O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti kurs ishi



Download 0,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana31.12.2021
Hajmi0,57 Mb.
#219958
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
boshlangich sinf oquvchilarini kasb-hunarga yonaltirish metodikasi



 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 

UNIVERSITETI 

 

 

KURS ISHI 

 

 

MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI KASB-

HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI 

 

 



 

 

 



 

BAJARDI: Roziyev Uchqun 

     TEKSHIRDI: Xodieva Dilrabo 

 

TOSHKENT-2012 


 



Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasb-hunarga yo’naltirish metodikasi 



 

I.Kirish. 

 

II.Asosiy qism. 

 

1. Kasb-hunarga yo’naltirishning nazariy shart - sharoitlari. 

2.O’quvchilarni 

kasb-hanarga 

yo’naltirishning 

pedagog-psixologik 

omillari. 

3. Sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni kasb-hunar yo’naltirishga oid 

tadbirlar. 

 

Xulosa 



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



Kirish 



 

Mavzuning  dolzarbligi:  Respublikamiz  mustaqillika  erishgandan  keyingi 

yillarda ta’limni isloh qilish bo’yicha ko’pgina qaror va qonunlar qabul qilindi, 

ularda  o’quvchilarni  kasb  tanlashga  yo’naltirish  vazifalari  ham  yetarlicha  o’z 

ifodasini  topmoqda.  Bunga  Xalq  ta’limi  vazirligining  2002-yil  10-oktyabrdagi 

153-sonli  buyrug’i  asosida  o’quvchilarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  tizimini  

takomillashtirishning yangi qontseptsiyasini ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 

Hozirgi  kunda  yoshlarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  ishlarini  amalga 

oshirishda bir qancha muammolarni bartaraf etishimizga to’g’ri keladi. Bizning 

vazifamiz  kelajagimiz  bo’lgan  yoshlarni  kasb-hunarga,  ijtimoiy-iqtisodiy 

bilimga  ega  bo’lgan,  bozor  sharoitini  biladigan  har  tomonlama  tushunadigan, 

ma’lumotli yigit - qizlarni tayyorlash. 

 

Bu ishlar asosan uch bosqichda olib boriladi: 



 

1.  Yoshlarga  dastlabki  kasb-hunar  ko’nikma  va  malakalarini  oilada, 

maktabda, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida amalga oshirish; 

 

2. Maxsus mutaxassislik bo’yicha oliygohda o’qib, tajriba oshirish; 



 

3.  Olingan  bilim  ish  joyida  amaliy  mashg’ulotda  malaka  oshirish 

jarayonida mustahkamlanadi. 

 

Ongli  ravishda  kasb  tanlash  uchun  o’quvchilarning  bir  qator  kasblarni 



yetarlicha bilishi, bilganda ham ularning o’ziga jalb qiladigan tomonlarini emas, 

balki  qiyinchiliklarini  ham  yaxshi  bilishi,  o’zining  shaxsiy  sifatlariga  ko’ra 

tanlangan  kasbini  muvaffaqiyatli  egallay  olishi  va  keyingi  ish  jarayonida  o’z 

malakasini takomillashtirish talab qilinadi. 

Hozirgi  vaqtga  qadar  kasbga  yo’naltirish  ishlari  yetarlicha  saviyada  olib 

borilmasligi, ularni kasb-hunar turlari bo’yicha aniq ma’lumotga ega emasligiga 

olib  keladi.  Maktabning  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  bilan  savol-javob 



 

qilinganda shu narsa aniqlandiki, ularning faqat 65% ommaviy kasblarni bilishi 



to’g’risida  ta’kidlagan.  Albatta,  bu  ma’lumotlar  har  davrda  va  har  xil 

mintaqalarda ob’ektiv holda turlicha bo’ladi.  

  Hozirgi  kunda  bozor  munosabatlarini  va  uzluksiz  ta’limga  o’tish 

munosabati  bilan  maktab  yoshlarini  ongli  ravishda  kasb  tanlashga,  jamiyat 

uchun foydali va zarur bo’lgan muayyan  mehnat faoliyatiga tayyorlashda yana 

ham  katta  rol’  o’ynaydi.  O’quvchilarni  kasbga  yo’naltirish  ularning  har  biriga 

alohida-alohida  yondoshishni  talab  etadi  bunda  shaxsning  temperamenti, 

irodasi,  diqqati,  belgilangan  maqsadga  erishishda  qat’iylik,  tashabbuskorlik, 

uyushqoqlik,  intizomlik.  topshirilgan  ishni  bajarishga  ma’suliyat  bilan 

munosabatda  bo’lish  kabi  fazilatlarini  e’tiborga  olish  zarur.  Bundan  tashqari, 

kasbga  yo’naltirish  davomida  kasbni  tanlash  sabablarini,  kasbning  ijtimoiy 

ahamiyatini,  qiziqish  va  imkoniyatini,  kasbga  tayyorgarlik  darajasini,  oila 

an

’analarini  va  ota-onalar,  pedagoglar,  o’rtoqlarning  maslahatini  hisobga  olish 



lozim. 

 

O’quvchilarda  kasbga  oid  qiziqishlarning  paydo  bo’lishi  va 



rivojlanishidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan maktab, mahalla  va ota-onalarning 

birgalikdagi  samarali  ishlariga  bog’liqdir.  Ishchilar  sulolasi  an’analari  har 

tomonlama  qo’llab-quvvatlash,  ommalashtirish  va  targ’ib  qilish  kerak.  Turli 

kasb  egalari  bilan  suhbatlar  o’tkazish  yo’li  bilan  o’quvchilar  kasb  turlari  bilan 

batafsil  tanishtirib  boriladi.  Kasb  tanlashda  maktabning  ota-onalar,  maktab  va 

mahalla  bilan mustahkam aloqasi katta ahamiyatga ega.  

 

Bizning maqsadimiz mustaqil davlatimiz har bir avlodni barkamol va o’z 



kasbining  raqobatbardosh  ustasi  etib  tayyorlashdan  iboratdir.  Buning  uchun 

o’quvchilarni  boshlang’ich  sinflardan  boshlab  kasblar,  luraning  turlari, 

vazifalari to’g’risida ma’xlumotlar berib borish, o’zlariga yoqqan kasbga qat’iy 

qiziqish hosil qilish uchun zaruriy ma’lumotlar bilan tanishtirilmog’i lozim. 




 

Shu sababli kurs ishi mavzusini “Boshlang’ich sinf o’quvchilarini kasb-




Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish