(Yana sachrab to ‘xtab)
Mandangina
san, san xafa ho‘1ma! Johil otalar
(qichqurub),
johillar!
(Yana cho ‘chub,
qochub, o ‘zini tuzatub turub birozdan s o ‘ng, kulumsirabroq lahadga
qarab boshin, qo ‘lin qimirlatub)
Yo‘q, yo‘q, jonim, afV qil, afv qil,
haqiqatda bu ishlar jaholatdan, jaholatdan, g‘aflatdan, ilmsizlikdan.
( Cho ‘chub yana sarosima bo ‘lub, to ‘xtab turub, lahadga qarab)
Jonim
Maryam, mandanmi xafalanur ruhing! Yo‘q, ota-onalardanmu? Yo‘q!
(
Qichqirub
) Jaholat bu! Jaholat!
О‘zing flkrli eding, о‘zing olima eding, zamon holindan, xalqning
ma’rifatsiz, ilmsizligindan o‘zing yaxshi xabardor eding-ku! Jonim
Maryam, endi kim dan zorlanmoq lozim? Hech kimdan!
(Boz qich-
qirub)
Hamm a kasofat, vahshat kasofati, vahshat, jaholat.
(Yana
sarosimalanur, biroz tobctab turub, o ‘z - o ‘zicha ro ‘baro‘ga qarab ja h l
Ha qo
7
siltab)
Bu qanday jaholat zamon, qanday vahshat zamon!
Insoniyatni, vijdonni, adolatni, mehr-shafqatni
(yana qichqirub),
jondan ortuq farzandni aqchaga sotadurgan zamon, sotadurgan!
Maryam, Maryamxonim! Man dunyoda yashamam, yashamam!
(Yig‘lab boshini qabrni ustina qo'yar)
Maryam, man sani yoningda
yotaman, tiriklik manga harom.
(Boshidan sallasi tushar, turar, sochlari
yozilub yuzin chulg'ar, sallaga qarab)
Oh-o, oh-o
(
olub
),
man muni
kiyub yuraman? Yo‘q!
( T o ‘n ustiga tashlab, yana lahadga qarab)
Maryam, man yashamam, sansiz dunyoda bir kun turmam, degan
edim. M an inson, v a’daga vafo qilam an.
(Y a n a c h o ‘chub
sarosimalanub, cho ‘ntagidan to ‘pponchani olub, о ‘rtaga kelub, го ‘baro ‘ga
qarab to ‘pponchani ко ‘rsatub)
Kecha oqshom Maryamxonim muhabbat
qurboni edi, biz bugun insoniyat, millat qurboni!
(Boshin qimirlatub)
Bay-bay, qanday lazzatli o‘lim bu! Rohat, rohat!
(Achchig'lanub)
Mundog‘ jaholat, mundog‘ ilmsizlik, vahshatlik
(ko'krak tugmalarini
ochub yuborub)
orasida yashamoqdan o‘lim lazzat, lazzat!
(Lahadga
qarab, yalinub y ig ‘lab)
Maryamxonim, Maryamxonim, mana man
hozir yoningga kiraman, am in bo‘l, qiyomat kun ikkimiz qo‘l tutu-
shub, janobi haq va rasul qoshinda bu shariat xoinlariga barobar
da’vo qilishamiz. Jonim Maryam!
(T o ‘pponchani o ‘qlab, shoshilub,
ко ‘kragiga tirab)
Man sansiz yashamam, o‘z suyukligim bolmagach,
dunyo harom! Maryam! Mana, hozir!
(
Qichqirub)
Oh jaholat! Dod
g‘aflat! Faryod, zaharli hayot!
Otar, yiqilur. Bir tarafdan fonus ila Mahmudxonning on a s i , Ma v s u m
kelub, dod deb o‘zini tashlar. Parda tushar.
* * *
H urm atli o ‘quvchi, guvohi b o ‘lganingizdek, Ham zaning
«Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» dramasi birmuncha sodda
voqealar zamiriga qurilgan. Asarda ishtirok etadigan qahramonlar
ham sanoqli. Qolaversa, ularning hammasi ham hodisalarda faol
ishtirok etmaydi.
Asar mavjud konfliktlaming oxiri — yechimiga yaqin joyidan
olingandek taassurot tug‘diradi. Unda boshlang‘ich tafsilotlar,
murakkab hodisalar aytarli yo‘q. Muallif qahramonlari tabiati,
ayrim xarakter jihatlari, har biriga xos muhim belgilami asar
boshidagi tanishtirish matnida berishga urinadi. Boshqacha qilib
aytganda, mumtoz sahna asarlariga nisbatan olib qaraganda,
Hamzaning ilk dramalaridan biri bo‘lmish bu asar birmuncha
jo ‘n tuyulishi ham turgan gap.
Dramadagi bu soddalik, ba’zi epizodlar talqinidagi jo ‘nlik esa
qator sabablar bilan izohlanadi. Awalo, mazkur asami yozganida
Ham za Hakim zoda nisbatan yosh — 26 yoshda b o ‘lganini
unutmaylik. (She’riyat, hatto, prozadan farqli o‘laroq, dramatik
asar yaratish muallifdan juda katta hayotiy va ijodiy tajribani
talab etadi!) Demak, uning hayotiy tajribasi ham, ijodiy tajribasi
ham, tabiiyki, birmuncha oz edi. Qolaversa, dramatik turda asar
yaratishning uquvi va malakasi bir Hamzadagina emas, balki o‘zbek
adabiyotida hali deyarli yo‘q edi...
Biroq, bu asardan b ir yil o ld in ro q sahnaga q o ‘yilgan
Mahmudxo‘ja Behbudiyning «Padarkush» dramasiga nisbatan olib
qaralsa, Hamza o‘z asarida sezilarli yutuqlarga ham erishganini
e’tirof etishga to ‘g‘ri keladi.
Awalo, asaming bosh g‘oyasi, muallifning uni yaratishdan
ko‘zlagan maqsadini anglab turgan bo‘lsangiz kerak. Yodingizda
bo‘lsa, Abdurauf Fitrat mavzusida ham, Hamza tarjimayi holini
liikoya qilay otganimizda ham bu ijodkorlami o‘ylatgan muammolar
to ‘g‘risida qisqacha gapirgan edik.
X o‘sh, Mahmudxon va Maryamxonimdek hayotga tashna,
navqiron insonlaming umri bevaqt xazon bo‘lishiga nimalar sabab
bo‘ldi?
XX
asr boshidagi Turkiston o‘lkasining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
har jihatdan achinarli, qoloq holatda edi. Hamzaning 1914-yil
10-avgustda yozgan va «Sadoi Turkiston» gazetasining 34-sonida
bosilgan «Faqirlik nim adan hosil o ‘lur?» nomli maqolasidan
o ‘qiymiz: «1912-yildan boshlab aksar kosiblar zararlanub,
mardikorlikka kira boslilaganlari uchun kuchsiz mardikorlami bozor
olmay, bu yillardan alar gadoylarga qo‘shilub, 1914-yil ramazonda
gadoylar boshqalarga qaraganda yuzga qirq protsent bo‘lib ketgan
desak ham lof bo‘lmaydir...
Kecha bir kafshg‘a 20 tiyin olub na’l1 qoqub bergan usta,
bugun darvozalar tagida: «Rabban min, yo rab, yo ramazon!»
deb qichqirmakdadir».
1 N a
7 — poyabzal ostiga qoqiladigan tem ir taqa.
0 ‘lkada faqat kosiblaming emas, aksariyat hunarmandlaming,
qishloqlarda esa dehqonlaming ro‘zg‘ori xarob holga kelgandi.
Yevropa, jumladan, Rusiya kapitalizmining melmat va mahsulot
bozoridagi hukmronligi Turkiston o‘lkasini arzon ishchi kuchi va
xomashyo bazasiga aylantirgandi. Shafqatsiz raqobatga bardosh
bera olmagan, bardosh berish yo‘llarini topa olmayotgan o‘lka
xalqlarining nafaqat moddiy, balki m a’naviy hayotida ham katta
o ‘pirilishlar yuzaga kelgandi. Hamza yuqorida tilga olingan
maqolasida «Bu xo‘rliklar ilmsizlikdan kelganin shoyad o‘ylagan
va aqlga solub qaragan kishi bilur», — deydi.
«Zaharli hayot» dramasining markaziy qahram onlaridan
bo‘lmish Maryamxonim ham «bir faqirgina kosibning qizi». Garclii
uning otasi asarda bevosita ishtirok etmasa-da, qizning eshonga
nazr qilinishiga u ham sababchi bo‘lgan. Dramaning uchinchi
pardasida zahar ichib yotgan M aryamxonim va uning onasi
o‘rtasida quyidagi munozara bo‘lib o‘tadi:
« M a r y a m x o n i m
Do'stlaringiz bilan baham: |