samolyotlar yordamida shaharga bombalar yog‘diriladi. Shahar xalqi
vahsliiyona qiriladi. Qadim Buxoroning
ming yillik obidalari yer
bilan yakson qilinadi.
Fitratning tarjimayi holidanbilamizki, bu paytda u Toshkentga
chaqirib olingan, shu yerdagi ishlar bilan band qilingan edi. Biroq
millati taqdiriga kuyingan shoirga birgina Buxoroda emas, balki
Toshkentda va Turkistonning boshqa chekkalarida bo‘layotgan
xunrezliklar ham achchiq xulosalar chiqarishi uchun yetarli edi.
Bundan sal oldin — 1918-yilning fevralida sho‘ro hukumatining
yolg‘on va’dalariga ishonib Qo‘qon shahrida tuzilgan Turkiston
muxtoriyati hukumati va vodiyning o‘n
minglab fuqarosi qonga
botirilgandi. Toslikent va Samarqandda, Andijon va Farg‘onada hali
u, hali bu bahona bilan tinch aholi qirg‘inbarot qilinar, milliy
rahbarlarga turli ig‘volar uyushtirilardi.
Bolsheviklar hukumati bergan va’dalar birin-ketin puchga
chiqar, o‘lka aholisi qayerdan va kimdan najot olishni bilmay,
tang ahvolda qolgandi...
Endi, m ana shu voqealarni ko‘ngildan his etgan holda,
Fitratning «Mirrix yulduziga» she’rini qayta mutolaa qilaylik.
Go‘zal yiilduz, yerimizning eng qadrli tuqg'ani!
Nega bizdan qochib muncha uzoqlarg‘a tushibsan...
Avvalo, asaming lirik qahramoni (bu o‘rinda shoiming o‘zi)
mazkur she’rda nega aynan Mirrix yulduziga murojaat etayotganiga
e’tibomi qarataylik.
Mirrix — Mars sayyorasi Shamsiy (Quyosh) yil liisobida Hamal
(Mart) oyining homiy sayyorasi hisoblanadi. Bu oyning unsuri —
xos belgisi — olovdir.
Xalqimiz 21-martdanboslilanadigan oyni (Navro‘zni) olqislilab,
«Hamal keldi — amal keldi», deydi. Shoir xuddi shunga ishora qilaroq,
Mirrix yulduzini «yerimizning eng qadrli tuqg‘ani» —
qarindoshi
deya ataydi.
Boya aytganimizdek, 1917-yilda yuz bergan fevral va oktabr
to ‘ntarishlaridan keyin Turkiston xalqi, nihoyat, ko‘ksiga oftob
tegisliini, bu zamin uzra ham ozodlikning iliq shabadalari esishini
orzu qilgandi.
Bilasizki, hamal oyida butun tabiat uyqudan bosh
ko‘taradi. Yam-yasliil maysalar chirkin xazonlar bag‘rini yoraroq
quyoshga qarab talpinadi.
Fitratning nazarida, Chor hukumatining uzoq yillar davom
etgan zulmi ostida ezilgan o‘lka, o‘z taqdirining hamal oyiga —
amal oyiga endigina qadam qo‘ydim, deb o‘ylagandi. Biroqbirdan
izg‘irin shamol turib bu orzulami yer bilan yakson qildi, o‘zining
sovuq panjalari bilan yam-yashil umidlami g‘ijimlab tashladi...
Chor hukumatidan-da vahsliiyroq to ‘da — qizillar hokimiyati
o‘z hukmronligining dastlabki yillaridan boslilaboq o‘lka boshiga
misli ko‘rilmagan ko‘rgiliklarni yog‘dirdi.
Bizning yerda bo‘lib
turgan tubanliklar, xo‘rliklar,
So‘yla, yulduz, sening dag‘i quchog‘ingda bo‘lurmi?
Fitratning aynan Mars — Mirrix yulduziga murojaat qilisliining
yana bir ilmiy-mantiqiy sababi bor. Mars — Mirrix yulduzi, boshqa
bir mifologik qarashlarga ko‘ra, jang-u jadal ramzi, yunonlarda
urush xudosi hisoblanadi.
Shoir o‘z o‘lkasida bo‘lib o‘tayotgan xunrezliklar ko‘lamini
urg‘ulab ifodalamoq uchun uni jang-u jadallar makoni — Mirrix
(qonday qizil sayyora!) bag‘ridagi hodisalarga qiyoslaydi. Uning
nazdida, Turkistonda yuz berayotgan adolatsizliklar olovi,
hatto
Mirrix yulduzini-da uzoqlarga qochmoqqa majbur etgan, indamay
lol qotishiga sabab bo‘lgan...
Bormi senda butun dunyo tuzugin
0 ‘z qopchig‘in to ‘ldirg‘ali buzg‘anlar...
Yuqorida ta ’kidlaganimizdek, marksizm-leninizm mafkurasi
asosida ish ko‘rgan sho‘rolar hukumati «butun dunyo tuzugini» —
insoniyatning asrlar osha sinovdan o ‘tgan yashash tarzini
o‘zgartirishga kirishgandi. Bu hukumat odamlaming xususiy mulkka
bo‘lgan haq-huquqini bekor qilish, har bir millatning o‘z
tarixiy
an’analari asosida yashash huquqini mensimaslik yo‘lidan bordi.
Kechagina tinch-osoyishta yashayotgan yagona xalq vakillari
birdaniga «boy» va «kambag‘al»ga ajratilib, ularni bir-biriga qarslii
gijgijlashga zo‘r berildi. Natijada, ming yillar davomida amal qilinib
kelingan hayot qonuniyatlari buzildi, bir mill at vakillari birodar-
kushlik uruslii oloviga tortildi...
Bularning bari, aslida, bir niyat yo‘lida — «o‘z qopchig‘in
to ‘ldirg‘ali» — turli xalqlar boyliklarini talash,
ularni yangicha
shakldagi qullik iskanjasiga olish maqsadida amalga osliirilgandi.
Fitrat «Mirrix yulduziga» she’rida o‘zimizdan chiqqan sotqinlar —
yurtfurushlami ham dadil fosh qiladi. Kelgindi hukumat qutqusiga —
va’dalariga uchib, o‘z millati va xalqini bosqincliilarga ipsiz bog‘lab
berishdan toymagan, «qorin-qursoq yo‘lida elin, yurtin, borin-
yo‘g‘in sotqonlar» shoiming o‘tli nafratiga duchor bo‘ladilar. Ular
el-u yurtni o‘zgalarga sotish bilan «borin-yo‘g‘in» — imonin,
vijdonin, millatin sotdilar.
1920-yilda — sho‘rolar hukumati barcha jabhalarda rahbarlikni
q o ‘lga olayotgan, har qanday qarshilikni shafqatsizlarcha
bostirayotgan bir pallada «Mirrix yulduziga»dek o‘tli she’rlami
yozish ijodkordan juda
katta qahramonlikni, jasurlikni talab etar
edi. Bunday misralar bilan omma oldiga chiqish — o‘z boshini
kundaga tutib berish bilan barobar edi.
Buni juda yaxslii liis qilgan Fitrat xavf-xatardan qo‘rqib o‘tirmadi.
Uning yurtiga bo‘lgan farzandlik muhabbati, tilda emas, qalbda
yashagan Vatanga fidoyilik liissi har qanday xavfdan ustun keldi.
Fitratning o‘tgan asming boslilarida yozgan o‘tli bu misralari
hanuz
unutilmay yashayotganining chin sababi ham ayni shundadir!
Do'stlaringiz bilan baham: