALARI 
TARBIYANING MAZMUNI 
20-30 
Davlatning ixtiyorida
Xuddi urishgandek davlatga xizmat qiladi
18-20 
Efeblar
Harbiy mashq tajriba kechirlar 
7-18 
Davlat tarbiya 
muassalarida
Harbiy jismoniy tarbiya, sovuqqa, issiqqa, ochlikka 
chidamli, chopmoq, tullanmoq, kurashmoq, disk 
otmoq, urishmoq, harbi qo‘shiqlar, gimn o‘qimoq, 
milliy raqs o‘rganmoq, savod o‘rganmoq majbur 
emas.
0-7 
Oilada
Oila tarbiyasi
SPARTA TARBIYA SISTEMALARIDA QIZLARNING HARBIY JISMONIY TARBIYASI 
E’TIBOR QARATILGAN 
 
 
 


Qadimgi Rim va Yunoniston faylasuflarining ta’lim-tarbiya 
haqidagi qarashlari 
 
Faylasuflar 
Yillar 
Tarixiy sharoit 
Pedagogika nazariyasini 
rivojlanishi 
Suqrot 
mil. avv. 
469-399 y 
Quldorlik jamiyati; fan, 
madaniyat 
taraqqiyotiga 
e’tibor qaratilgan. 
Insonning kamoltida o‘zligini bilish 
o‘z-o‘zini tarbiyalash asosiy omil 
ekanligi Ta’limning “sokratchasiga” 
suhbat metodi o‘quvchilada fikrlash 
qobiliyatini o‘stirish 
Demokrit 
mil. avv. 
460-370 
Quldorlik jamiyati; fan, 
madaniyat 
taraqqiyotiga 
e’tibor qaratilgan. 
Tarbiyaning tabiat bilan bog‘liqligi. 
Mustaqil fikrlashni ustuvorligi “ko‘p 
narsani bilash shart emas balki aqliy 
rivojlansa yetarli” ta’limda mashq 
qilish 
metodini 
tavsiya 
etadi. 
“O‘qimasa sanatga ham donolikka 
ham erishishb bo‘lmaydi” 
Platon 
mil. avv. 
427-343. 
Qadimgi Yunonistonning 
ilk quldorlik davrida ikkita 
katta davlat Afina va 
Sparta paydo bo‘ldi, ularda 
o‘ziga xos ta’lim-tarbiya 
tizimi ham vujudga keldi. 
Platonning inson kamolotiga ijtimoiy 
tarbiyaning roli va uning asosi, 
maktabgacha 
tarbiyada 
vujudga 
kelishi haqidagi g‘oyalari pedagogika 
fani 
taraqqiyotida 
alohida 
ahamiyatga ega
Aristotel 
mil. avv. 
384-322. 
Qadimgi Yunonistonning 
nihoyattda taraqqiy etgan 
davlatga aylanishi
Aristotel ta’lim-tarbiyaning birligini 
taminlash masalasiga jiddiy e’tibor 
berdi va uni keng ko‘lamda yoritdi. U 
asosan o‘zining falsasfiy ta’limotida 
irodaviy 
faoliyatga 
asoslanadi. 
Insonning irodasi undagi barcha ezgu 
xulq atvorlarining shakllanishi va 
rivojlanishi uchun zamin bo‘lishi 
kerakligini 
takidlaydi. 
Mustaqil 
mantiqiy fikrlash obyektiv olamni 
bilishning muhim yo‘li ekanligini 
ko‘rsatadi 
Plutarx 
mil. 
46-120. 
Yunoniston Rimning bir 
bo‘lagiga 
aylandi 
mustaqilligini yo‘qotdi.
Yunonistonning buyuk shaxslarning 
hayot yo‘lini yoritdi shu jarayonda 
mamalakatda ma’naviy muhit hal 
qiluvchi ekanligini asosladi. “Notiqni 
(tarbiyalash 
haqida)” 
kitobida 
ijtimoiy 
tarbiyani 
ustunligini; 
bolalarning 
yosh 
xususiyatlarini 
individial 
xususiyatlarini 
hisobga 
olishni o‘qituvchining o‘qituvchilik 
kasbiga o‘ziga xosligini asosladi 
ta’limda taqlid nasihat va mashqni 
o‘zaro 
bog‘liqligini 
uyg‘unigini 
asosladi.
Mark Fabiy 
Kvintilian 
mil. 
42-118. 
Qadimgi 
Rimda 
(eramizdan avv II asr) grek 
madaniyati tez rivojlangan, 
Rim pedagoglarining eng mashhur 
hisoblanadi. Uning “Notiq tarbiyalash 
to‘g‘risida” 
nomli 
asarining 


grek tili aslzodalar tiligi 
aylangan. 
Xristian 
dini 
qabul 
qilingan. 
O‘sha 
davrdan boshlab maktab va 
madaniyat diniy tus olgan 
anchagina qismi garchi bizgacha etib 
kelmagan 
bo‘lsada, 
ammo 
bu 
asarning saqlanib qolgan qismlarida 
Kvintialiyaning 
pedagogika 
sohasidagi 
asosiy 
qarashlari 
ifodalangan. 
Uning 
bu 
asari 
pedagogika tarixida birinchi marta 
maktab amaliyoti bilan chambarchas 
bog‘langan 
dastblaki 
asar 
hisoblanadi.
Sparta 
(Lakoniya) 
Afina 
(Attika)tarbiya 
tizimi 
Qadimgi Yunonistonning 
ilk quldorlik davrida ikkita 
katta davlat Afina va 
Sparta paydo bo‘ldi. 
Afinada maktab tizimi u tipdagi 
maktablardan, yani musiqa maktabi, 
gimnastika maktabi va gimnaziya 
maktablaridan iborat bo‘ldi. Sparta 
davlatida jismoniy kamolotga katta 
e’tibor berilib, ayollar ham bu ishga 
jalb etilgan. Chunki sog‘lom , 
baquvvat ayollargina sog‘lom avlodni 
vujadga 
keltirishi 
mumkin 
edi. 
Qullarning bolalarigina esa ota-
onalarining 
kasb-hunarlariga 
o‘rgatilgan.
Талим-тарбия тараққиёти тарихи, фалсафий педагогик таълимотлар 
tarixini o‘rganishda istiqlol tufayli chop etilgan “Istiqlol manzaralari”, “96 mumtoz 
faylasuf” (“Yangi asr avlodi” T. 2009 y), Abdulloh Abdulhamid Said-ning “O‘rta 
Osiyo olimlari qomusi” (“T. Imom Buxoriy jamg‘armasi” 2007 y), 
kabimanba’larda keltirilgan ilm-ziyo tarixi muhim ahamiyatga ega. O‘rta Osiyo 
olimlar qomusi so‘zboshida Irof Zununabarov shunday yozadi: «O‘zbekiston — 
allomalar yurti» degan iborani barchamiz ko‘p eshitganmiz, kezi kelganda, o‘zimiz 
ham g‘urur bilan aytamiz. Zero, ushbu so‘zlar zamirida shunday ulkan haqiqat va 
ibratli e’tirof yotadiki, ularga sazovor bo‘lish dunyodagi sanoqli ulkalargagina 
nasib etgan. Lekin tarix gardishi bilan ushbu haqiqat uzok, yillar davomida 
xaspo‘shlab kelindi, uning umuminsoniy ahamiyati ataylab pastga urilib, talqin 
etildi. Istqlol tufayli nafaqat musulmon olamining rivoji, balki umuminsoniy
taraqqiyotning yuksalishiga benazir hissa qo‘shgan alloma ajdodlarimizni yangidan 
kashf etilmoqda. O‘zbekiston olimlar bilan bir qatorda jahon ilmiy jamoatchiligi 
ham munosib hissa qo‘shmoqda. Ana shunday insonlardan biri — misrlik 
iste’dodli olim, dunyoga mashhur «al-Azhar» universitetining sobiq talabasi, 
hozirda esa, professori, doktor Abdulloh Abdulhamid Saaddirning ko‘p yillik 
mashaqqatli, shu bilan birgalikda, mazmun-mohiyati bilan ezgulikka yo‘g‘rilgan 
ilmiy izlanishlarishular jumlasidandir. Uning ezguligi shundaki, qomus moziyda 
arablar tomonidan «Movarounnahr» deb atalgan o‘lkaning umuminsoniy 
tamaddundagi alohida o‘rnini yanada tiniqlashtiradi, bu jannatmakon yurtda 
yetishib chiqqan allomalar jahon ilmu fani taraqqiyotiga qo‘shgan salmoqli 
issaning haqiqiy zalvorini oydinlashtiradi. Masalaning ikinchi tarafi asarlar 
shu zamin xalqining qalbidagi eng nozik hissiyotlarni jubushga keltirib, ajdodlari 


bilan faxrlanish, ularga munosib voris bo‘lish, mazkur zaminga mansublikdan
g‘ururlanish tuyg‘ularini uyg‘otadi. Oddiy qilib aytganda, vatanparvarlik deya 
atalmish oliy insoniy fazilatni mustahkamlaydi. 
Tabiiyki, turli nisbalar ostida keltirilgan olimlarning soni bir-biridan farqlanadi. 
masalan, ayrim nisblar ostida birgina olim zikr etilgan bo‘lsa, ba’zilarida o‘nlab, 
hatto yuzdan ortiq olimlar haqidagi malumotlar bayon etilgan. Mamlakati tarixiy 
taraqqiyoti davomida muhim rol o‘ynagan o‘ziga xos ilmiy va madaniy 
markazlarning jug‘rofiyasi va kuchi haqida ham xulosa chiqarish mumkin. Xorazm 
Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulurbek rasadxonasi va madrasai oliyasi, Buxorodagi 
Mir Arab va Toshkentdagi Kukaldosh madarasalari kabi yuzlab ilmu irfon 
markazalarining qanday shakllanganini chuqurroq bilib olsa bo‘ladi.
Shu tariqa, mazkur qomusdan 2700 nafardan ziyod olimu ulamolar haqidagi 
qisqacha ma’lumotlar joy olgan. Ular VIII-XIX asrlarda yashab, ijod qilgan 
ajdodlarimiz bo‘lib, bundan O‘zbekiston zaminida ilmu fan taraqqiyoti, ma’rifat 
ziyosi hamisha munavvar bo‘lib kelgani, eng og‘ir damlarda ham yurtimizda 
bunyodkorlik to‘xtab qolmagani haqidagi mantiqiy xulosa kelib chiqadi. 
Masalaning yana bir muhim tarafi borki, uni ham alohida ta’kidlash joiz. 
Qomusda keltirilgan allomalar faqat diniy ilmlar bilan shug‘ullanibgina 
qolmasdan, balki ularning faoliyati bugun biz dunyoviy va aniq fanlar deb 
nomlaydigan sohalarning beistisno barcha tarmoqlari, ya’ni tarixu falsafadan 
boshlab, kimyo, tibbiyot va matematikagacha, hattoki davlat va jamiyat qurilishi 
masalalarigacha bo‘lgan keng ko‘lamni o‘z ichiga qamrab olgandir. Ular ijodining 
juda katta qismi hanuzgacha tadqiq etilmay, noma’lum bo‘lib qolayotgani nazarda 
tutilsa, kelgusida qanchadan-qancha kashfiyotlar kutayotgani ma’lum bo‘ladi. 
Bu hol qomusda qamrab olingan davr, ayniqsa o‘rta asrlarda, umuman O‘rta
Osiyo va, xususan uning «yuragi» O‘zbekistonning, jahondagi eng nufuzli ilmiy-
madaniy markazlardan biri bo‘lganini ko‘rsatadi. Shu bilan barobar, joy 
olgan olimlarning mutlaq ko‘pchiligi aynan O‘rta Osiyodan chiqqan allomai
zamonlar, ekanini alohida ta’kidlash lozim. Kitobdagi ko‘plab olimlarning keng 
jamoatchilikka noma’lumligi, hatto o‘zbek va rus tillaridagi qomusiy nashrlarda 
ham uchramasligi uning ilmiy-amaliy qimmatini yanada oshiradi. Bir so‘z bilan 
aytganda, mazkur qomusiy nashr O‘zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbekiston — umumjahon sivilizatsiyasi 
eshiklaridan biri» degan fikrining amaldagi yana bir hujjati tasdig‘idir. 
Komil inson, barkamol shaxsni shakllantirish predmetida insonshunoslik 
fanlari, jumladan, pedagogika tarixi tasavvuf bilan tarixan va mantiqan o‘zaro 
bog‘liqdir. 
Komil inson g‘oyasi azal – azaldan xalqimizning ezgu orzusi, uning 
ma’naviyatining uzviy bir qismi bo‘lib kelgan. Bu masala avvalo zardushtiylik 
ta’limoti va islom falsafasidan oziqlanib yanada kengroq mano- mazmun kasb 
etgan. Bu tarixiy haqiqat, «Qur’on» Karim ” Hadisi Sharif kabi muqaddas 
kitoblarni milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillarni yaratishda 
asosiy manba sifatida qo‘llanilishida o‘z ifodasini topgan. Komil inson, uni 
shakllantirishda fan va dinning uyg‘unligi Sharqni renisans beshigi bo‘lishiga 
sabab bo‘lgan. Dunyoviy ilmlar va islomiy g‘oyalar buyuk Sharq mutafakkirlari 


ilmiy merosida bir-birini to‘ldirganini, bir-biri bilan bog‘liq rivojlanganini 
ko‘ramiz. 
Xalqimizning ma’naviy-madaniy tarqqiyotidagi bu qudratli omilni 
anglagan mustamlakachi siyosatdonlar fan va dinni bir asrga yaqin kurashtirib 
keldi. Milliy qadriyatlarimizni zo‘r berib yo‘qotishga barcha choralar ko‘rdilar. 
Natijada buyuk bobokalonlarimizning ilmiy merosini jahon tan olgani holda, buni 
bir tomonlama tanqidiy o‘rganildi. Masalan, Alisher Navoiyning asarlaridan o‘sha 
davr ijodidagi an’anaviy hamd boblari olib tashlab nashr qilindi. Vaholanki, jahon 
allomalari merosidagi ilmiy va diniy uyg‘unlik mukammal nashr etilardi. Masalan, 
jahon pedagogika fanining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan chex olimi Yan 
Амос Komenskiyning “Buyuk didaktika”
1
1
asari pedagogik qoidalar ollohga 
hamdu sanolar bilan ifodalangan. Uning o‘z millatining din peshvosi bo‘ldi, 
pedagogik asarlari chex xalqining milliy o‘zligini anglashga yo‘lladi. 
Insonshunoslik asosida fan va dinning o‘zaro hamkorligi barkamol 
shaxsni shakllantirish mazmun va mohiyatini boyitdi, istiqbolli yo‘nalishlarini 
belgilab berdi. Ilmiy tadqiqotlarda yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlar tasavvuf 
ta’limotidan foydalanish yo‘llari, usullari ishlab chiqilmoqda.
Inson predmetida fan uning o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlarini 
aniqlanishi hamkorlikning samarali yo‘llarini takomillashtirish imkoniyatini 
oshiradi. 
Insonni bir butunlikda o‘rganish avvalo komil insonning mohiyati 
tarifi-o‘ziga xos fazilatlarini umumlashtirish; ikkinchidan, barkamol shaxsni, 
barkamol avlodni shakllantirishda insonshunoslik fanlarini o‘zaro bog‘liqlik 
qonuniyatlarini va ijtimoiy institutlarning o‘zaro hamkorlik yo‘llarini aniqlashdir.
Malumki, dinlarning kelib chiqishi ham insoniyatni yuksalish sari intilishi
ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish zaruratidan kelib chiqqan. Insonlarni xalqlarni 
malum bir g‘oya yo‘lida birlashtirish o‘ziga xos insoniy komillikka yo‘llashdan 
iborat bo‘lgan. Biz dinlar tarxi haqida munozara yuritmoqchi emasmiz. Islom dini 
joriy etilish davrida Arabistonda qiz bola tug‘ilsa tiriklayin ko‘mishdek tubanlik 
holati mavjud bo‘lgan. Muborak hadisi sharifda “jannat onalar oyog‘i ostida”, 
“Ikki qiz bolani tarbiyalab voyaga yetkazgan ona jannati bo‘ladi”, aqidasi bu kabi 
illatlardan qutilish yo‘li bo‘lganini misol keltirish mumkin. 
Inson mohiyati borasida komil inson siyrati, fazilatlari uni shakllantirish 
omillari dinlarning ham, fanlarning asosiy muammosi, munozara predmeti bo‘lib 
kelgan. Xalq pedagogikasi, mutafakkirlarning komil inson haqidagi g‘oyalari 
kishilik jamiyatining har bir davrida, har bir millatga komil inson mohiyati, o‘ziga 
xos xususiyat kasb etgan. Xalq og‘zaki ijodida, doston, ertak, rivoyat , maqollar va 
badiiy asarlar qahramonlari, ideal obrazlarida komil inson namunasi ifodalangan.
Diniy manbalarda, jumladan, “Avesto”da komil inson tushunchasi ilk 
bor inson mohiyati, fazilati muammo sifatida talqin tahlil etilgan desak xato 
bo‘lmaydi.

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish