Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134
M AQSUD SHAYXZODA
(1908 - 1 9 6 7 )
S
Maqsud Shayxzoda nomi nafaqat o‘zbek 
kitobxonlari, balki qardosh ozarbayjon 
o‘quvchisi uchun ham ardoqli nomdir. Chunki 
iste’dodli shoir Ozarbayjon diyorida tug‘ilib, 
ijodkor sifatida 0 ‘zbekistonda, o ‘zbeklar 
bag‘rida ulg‘aydi, atoqli qalam soliibi sifatida 

kamol topdi, o‘zbek adabiyotining XX asrdagi 
ulkan namoyandasiga aylandi. Ikki xalqning 
farzandi b o ‘lmish Maqsud M a’sum o‘g‘li 
Shayxzoda 1908-yilda Ozarbayjonning Agdash 
(Oqtosh) shahrida shifokor oilasida tug‘ildi. 
Boshlang‘ich va o‘rta ma’lumotni o‘zi tug‘ilgan shahrida olgach, 
Boku Oliy pedagogika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925-yildan 
boshlab Darbanddagi 1-bosqich ozarbayjon maktabida, Bo‘ynoqdagi 
ta’lim va tarbiya texnikumida o‘qituvclii bo‘lib ishlaydi. 1927-yilda 
aksilinqilobiy taslikilot a’zosi sifatida qamoqqa olinib, 1928-yilning 
fevralida Toshkentga surgun qilinadi. Maqsud Shayxzoda Toshkentga 
kelgach, turli gazeta-jumallarda adabiy xodim, 1935—1938-yillarda 
0 ‘zbekiston Fanlar Komiteti qosliidagi Til va adabiyot inst.itut.ida 
ilmiy xodim, 1938-yildan vafotiga qadar Nizomiy nomidagi 
Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Nizomiy nomidagi 
Toshkent Davlat pedagogika universiteti)ning o‘zbek mumtoz 
adabiyoti kafedrasida dotsent vazifasida xizmat qildi.
Shayxzoda o‘zi e’tirof etganidek, hali savodi chiqmasidan she’r 
mashq qila boshlagan shoir. Biroq u o ‘zining dastlabki ijod 
namunalarini 1929-yildan boslilab e’lon qila boshladi. 0 ‘ttizinchi 
yillarda shoiming «Loyiq soqchi», « 0 ‘n she’r», «Undoslilarim», 
«Uchinchi kitob», «Jumhuriyat», « 0 ‘n ikki», «Yangi devon», 
«Saylov qo‘sliiqlari» nomli she’riy to ‘plamlari naslir etiladi. Ushbu 
she’riy majmualar Maqsud Shayxzodani o‘zbek adabiyotida o‘z 
ovoziga ega bo‘lgan katta iste’dod sifatida elga tanitdi.
Ikkinclii jahon urushi yillarida Shayxzoda barcha o‘zbek shoir 
va yozuvchilari qatori bor ijodiy salohiyatini fasliizm ustidan g‘alaba 
qozonishga qaratdi. Bu davr shoir ijodining yuqori darajaga 
ko‘tarilgan, uni chinakam vatanparvar ijodkor ekanini namoyon


qilgan davr bo‘ldi. Insoniyatga tahdid solayotgan XX asr balosi — 
fashizmni yo‘q qilish, hayotni, tiriklikni, or-nomusni saqlash
xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga undash shoiming o‘sha 
yillari chop etilgan «Kurash nechun» (1941), «Jang va qo‘shiq» 
(1942), «Kapitan Gastello» (1941), «Ko‘ngil deydiki» kabi 
to ‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda 
«Jaloliddin Manguberdi» (1944) dramasini yozdi. Unda o ‘z 
yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun m o‘g‘ul bosqinchilariga 
qarshi kurashgan Xorazm sholiining jangovar jasoratini tarixan 
aniq va haqqoniy tasvirladi.
Qadrli o‘quvchi! 0 ‘zbekiston tarixi fanidan yaxshi m a’lumki, 
yurtimizni XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi 
bo‘lganida, xalqimizning asl mard o‘g‘lonlaridan biri Jaloliddin 
M anguberdi istilochilarga qarshi qattiq kurashadi. V atan 
mustaqilligini saqlash uchun mardonavor turib jang qiladi. Ushbu 
drama o‘z vaqtida sahnalashtirilgan va jasur vatanparvar Jaloliddin 
M anguberdi siym osini sahnada buyuk aktyorim iz Shukur 
Burhonov gavdalantirgan.
Maqsud Shayxzoda urushdan keyingi tinch qurilish yillari yana 
qaytadan nohaq qatag‘on qilinganiga qaramay, farovon hayot va 
bunyodkorlik zavqini tarammum etuvchi she’riardan iborat « 0 ‘n 
besh yilning daftari», «Olqislilarim», «Zamon torlari», «Shu’la», 
«Chorak asr devoni» kabi to ‘plamlarini nashr ettiradi. 1958-yilda 
shoir qadimiy va navqiron, azim poytaxtimiz Toslikent haqida teran 
falsafiy va ushbu shaharga nisbatan nihoyatda ehtirosli tuyg‘ularga 
boy «Toshkentnoma» dostonini yozadi.
Shayxzoda adabiyotning liro-epik turida ham muvaffaqiyat bilan 
qalam tebratgan ijodkor. U « 0 ‘rtoq mulk», «Tuproq va haq», 
«Chirog‘», « 0 ‘rtoq», «Meros», «Ovchi qissasi», «Iskandar 
Zulqamayn», « 0 ‘n birlar», «Jenya», «Oqsoqol», «Alimadjonning 
hikmatlari», «Uchinchi o‘g‘il», «Nurmat otaning tushi» kabi 
dostonlaming muallifidir.
M aqsud Shayxzoda badiiy asarlar yozibgina qolm ay, 
adabiyotshunoslik va adabiy tanqid sohasida samarali ijod qilgan. 
Ayniqsa uning buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodi va faoliyatini 
o‘rganishga bag‘ishlangan jiddiy tadqiqotlari navoiyshunoslik fanini 
yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqdi, desak yanglishmaymiz. 
Shuningdek, zabardast olimimiz o‘zbek mumtoz va zamonaviy 
adabiyotning Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, G ‘afur G ‘ulom,


Hamid Olimjon, xalq og‘zaki ijodining ajoyib vakili Fozil shoir, 
jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Shota Rustaveli, A. S. Push­
kin, N. A. Nekrasov, A. N. Ostrovskiy, T. G. Shevchenko, A. P. Che- 
xov kabi namoyandalariga bag‘ishlangan asarlar yaratgan. Shayxzoda 
mohir tarjimon sifatida Sh. Rustaveli, V. Shekspir, A. S. Pushkin, 
M. Yu. Lermontov, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, 
Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va 
boshqa yozuvchilaming asarlarini o‘zbek tiliga ag‘dargan.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish