Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbir senariysi
1-boshlovchi: Assalomu aleykum hurmatli ustozlar va aziz o’quvchilar.
2-boshlovchi: Bugungi tadbirimiz ajoyib ijodkor Maqsud Shayxzodaga bag’shlanadi.
1-boshlovchi: Maqsud Shayxzoda Ma’sum o’g’li 1908-yilda Ozarbayjonning Agtash ya’ni Oqtosh shahrida shifokor oilasida tug’ildi.
2-boshlovchi: Tadbirni davom ettirar ekanmiz, ona tilimizni o’zida aks ettiruvchi she’rlarni ham tilga olamiz.
1-o’quvchi: Ona tilim – yurak qatimdan
Mexr bo’lib sochilgan jarang.
Qulog’imga go’dak paytimdan
Alla bo’lib singigan ohang.
2-o’quvchi: Ona tilim – necha asrlar
Kurashida yengan polvonim.
Necha ajdod, necha nasllar
Suyib o’tgan turkiy zabonim.
3-o’quvchi: Ona tilim – do’ppi kiygan so’z
Doim yangi yo’lcha – atlasi.
Bir satriga tashl;asangiz ko’z
Tovlanadi ming-ming qirrasi.
1-boshlovchi: Maqsud Shayxzoda adabiyotning liro-epik turida qalam tebratgan ijodkor. U “O’rtoq mulk”, “Tuproq va haq”, “Chirog’”, “O’rtoq”, “Meros”, “Ovchi qissasi”, “Iskandar Zulqarnayn”, “O’n birlar”, “Jenya”, “Oqsoqol”, “Nurmat otaning tushi” kabi dostonlarning muallifidir.
2-boshlovchi: Shayxzoda “Jaloliddin Manguberdi” nomli drama yozdi. Unda o’z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashgan Xorazm shohining jangovor jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirladi. Hozir shu asardan kichik sahna ko’rinishi e’tiboringizga havola etamiz marhamat.
Qatnashuvchilar:
So’zlovchi: Toshboboyeva Dilnavoz
Jaloliddin Manguberdi: Abdug’aniyev Obid
Nasaviy: Tog’ayev Samariddin
Mahram: Isanboyev Iftixor
Yaroqbek: Niyozaliyev Umid
So’zlovchi:
Jaloliddin qarorgohi. Chodirlar, Jaloliddin sipohiy qiyofada bir to’nka ustida o’tiribdi. Bir chetda Nasaviy o’z daftariga so’ngi chog’larning voqealarini yozmoqda.
Jaloliddin:
O’qigin, yozganingni, do’stim Nasaviy, sherikdur qilich birla qalam ikkovi.
Nasaviy:
(daftariga qarab)
“ Xorazmshoh voz kechdi jangdan, jangohdan,
Laqqa baliq qochganiday yutqich timsohdan.
Xarob bo’ldi Buxoro, mahv o’ldi Urganch,
Pok tuproqni toptadi majusiy jirkanch.
Ammo sher jaloliddin tortdi na’rasin,
Tig’ sug’urib o’pirdi mo’g’ul marrasin.
Beshta ulug’ janglarda qochdi yov – vaxshiy,
Rost debdilar: mo’g’ulni yashirgan kishi!”
Jaloliddin:
Xiyla, bizni maqtabsan , do’stim tarixchi!
Nasavir:
Tarixni siz yasaysiz, biz yozamiz,
Ishingizga yarasha bor andozamiz.
(Chiqadi)
Mahram:
Kelibdi qal’adan Yaroqbek to’ra!
Jaloliddin:
Ayt, kirsin!
(chiqadi)
Ko’ray-chi, qochiqdan so’ngra-
Qaysi noibiga suyanmish Sulton!
(Yaroqbek kiradi)
Yaroqbek:
Assalom! Valiahd, sardori zamon!
Jaloliddin:
Nechuk xabarlar bor uzoq ellarda?
Yaroqbek:
Ishingiz bo’lmishdir doston tillarda,
Sizni kutmakdadir ezilgan o’lka,
Boqar intizor-la butun yo’lga.
Sizga hasadkorlar tamom pushaymon,
Onangiz, singlingiz qal’ada omon.
Sizga yubordilar sipoxiy xil’at,
Safarga yarar deb, sardorga albat.
Ko’p duo aytishdi malika xonim!..
(bo’g’chadan to’nni oladi)
O’zim kiyintiray shudir armonim!
Jaloliddin:
(xursand)
Ha, meni ko’p o’ylar azizlarim,
Afsuski, ayirdi bu jang, shu g’anim.
So’zlovchi:
Jaloliddin orqasini o’giradi. Yaroqbek chopon ichidan xanjar chiqaradi.
Yaroqbek:
Otam qonin unutmasman hech!
So’zlovchi:
Xanjarni o’qtaladi. Shu choqda devona chol otilib kiradi. Yaroqbekning orqasidan pichoq sanchadi.
1-boshlovchi: Shu bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |