Mavzu: Oziqa muhitlar va eritmalar.
Bir – biridan farq qiluvchi tabiiy va sun’iy (sintetik va yarim sintetik) oziq muhitlar bor. Tabiiy muhitlar tuzli eritmalar aralashmasidan iborat bo‘lib (Xenks, Erla) qon zardobi (odam va hayvon), to‘qima (homila) ekstrakti (tovuq homilasi, odam homilasi) sigirning amnion suyuqligi va h.k. har bir komponentning soni har xil muhitning aralashmasida har xil bo‘lishi mumkin. Bu muhitlar kamdan – kam ishlatiladi.
Hozirgi paytda, asosan, sun’iy muhitlar ko‘p ishlatiladi. Yarim sintetik oziq muhitlarga fermentativ gidrolizatlar va har xil oqsilli mahsulotlar kiradi:
Lakta’lbulin gidrolizati, muskul fermentativ gidrolizati, fermentative – kazienli achitqi gidrolizati, gemogidrolizatning 5 % va 2,5% eritmasi virusologiya amaliyotida keng qo‘llaniladi.
Sintetik muhitlardan eng ko‘p qo‘llaniladigani 199 va Igla muhiti bo‘lib, 199 muhitning tarkibi 60 dan ortiq komponentlardan iborat:
20 aminokislota, 17 vitamin, nuklien kislota komponentlari, lipidlar maba’lari, 8 mineral tuz va boshqa moddalardir. Igla muhiti tarkibida ham 60 komponentdan kam emas, chunki tarkibida aminokislotalar, vitaminlar, uglevodlar va boshqalarni saqlaydi.
Barcha oziq muhitlar va ayrim tuzli eritmalar vodorod ionning konsentratsiyasini (pH) aniqlash uchun (0,002%) fenol qizil indikatori qo‘shiladi. U yo‘qorida ko‘rsatilgan aralashma holida hujayra va viruslarga zaharli ta’sir ko‘rsatmaydi.
pH pasayishi natijasida muhit sarg‘ayadi bu esa metabolism maxsulotlari bilan oksidlanganidan dalolat berib oziq muhitni aralashtirishni talab qiladi. Eritmadagi pH ishqoriy tomonga o‘tishi qizil – malina rangini eslatadi. pH neyrtal bo‘lsa (7,2 – 7,4) muhitning rangi to‘q sariq qizil rangda bo‘ladi. Tuzli eritmalar va oziq muhitlarda pH nazorat qilib tenglashtirib turish uchun 7,5 NaHCO3 natriy bikorbonat va CH3COOH sirka kislotasining 3% eritmasi ishlatiladi.
Mikroorganizmlarni yo‘q qilish uchun oziq muhitni ishlatishdan oldin antibiotiklardan penitsillin va streptomitsin 100 birlikG‘ml qo‘shiladi.
Zardoblarni olishda sterillikka e’tibor beriladi. O‘stirilgan hujayraga aloqador har bir zardobning seriyasi sterilligi va zaharli xususiyati to‘g‘risida nazorat o‘tkaziladi.
Zamburug‘larni o‘sishini to‘xtatish uchun nistatinning natriyli tuzidan 1ml oziq muhitga 100 mkg qo‘shiladi.
Barcha oziq muhitlarni ikki guruhga bo‘lish qabul qilingan:
a)o‘stiriluvchi, hujayra yashovchanligini tamin’lovchi, tarkibida 2-10% qon zardobini saqlab, hujayrani o‘stirishning birinchi kunlari ishlatiladi.
b)Quvvatlab turuvchi, hujayraning ko‘payishiga aloqador bo‘lmay, hayotiychanligini taminlovchi, lekin tarkibida qon zardobini saqlamaydigan o‘stiruvchi oziq muhitning doimiy komponenti bo‘lib, yirik shoxli hayvonlarning qon zardobi hisoblanadi. Uning tarkibiga qator biologik aktiv hujayrani in vitro o‘stirish uchun kerak bo‘lgan moddalar kiradi. Zardob tarkibidagi aktiv bo‘lgan albumin va fetuin fraksiyalari shisha yuzasida hujayraning yopishishini ta’minlaydi. Amaliy ishda go‘sht korxonalarida yirik shoxli hayvonlardan olingan zardob ko‘p ishlatiladi. Hujayrani o‘stirish uchun eng yaxshisi sigir homilasining zardobi hisoblanadi.
Zardobni olishda sterilikka qat’iy e’tibor berish kerak. O‘stirilgan hujayraga aloqador har bir zardobning seriyasi sterilligi va zaharli xususiyati to‘g‘risida nazoratdan o‘tkaziladi.
Eritmalar. Har xil tuz va glyukoza qo‘shilgan Xenks va Erla eritmalarini bidistillangan suvda tayyorlab hujayralarni o‘stirishda keng qo‘llaniladi.
Xenks eritmasi:1 l bidistillangan suvga 8.0 NaCl; 0.4 KCl; 0,1MgSO47H2O; 0,14 CaCl2; 0,06 KH2PO4; 0,06 Na2HPO4; 1,0 glyukoza; 0,02 fenolrot; 0,07 NaHCO3 qo‘shiladi.
Erla eritmasi: 1 l bidistillangan suvga 6,8 NaCl; 0,4 KCl; 0,1 MgSO4; 0,2 CaCl2; 0,125 NaH2PO4; 2,2NaHCO3; 1,0 glyukoza qo‘shiladi..
Bu tenglashtirilgan tuzli eritmalar barcha oziq muhitni tayyorlashda ishlatilish mumkin, chunki ular pH tutib turishini ta’minlab, hujayralarga kerakli bo‘lgan anorganik moddalarni tegishli konsentratsiyada saqlab turadi.
Bulardan tashqari ular o‘stirilgan hujayralarda har-xil vazifalarni bajarishda (o‘stiruvchi muhitni yuvishda virusni suyultirishda) foydalaniladi. Hujayralarni o‘stirishda dispergiyalovchi tripsin va versen eritmalari ishlatiladi. Tripsin eritmasi (0,25% fosfat bufer eritmasida) to‘qimani alohida bo‘lakchalarga ajratishda, shisha yuzasiga yopishgam hujyaralarni alratib olishda foydalaniladi.
Versen eritmasi. Etilendiamintetrauksus kislotasi (0,02% - Xenks eritmasida) shisha yuzasidan hujayrani ajratishda ishlatiladi. Barcha eritmalar tegishli rejimda sterillanadi.
Idishlar Organizmdan tashqarida hujayrani o‘stirish uchun ishlatiladigan idishlarning sifati katta ahamiyatga ega.
Idishlar steril, yog‘sizlantirilgan bo‘lib, zaharli xususiyatga ega bo‘lmasligi kerak. Hujayralarni o‘stirish uchun probirkalar 50,100,250, 500, 1000, 1500 ml, matraslar 500, 1000, 2000 ml roller kolbalari, har xil pipetkalar, oziq muhitlar va eritmalar uchun flakonlar, har xil hajmdagi kolbalar, voronkalar kerak bo‘ladi.
Idishlarga ishlov berishning ko‘p usullari bo‘lib, har qaysi laboratoriya shu usullardan tejamli, yaxshi natija beruvchisini qo‘llaydi.
Hujayrani o‘stirishda, idishlarni kolbalarni tayyorlash va sterillash ishiga katta talab qo‘yiladi.
Ko‘pchilik holda idishlarni yuvish, sterillashni noto‘g‘ri tashkil etish shisha yuzasiga hujayraning yopishmasligi yoki bir qavatli hujayralarning buzulishiga sababchi bo‘ladi.
Idishlarga ishlov berishda og‘ir metallarning zaxarli tuzlariga hujayraning sezgirligini inobatga olish zarur.
Hujayra bilan muvaffaqiyatli ishlash uchun suvning sifatiga alohida e’tibor beriladi. Idishlarni chayqash uchun distillangan, yaxsisi ikki marta distillangan yoki ionsizlantirilgan, elektr o‘tkazuvchanligi 2-10-6 omG‘sm pH 6,2-6,8 bo‘lgan suv ishlatiladi. Shisha idishlariga ishlov berish bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib:
1.infeksiya bilan ifloslangan idishni 2-3% NaOH eritmasida 5-6 soat botirib qo‘yiladi;
2.suv bilan 3-4 marta chayib tashlanadi;
3.kechasi bilan 0,3-0,5% “Lotos”, “Losk” yoki B markadagi sovun kukuniga ivitib qo‘yiladi;
4.iliq “Lotos”, “Losk” eritmasida va sim cho‘tka yordamida yaxshilab yuviladi;
5.8-10 marta suv bilan chayqab tashlanadi;
6.0,5% HCl saqlovchi distillangan suv bilan chayqab tashlanadi.
7.4-5 marta suv bilan chayqab so‘ng 3 navbat distillangan suv bilan chayqaladi;
8.qurutish shikafida quritiladi;
9.qurutish shkafida (rezina tiqindan tashqari) 1800C 3-4 soat sterillanadi yoki 2 atm, 1,5-2 soat avtoklavlanadi.
Yangi idishlar sovunli iliq suvda yuvilib, suv bilan chayqaladi va 3 soat xrompikga botiriladi, 9 soat davomida oqayotgan suvda yuvilgach, distillangan suvda bir necha marta yuvilib, quritiladi va sterillanadi. Oldindan ishlatilib kelingan eski idishlarga xrompik bilan 1 soat davomida ishlov beriladi.
Yangi rezina tiqinlar 1 soat mobaynida 5% sodaga qo‘shib qaynatiladi, so‘ngra issiq suv bilan yuviladi va 1 soat distillangan suvda qaynatilib, shu vaqt ichida distillangan suv olti martaba almashtiriladi.
Ishlatilgan tiqinlar avtoklavlnadi yoki 1 soat mobaynida qaynatiladi. Chotka bilan tozalab bir necha marta, yuvilgach distillangan suvda bir marta chayiladi. So‘ngra distillangan suvda 1 soat mobaynida qaynatilib, 3 matra distillangan suv bilan yuvilgach avtoklavda sterillanadi.
Metall instrumentlar sovun qo‘shilgan issiq suvda yuvilib so‘ngra suv bilan, undan keyin esa distillangan suv bilan yuviladi, distillangan suvda
30 daqiqa mobaynida qaynatib sterillanadi.
Steril boksda ishlash vaqtida instrumentlar 960-etil spirtisolingan stakanda saqlanadi, ishlatishdan oldin instrumentlar spirtlampa alangasida qizdiriladi.
Tekshirish uchun savollar
1.Oziqa muhitlar nima?
2.Xenks, 199, Gla, Igla eritmalari nima maqsadda ishlatiladi?
3. Tripsin, Versen eritmalarinama maqsadda ishlatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |