3-mavzu. O‘rta asrlardagi pedagogik fikrlar (VII-XIV asrlar). Reja


Komil inson va uning shakllantirish g‘oyasining rivojlanishi



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana22.07.2022
Hajmi0,53 Mb.
#839508
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
3-маъруза

Komil inson va uning shakllantirish g‘oyasining rivojlanishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Komil insonning 
ijtimoiy mohiyati 
Komil inson fazilatlari 
Komil insonni 
shakllantirish metodlari, 
vositalari 
“Avesto” kitobida 
“Tasavvuf” ta’limotida 
O‘rta Osiyo falsafa 
tarixi 
Qadimgi Yunoniston, 
Xitoy falsafa tarixi 
Xalq pedagogikasi 
Mumtoz adabiyot 
Milliy g‘oya 
“Avesto” kitobida komil 
inson g‘oyasi 
“Qur’oni karim”, 
“Hadis”, “Tasavvuf”da 
komil inson g‘oyasi 
O‘rta Osiyo 
mutaffakkirlari 
ta’limotida ta’lim-
tarbiya haqida 
Qadimgi Yunoniston, 
Xitoy 
mutafakkirlarining 
pedagogik qarashlari 
Xalq pedagogikasi 
Mumtoz badiiy asarlar 
Psixologiya tarixi 
Xalq pedagogikasi 
Qadimgi Yunoniston, 
pedagogika tarixi 
Sharq 
mutaffakkirlarining 
pedagogik ta’limoti 
Mumtoz adabiyotda 
ideal obrazlar 
Osiyo va Yevropa 
pedagogikasi ta’limoti 


Aziziddin ibn Muhammad an-Nasafiy
-shoir tasavvuf falsafasining yirik 
vakili. Shayx Najmiddin kubro ta’limoti va Muhyiddin ibn Arabiy tariqatini o‘zaro 
bog‘lagan kubraviya mashoyihlaridan biri. Dastlab Nasaf, so‘ng Buxoro 
madrasalarida ta’lim olgan. 
Asosan, falsafa va hikmatni o‘rgangan, tib, ilmida ham yuksak mahoratga 
ega bo‘lgan. Aziziddin Nasafiy 1243-1251 yillar Xurosonda yyetuk oriflardan 
bo‘mish Sadiddin Hamaviy (Hamuya 1191-1252) bilan tanishish natijasida tavvuf 
yo‘liga kirgan. 
Fors tilida ijod qilgan. “Inosni komil” asari Aziziddin Nasafiy risolalarining 
majmuasi ham deb yurtiladi. 1 muqadima va turli mavzularga bag‘ishlangan 2 
risoladan iborat. Undagi risolalarning ko‘pi “Manozil us-soyirin” (“Yo‘lovchilar 
qo‘nalg‘asi”)ning bazi nusxalarida uchraydi. Ushbu asar 556 sahifa bo‘lib, irfon va 
hikmat masalalari asosi haqida “Maqsad ul-aqso” (“So‘ngi maqsad”) asar 8 fasl, 8 
bob va 1 xotimadan iborat. Shuningdek, “Zubdat-ul haqoyiq” (“Xaqiqatlar 
qaymog‘i”), “Usul va furu” (“Ildizlar va butoqlar”), “Mabda va mayod” (“Asl 
makon va (unga) qaydish”), “Miftoq ul-asror” (“Sirlar kaliti”), “Nafsi insoniy”, 
“Vahdali vujud” va boshqa kitoblari chet ellarda chop etilgan. Olam va odam 
birligi ta’limoti Aziziddin Nasafiy asarlarining mohiyatini tashkil etadi. 
Aziziddin Nasafiy ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus olimlari 
tomonidan tadqiq etilgan. Qo‘lyozma nusxalari Vena, London, Kalkutta, 
Dushanbe, Istambul, Sank Peterburg, Tehron shaharlari kutubxonalarida, 
O‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo‘lzma fondida saqlanadi. “Zubdat ul 
haqoyiq” asari N. Komilov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 
Jumladan, Aziziddin Nasafiyning pedagogik merosi alohida o‘rganilishi 
tasavvuf ta’limoti va pedagogika tarixi o‘zaro bog‘liqligi insonni kompleks 
tadqiqotiga yangi yo‘nalish ochgan bo‘ladi. N.Komilov takidlaganidek: XIII asr 
Sharq xalqlari ma’naviyati va tafakkuri tarixida alohida o‘rin egallaydi. Bu davrga 
kelib, kalom ilmi, falsafa va tasavvuf kamol topdi. Natijada har uchalla sohani 
birlashtirgan ajoyib olimlar va mutafakkir adiblar yetishib chiqdi. Ana shunday 
mutafakkirlardan biri atoqli vatandoshimiz Aziziddin ibn Muhammad an 
Nasafiydir
1
Aziziddin Nasafiyning “Kashful haqoyiq” (Haqiqatlarni ochilishi), 
“Zubdatul haqoyiq” (Haqiqatlar qaymog‘i) . Bu kitoblarda Sharq falsafasi va 
hikmati, islomiy haqiqatlar omuxta etilgan tasavvuf va falsafani qo‘shib, komil 
inosn ta’limotining rivojlanish bosqichlari o‘z ifodasini topgan.
U hayotiy insonni, odam tug‘ilganidan kamol topgangacha jarayonini izchil 
asoslaydi. U komil insonning ijtimoiy mohiyatini shakllanish jarayonini ilmiy 
tahlil etadi, islom ta’limotiga qarashlarni chog‘ishtiradi. 
“Zubdat ul haqoyiq ” kitobining kirish qismida muallif olami kubro va olami 
sug‘ro haqida bir risola bitishni, “barcha ilm ahli fikr – mulohazalarni xolisona
bayon etib” berganini yozadi 
1
Aziziddin Nasafiy “Zubdat ul hahoyih” T. “Kamalak”. 1995 yil 11 b


Boblarning mundarijasi mantiqan izchilligi kitobni ilmiy qimmatidan dalolat 
beradi. Birinchi bob olami kubro (katta olamni bilish haqida, u uch fasl (qism)dan 
iborat: Birinchi fasl shariat ahlining so‘zlari, ikkinchi fasl hikmat ahli so‘zlari, 
uchunchi asl vahdod ahlining so‘zlari bayonida avvalo olami kubroni bilish 
zarurligini olam tushunchasining mohiyati, kichik inson olami (insoni sug‘ro), 
ulug‘ inson (insoni kubro) va katta olam muhitini ifodalaydi. Birinchi bob. birinchi 
faslda olam va odam muammosi haqida shariat ahlining g‘oyalarini 
umumlashtiradi. Shariat ahlining insoniy kamolotda chegara, meyor “taqdiri azal” 
haqidagi qarashlarga e’tiroz bildiradi.” Binobarin odamlarning so‘zlari va faoliyat 
ishlari uchun oldindan belgilangan o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish 
odamning sai – harakatiga bog‘liq: odam qancha ko‘p g‘ayrat qilsa, bilim va 
darajasi shuncha ortadi.Yaxshilik va yomonlik qilish, kam eyish yoki ko‘p eyish – 
inson ixtiyoridagi ish, u qancha mehnat va kuch sarflasa, shuncha imkon topadi 
(Aziziddin Nasafiy “Zubdat ul haqoyiq” T. “Kamalak”.11 bet). 
Aziziddin Nasafiy shariat ahlining mutloq olam va odam haqidagi 
qarashlarini ruh va ruhning darajalari, “jism darajalari”ni mukammal tahlil etadi. 
“Hikmat ahlining ulug‘ olam” bobida insonning o‘rni, insoniy fazilatlari 
borasidagi o‘sh davrgacha bo‘lgan qarashlarni tahlil qiladi. Hikmat ahli ikki xil 
vujudning mavjudligini tan olishi bir azaliy, ikkinchisi o‘tkinchi” ekanligini 
takidlaydi. Ularning fikricha “Vojibul-vujud Rabbil olamindir imkoniy vujud 
Tangri taolo yaratgan olamdir”. 
Tabiatning rang-barangligi, o‘zgarib turishi inson kamolotiga tasiri haqida 
shunday deydi: “Odamlar o‘rtasidagi farqlar ana shu aytilganlardan kelib chiqadi.” 
yani ular (jonlarning qaysi manbaadan tutgani va azminan arbaa (to‘rt fasl)ning 
xosiyatidan kelib chiqadi” Baxt va baxtsizlik, zakovat to‘ndlik, qashshoqlik va 
boylik, ulug‘vorlik va pastlik, umrning uzoqligi va qisqaligi va boshqa bularning 
hammasi fasllar hosiyatining alohida tasiridir. Payg‘ambarlar, avliyolar, va 
doshinmandlar bir ovozdan zamon va makoning hamma narsaga, ayniqsa odamga 
kuchli tasiri borligini tasdiqlaydilar. 
Aziziddin Nasafiy inson taqdiri va uni tarbiyalashdagi tadbir o‘zaro 
bog‘liqligini, shaxs shakllantirishda faoliyat hal qiluvchi omil ekanligini asoslaydi. 
“Taqdir ham, tadbir ham bir narsa”..... fikr va tadbirlar tasir kuchiga ega, ammo 
insonning himmati (intilishi) va orzusi bu sifatlarga ega emas. Ha, ko‘p 
donishmadlar solihlar farzand tarbiyalaydilar, o‘z bolalarini o‘zlariga 
o‘xshashlariga harakat qiladilar. Ammo, yo‘q aksincha, ular “donishmadlarning 
bolalari johil va foxish bo‘lib yetishadilar, ha, qissaxon va xush ovoz xonandalar 
bola chaqa qilib bolalarini o‘zlariga o‘xshashlari uchun kuch sarflaydilar. Yo‘q, 
aksincha, ularning bolalari hokimlar va solih taqvodor shaxslar bo‘lib 
yetishadilar”. 
Muallif “fayoliyat va tarbiya inson taqdirini hal qiluvchi omili ekanligini: 
ulug‘ niyatlar harakat faolliksiz ahamiyat kasb etmasligini” asoslaydi. Yuqorida 
takidlaganimizdek “Zubdat ul haqoyiq” kitobida olam va odamning paydo bo‘lishi, 
makon, zamon inson, insoniy burch, kamolotga erishish imkoniyatlar haqida 
qarash qiyosiy tahlil etiladi. Birinchi bobning xulosasida, insoning vazifasi 


uzluksiz marifatga intilish nur bilan to‘ldirish va ilm topib musaffolik sari 
intilishdir,-deb yozadi. 
Mutafakkir insonning yuksaklikka erishishida qobiliyati, imkoniyatlari, 
himmati va marifatga intilishi bir-birini to‘ldirishni uqtiradi. Qobiliyatning 
mohiyati haqida: “odam qancha qobiliyatli bo‘lsa qancha qo‘shish etsa kuch 
sarflasa, uning mavqiye shuncha baland bo‘ladi. Har bir kishining maqomi uning 
ilmi va amaliga munosibdir. Har bir odamda ikki xil qobiliyat bor. Birinchisi, to‘rt 
fasl harakati tasirida qobiliyatdir uning nasldan meros bo‘lib, uni sayi harakat 
bilan egallab bo‘lmaydi. Insoniylik xaddi chegarasini egallagan har bir kishi komil 
inson bo‘ladi.” deb takidlaydi.
Aziddin Nasafiyning “Zubdat ul haqoyiq” kitobi pedagogika va psixologiya
tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuni takidlash lozimki, insonni obyekt 
sifatida o‘rganish bo‘yicha ilmiy-pedagogik tadqiqotlarda malum yutuqlarga 
erishilgan. Lekin shaxs kamolotining samarali omili o‘zligini bilish va o‘z-o‘zini 
tarbiyalash nazariyasi tarixi tadqiq etilmagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak boy 
pedagogik 
merosimizdagi 
insonshunoslik 
ilmining 
tarixiy 
taraqqiyoti 
o‘rganilmagan. insonni bir butunlikda o‘rganish borasida Aziddin Nasafiy ilmiy 
merosi alohida ahamiyatga ega. 
Prof. N Komilov “Tasavvuf” kitobida yozganidek: “Nasafiy islomdagi bir 
nechta ilmning insonga bo‘lgan qarashlari munosabatini chog‘ishtiradi, insoni 
kayhoniy vujud sifatida ham, yer mohluqoti sifatida ham tahqiq va tadqiq etadi. 
Nasafiyda komil inson ruh tushunchasi bilan zid aloqada tekshiriladi. Inson 
martabalari ruh martabalari sifatida olib qaraladi. 
Aziziddin Nasafiy komillikka erishishning asosiy yo‘laridan biri ham inson 
o‘zligini anglashi deb biladi. U kitobxonga murojat qilib “Ey piri darvesh hamma 
bir narsaga iqrordir. Kimki o‘zini anglagan, o‘zini tanigan bo‘lsa Rabbini anglaydi 
va taniydi. O‘zini tanigan kishi ulug‘ olam (olam kabr)ni ham anglaydi: - shuning 
uchun barcha kuchni o‘z-o‘zini anglashga sarflash lozim” deb yozadi dedi. 
Albatta komil inson siyratini modelini yaratish ham muhim dolzarb 
muammodir. Komil inson siyratini yaratishda kishilik jamiyati tarixiy 
taraqqiyotidagi tajribalar umumlashtirilgan. Lekin har bir davrning komil insonini 
o‘ziga xos mezoni, modeli bo‘ladi. Masalan o‘tgan asrlarda barkamol inson 
komyuter texnikasidan foydalanishi mahoratini egallashi talabini qo‘yish g‘ayri 
tabiiy hol bo‘lur edi. 
Aziziddin Nasafiy o‘z davri uchun qimmatli ahamiyatga ega bo‘lgan komil 
inson siyratini yaratgan. Uning merosining ahamiyati shundaki, komil insonni 
shakllantrish jarayonini ilmi asolaydi. O‘sha davrda urug‘don bola uchun ona 
qornida shakllanish jarayonini fiziologik tahlil qiladi. Kitobning “kichik olam” 
haqidagi ikkinchi bobi” inson va inson darajalari to‘g‘risida”, “Odamga kamolotga 
erishish uchun zarur bo‘lgan jami narsalar urug‘da mujassam” deb yozadi. Bu 
bilan shaxsning kamolotidagi irsiyatning o‘rni va uning tabiat tasiridagi rivojlanish 
jarayonini ilmiy asoslashga erishgan. 
Dastlabki oydan va bola dunyoga kelguncha rivojlanish jarayoni odamning 
mijoziy xususiyatlari ona qornidayoq tarkib topishini ifodalaydi. Bu bobda bir 
odam azosini shakllanishi har bir azoning vazifalari atroflicha tahlilini ko‘ramiz. 


Ikkinchi bobning “oltinchi fasli”da miyaning vazifalari, insonnnig 
psixologik xususiyatlari quyidagicha tahlil etiladi.”Bilgilki miyada joylashgan 
ko‘ngil (jon) ruh- anglovchi bekor etuvchidir. Uning anglash (tushunish) faoliyati 
ikki qo‘rinishga ega. Birinchisi zohiriy va botiniy (faoliyat). Zohiriyga miyasi besh 
qismdan iborat yani bular tashqi xislar bo‘lib, ular beshtadir-eshitish, ko‘rish, 
badan bilan sezish, tan bilish, hid bilish; ichki (botiniy) xislar ham beshtadir; akli 
solim (mano), tasavvur, tahyyulf, hofiza, quvvai qiyos” (Aziziddin Nasafiy 
“Zubdat ul haqoyiq” T. “Kamalak”.) 
Mutafakkir insonning ulug‘ligi, buyukligi ham boshqa jonzodlardan 
ustunligi ham uni ruhiy fazilatlarida deb biladi. Insonning pog‘onalar bo‘yicha 
ko‘tarilishi asosi uning ruhiy fazilatlari ilm – marifat va faoliyatida ekanligini 
ifodalaydi. “inson ilmi darajasi oshirilgan sari oliyjanobroq va buyukroq bo‘ladi- 
degan xulosaga keladi.” 
Aziziddin Nasafiyning komil inson haqidagi ta’limoti asosida o‘zlikni 
bilishga intilish g‘oyasi yotadi. Kitobni ikkinchi bobida bu fikrni davom ettiradi. 
“Ey darvesh, axloqiy xislatlarga bezanmagan, o‘zini tanimagan odamlar ko‘p, 
ammo ular hali komil emas. Binobarin insonni kamolotga erishishi tugal axloqqa 
ega bo‘lish va o‘z-o‘zini tanishi bilan amalga oshadi.”1Mutafakkir o‘zi 
takidlaganidek, “inson va insoniy martabalar haqida” hech kim yozmagan “bu xiru 
botin do‘koni va o‘z-o‘zini anglash kalitidirq”1degan xulosaga keladi. Aziziddin 
Nasafiyning komil inson, insonni bir butunlikda o‘rganish, “Ruh va jism” 
rivojlanishi uyg‘unligi bugungi kunda insonshunoslik fanlarining o‘zaro 
hamkorligini taqozo etadi.
Agar “Avesto” kitobida komil inson fazilatlarida “ezgu fikr, ezgu so‘z va 
ezgu amal” ifodalangan bo‘lsa, Aziziddin Nasafiy buni qo‘yidagicha ifodalaydi: 
“Solihlarning kamoloti quyidagicha to‘rt narsadadir, yani xayrli so‘z, xayrli ish, 
xayrli xulq va marifat.” Tarbiya insondagi, imkoniyatlarini oshirish uni 
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish vositasidir degan xulosaga keladi.
Aziziddin Nasafiy ta’limotida yana bir g‘oya nimani izlasang o‘zingdan 
izla” g‘oyasidir. Komolotga erishish “ikki dunyoda farovonlik insonning 
faoliyatiga, mehnatiga bog‘liqligi haqidagi quyidagi misralar ibratlidir: 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish