Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Fitrat va unga zamondosh ijodkorlarning millatparvarlik ruhidagi 
asarlar yozishiga sabab bo‘lgan tarixiy hodisalar to‘g‘risida nimalami bilasiz?
2. Sho‘ro (sovet) tuzumining dastlabki yillarida o‘zingiz istiqomat 
qiladigan hududlarda ro‘y bergan hodisalar to‘g‘risida keksalardan so‘rab, 
bilib olishga harakat qiling.
3. 0 ‘z oilangiz taqdirida bu tuzum qanday iz qoldirganini bobo va 
buvilaringiz esdaliklari asosida hikoya shakliga keltirib, sinfda o‘qib bering.
4. «Mirrix yulduziga» she’rini yozib e’lon qilish bilan Fitrat qanday 
maqsadni ko‘zlagan, deb o‘ylaysiz?
5. «Ikki yuzli ishbuzarlar, shaytonlar» faqat Fitrat zamoniga xos kimsalar 
edi, desak, to ‘g‘ri bo‘ladimi? Yaqin va uzoq tarixdan olingan misollar 
bilan fikringizni isbotlashga harakat qiling.
6. Shoir kim larni «Qardosh etin to ‘ymay yegan qoplonlar»ga 
o‘xshatyapti?
7. Nega bir o‘lka yonsa, kimlarningdir qozoni qaynaydi? Dunyodagi 
shunday «tartib»ni adolatli deb hisoblaysizmi? Sizningcha, chinakam adolatli 
tartib qanday bo‘ladi?
8. Bugungi kunda ham dunyoning qay bir burchidagi o‘lkalarga o ‘t 
qo‘yib, o‘z qozonini qaynatishga urinishlar bo‘lyaptimi? Misollar bilan 
isbotlang-chi!
9. XX asming 20—30-yillarida yaratilgan asarlar orasida «Mirrix yulduziga» 
she’riga mazmunan yaqin turadigan yana qanday asarlami o‘qigansiz?
10. «Mirrix yulduziga» she’rini o‘qishli qilib turgan jihatlar nimalardan 
iborat?
11. Badiiy asar pafosi deganda nim alar tushunilishi to ‘g‘risida 
o‘qituvchingizdan so‘rab, bilib oling.


0 ‘GUT
Og‘ir yigit, sening go‘zal, nurli ko‘zingda 
Bu millatning saodatin, baxtin o'qudim.
0 ‘ylashingda, turishingda hamda o'zungda 
Bu yurt uchun qutulishning borlig'in ko‘rdim.
Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal,
Hurkma — kirish, qo‘rqma — yopish, yo‘rilma — qo‘zg‘al!
Yel yo'lini to‘sib turgan eski bulutlarni 
Yondirib qo‘y, yirtib tashla, barchasin yo‘q et.
Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo‘rlikdir bu...
Yiqil, yo'qol, ket!
Shoiming « 0 ‘gut» she’ri bundan oldin talilil qilingan «Mirrix 
yulduziga» asarining mantiqiy davomidek yangraydi.
Xo‘sh, buni nimalarda ko‘ramiz?
Guvolii bo‘ldikki, «Mirrix yulduziga» she’rida Turkiston o‘lkasi 
XX asr boslilarida tushib qolgan g‘oyat achinarli holat o‘z ifodasini 
topgan. Jafokash Vatan vujudiga joylashib olib, qonini zulukdayin 
so‘rgan kimsalar kirdikoridan ozorlangan lirik qaliramon xayolan 
Mirrix yulduziga murojaat etadi. Bu murojaat boshdan-oyoq achchiq 
savollardan tashkil topgan. Afsuski, «yerimizning eng qadrli tuqg‘ani» — 
go‘zal Mirrix ham bu holdan lol qotgan — sira gapirmaydi
gapirolmaydi. Tabiatan o‘t-olovga qiyos beriladigan shu yulduz ham 
yer yuzida bo‘layotgan adolatsizliklardan bezib uzoqlarga qochgan...
Shoir « 0 ‘gut»da o‘zi va millati dardlariga najotni topganday 
bo‘ladi. Bu najot — xalqning og‘ir-vazmin, mulohazakor, biroq 
ko‘zlari yoniq farzandlari — yigitlaridir!
Bu yigitlaming nurli ko‘zlarida shoir millatning ertangi kunini, 
baxt-u iqbolini ko‘radi. Zero, har qanday xalqning kelajagi uning 
bag‘ridan yetishib cliiqajak avlodga, bu avlodning millat orzularini 
qanchalik chuqur anglashiga bog‘liqdir. Oradan yillar o ‘tib, 
o‘zbekning boshqa bir iste’dodli ijodkori «Yigitlarga» degan masliliur 
she’mi yozadi. Bu she’rdan shunday liikmatli misra ham o‘rin oladi:
Yigit omon bo‘Isa, xavf-u xatar yo‘q...
(G ‘afur G‘ulom)
Yo‘rilma —
charcham a, o'tirm a.


Yigitning omonligi esa faqat uning sog‘ligi, to ‘rt muchasi butligi 
bilan o‘lchanmaydi. «Yigitning omonligi» degan tushuncha o‘z 
bag‘riga nilioyatda ko‘p mazmunni, talabni jamlaydi. Devday yigitlari 
bo‘laturib, yovga yengilgan — do‘stga zor, duslimanga xor, nomardga 
muhtoj bo‘lgan xalqlami ham juda ko‘p ko‘rdi bu olam.
Yigitning omonligi — uning imoni butligi, millatga fidoyiligi
mushfiqlarga shafqati, do‘stlarga sadoqati, yorga vafodorligi, 
duslimanga nafratidir!
Bunday yigitning nigolii m a’nosiz va so‘lg‘in emas, balki nurga, 
yog‘duga to la bo‘ladi!
Bunday o‘g‘lonning tili ming‘irlashga, g‘iybat-u mayda gapga 
aylanmaydi. U so‘zlaganida xalqjon-u dilini berib tinglaydi, uning 
ortidan ergashadi.
Jo‘mard farzand o‘z or-u nomusini o‘zgaga toptatib, bu holga 
bahona izlab o‘tirishdan o‘limni afzal biladi. Chinakam xalq farzandi 
uchun millat va mamlakat taqdiri har narsadan muhimroqdir!
Shoir ayni shunday avlodni ko‘rgandek — najotni topgandek 
bo‘ladi. Va yuragi orziqib, bu avlodni sliiddatga — harakatga undaydi:
Turma — yugur, tinma — tirish, bukilma — yuksal,
Hurkma — kirish, qo'rqma — yopish, yo‘rilma — qo'zg'al!
Zero, shoiming shoshganicha, shoshtirganicha bor edi. Uni 
muvozanatdan chiqargan, qo‘liga qalam, ko‘ngliga olov bergan 
hodisalar zarracha vijdoni boMgan insonni befarq qoldirishi mumkin 
emas! Bu hodisalaming ayrim manzaralari, aytganimizdek, uning 
«Mirrix yulduziga» she’rida jonli ifodasini topgan.
« 0 ‘gut» she’rining sarlavhasi zamirida «pand», «nasihat», 
«maslahat» m a’nolari emas, balki ko‘proq 
«chaqiruv», « d a ’vat»,
«uyg‘otish»
m a’nolari yotibdi, desak, to ‘g‘ri boMadi.
Qolaversa, «og‘ir yigit»ga qaratilgan bu murojaatda bir shoir 
iltijosi, da’vatigina emas, bu haroratli ovozda kamida bir millatning 
asriy istagi, qalb chaqirig‘i eshitilmayaptimi?!
...Qilolmasang shu ishlarni,
Sening uchun xo'rlikdir bu...
Yiqil, yo‘qol, ket!



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish