Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Abdurauf Fitratning bolalik va o‘smirlik yillari qanday muhitda kechdi? 
Bu muhit Fitrat shaxsiyatining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
2. Xorijga qilingan sayohatlar bo‘lg‘usi ijodkorga qanday imkoniyatlar 
berdi? Bu nimalarda aks etadi?
3. Sinfdoshlaringiz orasida xorijiy mamlakatlarga borgan do‘stlaringiz 
bo‘lsa, ulardan o‘z taassurotlarini sinfda gapirib berishini iltimos qiling.
4. Fitratning dastlabki asarlari qachon e’lon qilingandi?
5. Adib Rusiyada bo‘lib o‘tgan siyosiy hodisalarga qanday munosabatda 
bo‘ldi? Uning bu munosabati o‘zini oqladimi? Javobingizni misollar bilan 
isbotlang.
6. Jadidchilik harakati namoyandalari olg‘a surgan asosiy g‘oyalami 
sanab bera olasizmi? N ima uchun ular xalq maorifiga bu qadar katta e’tibor 
bergandilar?
7. Fitratning serqirra faoliyat egasi bo‘lganini nimalardan bilamiz?
8. 0 ‘zbek fani, madaniyati, maorifi, jumalistikasi rivojiga Fitrat qo‘shgan 
hissani qanday dalillar bilan isbotlasa bo‘ladi?
9. Fitratning hayoti qanday yakunlandi? Bunda asosiy aybdor deb 
kimni yoki nimani ko‘rsatgan bo‘lardingiz?
10. Abdurauf Fitrat shaxsi, uning hayoti va ijodiy merosiga bugungi 
munosabat qanday ekanini misollar bilan isbotlashga harakat qiling. Sizning 
maktabingizda bu adibga bag‘ishlangan ijodiy kecha yoki boshqa tadbirlar 
o‘tkazilganmi?
MIRRIX YULDUZIGA
Go‘zal yulduz, yerimizning eng qadrli tuqg‘ani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg'a tushibsan, 
Tuvg‘aningga nechun sira gapurmasdan turibsan?
So‘yla, yulduz, holing nadir? Nechuk topding dunyoni? 
Bizning yerda bo‘lib turgan tubanliklar, xo‘rliklar,
So‘yla, yulduz, sening dag‘i quchog‘ingda bo‘lurmi?
1 Sening dag'i —
sening ham.


Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yiizli ishbuzarlar, shaytonlar.
0 ‘rtoq qonin qonmay ichkan zuluklar,
Qardosh etin to‘ymay yegan qoplonlar?
Bormi senda o'ksuz yo‘qsulning qonin —
Gumnglashib, chog‘ir~ kabi ichkanlar?
Bormi senda butun dunyo tuzugin 
0 ‘z qopchig'in to‘ldirg‘ali buzg‘anlar.
Bormi senda bir o'lkani yondirib,
0 ‘z qozonin qaynatg‘uchi xoqonlar.
Bormi senda qorin-qursoq yo'lida 
Elin, yurtin, borin-yo‘g‘in sotqonlar?
Fitratshunoslarning ta ’kidlasliicha, «Mirrix yulduziga» she’ri 
1920-yilda yozilgan. Xo‘sh, bunchalik dard va fig‘onga to ‘la she’r 
yozilishiga o‘sha yillari nimalar sabab bo‘lgan?
Kelasi o‘quv yilining tarix darslarida Turkiston o‘lkasining 
XX asr boslilaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid tafsilotlar bilan 
batafsil tanishasiz. Biz hozir millatparvar ijodkorlar qalbini yaralagan 
o‘sha davming ayrim voqealarinigina aytib o‘tamiz. Shundagina Fitrat 
she’rining moliiyatini, bu asarda mujassambo‘lgan millat qayg‘usini 
anglash mumkin bo‘ladi. Shundagina shoir Fitrat jasorati, uning 
insoniy fazilatlari ko‘z oldimizda yaqqolroq namoyon bo‘ladi...
XIX 
asming 60—70-yillari davomida Turkiston o‘lkasi Chor 
Rossiyasi tomonidan istilo qilinadi. Bu paytda o‘lka Qo‘qon xonligi, 
Xiva xonligi, Buxoro amirligi singari uchta alohida davlat shaklida 
yashardi. Shu tufayli ham istilochilar uchun ulami yakka-yakka 
holda o‘ziga bo‘ysundirib olish nisbatan oson ko‘chadi. Garclii, 
Buxoroda rasman amir saltanati saqlab qolingan bo‘lsa-da, bu 
hukumat Rossiyaning cliizgan chizig‘idan cliiqa olmas edi.
1917-yilning oktabrida xuddi Petrograd (Rossiyaning o ‘sha 
paytdagi poytaxti)da bo‘lgani singari Toslikentda ham hokimiyat 
sho‘rolar (sovetlar) qo‘liga o‘tadi. Ular hukumat tepasiga juda katta 
va’dalar, mehnatkash ommaga yoqadigan chaqiriqlar bilan kelgan 
edilar. 1920-yilga borib Buxoroda ham amir saltanati zo‘rlik bilan 
ag‘dariladi. Qizil qo‘mondon — M.V.Frunze boshcliiligidagi qo‘sliin 
qadimiy shahami shafqatsizlarcha to‘pga tutadi. Xuddi shu janglarda 
Turkiston o ‘lkasi tarixida ilk marotaba aeroplanlar — ibtidoiy

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish