Savol va topshiriqlar
1. Nodiraning hayot yo‘lini so‘zlab bering. U mrining eng muhim
nuqtalarini esdan chiqarmaslik uchun daliaringizga ulami alohida ketma-
ketlik bilan qayd eting.
2. Nodira qanday oilada tarbiya topdi? Bu uning shoira bo‘lib yetishuvida
qanday ahamiyat kasb etdi?
3. Nodira va Umarxon munosabatlari, buning shoira ijodiga ta’siri haqida
batafsil so‘zlab bering.
4. Shoira ijodida hijron motivi kuchayishining sabablari, ko‘rinishlari
haqida so‘zlang.
5. Nodira va o‘zbek shoiralari munosabatlari haqida gapirib bering.
6. Shoira ijodining o‘zbek adabiyotida tutgan o‘m i aynan nimalarda
namoyon bo‘ladi?
FIROQNOMA
Ohkim, behad menga javr-u jafo aylar falak,
Furqat ichra qismatim dard-u balo aylar falak,
Yordin aym menga ko‘p mojaro aylar falak,
G ‘am bila guldek yuzumni kahrabo aylar falak,
Bevafodur, oqibat kimga vafo aylar falak,
Hasrat-u dard-u alamga mubtalo aylar falak,
Yorni, albatta, yoridin judo aylar falak,
Gul bila bulbulni bebarg-u navo aylar falak,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Sabr qilsam ishq dardi beqaror aylar meni,
Kasbi hush etsam junun beixtiyor aylar meni,
Dam-badam faryodim eldin sharmisor aylar meni,
Hajr dog'i dardmand-u dilfigor aylar meni,
O'ylakim javri falak zor-u nizor aylar meni,
Yorsiz hijron balosig'a duchor aylar meni,
Charxi dun tokay firoq ilgida zor aylar meni,
Oqibat bu dard-u g‘am Majnunshior aylar meni,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Yordin aym ko'nguldur tiyra-vu oshufta hoi,
Oftobim necha kun bo'ldiki, ko‘rguzmas jamol,
Furqat ichra badri tobon za’fidin bo'ldi hilol,
G ‘am yuki oxir alifdek qomatimni qildi dol,
Ey xush, ul soatki erdim mahrami bazmi visol,
Dardi hijron ibtilosin aylamas erdim xayol,
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol,
Boqdi ul sarvi ravon, men qolmisham behush-u lol,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Qaydasen, yorim, so'rog'ingda ko'ngul ovoradur,
Kechalar to subh ashkim kavkabi sayyoradur,
Sarvi qaddingga ko‘zum mushtoqi bir nazzoradur,
Pirazoli charxkim, oshiqkush-u makkoradur,
Javr-u zulmidin yurakda benihoyat yoradur,
Emdikim sabr aylamakdin jaybi toqat poradur,
Yig‘lamay naylayki, g‘am jonimni o'rtab boradur,
Chora topmay dardig'a bu notavon bechoradur,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Bir kelib holimni sultonim tamosho qilmadi,
Bedavo dardimga rahm aylab, mudovo qilmadi,
Ayrilib andin ko'ngul tarki tamanno qilmadi,
Toshbag‘irlik yor faryodimg'a parvo qilmadi,
Yusuf ishqida bu ishlarni Zulayxo qilmadi,
0 ‘tti Vomiq dahrdin yodini Uzro qilmadi,
Motami Farhodni Shirin taqozo qilmadi,
Layli hijronida Majnun men kabi yoqilmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Benavomen, qaydasen, ey shahriyori muhtaram?
Sharbati vaslingni topmay qon yutarman dam-badam,
Sarv yanglig‘ qomatimni bori melmat qildi xam,
Menga sensiz dard uza dard-u alam uzra alam,
Sendin ayrilg'och g‘izoli hush mendin qildi ram,
Dard — yor-u g‘ussa — hamdam, g‘am — farovon, aysh — kam,
Bilmagan bo'lsam visoling davlatini mug‘tanam,
Hajr etak ushlab, giribonimni mahkam tutti g‘am,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, meliribon dildoridin ayrilmasun.
Nola qildim, yorning vasli muyassar bo‘lmadi,
Toleim rahbarlig‘ aylab, baxt yovar bo'lmadi,
Vasl sori davlat-u iqbol rahbar bo‘lmadi,
Ko‘zlarim mehri jamolidin munawar bo‘lmadi,
Menga hamdam bir kun ul xurshid manzar bo'lmadi,
Bir nafas diydoridin jon bahraparvar bo‘lmadi,
Kimdur ul kim keldi dunyoga mukaddar bo‘lmadi,
Hajr dardidin parishonhol-u abtar bo‘lmadi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, meliribon dildoridin ayrilmasun.
Menga ul kunkim vafog'a ahd-u paymon ayladi,
No'shdomyi labi dardimg'a darmon ayladi,
So‘ngra qilg'on va’dalarni barcha yolg‘on ayladi,
Yo magar ul ahd-u paymondin pushaymon ayladi,
Vasl xonidin nasibim dog‘i hijron ayladi,
Loladek bag‘rimni dog‘i furqati qon ayladi,
Xotiri jam ’imni bu hasrat parishon ayladi,
Men qolib g‘urbatda, shohim azmi javlon ayladi,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, meliribon dildoridin ayrilmasun.
Sen qilib azmi safar, men dard ila mahjurman,
Yod aylab lablaring sahbosini, maxmurman,
Vasling istab, ofiyat sarmanzilidin durman,
El gumon aylarki, bu davlat bilan masmrman,
Aylamasman saltanatni yorsiz manzur man,
Mug‘tanam bilmay visolingni agar mag‘mrman,
Emdi ko'zgu aksidek hayratda nomaqdurman,
Qilmangiz man’i fig'onim, yordin mahjurman,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, meliribon dildoridin ayrilmasun.
Ey mug'anniy, nag'masoz et Komila guftoridin, —
Kim kelur bo'yi vafo ushshoq aro ash’oridin,
Rishtayi jonimg‘a payvand ayla sozing toridin,
Qilmasunmu nola, ayrildi vafolig‘ yoridin,
Toshni suv qildi ta ’siri fig‘on-u zoridin,
Nogahon bir oh agar cheksa dili afgoridin,
Charx bunyodini xokistar qilur osoridin,
Bo‘lmasun malmim osliiq yorning diydoridin,
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun.
Shoira tarjimayi holidan yaxslii bilamizki, u hayotining so‘nggi
yigirma yilini umr yo‘ldoshidan ayrilganidan keyingi hijron azobida
o ‘tkazdi. Bu uning she’rlariga ta ’sir qilmay qolmadi. Hatto,
firoqnoma asarlar bitish, boshqacha aytganda, she’rlarida hijronni
kuylash shoira ijodining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Nodira firoqnomalarini, shartli ravishda, ikki qismga bo‘lish
mumkin:
1. Firoqnoma ruhidagi turli lirik asarlar.
2. Maxsus «Firoqnoma» muashshari.
Hijron motivlari shoiraning turli lirik janrlarda bitilgan asarlarida,
xususan, g‘azallarida kuclili sezilib turadi. Albatta, ayriliqni kuylash
mumtoz lirikamizda awaldan bor edi. Chunki, tasawufiy talqinga
ko‘ra, inson bu hayotda Allohga intilib, umr bo‘yi uni bunyod
etgan oliy zotga talpinib yashaydi. Lekin Nodira firoqnomalarida
bevosita Umarxondan ayriliq kabi dunyoviy dard-alam bilan
tasawufiy hijron uyg‘unlashib ketgan.
«Firoqnoma» shoiraning liijron mavzusida bitilgan maxsus asari
hisoblanadi. U muashshar janrida, ya’ni har bandi o‘n misradan
iborat bo‘lgan shaklda bitilgan. 0 ‘n banddan, ya’ni jami yuz
misradan iborat bu asaming har bandi:
Hech kim, yo Rab, jahonda yoridin ayrilmasun,
Jondin ortuq, mehribon dildoridin ayrilmasun, —
misralari bilan tugallanadi.
Bu ikki satr asaming bosh leytmotivini belgilab bergan. Unda liijron
azobini chekkan lirik qaliramon kayfiyati shundoq bo‘rtib turibdi.
Muashshaming har bandi o‘n misradan iborat bo‘lgani uchun
she’m i bandma-band ko‘rib, tahlil qilib o‘tgan m a’qul. Amalda
o‘n misrali band besh baytli bir kichik g‘azal hajmini tashkil etadi.
Shuning uchun shoira yuksak mahorat ko‘rsatib, muashshaming
har bandi badiiy qurilmasini mukammallashtirish, ohangdorlik
quwatini imkon qadar oshirishga harakat qilgan. Banddagi o‘n
misraning oldingi sakkiz satri o‘ziga xos qofiya (ba’zilari, hatto,
qofiya va radif) tizimiga bo‘ysundirilgan.
Birinchi bandda
Do'stlaringiz bilan baham: |