Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Nega shoir « 0 ‘gut» she’rida o‘z murojaatini aynan yigitlarga qaratganini 
izohlab bering.
2. 0 ‘zbek she’riyatida chaqiriq, murojaat shaklida bitilgan yana qanday 
asarlami bilasiz? 0 ‘sha she’rlar bilan Fitrat asarining o‘xshash va farqli 
jihatlarini topishga harakat qiling.
3. Sizningcha, she’riy chaqiriq, da’vatning odamga tez va samarali ta’sir 
ko‘rsatishining asosiy sababi nimada?
4. « 0 ‘gut» she’ri lirik qahramonini nimalar umidlantiradi?
5. 
«Bu yurt uchun qutulishning borlig‘in k o ‘rdim...»
deganda ijodkor 
nimalami nazarda tutadi?
6. She’riy asarda « 
Yelyo ‘lini to ‘sib turgan eski bulutlar»
shaklini olgan 
tarixiy hodisalar nimalar edi? («Mirrix yulduziga» she’ri tahlilida aytilgan 
faktlami esga oling.)
7. «
Bulutlarni yondirish»,
«
yirtib tashlash», «barchasin y o ‘q etish»,
aslida, mmaning «
vazifasi
»? Shundan kelib chiqib, shoir yigitlarni nimaga 
o ‘xshashlarini orzu qiladi?
8. Lirik qahramon talab etgan ishlarni qilolmaslik yigit uchun nega 
xo‘rlik bo‘lishi kerak? Bu xo‘rlikning ortida nimalar turishini mulohaza 
qilib ko‘ring-chi.
9. Ixtiyor Sizda bo‘lganida, bu she’rga yana qanday sarlavhani taklif 
etgan bo‘lardingiz?
10. Avvalgi sinflarda Fitratning yurtparvarlik ruhida yozilgan qanday 
asarlarini o ‘rganganingizni eslang. Bu asarlar bilan «Mirrix yulduziga», 
« 0 ‘gut» she’rlari orasidagi o‘xshash jihatlami izohlashga urining.
11. « 0 ‘gut» she’ri bugungi yoshlar uchun ham da’vat bo‘la oladimi? 
Fikringizni misollar bilan kengroq ifodalashga harakat qiling.
12. Shoir zamondoshlari uning o ‘gutiga to ‘liq quloq solib, amal 
qildilarmi? Natijasi nima bo‘ldi?
«GO‘ZALIM, BEVAFO GULISTONIM...»
Go'zalim, bevafo gulistonim,
Bog‘i umrimda toza rayhonim,
G ‘am-u qayg‘ularim hujumindan 
Sen eding meliribon nigahbonim.
Meni behuda taslilading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Kel, gulim, kel, ayoqingg‘a yiqilay,
Bir zamon qo‘y: to‘lib-toshib yig'lay.
Qo‘y, biroz qo‘yki, xoki poyingni 
Surmadek yoslili ko‘zuma suray.


Ketma, tur, tingla arzi holimni,
Arz etay holi purmalolimni.
Qani ul damki, sen eding yorim,
Munisim, hamdamim, madadkorim.
Sening og‘ushi iltifotingda 
Rohat etmishdi jismi bemorim.
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Kel, ayoqingg‘a qon bo'lub to‘kulay,
Bir nafas dardi hajrdan qutulay.
Kel, go‘zal dilbarim, kel, sochingni 
Bir taray, bir o‘pay-da, so‘ngra...
Meni behuda tashlading-ketding,
Nega o‘ldirmading-da, tark etding.
Abdurauf Fitratning ko‘p qirrali ijodkor ekanini ta ’kidlagan 
edik. Uning lirik merosi ham she’riyatning turli janrlaridan tashkil 
topgani va bu asarlar mavzusi rang-barang insoniy hislami o‘zida 
mujassam etganini alohida ta’kidlamoq lozim.
Avvalgi darslarda Siz b ilan sh o im in g ijtim oiy-siyosiy 
mavzusidagi she’riariga to ‘xtalgan bo‘lsak, bugun uning ishqiy 
lirikasiga oid ajoyib bir asar bilan tanishamiz.
Bu she’ming yozilish tarixi alohida bir qissa bo‘lib, hozir uni 
to ‘liq hikoya qilib berishning mavridi emas. Faqat bir narsani 
aytamizki, shoir hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi tarixi 
bu she’ming yozilishiga turtki bergan. Unda ko‘nglining suygan 
d o ‘stidan ayrilgan lirik qahram on iztiroblari quyuq badiiy 
bo‘yoqlarda ta ’sirli ifodalangan. Garchi, mazkur she’r barmoq 
vaznida bitilgan bo‘lsa-da, unda mumtoz lirikamizga xos bo‘lgan 
badiiy o‘xshatislilar, jonlantirish, istiora, qochirim singari adabiy 
san’atlardan keng foydalanilgani diqqatni tortadi. Bu narsa shoir 
tarjimayi holida aytganimiz — Fitratning Sharq mumtoz adabiyoti- 
ning katta bilimdoni bo‘lgani ta ’siridir.
S he’r lirik qahram oni uchun suyukli yor faqat k o ‘ngil 
quvonchi, dildorlik ram zi emas. Uning ruhiyatini tinim siz 
qaqshatadigan g‘am-u qayg‘ulardan panoh, qalbini yupatib taskin 
bemvchi mehribon ham u!


U bilan o‘tgan kunlar munis kunlar edi, dilga hamdam, ruhga 
madadkor bor edi. Dunyo va tiriklik tashvishlaridan zada bo‘lib 
ketgan jism-u jon faqat yor og‘ushidagina orom topar, bir muhlat 
hayot og‘riqlarini unutardi.
Ayriliq iztiroblari oshiq ko‘ngilni mutlaqo abgor — xor qildi: 
u bunday ko‘rgilikdan o ‘limni — barcha azoblardan birdaniga 
qutulmoqni afzal biladi. Agar yor qaytsa, u yana bir dildorlik 
ko‘rsatsa, oshiq uning oyoqlariga nafaqat o‘tli yosh, balki qon 
bo‘lib to ‘kilishga — uning amri-la qurbon bo‘lmoqqa rozi...
Fitratning bu she’ri uning ijodkor do‘sti Cho‘lponning ishqiy 
mavzudagi asarlariga hamohang ekanini ham e’tiborga olaylik. Go‘yo 
ikki buyuk qalb va qalam egalari bu borada ham ijodiy raqobatga 
kirishib, yangi vazn — barmoqda o ‘zbek she’riyatining nodir 
namunalarini yaratgandilar...
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek milliy she’riyati, prozasi, maorifi, 
tilshunosligi, adabiyotshunosligi, jamiyatshunosligi singari o‘nlab 
sohalar oyoqqa turisliiga, rivojiga ulkan hissa qo‘shgan Abdurauf 
Fitratning hayoti va ijodiy yo‘li barcha zamonlar uchun ibrat 
namunasi bo‘lib qolishi shubhasizdir.
Siz bilan biz bu alloma faoliyatidan Vatanni, Millatni, Xalqni 
qanday sevmoq lozim, uning taqdiriga daxldor masalalarga qanday 
yondasliib, ulami qay taxlit yechish to ‘g‘ri bo‘lishini o‘rganisliimiz 
ham qarz, ham farzdir!
0 ‘tgan ajdodlarimiz merosidan faxrlanish, albatta, kerak. Biroq 
bu merosning mazmun-mohiyatini chuqur bilmay, his qilmay, 
u bilan og‘izdagina maqtanib yurish durust ish emas. Qachonki, 
Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari millatparvar bobolarimiz 
qalbida yongan yurt ishqi yuraklarimizga ko‘chib o‘tsa, biz bu 
olovni asrab-avaylab, u bilan kelgusi nasllar ko‘nglini yoritsak, 
shundagina o‘tmish ajdodlarimiz xotirasiga munosib avlod sanalamiz!

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish