Mavzu: “Qutadg’u bilig”da ramzlar.
Kirish .
Asosiy qism:
1. “Qutadg’u bilig” dostonining yaratilishi va o’rganilish tarixi;
2. “Qutadg’u bilig” dostonida adolatli hukmdor talqini –Kuntug’di timsolida.
3. Oyto’ldi va O’gdulmish obrazlarining dostonda gi o’rni.
4.O’zg’urmish obrazida muallif badiiy niyatining ifodalanishi.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbek milliy ongi, tafakkuri, dunyoqarashi, adabiy tili, adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyotning o’rni beqiyosdir. Chunki adabiy tilning rivoji,qolaversa, inson badiiy saviyasining rivojlanishi uchun badiiy adabiyot tili eng boy manba bo’lib xizmat qiladi. Adabiy tilning badiiy mukammallikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o’ziga xoslikka erishishda so’z san’atkorlarining mashaqqatli xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Sharq uyg’onish davrining eng yirik siymolaridan biri , xalq tilining yirik bilimdoni, obrazlarni ramziy yaratishning yetuk bilimdoni , buyuk adib Yusuf Xos Hojib asarlari bugungi kun ma’naviy tuyg’ularini yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |