Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov


ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134
ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ QURBONLARI
(Dramadan parcha)
Q a t n a sh u v ch i 1 a r:
M i r z o H a m d a m b o y — o‘rta bo‘ylik, mosh-birinch soqol, qizil 
yuzli, o‘rtacha kiyingan, 55 yoshda, ro‘zi davlatlik bo‘lsa ham, ilm- 
ma’rifatdan yiroq kishi.
A b d i q o d i r b o y — Mirzo Hamdamboyning oshnosi. Mahmudxonga 
muhabbatlik, birozgina zamondan xabardor kishi. Uzun bo‘ylik, qora 
soqol, rasmiy kiyingan.
M a h m u d x o n — xipcha bo‘ylik, xushmo‘ylab, soqolsiz, sochlik, 
ko‘zida oynak bor, butun ovrupocha kiyingan, demak, eng yuqori darajada 
ochiq fikrli, xususiy muallim olib o‘qimish, tarbiya ko‘rmish, Mirzo 
Hamdamboyning yolg‘uz o‘g‘li, 18 yoshdadur.
M a r y a m x o n i m — eski maktablarda o ‘qimish esa ham, Mah­
mudxonga muhabbat qo‘ymoq munosabati ila ro‘mon, gazeta, jurnol 
kabi maorif ta’sirotindin qalbi uyg‘onmish. Mahmudxonning haqiqiy oshi- 
qidur. 0 ‘zi husnli, 17 yoshda bo‘lub, bir faqirgina kosibning qizi.
E sho n — uzun to‘n va katta sallali.
S o r a — Maryamxonimning onasi, 35 yoshlarda.
Z a y n a b — Maryamxonim bilan Mahmudxon orasinda xat yurituvchi 
kampir, 60 yoshda.
M a v s u m — Mahmudxonning xizmatchisi.
BIRINCHI PARDA
M ahm udxon hujrasi ovrupocha ziynatlangan bir hujra b o ‘lub, 
bir tarafda ishkof, ichida kitoblar, xaritalar, ramkada kartinalar.
Bir tarafda tem ir karavot, bir tarafda bir dona stol, u c h -to 'rt dona 
taburetka, bir devoriy soat.


M a h m u d x o n
(yo!g‘iz kirub sallasini olib qo ‘yub, to ‘nini yechub,
cho ‘ntagidan bir maktubni olub, to ‘nini qoziqqa Hub, kursiga о ‘tirub,
xatni о ‘pub ochub).
Bugun nima xabar? Nima so‘zlar yozilub maktub 
kelgon ekan.
Endi o‘qub turgan holda eshikdan A b d i q o d i r b o y kirub kelur.
A b d i q o d i r b o y . Assalomu alaykum!
M a h m u d x o n
(xatni q o ‘yniga solub, yugurub turub).
Assalomu 
alaykum, boy pochcha, kelsunlar, qani marhamat 
(joy k o ‘rsatub),
qani o‘tursunlar, manam hozir janobingizni kutub turuvdim 
(boy
kursiga о ‘tirur, fotiha о ‘qur).
A b d i q o d i r b o y . Xayr, ziyoda davlat, ollohu akbar.
M a h m u d x o n
(turub).
Xush ko‘rduk.
A b d i q o d i r b o y . Xush, salomat. Yangi xabarlar yo‘qmi, 
afandim?
M a h m u d x o n . Xushxabarlar mana endi janobingizdan bo‘ladi- 
da, boy pochcha.
A b d i q o d i r b o y . Endi biz keltirgan xabar, u qadar xush 
bo‘lmasa hamki, amonat bir javob-da, har nima bo‘lganda ham, 
bizdan bir aytib o‘tmoq-da! Ayb qilmaysiz.
M a h m u d x o n . Yo‘q, taqsir, nimaga ayb qilar edim. Qani 
eshitaylik.
A b d i q o d i r b o y . Endi, kecha men bu yerdan chiqub, to‘g‘ri 
kontorga boruvdim, boy afandi o‘zlari yolg‘uz ekonlar, o‘lturuvdim, 
choy buyurdilar, ag‘dan-bag‘dan so‘zlashub, gapdi muddaoga olib 
keldim-da, qo‘limdan kelgan qadar so‘zlami aytub, agar bu ishlar 
vuqu’ga kelmasa1, Mahmudxon achchiq ustida biror taraflarga ketub 
qolish ehtimoli ham bor. Endi birtagina farzandingizi xursand qilaman 
desangiz, o‘sha Maryamxonni olub berasiz-da, xotirjam qilasiz, 
bo‘lmasa, oxirida biror dilsiyohlik bo‘ladurgan darajalarg‘a ham ehti­
moli bor deb, xulosa, nima bilan targ‘ib bo‘lsa, qilub o‘tdim. Ammo, 
boy afandi, o‘zingiz fe’llarini bilasiz, hech bir xohish qilmadilar.
M a h m u d x o n
(biroz о ‘zgaribroq)
.
Axiyri nima dedilar?
A b d i q o d i r b o y . Endi boy afandini gaplari shuki, men el-xalq 
ichida xo‘b yaxshi obro‘, shuhrat topgan kishi, bir Ho‘qandgagina 
emas, mana, Buxoro, Samarqand, bir tarafi Qashqar degandek, hamma 
joyga ovozamiz ketgan. Endi birtagina o‘g‘il bo‘lsa, mana o‘zini to‘y 
qilganimga o‘n-o‘n besh yil bo‘lub qoldi. Mana bu ikkinchi to‘yi,

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish