(Temur qabrini va yonidagi go ‘rlarni diqqat
bilan k o ‘zdan kechirib)
Uxlang, uxlang, shum dunyoning betinch shohlari.
Siz pashshadan ham beozor yotibsiz bunda.
Faqat goho kirasizlar tushlarga tunda.
Yotasizlar yangi-yangi qo‘shnilar kutib,
Shahringizga ular kelar vaqtida yetib...
Shohlar umrin puchligiga bu isbot tugal.
Tiriklarning ro‘yxatidan, kim bilar, bu gal —
Qay birini o'chirarkan kotibi azal.
Kim biladi, balki navbat menga yetgandir,
Chunki umrim ozi qolib, ko'pi ketgandir.
Yo‘q, yo‘q, sulton o‘lsa hamki, donishmand yashar,
Olimlarga mangu hayot tarixi — bashar...
Samarqand. Ko‘ksaroy. Katta mehmonxona. Uning bir yonida qabulxona ham
ko'rinadi. 0 ‘rtadagi eshik ustiga zarbof pardalar osilgan. Sh а у x u 1 i s 1 о m,
A b d u r a z z o q , S a k k o k i y , B e k A r s l o n ,
D e v o n b e g i.
D e v o n b e g i
Tuni bilan uxlamayin hazrat Shahriyor
Sohibqiron mozorini ziyorat qildi.
A b d u r a z z o q
Hozir shahar betinch mahal. Tun pallasida
Davlatpanoh qanday qilib bir o‘zi bordi?
Xo‘ja Aliror kelishini kutib quturgan
Yowoyi it qalandarlar daydib yurmoqda.
Har baloda Ulug'bekni ayblashadi.
B e k A r s l o n
Men, sultonga bildirmasdan hamma joy-joyda,
Ko'ksaroydan Go‘ri Amir qopqasig‘acha
Pistirmada sipohlarni poyloqda qo‘ydim.
U 1 u g‘ b e к kirib keladi.
U 1 u g‘ b e к
Birodarlar, g‘oyat og'ir o‘ylashlardan so‘ng,
Qat’iy qaror chiqarmoqqa majbur bo‘ldim men.
Bilamanki, ko‘p-ko‘p do‘stlar ranjiydi shundan.
Bilamanki, toleini menga ulagan
Arboblarda bezovtalik boshlanur al’on.
Amir Temur himmatidin Ulug'bek so‘zim:
Birodarlar, eski do‘stlar, og'ir bo‘lingiz!
Balki, bunga kengash bergan janoblarga ham
Bu qarorim tuyulgusi nogoh balodek.
Men — taxtimdan voz kechmoqqa jazm etdim bugun.
Sokit bo‘ling, og‘ir bo‘ling, izzatli do'stlar!
Hech bir kimsa tug‘ilmabdi boshda toj bilan.
Temurbekdan og‘ir meros bu qalpoq, xolos.
Bilamanki, shu kungacha temuriylardan
0 ‘zi xohlab hech kim tojni tashlagan emas.
Podshohlik hashamidan kim ham ajralgay?
Ammo, men-chi, ko‘p yowoyi dashtlar ortida
Nur qo'shig'in havosida bog‘lar ko'raman,
Ilm-u urfon zamonasida bog‘lar ko'raman.
Insoniyat saroyining dabdabasini,
Ufqlarning tumanida gulgun yo‘llarda,
Fimzarang baxt shahriga uchib bomvchi
Ilm ahlining sim qanotli aravasini —
Tirik qolib ko‘rmasam-da, hozir ko‘raman.
Olislardan sanabgina sayr etish emas,
Yulduzlarga oyoq bosib, qo‘l bilan ushlab,
Qaytib kelgan sayyohlarni ravshan ko‘raman,
0 ‘tib ketar bu dahshatlar, bu ma’rakalar,
Urush, vabo va jaholat o‘tib ketadi.
Oh, naqadar saodatli bo'lur dunyomiz,
Va naqadar aziz bo‘lur erkin odamzod.
Bu jahonda birodarlar qolur-ku, oxir
Bir so‘zimiz yo izimiz. U oydin elda
Zora meni va bizlarni eslasalar bas!
Shunday, do'stlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |