Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. Hamza Hakimzoda Niyoziy tarjimayi holiga oid muhim o ‘rin1ami 
gapirib bering.
2. Hamza va unga zamondosh m a’rifatparvar adiblar millatni yorug‘ 
kunlarga yetkazishning qanday yo‘llarini taklif etgandilar?
3. Hamza qalamiga mansub she’rlar, ashulalami bilasizmi?
4. Adibning yana qaysi dramatik asarlari bilan tanishsiz?
5. «Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari» dramasining yozilish sabablari 
to‘g‘risida mulohaza yuriting.
6. Sizningcha, nima uchun mazkur asaming markaziy qahramonlari 
etib yoshlar tanlangan?
7. Mahmudxon obraziga xos fazilatlarni izohlang. Yozuvchi uni 
«eng
yuqori darajada ochiqfikrli
»
deb ta’riflash bilan nimalarga ishora qilmoqda?
8. Maryamxonimning baxtsizligida Mahmudxonni ham ayblash 
mumkinmi?
9. Maryamxonim «zaharli hayot» dan qutulishning to‘g‘ri yo‘lini topdi, 
deb hisoblaysizmi? Mahmudxon-chi?
10. Maryamxonim jon berar ekan, Mahmudxonga «
Mani deb 
о 
‘zingni
birfalokatga solma...»
deya vasiyat qiladi. Bu so‘zlar qizning qanday fazilatlar 
egasi ekanini bildiradi?
11. Siz bu ikki yosh o‘mida bo‘lganingizda qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
12. Mazkur asaming bugungi kun bilan qanday bog‘liq jihatlari bor?
13. «Hamza hayoti va ijodi» mavzusida uy inshosi yozing.
11 — Adabiyot, 8-sinf


G‘AFUR G‘ULOM
(1 9 0 3 -1 9 6 6 )
0 ‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, 
0 ‘zbekiston xalq shoiri, akademik G ‘afur 
G ‘ulom hayoti va ijodi to ‘g‘risidagi umumiy 
m a’lumotni Siz avvalgi sinflardan yaxshi 
bilasiz. Shunday b o ‘lsa-da, bu ijodkor 
tarjimayi holiga oid ayrim tafsilotlami eslab 
o‘tsak, foydadan xoli bo‘lmaydi.
G ‘afur G ‘ulom 1903-yilning 10-may 
kuni azim Toslikentning Qo‘rg‘ontegi mahal- 
lasida, kambag‘al oilada dunyoga keldi. U 
to ‘qqiz yoshga yetganda otasi vafot etadi. 
Oradan hech qancha vaqt o‘tmay onasidan ham ayriladi.
Ota-onadan yetim qolgan bu kabi bolalar taqdiriga acliinadigan, 
ulaming boshini silaydigan odam u paytlari kamdan-kam topilardi. 
Chunki hamma Birinchi jahon uruslii tufayli abgor holga kelgan o‘z 
ro‘zg‘ori tashvislii bilan ovora edi. Siz o‘sha kunlar nafasini 6-sinfda 
o‘qiganingiz «Shum bola» qissasi orqali yaxslii liis qilgansiz, albatta.
G ‘afurjon awal ibtidoiy maktabda, keyin esa, yaqin qarin- 
doshlari ko‘magi bilan rus-tuzem maktabida xat-savodini cliiqaradi. 
Muallimlar tayyorlaydigan kurslami bitirib, maktablarda dars beradi.
1917-yildagi oktabr to ‘ntarishi bilan boshlangan bosh- 
boshdoqlik, ochlik muhiti shundoq ham ko‘payib ketgan yetim- 
yesir bolalar sonini yana-da oshirgandi. Hukumat majbur bo‘lib, 
bunday bolalami o‘z qaramog‘iga olar, ulardan sho‘ro hukumatiga 
xizmat qiladigan kadrlami tayyorlashga umid bog‘lardi. 1923-yildan 
G ‘afur G ‘ulom mana shunday yetim bolalar uyida tarbiyachi, 
hatto bir muddat mudir bo‘lib ham xizmat qiladi.
Yozish-chizish ishlariga tug‘ma iqtidori bo‘lgan G ‘afur G ‘ulom 
o‘z davrining mashhur nashrlari bo‘lmish gazeta va jumallar bilan 
yaqin aloqa o‘rnatadi, tahririyatlarda xizmat qiladi. 0 ‘sha yillari 
«Kambag‘al dehqon», «Qizil 0 ‘zbekiston», «Sharq haqiqati» singari 
gazetalarda, «Mushtum» jurnalida uning yuzlab katta-kichik 
maqolalari, felyetonlari bosiladi.
0 ‘ziriing iste’dodi adabiy ijodda ko‘proq namoyon bo‘lisliini sezgan 
G ‘afur G ‘ulom davming yangi urfga kirayotgan she’riy shakllari 
(barmoq, sarbast)da ko‘p mashqlar qiladi. Buning hosilasi bo‘lib,


dastlabki she’riy to ‘plami 1931 -yilda «Dinamo» nomi ostida chop 
etiladi. 1932-yilda esa «Tirik qo‘shiqlar» degan ikkinclii to ‘plami 
naslir qilindi.
Albatta, bu kicliik to ‘plamlarga jamlangan ko‘pcliilik she’rlar o‘z 
davri mafkurasining kuclili ta’siridan xoli bo‘lmagan. Aksariyat 
tizmalar zamonning o‘tkinclii mavzulariga bag‘islilangan. Ularda sho‘ro 
hukumati barcha joyda targ‘ib qiladigan mavzular she’riy shaklga 
solingan, she’rlaming badiiy darajasi ham u qadar yuksak emas edi.
Shunga qaramasdan, bu urinishlar izsiz ketmadi. Sekin-asta 
G ‘afur G ‘ulom ijodida milliy ruh ifodasi kuchli namoyon bo‘lislii, 
u she’riyatda hali qo‘l urib ko‘rilmagan badiiy usullardan dadil 
foydalana olish qobiliyatiga ega ekani m a’lum bo‘la bordi. Garclii, 
yuqorida aytilganidek, davr mafkurasi ta ’siri sezilib tursa-da, 
masalan, «Turksib yo‘llarida», «Yalovbardorlikka» singari o‘nlab 
she’rlari o‘zining ohori to ‘kilmagan topilmalari, lirik pafosi, kuchli 
samimiyati bilan o‘quvchini o‘ziga jalb qilar edi. Bunday xulosani 
1930— 1935-yillar oralig‘ida liro-epik janrda yaratilgan «Ко‘кап» 
poemasi, «То‘у», «Ikki vasiqa» balladalari to ‘g‘risida ham aytish 
mumkin.
Jahon va milliy adabiyotimiz tarixini kuzatib bir qonuniyatni 
o‘zingiz uchun kashf etgan bo‘lsangiz, ajab emas. U ham bo‘lsa, 
aksariyat ijodkorlar adabiyotning muayyan bir yo‘nalishidagi ijodiy 
yutuqlari bilan ko‘proq dovrug‘ qozonganidir. Y a’ni, kimdir 
she’riyatda, kimdir nasrda, boshqa bir ijodkor esa dramaturgiyada 
o‘zini erkin his qiladi, ijodiy qanotlarini keng yozadi. Xuddi shu 
tufayli ham Lev Tolstoy, Fyodor Mixaylovich Dostoyevskiy, 
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qalilior deganimizda ko‘z oldimizda epik 
(nasriy) janr ustalari namoyon bo‘lsa, Sergey Yesenin, Abdulla 
To‘qay, Usmon Nosir, Hamid Olimjon nomi tilga olinganda, 
beixtiyor, she’r musiqasi qulog‘imizga chalinadi...
G ‘afur G ‘ulom misolida esa bu yozilmagan qonuniyatning har 
doim ham amal qilavermasligiga guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, G ‘afur 
G ‘ulom ham she’riy, ham nasriy janrlarda birdek muvaffaqiyat 
bilan qalam tebratdi, har ikki yo‘nalishda o‘zidan nodir namunalar 
qoldirdi.
Uning XX asming 30-yillarida yaratgan «Netay», «Yodgor», 
«Tirilgan murda», «Shumbola» singari qissalari, o‘nlab liikoyalari 
milliy prozamizning rivojida beqiyos rol o‘ynadi.
Ikkinclii jahon urushi voqealari, ko‘rguliklari G ‘afur G ‘ulom 
qalbida o‘chmas iz qoldirdi. Agar u Birinchi jahon urushi yillarida


bolaligiga borib, uruslming butun dahshati va asoratlarini to ‘liq 
liis qila olmagan bo‘lsa, yangi umslini va uni qo‘zg‘aganlami ijodkor 
o‘zining shaxsiy, ashaddiy duslimani deb bildi. Shu yillari shoiming 
«Sen yetim emassan», «Oltin medal», «Kuzatish», «Vaqt», 
«Sog‘inish», «Bizning ko‘chada ham bayram bo‘lajak», «Men — 
yahudiy» singari tom m a’nodagi mumtoz she’riari dunyoga keldi.
Shoir urush yillarida yozilgan she’riari jamlangan «Sharqdan 
kelayotirman» to ‘plami uchun 1946-yilda Davlat mukofotiga 
sazovor bo‘ladi. G ‘afur G ‘ulomga, o‘zbek fani va madaniyati rivojiga 
qo‘shgan ulkan hissasi inobatga olinib, ijodkor do‘sti Oybek bilan 
birga akademik unvoni hamberilgan edi (1943-yil).
G ‘afur G ‘ulom urushdan keyingi yillarda ham faol ijod qildi. 
Uning mumtoz va zamonaviy adabiyot bilimdoni sifatida yozgan 
m aqolalarini, turm ushning turli jabhalariga oid publitsistik 
chiqishlarini, felyeton va kulgili liikoyalarini xalq jon-dili bilan kutib 
olar, shoirga hamma joyda yuksak e’zoz ko‘rsatilar edi. G ‘afur G ‘ulom 
1963-yilda « 0 ‘zbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor bo‘lgandi.
Yuqorida aytilganidek, G ‘afur G ‘ulomning hayoti va ijodiy 
faoliyati bir tekis, sokin-osoyishta kechmadi. U zamonning, 
mafkuraning kuchli tazyiqlariga birda bas kelsa, birda u bilan 
hisoblashishga majbur bo‘lgan edi. Bu ko‘rgiliklar ijodkor qalbiga 
bitm as jaro h atla r yetkazar, u o ‘ylagan, his qilgan barcha 
haqiqatlarini ochiq-oshkora yozolmaslikdan benihoya iztirobga 
tushar edi. Bu iztiroblar esa shoir ko‘nglinigina emas, vujudini 
ham ichdan kemirib borar, u 60 yoshga yetar-yetmas, m o‘ysafid 
qiyofasiga kirib qolgan edi.
Shu tariqa, 1966-yil 10-iyul kuni o‘zbek adabiyoti yana bir 
buyuk namoyandasidan ayrildi — G ‘afur G ‘ulom 63 yosliida og‘ir 
xastalik tufayli vafot etdi.
Mustaqillik yillarida G ‘afur G ‘ulom xotirasi va merosiga katta 
diqqat-e’tibor qaratilmoqda. 2003-yilda adib tavalludining 100 yilligi 
Respublikamiz miqyosida keng nishonlandi. Toslikent shaliridagi 
istirohat bog‘laridan biriga uning nomi berilib, muazzam haykali 
o ‘rnatildi. G ‘afur G ‘ulom qissa va hikoyalari asosida qator 
spektakllar, badiiy va videoftlmlar yaratildi. Uning nomi metro 
bekatini, ko‘plab ko‘chalar va xiyobonlami bezab turibdi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan G ‘afur 
G ‘ulomga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berilgan.



Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish