U 1 u g‘ b е к
Go'daklikdan yulduzlarga bo‘ldim oshufta.
Bilmak, butun koinotga sirdosh bo‘lmoqlik,
Kitoblarning lol tiliga quloq solmoqlik,
Haqiqatgo'y donolardan ta’lim olmoqlik
Menga orom bermas edi o'sha chog‘larda...
...Ma’rifatning dargohiga qo‘ydim ixlosim.
Og‘ir bo'ldi qismat menga ortgan vazifa.
Men, sultonlar o‘rtasida bo‘ldim donishmand,
Donishmandlar tepasida sulton sanaldim.
Ma’rifatni hukumatga qilib rahnamo,
Bu o‘lkaning yerida ham yulduzlar yoqdim.
Insonlarga aytib turdim: boqqin samoga,
Qancha toza va musaffo, farahbaxsh, zebo.
Ey, odamzod, ibrat olgin yulduzlardan sen
Xayrixohlik va balandlik xislatlarida.
Shaltoqlarda ag‘namagin, ko‘taril, yuksal,
So‘qir baxtdan ko'rar ko‘zli baxtsizlik afzal.
Eh, saodat yaratilmas buyruqlar bilan
Zehnlarga nur umg‘in sepdim muttasil,
Katta hosil kutmoqdaman, nuroniy hosil!
D e v o n b e g i ajnabiy elchilar bilan — Chin, H ind, Misr, Farang, Rus
e l c h i l a r i bilan kirib keladi.
U 1 u g‘ b e к
Xush kebdurlar, elchibeklar, dargohimizga,
Eshitgayman arzlarini!
Ch i n e 1 ch i s i
Ma’lumingiz,
shu huzurda turgan elchilar
Jannatmakon padaringiz Shohrux Mirzoning
Vafotida ta’ziyaga kelgan vakillar.
Undan keyin bizlar bir yil shaharma-shahar
Xurosonu Turkistonni sayr etib yurdik,
Hammayoqda mehmondo‘stlik, ehtirom ko'rdik.
H i n d e 1 ch i s i
Hind mulkidan kelganimda niyat qilgandim,
Xuroson-u
Turkistonni sayr etib chiqsam,
Undan keyin ko'ra olsam janoblarini!
Zero, Hindning barcha orif va olimlari
Siz hazratning nomlarini ko‘b ulug‘laydi,
Madrasangiz, rasadingiz tillarda doston.
Samarqanddan Balx orqali Dehliga qadar
Borib kelgan karvonlarning suhbatlarida,
Ulug‘bekning madrasasin xatm etib qaytgan
Hindistonlik mullalarning har kalomida
Donishmandlar shohin shohi Ulug'bek nomi.
Shukurlarki, ko‘ra oldim janobingizni!
M i s r e 1 ch i s i
Biz Misrdan ta’ziyaga kelib qolganda
Sultonimiz
Sizga yozgan salomnomani
O'zlariga bergan edim Hirot taxtida.
Turkistonning, Xurosonning donishmandlari
Yozgan nodir asarlari jahonda ma’mf.
Samarqandning, Buxoroning olimlariga
Ilalabad minnatdordur arab ellari.
Hatto bizning tilimizni, tariximizni
Bizga ta’lim qilib turdi u donishmandlar.
Bizga agar lutf etilsa
mxsati oliy
U kitoblar nusxasidan olib ketgaymiz.
F a r a n g e l c h i s i
Biz dunyoning g‘oyat olis chekkasidanmiz.
Mulkingizni kelib ko'rdik va ishondikki,
«Sharq vahshati» borasida hamma gap bo‘hton
Va ko'rdikki, Ulug‘bekning zamonasida
Din-u millat xusumati yo‘q Turkistonda.
Ko‘p bilimlar o'rgangusi faranglar sizdan.
Yuraklarda minnatdorlik liissi bilan biz
Yo‘l olamiz uzoq ynrtga — Farangistonga.
Mag'ribdagi insonlarga rostin aytamiz!
R u s e 1 ch i s i
Muzli, qorli mamlakatdan keldim bu elga,
Ammo singdi yuragimga go'yo harorat.
Turkistonning matolari Moskovda tanqis,
Istar edik uzilmasin karvonlar safi.
Karvonlarga shohi bilan yuklansin do'stlik,
Shohi kabi muloyimlik, paxtaday soflik!
U 1 u g‘ b е к
Amir Temur himmatidin Ulug'bek so'zim!
Sizlar ranji qadam qilib diyorimizga —
Kelganingiz ehtirom deb tushunamiz biz.
Jannatmakon otamizning ta’ziyasiga
Qora libos kiyib kelgan do‘stlarga rahmat!
Bundan buyon to‘ylarga ham, bayramlarga ham
Tashrif qilib kelgaysizlar!..
A 1 i Q u sh ch i bir dasta qo‘lyozma kitoblar olib kelib Ulug‘bekning oldiga qo‘yadi.
U 1 u g‘ b e к
Bu — shogirdim,
Ali Qushchi, mahramim, do‘stim.
Sizlar uchun olib kelgan esdalik — tuhfa.
A l i Q u sh ch i
Ustoz Mirzo Ulug'bekning yulduz jadvali!
U 1 u g‘ b e к
Bu asarlar uzoq mehnat samarasidur.
Shu jadvalda keltirilgan ta’rif va tavsif
Ko‘kda bir ming o‘n sakkizta yulduzga oid,
Borib bering shahringizda munajjimlarga.
Topganini baham ko‘rar jo ‘mard odamlar,
Kaslif etganin yashirmagay olimlar sira.
Do'stlaringiz bilan baham: