Vi variant 1905896



Download 15,65 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi15,65 Kb.
#428539
Bog'liq
06 variant 1905896


VI variant 1905896

1. O‘zlik nisbatidagi fe’l bilan ifodalangan kesim


qatnashgan gapni aniqlang.
A) O‘rtada o‘rnatilgan bo‘ydor archaga
rang-barang o‘yinchoqlar osilgan edi.
B) Keldi ochilur chog‘ing,
O‘zliging namoyon qil.
C) Oq va qora marvarid donachalari ajoyib
shaklda ipga tizildi.
D) Shoir anchagacha uxlay olmay, ezgin xayollar
girdobida qiynaldi.
2. “Mutafakkir adib saxovat va himmatni
insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, u
daraxtning foydali mevasi deb ataydi. Asarda
oliyhimmat kishilarni balandparvoz lochinga,
behimmat kimsalarni esa sichqon ovlovchi
kalxatga o‘xshatadi”.
Ushbu ma’lumot qaysi ijodkor haqida?
A) Alisher Navoiy B) Yusuf Xos Hojib
C) Abay D) Gulxaniy
3. Abayning "Nasihatlar" asarining "O‘n yettinchi
so‘z"ida Aql, G‘ayrat va Yurak bahsiga
hakamlik qilgan Ilm qaysi bir(lar)ining tanaga
boshliq bo‘lishini ma’qullaydi?
A) Aqlning B) Aql va Yuraknining
C) Yurakning D) G‘ayratning
4. Barcha so‘zlar to‘g‘ri yozilgan javobni belgilang.
A) jarrox, jangovor, toifa
B) hasis, musoboqa, maxsulot
C) toyifa, musobaqa, jarrox
D) xasis, mahsulot, tomosha
5. Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato
yozilgan so‘zlarni aniqlang.
1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz;
4) uydurma; 5) mas’ul; 6) hatti-harakat
A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 3, 5, 6
D) 2, 4, 5, 6
6. Haqiqat tikanli gulga o‘xshaydi, shuning uchun
ham u hidlashni bilmaganlarning burniga
sanchiladi.
Ushbu gapda qatnashgan fe’llarga oid to‘g‘ri
ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapdagi barcha fe’llar sodda tub
fe’llar sanaladi.
B) Ushbu gapda fe’l nisbatlarining ikki turi
qatnashgan.
C) Ushbu gapda fe’l vazifa shakllarining ikki
turigagina oid fe’llar qatnashgan.
D) Ushbu gapdagi barcha fe’llar o‘timsiz fe’llar
sanaladi.
7. Berilgan so‘zlardan jo‘nalish kelishigi shaklidagi
ismlarga qo‘shilib kela oladigan vazifadosh
ko‘makchilarni aniqlang.
1) ko‘ra; 2) buyon; 3) tomon; 4) qaramay;
5) boshlab; 6) ko‘rib; 7) qadar
A) 2, 3, 5, 6 B) 1, 4, 5, 7 C) 1, 3, 4
D) 2, 4, 6, 7
8. Qaysi gapda fe’lning o‘tgan zamon shakli kelasi
zamon ma’nosida qo‘llangan?
A) Bir vaqt qarasam, yig‘layapman, hech
o‘zimni bosolmayman.
B) Ular allaqachon bir qarorga kelgan edilar.
C) Men bu mehmonni kuzatib borayotirman.
D) Agar mening gapimni tushungan bo‘lsang,
yur men bilan, ketdik.
9. Qaysi javobda o‘z shakldoshi bilan o‘zaro bir
xil turkumga oid bo‘la oladigan so‘z bilan
ifodalangan ega qatnashgan?
A) Ishga berilib ketganidan yuz-ko‘ziga ko‘cha
changi yopishayotganini ham payqamas edi.
B) “Yoz o‘tmoqda soz”, deya ko‘chalarda
chopib o‘ynashardi.
C) Bu taxt sening avlodlaringga ham nasib
etmaydi.
D) Tanlovda bu tuman faxrli birinchi o‘rinni
egalladi.
10. Tiniq osmon o‘zining bor go‘zalligi va
malohatini cheksiz balandliklardan ulug‘vorlik
bilan bizga ko‘z-ko‘z qilib turar edi.
Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so‘zlar
sonini aniqlang.
A) 5 B) 4 C) 3 D) 6
11. Qaysi javobda Shuhratning romanlari berilgan?
A) "Shinelli yillar", "Orzu va qasos"
B) "Oltin zanglamas", "Jannat qidirganlar"
C) "Shinelli yillar daftari", "Mashrab"
D) "Jamila", "Oltin zanglamas"
12. Surayyoning peshonasiga qo‘limni qo‘yib qo‘rqib
ketdim: isitmasi nihoyatda baland ekan.
Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi
qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi
bo‘lak qo‘llanganligi uchun
B) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish
munosabati ifodalangani uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
D) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab
kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
13. Qaysi javobdagi ma’lumot Uvaysiy haqida emas?
A) U hasbi hol tarzida yozilgan "Dog‘ o‘ldi, dog‘
o‘ldi", "Sog‘indim" kabi g‘azallar muallifidir.
B) Uning erta vafot etgan umr yo‘ldoshi Amiriy taxallusi bilan she’rlar ijod qilgan mashhur shoir edi.
C) Shoira Marg‘ilon shahrida ma’rifatli oilada
dunyoga kelgan. Akasi Oxunjon ashula aytar
edi, el orasida hofiz nomi bilan tanilgan edi.
D) U chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini
namoyon etgan. Ayniqsa, uning "Anor"
chistoni she’riyat ixlosmandlari e’tiborini
qozonib kelmoqda.
14. Tadbirni har oyning juma kunida o‘tkazishga
ma’muriyat kafolat beradi.
Ushbu gap qaysi uslubga xosdir?
A) ilmiy uslub B) publitsistik uslub
C) so‘zlashuv uslubi D) rasmiy uslub
15. Qaysi ma’lumot Tog‘ay Murod hayoti va ijodi haqida?
A) Ijodkor Andijon viloyatining Marhamat
tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida oddiy
zahmatkash odamlar oilasida tug‘ilgan.
B) Uning qissasini o‘qigan Abdulla Qahhor
yozuvchiga maktub bitib, asar uni suyuntirib
yuborganini aytgan, "sof, samimiy, tabiiy,
iliq, rohat qilib o‘qiladi"gan asar yozgani
bilan tabriklagan.
C) Ijodkor tarjimon sifatida Ernest
Seton-Tompsonning "Yovvoyi yo‘rg‘a"
asarini o‘zbek tiliga mohirlik bilan og‘irgan.
D) Uning otasini ham "xususiy mulk egasi",
"mushtumzo‘r" sifatida quloq qiladilar.
1939-yilda uning otasi qamoqdan qaytadi va
oilasini Sirdaryoga ko‘chirib ketadi.



Download 15,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish