Sultonmurod Olim, Sunnat Ahmedov, Rahmon Qo‘chqorov



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/134
Sana14.07.2022
Hajmi5,53 Mb.
#797747
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Savol va topshiriqlar
1. G ‘afur G ‘ulomning bolalik va o‘smirlik yillari qanday sharoitda 
kechgan?
2. Adibning qaysi asarlarida bolalik davri voqealari yoritilganini eslang 
va hikoya qilib bering.
3. «Senyetim emassan» she’ridagi:
«Yetimlik nimadir, bizlardan so‘ra,
0 ‘ninchi yillarning sargardonligi,
Isitma aralash qo‘rqinch tush kabi
Xayol ko‘zgusidan o ‘chmaydi sira...»—
kabi satrlarda shoir qanday armonlarini ifodalagan edi?
4. Shoiming dastlabki she’riy to ‘plamlaridagi yutuq va kamchiliklar 
nimalardan iborat bo‘lganini o‘qituvchingizdan so‘rab bilib oling.
5. Insoniyat urushni nima uchun qoralashini mulohaza qilib ko‘ring. 
Fikringizni misollar bilan asoslashga harakat qiling.
6. G ‘afur G ‘ulomning urushga, fashizmga bo‘lgan nafrati qaysi 
she’rlarida, ayniqsa, kuchli namoyon bo‘lgandi?
7. G ‘afur G ‘ulom asarlari asosida qanday spektakllar, kino va video- 
filmlar yaratilganini bilasizmi?
8. Adib va uning zamondoshlari boshidan o‘tkazgan davr sinovlarini 
qanday misollarda ko‘rsatish mumkin?
9. G ‘afur G ‘ulom xotirasi va adabiy merosiga bugungi munosabat 
to ‘g‘risida sinfdoshlaringizga gapirib bering.
10. Maktabingizda G ‘afur G ‘ulomga bag‘ishlangan qanday tadbirlar 
o ‘tkazilgan? Bu tadbirlarda Siz ham ishtirok etganmisiz? Ularning yuqori 
saviyada o‘tishiga nima bilan hissa qo‘shgansiz?
VAQT
G ‘uncha ochilguncha o‘tgan fiirsatni 
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Ba’zida bir nafas olgulik muddat 
Ming yulduz so‘nishi uchun yetgulik.
Yashash soatining oltin kapgiri 
Har borib kelishi bir olam zamon.
Koinot shu damda o‘z kurrasidan 
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tug'ilib, o‘sib,
Yashab, umr ko‘rib o‘tguvchilar bor.
Ko‘z ochib-yumguncha o‘tgan dam — qimmat,
Bir lahza mazmuni bir butun bahor.


Bir onning bahosin o'lchamoq uchun 
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning 
Barini tutolmas ayhannos ovoz.
Yigit termiladi qizning ko'ziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum...
Qo‘sha qarimoqqa m uhrbo‘ladi 
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.
Yashash darbozasi ostonasidan 
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.
...Reyxstag ustiga g‘alaba tug‘in 
Qadashda otilgan jangchining o‘qi 
Yalt etgan umri-la barqaror qildi 
Basharning muqaddas, oliy huquqin.
G ‘alaba amri-la mag'lub nemisning 
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal’un imzoda odamlar o‘qir 
Million yil fashistning umriga la’nat.
Aziz asrimizning aziz onlari 
Aziz odamlardan so'raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la 
Bezamoq onidir umr daftarin.
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek 
Diana ma’badin yoqmoq shart emas.
Ko‘plarning baxtiga o‘znikin jamlab 
Shu ulug‘ binoga bir g'isht qo‘ysak, bas.
Har laliza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal.
Umrdan o‘tajak har laliza uchun 
Qudratli qo‘l bilan qo'yaylik haykal.
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar g‘animatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.
1945
Urushda qozonilgan g‘alaba to ‘g‘risida har kim har xil yozishi 
tabiiy hoi. Kimdir bu g‘alabani ko‘tarinki ohang, ko‘tarinki so‘z


bilan ifoda qiladi. Kimningdir icliiga sig‘magan quvonclii g‘alabani 
olqislilash shaklida qog‘ozga to ‘kiladi.
G ‘afur G ‘ulom ijodiy tafakkuriga faylasufona mulohazakorlik, 
kichik tuyulgan hayotiy detallardan katta umumlashmalar yasay 
olish xos edi. Bu noyob fazilatlar shoiming 1945-yilda fashizm 
ustidan qozonilgan g‘alaba munosabati bilan yozgan «Vaqt» she’rida 
yaqqol ifodasini topdi.
Shoir mazkur she’rda lahza(sekund)ning mohiyatiga nazar 
tashlaydi.
D arhaqiqat, yuzaki qaraganda, lahza nima? K o‘z ochib 
yumguncha o‘tadigan fursat. G o‘yo e’tiborga, diqqatga arzimaydi. 
0 ‘z umrini poyonsiz deb o‘ylaydigan aksariyat odamlar uchun 
lalizaning sariq chaqalik qimmatibo‘lmasligi ham mumkin. Biroq...
Biroq shoir ijodiy tafakkuri butun insoniyat hayoti — uning 
quvonch-u tashvishlari, hatto qismati ham mana shu lahzalarga jo 
ekanini favqulodda misollar bilan isbotlab beradi:
Bir onning bahosin o'lchamoq uchun 
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Hayotning abadiy qonuniyatlarini anglagan, liis qilgan odam 
uchun behuda lalizaning o‘zi yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. 
Zero, inson necha yil umr ko‘rishidan qat’i nazar, bu umming 
asosini mana shu lahzalar tashkil qiladi. Buyuk qahramonliklar 
ham, isnodli sharmandaliklar ham ayni lahzalar oralig‘ida ro‘y 
beradi. 0 ‘zini, o‘zligini unutgan odam bir lahzada yo‘l qo‘ygan 
xatosi, qo‘rqoqligi, sliijoatsizligi tufayli umrbod yuzi qora bo‘lib 
qolishi hech gap emas. Va aksincha, Amir Temurdek, Jaloliddin 
Manguberdidek, Bobur Mirzodek bobolarimizning shon-shavkati 
aynan bir lahzada qabul qilgan qat’iy qarorlari, biror lahza unutma- 
ganlari — yurtga sadoqatlari tufayli abadiyatga daxldor bo‘ldi.
Endi ayting-chi, ular kabi j o ‘m ard insonlarning um ri, 
faoliyati, millat taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini oltindan yasalgan 
tarozi-yu olmosdan qilingan tosh bilan o‘lchab bo‘ladimi?!
G ‘alaba amri-la mag‘lub nemisning 
Generali qo‘l qo‘ydi. Uch sekund faqat...
Shu mal’un imzoda odamlar o'qir 
Million yil fashistning umriga la’nat.
Yanagi o‘quv yilida Siz Ikkinclii jahon urushining barcha 
tafsilotlari, u keltirgan kulfatlar to ‘g‘risida batafsil m a’lumot olasiz.


Hozir esa shuni eslatib o‘tamizki, insoniyat tarixidagi eng dahshatli 
hodisa bo‘lgan bu urush 50 milliondan ortiq kishining umriga 
zavolbo‘ldi. Minglab shahar va qishloqlar, Yevropa, Afrika, Osiyo 
qit’asining eng noyob madaniy yodgorliklari shu urush olovida kuyib 
kulga aylandi. Qanchadan-qancha bolalar o‘z ota-onalaridan, ota- 
onalar esa farzandlaridan ajrab, hayotlari sarson-sargardonlikda o‘tdi. 
Bu urush yetkazgan jarohatlar o‘mi hali-hamon bitgani yo‘q. Hali- 
hamon Yaponiyaga tashlangan atom bombalarining zahri avlodlar 
tan-u joniga, atrof-muhitga ozor bermoqda...
Holbuki...
Holbuki, fashizmning o‘z mag‘lubiyatini tan olib, german 
armiyasining so‘zsiz taslim bo‘lishi to ‘g‘risidagi hujjatga imzo 
chekishi uchun uch sekund vaqt talab qilindi, xolos. Biroq shu 
uch sekundga yetib kelish insoniyatga qanchalar qimmatga 
tushganini bir tasavvur qilib ко‘ring-a.
Darvoqe, 1939-yil 1-sentabrda Ikkinclii jahon urushini bosh- 
lash — Polshaga hujum qilish to ‘g‘risidagi qaromi qabul qilishga 
ham, balki uch sekund kifoya qilgandir.
Shoir dunyoda shuhrat qozonmoqning yo‘llari ko‘p ekani, 
biroq bu yo‘llaming biri odamni sharmandali shuhratga olib kelsa, 
boshqasi abadiyatga olib borishini quyma satrlarda eslatadi:
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek 
Diana ma’badin yoqmoq shart emas...
Darhaqiqat, o‘z davrining buyuk mutafakkirlari goh ilm-fan
goh san’at, goh falsafada ulkan natijalarga erishayotganidan ichi 
kuygan Gerostrat degan kimsa odamlar uni ham doimiy yodlab- 
yo‘qlab turishlarini xohlab qoladi. Bunga arzirli biror ish qo‘lidan 
kelisliiga ko‘zi yetmay, ulkan buzg‘uncliilik, vahsliiylikka qo‘l uradi. 
Dunyo arxitekturasining noyob namunalaridan biri bo‘lgan Diana 
m a’badi — ibodatxonasiga o‘t qo‘yadi. Qarabsizki, hali-hamon 
Gerostratning nomini ham insoniyat eslashga majbur.
Lekin bu eslov-yo‘qlovning qimmati va ahamiyati qanchalik? 
Hamma gap mana shunda!
Shukrki, insoniyatga xotira degan ulkan saboq — xazina ato 
etilgan. U o‘zining baxt-u iqboli yo‘lida kurashgan ulug‘lar bilan 
birga, odamzod tirikligiga xavf-u qo‘rqinch solgan yovuz kimsalami 
ham unutmaydi. Ularning qilmishlari takrorlanisliidan ogoh turadi.


Faylasuf shoir G ‘afur G ‘ulom o‘zining m o‘jazgina asari — 
«Vaqt» she’ri bilan lahzaga abadiy haykal qo‘ydi, deb bemalol 
aytsak bo‘ladi! Bu she’r bag‘riga jo bo‘lgan mantiq va m a’no, san’at 
va sayqal ko‘lamini anglamoq uchun, qarangki, asrlar talab 
qilinmoqda. Chinakam she’riyatning, adabiyotning m o‘jizaviy 
qudrati, balki mana shundadir.

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish