Mavzu: Aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganda jazo tayinlash tushunchasi. asoslari
1. Jinoyat huquqida jazo tayinlashning umumiy asoslari
2. Jazoni engillashtiruvchi holatlar
3. Jazoni og`irlashtiruvchi holatlar
4. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash tartibi..
5. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash tartibi
6. Jazolarni qo’shishning hisoblash qoidalari
7. Qonunda ko’rsatilganidan ham engilroq jazo tayinlash
8. Aybdor o’z qilmishiga amalda pushaymon bo’lganida jazo tayinlash
9. Tamom bo’lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash tartibi
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Jinoyat huquqida jazo tayinlashning umumiy asoslari.
Jazo tayinlash deb - jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan JK Maxsus qism moddasi sankstiyasida nazarda tutilgan jazo (majburlov chorasi)ni qo’llanilishi tushuniladi.
Sud jazo tayinlashda:
- JK Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada;
- JK Umumiy qismning qoidalariga muvofiq;
- sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini;
- qilmishning sodir qilinishi sababini;
- etkazilgan zararning xususiyati va miqdorini;
- aybdorning shaxsini;
- jazoni engillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishi shart.
2. Jazoni engillashtiruvchi holatlar.
JK 55-moddasiga ko’ra, quyidagi holatlarni sud jazoni engillashtiruvchi holat deb topadi:
- aybni bo’yniga olish to’g`risida arz qilish, chin ko’ngildan pushaymon bo’lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
- etkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
- og`ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
- majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
- jabrlanuvchining zo’rlik, og`ir haqorat yoki boshqacha g`ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanishi holatida jinoyat sodir etish;
- zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog`liq bo’lgan asosli tavakkalchilikda zarar etkazish;
- voyaga etmaganning jinoyat sodir etishi;
- homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
- jabrlanuvchining g`ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.
Agarda, engillashtiruvchi holat JK Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo’lsa, jazo tayinlashda yana engillashtiruvchi holat sifatida hisobga olinmaydi.
Jazo tayinlashda sud ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa holatlarni ham engillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |