Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov


XX ASR O ZBEK ADABIYOTIDAN



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134
XX ASR O ZBEK ADABIYOTIDAN
ABDURAUF FITRAT
(1 8 8 6 -1 9 3 8 )
XX asr boshidagi o‘zbek milliy uyg‘onish 
davri adabiyotining yetakchi siymolaridan bin 
Abdurauf Fitrat ko‘lma ilm-fan markazlaridan 
bo‘lmish Buxoro shalirida 1886-yildatavallud 
topgan.
Uning otasi Abdurahimboy zamonasining 
o‘ziga to ‘q, o‘qimishli, dunyo ko‘rgan kishi- 
laridan edi. Uning tirikchiligi sarroflik (pul 
maydalovchi, pul almashtiruvchi) va savdo- 
garlik bilan kechgan. Kasbi taqozosi bilan atrof 
yurtlarga, hatto Turkiya, Eron, Qashqarga 
tez-tez borib-kelib turgan.
O nasining ism i B ibijon ( to ‘la nom i 
Nastarbibi, ayrim manbalarda Mustafbibi deb aytiladi) bo‘lgan. 
Fitrat 1937-yilda «xalq dushmani» sifatida qamoqqa tashlanganda 
onasi hayot edi.
Bu oilada Abduraufdan keyin yana ikki farzand tug‘ilgan — 
Abdurahmon va Mahbuba.
Bo‘lg‘usi ijodkor aw al shahardagi ko‘plab eski maktablardan 
birida, keyin mashhur Mir Arab madrasasida o‘qiydi. 18 yoshlarga 
yetganda, bir muddat otasining ishlariga yordam beradi, u bilan 
birga haj ibodatiga ham boradi. 1904—1907-yillar oralig‘ida ro‘y 
bergan shu safarlar davomida yosh Fitrat dunyoning Turkiya, 
Eron, Hindiston, Arabiston, Rusiya singari mamlakatlarini o‘zi 
uchun kaslif qiladi. Albattaki, bu sayohatlar uning dunyoqarashi 
kengayishiga turtki bo‘ladi, o‘z yurtidagi ahvolga chetdan turib 
nazar taslilash imkoniyatini beradi.
1909-yilda Abdurauf o‘zining bir necha hamshaharlari bilan 
birgalikda Istanbul (Turkiya)ga o‘qishga ketadi. 1913-yil oxirigacha 
Istanbuldagi «dorulmuallimin» — muallimlar gimnaziyasida tahsil 
oladi.
Juda yoshligidan badiiy ijodga qiziqib, uning turli janrlarida 
mashqlar qilib kelayotgan Fitrat 1909-yilda dastlabki yirik asarini


e’lon qiladi. Bu Istanbulda chop etilgan «Munozara» kitobi edi. 
Mazkur asarning to ‘liq nomi «Hindistonda bir farangi ila buxorolik 
mudarrisning jadid maktablari xususinda qilg‘an munozarasi» 
bo‘lib, u fors tilida yaratilgan.
Shundan so‘ng 1911—1912-yillarda birin-ketin uning forsiy 
tilda yozilgan she’rlari to ‘plami — «Sayha» («Na’ra»), nasriy asari — 
«Hind sayyolii qissasi» («Bayonoti sayyolii liindi») bosilib chiqadi. 
0 ‘sha yillari Turkiya yoshlari orasida avj olgan hurfikrlilik Fitratga ham 
kuchli ta’sir etgani, u uzoqda turib ona yurti Buxoroning ayanchli 
ahvoliga qanchalar acliingani mazkur asarlarda o‘z ifodasini topdi.
Biroq o‘qishni tugallab yurtiga qaytgan Fitrat mavjud ahvolni 
o‘zgartirish oson keclimasligini ich-ichdan his qiladi. Zero, butun 
Turkistonda bo‘lgani singari Buxoroda ham diniy mutaassiblik, 
jaholat va qonunsizlik barcha jabhalarda hukm surar, kisliilar ongida 
o‘zgarish yasamay turib, jamiyatda biror ijobiy o ‘zgarish qilishning 
imkoniyati yo‘q edi.
Shu tufayli ham Fitrat o‘z davrining Ismoilbek Gasprinskiy 
(Rusiya m a’rifatparvari), M ahmudxo‘ja Behbudiy, Is’hoqxon 
Ibrat, Abdulla Avloniy singari fidoyilari tutgan yo‘ldan borishga 
ahd qiladi. Shahrisabz va Karkida yangi usul — jadid maktablari 
ochadi, bolalarga zamonaviy ta ’lim berishni joriy qiladi.
Fitrat nazarida millatni uyg‘otish, uning ongini yuksaltirislming 
muhim yo‘nalishlaridan biri — matbuot, adabiyot va san’at orqali 
xalqqa ta ’sir etish edi. Shu maqsadda ijodkor publitsistika va 
adabiyotning turli janrlarida o‘nlab asarlami yozib, e’lon qildi. 
«Rahbari najot» (1915), «Oila» (1916), «Begijon» (1916), 
«Mavludi sharif» (1916), «Abo Muslim» kabi asarlari shular 
jumlasidandir. Bunga qo‘shimcha Fitrat yangi maktablar uchun 
darsliklar ham ijod qiladi. Uning «Muxtasar islom tarixi» (1915), 
« 0 ‘qu» (1917) va boshqa kitoblari Behbudiy, Avloniy, Hamza 
darsliklari singari bolalar ta ’lim-tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi.
Fitrat 1917-yil fevral inqilobidan keyin siyosiy harakatlarga 
yana-da faolroq aralasha boshlaydi. Buxoro jadidlarining «Yosh 
buxoroliklar» firqasiga sarkotib bo‘lib saylanadi. Samarqandda chop 
etiladigan «Hurriyat» gazetasida o‘zining o‘tkir maqolalari bilan 
ketma-ket chiqishlar qiladi. Fitrat 1917—1918-yillar oralig‘ida bu 
gazetaga bosh muharrir ham bo‘ladi.
1917-yil oktabrida Rusiyada bolsheviklar tomonidan amalga 
oshirilgan davlat to ‘ntarishini har kim har xil kayfiyatda qarshi 
oladi. Kimdir unga katta umid bog‘lagan bo‘lsa, ko‘pchilik bo‘lib 
o‘tgan hodisaning asl m a’nosini anglolmay, taraddudda qolgandi.


Fitrat esa bu hodisaga o‘zining uzil-kesil bahosini shu kunning 
o ‘zidayoq ochiq e ’lon qiladi. «Hurriyat» gazetasining 1917-yil 
7-noyabr sonida u: «Rusiyada yangi bir balo bosh ko‘tardi: bolshevik 
balosi!» — deb yozdi.
5-sinfdagi adabiyot darsligidan bilasizki, xuddi o‘sha paytlar Fitrat 
«Yurt qayg‘usi» degan turkum she’rlar yozib, bolsheviklar o‘z yurtiga 
yana-da ko‘proq qayg‘ular olib kelishini oldindan bashorat qilgan edi.
Shunday bo‘ldi ham: sho‘rolar 1917-yil 27-noyabrda tuzilgan 
Turkiston muxtoriyati qonuniy hukumatini oradan uch oy ham 
o ‘tmay mahv etdilar. Buxoroda bo‘Isa, joliil ulamolar so‘zidan 
cliiqmagan, o‘z taxtidan ayrilib qolishdan cho‘cliigan amir yosh 
buxoroliklami qirg‘in qilish yo‘liga o‘tdi. 1918-yil bahorida Fitrat 
Toshkentga chaqirib olindi va bu yerda maorif va madaniy ishlarga jalb 
qilindi. Maktablarda, dorulfimunda til va adabiyotdan saboqlar berdi.
1919-yilning boshida Fitrat Toshkentda birinclii bor Cho‘lpon 
bilan uchrashdi. Bu ikki buyuk iste’dodning do‘stligi ular qatag‘on 
qilingan kunga qadar davom etdi.
Fitrat 1918-yilda Toshkentda «Cliig‘atoy gurungi» deb nomlangan 
ilmiy-ma’rifiy jamiyatni taslikil etadi. Bu tarixiy yig‘in bor-yo‘g‘i 
uch yil faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yangi davr o‘zbek madaniyati, 
gumanitar soha fanlarining shakllanishida beqiyos rol o‘ynagandi.
Fitrat o‘zbek dramaturgiyasi rivojiga ham salmoqli liissa qo‘shgan 
adib hisoblanadi. Uning « 0 ‘g‘uzxon», «Chin sevish» (1920), 
«Abulfayzxon» (1924), «Shaytonning tangriga isyoni» (1924), 
«Arslon» (1926) singari o‘nlab dramalari o‘zbek teatrlari salinasida 
katta muvaffaqiyat bilan qo‘yilgandi.
1920-yil oxirlarida Fitrat o‘zining sadoqatli do‘sti Fayzulla 
Xo‘jayevning taklifi bilan Buxoroga qaytadi. Unga F.Xo‘jayev 
boshcliiligidagi Buxoro hukumatining yirik lavozimlari ishonib 
topsliiriladi. Fitrat va F.Xo‘jayev tashabbusi bilan o‘sha yillardayoq 
60 nafardan ko‘proq yoslilar davlat yo‘li bilan Germaniyaga o‘qishga 
yuboriladi. 1921-yil mart oyidan e’tiboran Buxoro Jumhuriyatida 
turk (o‘zbek) tili davlat tili deb e’lon qilinadi. Buxoro teatri ish 
boshlaydi, ilmiy jamiyatlar tuziladi...
Yosh, mustaqil jumhuriyatning bu yutuqlaridan xavotirga 
tushgan bolsheviklar partiyasi markazqo‘mi 1923-yil 12-iyundagi 
o‘zining maxsus majlisida «Buxoro masalasi»ni muhokama qiladi. 
Mazkur majlisda «Buxoro hukumati nomi ostida ish ko‘rayotganlaming 
xalq va sovet hukumatiga hech bir aloqadorligi yo‘q» ekani, «bu yerda 
hokimiyatga boylar, savdogarlar tortilgani, birorta ham dehqon yo‘qligi» 
qattiq tanqid qilinadi. Oradan 11 kun o‘tgach — 23-iyunda Buxoroda


bcVlgan kommunistlar plenumida Buxoro hukumatining besh a’zosi 
Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish