Abdulla Oripov she`rlarida talmeh san`atining ishlatilishi



Download 14,11 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14,11 Kb.
#332706
Bog'liq
maqola


Abdulla Oripov she`rlarida talmeh san`atining ishlatilishi

She`riy san`atlar badiiy so`zni she`rga aylantiruvchi vositadir.Xususan, talmeh san`ati(nazar solmoq) degan ma`noni anglatadi.Sher` yoki nasrda mashhur tarixiy shaxslar, voqealar, afsonalar, adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilish san`atidir.Masalan, shoirlar o`z asarlarida Farhod va Shirin , Vomiq va Uzro nomlariga ko`p murojaat qiladilar.O`quvchi u yoki bu nomga ishorani ko`rar ekan uning ko`z oldida o`sha qissa , doston voqealari jonlanadi, shoir aytmoqchi bo`lgan fikrni yorqinroq tasavvur qiladi.Masalan, Navoiyning

Sendin o`rgangan kibi Laylo-u Shirin zulmu kin,

Mendin o`rganmak kerak Majnun bila Farhod ishq.Bu misollar talmeh san`atining mumtoz adabiyotimizda qanchalik yuksak o`rin tutganini ko`rsatmoqda.Xo`sh, bugungi adabiyotimizda bu san`atning o`rni qanday?Buni Abdulla Oripov ijodi misolida ko`rib o`tamiz

Shoir she`riyati rangin va betakror, Xususan she`riy san`atlarning qo`llanishida ham ayricha mahorat ko`zga tashlanadi . Ayniqsa , talmeh san`atining go`zal namunalarini ko`p qo`llaydi. Masalan,

Oybek she`ridan

Goh navoiy suhbatingda

Goh torobiy , yo`lchi goh

Sen sevimli davrim o`g`li

Begumon , beishtiboh bu satrlar orqali Oybek asarlariga xususan navoiy romani Mahmud torobiy dramasi qutlug` qon romani ishora qilmoqda.

Shoshmagin, ey karvon, tro`xtagin bir on

Ona sharq sehri bor jihozlaringda

Senda yig`lab borar Sa`diy navjuvon

Rudakiy mehri bor bayozlarinda Bu satrlarni o`qiganda Sa`diyning E y sarbon ohista ron oromijonam meravad satrlariga hamohanglikni his qilish mumkin.Rudakiy, Sa`diy kabi buyuk ijodkorlarning she`rlarida karvon obrazi judayam ko`p qo`llangan.Sharq koloritini beruvchi vosita sifatida alohida ahamiyatga ega bo`lgan.

To`lqinlaring tinib chashmadek sizding

Har dilda uyg`otib shafqat, rahmni

Shunday ahvolingda qandoq oqizding

O`zingdan ham yovvosh Abdurahimni

Axir men Masharabni izlovdim metinday mazhabni izlovdim

Yovlarga g`azabnni izlovdim men uni o`ylamay netayin Bu misralarda shoir birgina Mashrab timsolidagi talmehni qo`llash orqali haqqa. Adolatga intilgan,o`z ahdiga , e`tiqodiga sodiq insonning suratini gavdalantiradi.

Shariat ham , tariqat ham, haqiqat mendadur mavjud.

Chu sultoni azaldurmanki, arshi a`log`a sig`mamdur. Deya o`zligini tanigan insonni shoir bizga ibrat qilib ko`rsatadi.

Javob berar bunga na yer, na osmon

Na Budda ,na Zardusht,na injil, Qur`on .Ijodkor bu yerda talmehni shu qadar ustalik bilan qo`llaydiki, kishining zavqini keltiradi, ya`nib u savol shunchalar murakkabki unga yer-osmon ham hatto Quròn-u injil hatto Zardushtga nozil bo`lgan Avesto ham buddaviylikning ta`limotlari ham javob berolmaydi.Bu obrazlarni keltirsh orqali’’Begonalik’’ she`rida insonlarning bir-biriga nega yovlashishi nega oqibatsizlik qilishiga javob berish muqaddas kitoblarning-da qo`lidan kelmasligi,faqat inson ko`ngli bu muammoga yechim topishini isbotlaydi.



Yuqoridagi tahlillardan shu anglashiladiki,Abdulla Oripov ijodi o`zining ham badiiy, ham falsafiy olamiga ega.Ba`zan shoir ijodini mutolaa qila turib hayratga tushaman.Juda qiyin jumboqlarni ham shoir oddiygina qilib tushuntirib qo`yadi.Talmeh san`atining qo`llanishi ham ana shu ifodalilikni ta`minlagan muhim unsurlardan biridir.
Download 14,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish