Bu undalma ham Umarxonga qaratilgani m a’lum. Bandning
badiiy jihatdan ikki go‘zal misrasi mavjud.
Birinchisi:
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam.
Ikkinchisi:
Dard — yor-u g‘ussa — hamdam, g‘am — farovon, aysh — kam.
Bunday quyma satrlar yurakning tub-tubidan chiqadi, iztirob-
ning kuchi bilan qog‘ozga tushadi.
Yettinchi bandning hasbi hoi, ya’ni bevosita muallif tarjimayi
holi bilan bog‘liq jihati yana-da kuchliroq.
Shoira
«rahbar», «baxt»,
«davlat», «iqbol»
so‘zlarini shunday ustalik bilan ishlatadiki, bir
qarashda, baxt toleimga, vaslimga rahbarlik qilmadi, deyilgan,
zimdan esa menga davlatga rahbarlik qilish nasib etdi-yu, bu visol
o‘m ini bosmaydi-ku, degan o‘kinch ifodalangan:
Toleim rahbarlig‘ aylab, baxt yovar bo'lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo'lmadi.
Nodiraning eri vafotidan keyin taxtga o‘tirgan yosh o‘g‘li yonida
turib davlatni boshqarish islilarida faol
ishtirok etganini yaxshi
bilamiz. Lekin bu unga tatimaydi. Bu yerda shunga nozik ishorani
sezish qiyin emas.
Sakkizinchi bandda yordan shikoyat kuchayib, u va’da berib,
so‘zida turmaganlikda qoralanadi. Awal va’da berib, so‘ng unga vafo
qilmaganiga sabab nima ekan — yo ahd-u paymonidan pushaymon
qildimi:
So‘ngra qilg'on va’dalarni barcha yolg‘on ayladi,
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi.
Bu bandda ham yomi
«shohim»
deyish orqali shoira o‘z hayotiy
dardini kuylayotganini bildirib o‘tgan:
Men qolib g‘urbatda, shohim azmi javlon ayladi.
To‘qqizinchi band hasbi hoi ifodasi jihatidan ajralib turadi. Unda
yettinchi banddagi yori vafot etib, davlatga ega bo‘lishdan ma’shuq-
ning vasli afzalligi g‘oyasi kuchaytiriladi. Biroq bu yerda muallifning
so‘z nazokatiga qoyil qoladigan nuqtalar bor. Shoira misralami
marjondek tizar ekan,
jumlalami shunday tuzadiki, yuzaki qara
ganda — bir gap, zimdan e’tibor qilsangiz — boshqa gap chiqaveradi.
Maqsad esa — ana o‘sha ishoralarda yashirin.
Bandning ikkinclii misrasida:
Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman, —
deyilgan. Demak, osliiq ma’shuq lablari mayi yodi bilangina mast —
shuni ham bir katta davlat, ya’ni baxt bilib yuribdi. El-ulus esa
uni shu davlat bilan masrur, ya’ni xursand deb liisoblaydi. Holbuki,
yorsiz kechayotgan saltanat saltanatmi:
El gumon aylarki,
bu davlat bilan masmrman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man.
Muashsharning oxirgi — o‘ninchi bandi, an’anaviy tarzda,
mug‘anniyga, ya’ni qo‘sliiqchi-sozandaga murojaat bilan bosh
lanadi. Xuddi g‘azalning aksariyat hollarda oxirgi bayti — maqta’sida
(ba’zan maqta’dan oldingi baytda) shoir o‘z taxallusini qistirib
o‘tgani kabi, muallif
Komila
taxallusini ham tilga oladi. Shundan
m a’lum bo‘ladiki, bu asarini shoira
Nodira
yoki
M aknuna
emas,
aynan
Komila
taxallusi bilan bitgan.
Bandning boshqa bir jihati shuki,
unda yana
charx
timsoli
eslanadi. Bu bandlar bandlarga m a’no-m antiq tarafidan uzviy
bog‘lanib turganidan dalolat beradi.
Banddagi ucliinclii jiliat
oh-nola chekish
motivi kuchayganligida
ko‘rinadi. Aytiladiki, lirik qaliramon kutilmaganda bir oh cheksa,
charxning bori imorati kuyib, kul bo‘ladi.
Oh-nola chekish
esa
tasawufiy adabiyotda ishqning komil bo‘lganiga ishora liisoblanadi.
Shuni bilganimiz uchun shoira asarda bekorga aynan
Komila
taxallusini
tanlamagani ayonlashadi. Bu bilan lirik qahramon,
ishqirn komil
bo ‘la boshladi,
demoqchi.
Bu fikrlarga ishonch hosil qilish uchun bandni yana bir qayta
o‘qish zarur:
Ey mug‘anniy, nag'masoz et Komila guftoridin, —
Kim kelur bo‘yi vafo ushshoq aro ash’oridin,
Rishtayi jonimg‘a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig‘ yoridin,
Toslmi suv qildi ta ’siri fig‘on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo'lmasun mahrum oshiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Ko‘rib o‘tilganidek, she’rda banddan bandga o‘tilgani
sayin
osliiqaning m a’shuq sog‘inchida chekayotgan dard-alamlari izhori
kuchaygandan-kuchayib boraveradi. Eng muliimi, asarda hasbi hoi
xususiyati bo‘rtib turibdi. Ya’ni satrlar mag‘zida aynan Nodiraning
o‘zini, uning Umarxon vafotidan keyin chekkan insoniy azob-
iztiroblarini liis etamiz.
Asarning tarbiyaviy ahamiyati ham sadoqat, vafo g‘oyasini
kuclili targ‘ib qilishidan kelib chiqadi.
Bu asar bilan Abdulla Oripovning «Ayol» she’ri o‘rtasidagi
bog‘liqlikni ham sezganbo‘lsangiz kerak. Ikkala asarda ham Sharq
ayollariga xos umr yo‘ldoshiga sadoqat ruhi ustun.
Do'stlaringiz bilan baham: