Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134
«aylar falak»,
ikkinchi bandda 
«aylar meni»,
beshinchi bandda 
«qilmadi»,
yettinchi bandda 
« b o ‘lmadi»,
sakkizinchi bandda 
«ayladi»
so‘zlari radifga olingan. Qolgan besh 
band esa radifsiz qofiyalar bilan tugaydi.
Birinchi bandda lirik qahramon aybni 
falakka
qo‘yadi. Sakkiz 
misraning ham 
«aylar falak»
radifi bilan tugashi shundan. Falak — 
mumtoz she’riyatimizdagi an’anaviy timsollardan biri. 0 ‘zi, asli, 
falak osmonni, koinotni anglatadi. Inson taqdirini falak jismlarining 
harakatlari belgilaydi, degan qarash bo‘lgan. Munajjimlik ilmi 
shu asosda kelib chiqqan. Shuning uchun astronomiya bilan 
astrologiya fanlarini bir-biriga aralashtirib yubormaslik kerak. 
Astronomiya — osmon jismlari qonuniyatlarini o ‘rganadigan fan. 
Astrologiya esa osmon jismlari harakatlaridan kelib chiqib, kishilar 
taqdirini belgilash, fol ochish, bashorat qilish bilan shug‘ullangan. 
Hozirgi paytda ommalashib ketgan yulduzlar bashorati (goros- 
koplar) — amalda ana shu astrologiya mahsullari.
Shoirlar taqdimi 
falakka
bog‘lab tushuntirishga moyil bo‘ladi. 
Falakm
dunyo deb ham, tarix — zamon deb ham, taqdir deb 
ham tushunish mum kin. Kengroq m a’noda 
fa la k
timsoli zamirida 
Alloh ko‘zda tutiladi. Chunki, axir, taqdir bevosita Yaratganning 
o‘zidan-ku.
Tilimizda, mumtoz adabiyotimiz namunalarida ham 
«falakning
gardishi», «charxi falak», «charxi dun»
degan va boshqa shu kabi 
so‘z birikmalariga ko‘p duch kelamiz. Eski tasawurda doimiy ravishda 
davom etib turadigan tarix muntazam aylanishda bo‘lgan gardish 
yoki charxga qiyoslangan.
Shoira lirik qahramoni oh chekib, falakning unga behad jabr-u 
jafo ko‘rsatib, ayriliqda qismatini dard-u balo aylashi, boshiga 
ko‘p mojaro solishidan, bu kulfat uning yuzini kahraboga aylantir- 
gani, ya’ni sarg‘aytirgani, shu tariqa g‘am-hasratga mubtalo etgani- 
dan noliydi, bu ayriliq gul bilan bulbulni 
«bebarg-и navo»
qilganini 
aytib, fig‘on chekadi.
Shuning uchun ham band xulosasi bo‘lib kelgan ikki bayt 
mantiqan juda asosli.
Falak
timsoli ikkinchi bandda ham bor. Endimuallif, hatto, 
«charxi
dun
»ni ham ishlatadi. Lirik qahramon ana shu 
falak
yoxud 
charxi
dunmng
jabr-u jafosiga sabr etmoqchi ham. Biroq buning iloji yo‘q: 
ishq dardi uni beqaror aylaydi. Aqlimni yig‘ib olay 
(«kasbi hush etsam»)
desa, junun (so‘zma-so‘z — jinnilik, aqlni yo‘qotib qo‘yish) uni


beixtiyor qiladi. Hajr o‘ti («
dog‘i
») uni firoq qo‘lida («
ilkida
»)
zor 
etadi, oxiri, majnunsliior, ya’ni jinnisifat qilib qo‘yadi.
Bu va keyingi barcha bandlar oxirida har gal yuqorida keltirilgan 
bayt aynan takrorlanib kelaveradi. Shu taxlit banddan bandga liijron 
dardi ifodasi yana-da kuchayib boradi.
Uchinchi bandda lirik qahramon yori bilan birga o‘tkazgan 
davrlarini eslaydi, u kezlari hijron dardini xayoliga ham keltirma- 
ganini aytadi. U paytdagi liijronlar nuqson emas, qaytanga, kamo- 
lot belgisi yanglig‘ tushunilgan:
Ul zamon erdi bu nuqsonlar menga ayni kamol.
Misrada 
«nuqson»
va 
«kamol»
tushunchalari bir-biriga tazod 
qilingan.
To‘rtinchi bandning o‘ziga xosligi shundaki, lirik qahramon 
bosliiga tushgan ayriliq kulfatini endi bevosita o‘sha yo‘qotib qo‘ygan 
yorining o‘zi bilan hasratlashishga o‘tadi, band 
«qaydasen, yorim»,
deya unga murojaat qilish bilan boshlanadi. Lekin lirik qahramon 
«aybdor»ni unutgani yo‘q, uni endi 

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish