Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov


«KIMGA QILDIM BIR VAFOKIM...» G‘AZALI



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134
«KIMGA QILDIM BIR VAFOKIM...» G‘AZALI
Kimga qildim bir vafokim, yuz jafosin ko'rmadim?!
Ko‘rguzub yuz mehr, ming dard-u balosin ko‘rmadim?!
Kimga boshimni fido qildimki, boshim qasdig‘a 
Har tarafdin yuz tuman tig‘i jafosin ko'rmadim?!
Kimga ko‘nglum ayladi mehr-u muhabbat foshkim,
Har vafoga yuz jafo aning jazosin ko'rmadim?!
Kimga jonimni asir ettimki, jonim qatlig‘a,
G'ayr sori xulq-u lutfi jon fizosin ko'rmadim?!
Kimga soldim ko‘z qaro-vu oqini ishq ichrakim,
Qon aro pinhon ko‘zum oq-u qarosin ko'rmadim?!
Sen vafo husn ahli din qilma tavaqqu’, ey rafiq, —
Ki men ushbu xaylning husni vafosin ko'rmadim.
Ey Navoiy, tavba andin qilmadim shayx ollida, —
Kim bu ishda dayr pirining rizosin ko'madim.
«Badoye’ ul-vasat»ning 434-g‘azali.


NODIRA
(1792 - 1842)
Nodira — XIX asming birinclii yarmida ijod 
qilgan taniqli o‘zbek shoirasi. Uning asl ismi 
Mohlaroyim
bo‘lib, 
Nodira —
adabiy taxallusi. 
Bundan tashqari, 
Komila
taxallusi bilan ham 
o‘zbekcha she’rlar bitgani m a’lum. Forsiy 
asarlarini 
M aknuna
taxallusi bilan yozgan.
U ijod qilgan davrda Q o‘qon adabiy 
muhitida o‘zbek va tojik tillarida badiiy asarlar 
yaratish qariyb teng darajada edi.
Nodira 1792-yili Andijonda tavallud top- 
gan. Andijon hokimi Rahmonqul otaliqning qizi.
N o d iran in g o ta-o n asi buyuk S ohibqiron A m ir T em ur 
xonadoniga mansub edi. Buni uning ushbu baytlaridan ham bilib 
olish mumkin:
Siyodat xonadoni, shohi Bobur nasli pokimen,
Xudoyo, rahmat ayla barcha ajdodi izomimni.
Nodiraning onasi — Oyshabegim qizining komila shaxs bo‘lib 
yetishuviga ko‘p liissa qo‘shdi. Bo‘lg‘usi shoira zamona xoni oilasiga 
yaqin qarindosh bo‘lgan xonadonda voyaga yetdi. Rahmonqul otaliq 
Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi edi. Shuning uchun 1807-yili 
Olimxon ukasi U m arxonni to g ‘asining qizi M ohlaroyim ga 
uylantirdi. Umarxon Marg‘ilon begi lavozimiga tayinlanganidan 
keyin oilasini shu shaharga olib ketdi.
Oradan uch yil o ‘tib, ya’ni 1810-yili Qo‘qon xoni, ya’ni 
Nodiraning qaynag‘asi Olimxon qatl etildi. Uning taxtiga ukasi 
Umarxon o‘tirdi. Shoiraning bundan keyingi hayoti mamlakat 
poytaxti bo‘lgan shu shaharda — xon saroyida kechdi. Bu uning ijod 
bilan muntazam va unumli shug‘ullanislii, o‘zidan oldingi turkiy va 
forsiy shoirlar asarlarini qunt bilan o‘rganislii, ular an’analarini 
o‘zlashtirib, izcliil davom ettirislii uchun qulay sharoit yaratdi.
Shoira yashagan zamonda Q o‘qon adabiy muhiti gullab- 
yashnagan edi. U m arxon uning um r y o ‘ldoshi, m am lakat 
rahbarigina emas, ustoz shoir ham edi. U Amiriy taxallusi bilan 
she’rlar ijod qilar, shoir sifatida mashhur edi. Tarix takrorlanadi,
8 — Adabiyot, 8-sinf 

1 1 
4


degan gap bor. 0 ‘xshash yerini qarangki, Nodira va Zulfiyaning 
turmushi ham qariyb bir xil kechdi. Ya’ni Nodira 30 yoshligida, 
Zulfiya esa 29 yoshida umr yo‘ldoshidan ayrildi. Bu ayriliq tabiiy 
ravishda ana shu ikki shoira ijodida liijron motivini asosiy yo‘nalishga 
aylantirdi. Nodira va Zulfiya faqat adabiyotimizdagina emas, 
umuman, hayotda ham o‘zbek ayolining vafo va sadoqati timsoli 
bo‘lib tarixda qoldi.
Nodira ijodi haqida gap ketar ekan, yana bir nozik jihatni esdan 
chiqarmaslik kerak. Yor timsolida zimdan Alloh ko‘zda tutilishini, 
bu o‘zbek mumtoz g‘azaliyotida an’anaviy bir hodisa ekanini yaxshi 
bilasiz. Modomiki, yor Xudo ekan, uning jinsi ma’lum emas. Aksar 
erkak shoirlar yor deganda go‘zal bir qizni ko‘z oldilariga keltirib, 
uning chiroyini — qaddi-qomati, beli, soclii, yuzi, yonog‘i, ko‘zi, 
qoslii va hokazolarimi qalamga olgan, bu borada bisotidagi bor yaxslii 
so‘z-u ifoda-yu tasvirlarini ishga solgan. Bu mantiqan o‘zini oqlagan. 
Chunki Alloh — husn sholii, ya’ni go‘zallikning eng oliy namunasi, 
uni har qancha ta’riflasangiz ham kamlik qilaveradi.
Biroq endi shoira yozgan g‘azal yo boshqa kichik lirik janrlar 
namunalarida yor timsoliga munosabat biroz o‘zgaradi. Birinchidan, 
ancha umumiylashadi, ya’ni endi uni xushro‘y bir qiz sifatida 
tasvirlab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, g‘azal an’anasiga ko‘ra, lirik 
qahramon — oshiq tarzida namoyon bo‘ladi, erkak shoirlar yozgan 
asarlar m a’shuqaga bag‘ishlanadi, shoiralar qalamiga mansub 
satrlarda lirik qahramon oshiqqa aylanadi va g‘azal m a’shuqqa 
bag‘ishlanadi, shuning uchun endi uning uzun sochi, ingiclika 
beli, qalam qoslii, uzunkipriklari... maqtalavermaydi. Ucliincliidan, 
m a’shuqni shunday umumiy tarzda tasvirlash kerakki, undan 
Allohga ishora uzoqlasliib ketmasin.
Nodira ijodi bu talablarga to la javob beradi. Uning «Esliit» radifli 
g‘azalida biryo‘la ham Amir Umarxon, ham Yaratganga ishora 
borligini sezish qiyin emas. Bu matla’dayoq ko‘zga tashlanadi:
Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim esliit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim esliit.
Chindan ham, xonni ham 
«salotin sarvari»
(podshohlar boslilig‘i), 
ma’shuqini 
«shah»
deyislii, o‘zini 
«benavo»
hisoblashi mumkin, bu 
ta’riflar Xudoga qaratilgan deb liisoblansa ham bo‘laveradi. G ‘azal 
davomidagi 
«sarvi ozodim», «sarvi nozim», «parizodim», «tab

noshodim»
undalmalari ham xuddi shunday tarzda qo‘llangan.
Kelki, bir soat seni ko'rmoq uchun mushtoqmen,
Telba bo'ldim sendin aym, ey parizodim, eshit,—


bayti esa she’mi yana-da hayotiyroq qilib, uning insoniy muhabbatga 
daxldorligini kuchaytirgan.
Nodira asarlari mumtoz shoiralarimiz ijodiyotining ana shunday 
o‘ziga xosliklari borligini, ulami nozik tushunish zaruratini ko‘rsatib 
turibdi.
«Jilva ko‘rsatdi chu ul sarvi diloro bog‘ aro», «Fig‘onkim, 
gardislii davron ayirdi shahsuvorimdin», «Kel, sanga, ey shahi 
jahon, mamlakati jahon fido», «Na gul sayr ayla, na fikri bahor 
et» va boshqa g‘azallarini ham majoziy (insonning insonga 
muhabbati), ham ilohiy ishq (insonning Allohga muhabbati) 
jihatidan talqin etish zarur. Ana shunda asar mazmuni falsafiy- 
lashadi, u irfoniy-tasawufiy m a’no kasb etadi, uning badiiyligi, 
har zamon va makonga mosligi darajasi oshadi.
Shoira asarlarida mumtoz she’riyatimiz shart va talablarini 
mukammal o‘zlashtirishga, shu yo‘lda izlanishlar qilishga, yangi- 
liklar yaratishga intilish sezilib turadi. Bu jihatdan uning musam- 
matlari aloliida diqqatga molik. Xususan, «Firoqnoma» musammati 
o‘zbek so‘z san’atining ajoyib namunasi liisoblanadi. Asar mazmun- 
mohiyati — shoira umumijodidagi mavzu va motivlar bilan 
chambarchas bog‘liq.
N odira chekkan g ‘am, kulfat-u hijron azob-uqubatlari 
yetmagandek, o‘zi va o‘g‘illarining hayoti ham fojiali yakun topdi. 
1842-yili Buxoro amiri Nasrulloxon laslikar tortib kelib, Qo‘qonni 
bosib oldi. Uning buyrug‘i bilan Nodira, o‘g‘illari Muhammada- 
lixon, Sulton Malimudxon va nevaralari ham vahsliiyona qatl etildi.
Nodiradan xalqimizga ikki devon qoldi. Nisbatan to ‘la deb 
liisoblanadigan turkiy devonida 189 g‘azal mavjud. Ulardan ayrimlari 
tojikcha. Forsiy she’riari «Devoni Maknuna»da jamlangan.
Sharqda sohibi devon shoir bo‘lish katta sharaf hisoblangan. 
Chunki devon tuzishi uchun shoir arab alifbosidagi barcha harflar 
bilan tugaydigan g‘azallar bitgan bo‘lislii kerak. Nodira ikki tilda 
ham ana shunday yuksak darajaga yetgan ijodkor edi. She’riyat 
muxlislari orasida shuhrati baland edi. Bu haqda uning o‘zi faxr 
bilan:
Nodira, har so'zki insho ayladim,
Aydi anga ahli davron: «Marhabo!» —


deb yozganida tamoman haq edi. Chunki, mana, oradan bir yarim 
asrdan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, uning she’rlari o ‘qiladi, 
qo‘sliiq qilib kuylanadi, hamon kishilarga ma’naviy-ma’rifiy, badiiy- 
tab’iy (estetik) lazzat ulashadi.
Nodira ijodi o‘zidan keyingi ko‘plab shoirlar uchun mahorat 
maktabi bo‘lib xizmat qildi. Zokirjon Furqatning ayrim she’rlari 
aynan ana shu shoira asarlariga nazira (o‘xshatma) tarzida dunyoga 
kelgan. XX asrda Nodira haqida drama sahnaga qo‘yildi, badiiy film 
ishlandi. Uning nomiga san’at va ta’lim maskanlari, ko‘chalar qo‘yilgan.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish