Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. «Firoqnoma»ning janrini aniqlang, bu turning o‘ziga xos band, 
qofiya va radif tizimini tushuntirib bering.
2. Asarning bosh mavzu yo‘nalishini belgilang.
3. Har bir bandning mustaqil badiiy qurilmasi, ohangdorlik tizimi 
haqida so‘zlang.
4. Asardagi radifli va radifsiz bandlami ajrating, radifning bandlar 
ohangi va ta’sirchanligini kuchaytirishdagi o‘mini tushuntirib bering.
5. «Firoqnoma»ning hasbi hoi xususiyatini nimalar orqali isbotlab 
berasiz? Aynan qaysi bandlar bu jihatdan alohida ajralib turadi?
6. Asarning tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib bering.
7. «Firoqnoma»ning Nodira qalamiga mansub boshqa lirik asarlardagi 
hijron motivlaridan ajralib turadigan jihati nima?
8. Shoira badiiy mahoratini yorqin namoyon etib turgan misralami 
ajratib ko‘rsating va ulardagi mahorat sirini aniqlang.
9. Asardagi 
«falak», «charx», «davlat», «oh»
kabi timsollaming an’anaviy 
hamda shu asarga xos jihatlari nimalarda deb bilasiz?
10. Nega shoira bu asariga aynan 
Komila
taxallusini qo‘llashni m a’qul 
topgan?


Nazariy m a’lumot
MUSAMMAN VA MUASHSHAR
Musulmon Sharqi mumtoz adabiyotida she’riy shakllar asrlar 
mobaynida sayqallanib, ishlanib, muayyan, qat’iy qoliplarga 
aylangan. G ‘azal, ruboiy, qit’a, tuyuq (bu faqat turkiy adabiyotda 
mavjud janr hisoblanadi) bunga yorqin misol bo‘la oladi. Shoir 
ana shu mavjud qolip doirasidagina ijodkorlik namunalarini 
ko‘rsatishi, tajdid (yangilik — novatorlik) qilishi mumkin, xolos.
Shakllar ko‘p hollarda bandning necha misradan iboratligi va 
qofiya tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ikki misradan iborat band 
«bayt»
deyiladi. Baytlar ham ikki xilbo‘ladi: agar barcha juft misralar 
o‘zaro qofiyalanislii qoida tusini olgan bo‘lsa, bu 
«masnaviy»
deyiladi. 
Bu — alohidajanr. Dostonlar masnaviy tarzida bitiladi.
G ‘azalning bandlari ham baytlardan iborat bo‘ladi. Biroq endi 
bu baytlaming birinchisi (matla’) xuddi masnaviydagi kabi bir- 
biriga qofiyalangan ikki misradan tashkil topadi. Qolgan baytlaming 
ikkinclii misrasigina qofiyali bo‘lislii va endi shu matla’dagi qofiyaga 
ohangdoshlik qilislii lozim.
Qit’a ham baytlardan tashkil topadi. Biroq shaklan g‘azaldan 
farqi shundaki, uning matla’si yo‘q: xuddi g‘azalning o‘rtadagi 
bir necha baytini yulib olganga o‘xshaydi. Shuning uchun 
«qit’a»
so‘zi aynan 
«bo'lak», «parcha»
degan m a’noni anglatadi.
0 ‘zbek mumtoz adabiyotida she’riy shakllami aniqlashtirishga 
xizmat qiladigan 
«musammat»
degan tushuncha ham bor. Bu arabcha 
so‘z lug‘aviy jihatdan 
«ipga terilgan marvarid»
degan m a’noni 
anglatadi. Uning istilohiy ma’nosi ham shundan kelib cliiqadi. Ya’ni 
bu tushuncha she’rlar bandlarining baytdan tashqari turlarini 
anglatuvchi umumiy atama hisoblanadi.
Musammatlar, yaratilish xususiyatiga ko‘ra, awalo, ikkigabo‘linadi:
1. Mustaqil 
(ta b ’i xud)
musammatlar.
2 Tazmin (biror g‘azal asosida — zaminida yaratilgan) musam­
matlar.
Musammatlami bandlardagi misralaming soniga qarab ham bir 
necha turga ajratish mumkin:
1. Musallas (har bandi uch misradan tashkil topgan) musam­
matlar.
2. Murabba’ (har bandi to ‘rt misradan tashkil topgan) musam­
matlar.


3. Muxammas (har bandi besh misradan tashkil topgan) 
musammatlar.
4. M usaddas (har bandi olti m isradan tashkil topgan) 
musammatlar.
M usabba’ (har bandi yetti m isradan tashkil topgan) 
musammatlar.
6. 
Musamman (har bandi sakkiz misradan tashkil topgan) 
musammatlar.
Mustasne’ yoki tasne’ (har bandi to ‘qqiz misradan tashkil 
topgan) musammatlar.
8. 
Muashshar yoki mashru’ (har bandi o‘n misradan tashkil 
topgan) musammatlar.
Musammatlar qofiya tizimi ham to ‘rtga bo‘linadi:
1. Musammatlar, xuddi g‘azal kabi, qat’iy qofiya tizimiga amal 
qilishni talab etadi, ya’ni birinclii bandning barcha misralari o‘zaro 
qofiyalanib, keyingi bandlaming faqat oxirgi satrlari 
birinclii 
bandga (masalan, musamman musammatda: 
a -a -a-a-a-a-a-a,
b-b-b-b-b-b-b-a, d-d-d-d-d-d-d-a
va hokazo tarzda) qofiyalanadi.
2. Musammatlaming ikkinclii bir turida keyingi bandlarning 
oxirgi bir emas, ikki misrasi birinclii band qofiyasiga (masalan, 
musamman musammatda: 
a -a -a -a -a -a -a -a , b-b-b-b-b-b-a-a,
d -d -d -d -d -d -a -a v
a hokazo tarzda) ohangdoshbo‘ladi.
3. Musammatlaming shunday turi ham borki, unda oxirgi ikki 
misra barcha bandlarda aynan — naqarot kabi takrorlanadi. Masalan, 
Zokiijon Furqatning jami yettibandli «Sayding qo‘yaber, sayyod...» 
musaddasi shunday. Ya’ni uning birinclii bandi 
a-a-a-a-a-a
tarzida 
qofiyalangan. Keyingi olti bandning dastlabki to ‘rt misrasi 
b-b-b-
b, d-d-d-d, f - f - f - f g-g-g-g, h-h-h-h, i-i-i-i
tarzida qofiyalangan. 
Lekin oxirgi ikki, ya’ni beshinclii va oltinchi misralar aynan — 
naqarot tarzida takrorlanib keladi. Shu jihati bilan bu musammatning 
a -a -a - a - a -a , b -b -b -b -a -a , d -d - d - d - a -a
va hokazo tarzda 
qofiyalanadigan turidan farq qiladi.
4. Musammatning yana bir turi bor. Bunda birinclii bandning 
barcha misralari bir qofiyaga bo‘ysundirilmagan bo‘ladi. Masalan, 
Nodiraning darsda ko‘rib o‘tilgan birinclii bandi 
a-a-a-a-a-a-a-a-
b-b
tarzida qofiyalangan muashshari shunday. Asar jami o‘nbanddan 
iborat. Ko‘rganingizdek, uning keyingi bandlari dastlabki sakkiz misrasi 
b-b-b-b-b-b-b-b, d-d-d-d-d-d-d-d, f-f-f-f-f-f-f-f
va hokazo tarzda 
qofiyalanib keladi-da, to‘qqizinchi va o‘ninchi misralar sifatida birinclii 
bandning oxiridagi ikki misra aynan naqarot tarzida takrorlanadi.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish