1. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida: “. . . insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir” degan mazmunda nimaga ta’rif berilgan?
A) hilmga B) saxovatga
C) tilga D) safarga
2. Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A)Gapi to‘g‘rida, u tengi bolalar maktabga borishadi, uni esa "kichkina" deb xafa qilishadi.
B)Oradan qancha zamonlar o‘tgach, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz.
C)Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, menga bergan noningiz harom bo‘ladi.
D)U o‘rmonda aylanib yurib chol va uning tinib-tinchimas nevarasini uchratipti.
3. Qaysi javobdagi olmoshlar haqida berilgan
ma’lumot to‘g‘ri emas? A)Ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush orttirilishi kuzatiladi.
B)Uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar kishilik olmoshlari hisoblanadi.Ayrim kishilik olmoshlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda tovush tushishi
kuzatiladi.
C)To‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlarni ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshlari
sanaladi. D)So‘roq olmoshlariga alla- yoki –dir qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil qilingan olmoshlar bo‘lishsizlik olmoshlari hisoblanadi.
4. Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub?
A) burun-butun B) talaba-g‘alaba
C) qovun-sovun D) do‘ppi-lo‘ppi
5. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi?
1) singari; 2) bilan; 3) ammo; 4) uzra; 5) keyin;
6) xayriyat; 7) qadar A) 1, 2, 4, 7 B) 1, 3, 6, 7
C) 2, 4, 5, 6 D) 2, 3, 5, 7
6. Qaysi javobdagi gaplar juftligida ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar o‘zaro shakldosh so‘zlar
hisoblanmaydi?
A)Bir yil ichida yigitning bo‘yi ancha o‘sdi.
Bog‘dagi gullarning muattar bo‘yi kishiga huzur bag‘ishlaydi.
B)Raqib darvozasiga ketma-ket to‘p kiritildi. Ayol stoldagi bir to‘p xatni olib, ko‘z yugurtirdi.
C)Maktabda “O‘tkir zehnlilar” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Uning o‘tkir boltasi bo‘lsa-yu, shu qurigan daraxtni chopib tashlasa.
D)Hech bo‘lmaganidan ko‘ra kech bo‘lgani yaxshi.
Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning.
7. “Zarbulmasal”dagi “Maymun bilan Najjor” masalida qanday g‘oya ilgari surilgan?
A)Bu masalda yolg‘onchi yolg‘onlari bilan, avvalo, o‘zini aldashi po‘stindo‘z obrazi orqali ko‘rsatib berilgan.
B)Bu masalda do‘st tanlashda adashmaslik kerakligiga e’tibor qaratilgan.
C)Bu masalda erki o‘zida bo‘lmagan kishining fojiasi ko‘rsatiladi.
D)Bu masalda qo‘lidan kelmagan ishga uringan kishi, albatta, sharmanda bo‘lishi ko‘rsatib berilgan.
8. Qaysi javobdagi ma’lumot Hamza Hakimzoda Niyoziy haqida?
A)U insonlarning kelajagi uchun tarbiya muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidlab, shunday deydi: ". . . tarbiya bizlar uchun yo hayot − yo mamot, yo najot − yo halokat, yo saodat
− yo falokat masalasidur".
B)U yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochgan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun "Yengil adabiyot", "Qiroat kitobi" singari darslik va majmualar
yaratgan.
C)U jamiyat a’zolarini ma’rifatli, o‘qimishli va ilg‘or fikrli qilishga qaratilgan “Millatimga”, “Ahvolimiz” she’rlari va “Juvonboz” hikoyasi muallifidir.
D)U Shahrisabz va Karkida yangi usulda ta’lim berishga ixtisoslashgan jadid maktablari ochadi. Yangi maktablar uchun "Muxtasar islom tarixi", "O‘qu" singari darsliklarni
yaratadi.
10.Biluvchilar qo'l tutmadi, bizga sani tonutmadi, Bilmam, nelarga aldanub tangri buyruqin tutmadi" Ushbu misralar qaysi ijodkor qalamiga mansub?
A. Hamza " Dardiga darmon istamas" B. Hamza "Jonlami jononi Vatan" S. E.Vohidov "O'zbegim" D. A.Oripov "O'zbekiston"
11.Hamza "Dardiga darmon istamas" she'rida "Hech nomusulmon" nimani istamaydi?
A. Mohi tobon B. Pushaymon S. Irfon D. Millati xor o'lmag'on
12.Uxlama o'zbek eli... misrani davom ettiring.
A. Bu tanlarning shirin joni B. Jonlarni jononi Vatan! S. Asli taraqqiy vaqtida D. Tangribuyrug'in tutmadi
13.Quyidagi parchada she'riy san'atlardan qaysi biri qo'llanilgan? Bu labi jonbaxshu bu husni malohat sendadur, Yo sent Yusuf desunlar, yo Masixo, yo Habib.
A.Talmeh. B.Tajnis. S. Tazmin. D. Tashbeh.
14."Me'mor" romonida "Xonumoni talanib,qilichi sinib, qalqoni teshilib, yengilgan sarbozdek xomush tortibo‘tirgan" deya kim ta'riflangan?
a)Zulfiqor b)Zavrak c)Horunbek d)Najmiddin Buxoriy.
15.Yer uzra qo 'ndi oqshom, Oy shu 'lasi bir mayin, Kel oppog'im, kel, erkam, Men seni allalayin. Ushbu banddagi badiiyat qaysi so'zlar orqali yuzaga chiqqan? A. yer, oy, alia B. qo'ndi, oqshom, oppoq S. oqshom, oy, oppog'im D. uzra, mayin, crkam
16.Hamza Hakimzoda yaratgan darsliklar qaysilar?
a)Birinchi muallim b)Adabiyot qoidalari c)Adabiyot kitobi d)Yengil adabiyot,Qiroat kitobi
17. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? A. Kitob. B.So'z. S. Ohang. D. Muallif.
18.. Quyidagi qaysi she’r Saida Zunnunova qalamiga mansub?
A. "Mening Vatanim" B. "Yulduzim" S." Nevara" D. "Bog'lar qiyg'os gulda"
19.Qaysi qatordagi asar o‘zbek adabiyotida birinchi bo‘lib cheteldagi o‘zbeklar hayotini aks ettirgan? a)"Jannat qidirganlar" b)" Oltin zanglamas" c) "Shinelli yillar" d) "Mashrab"
20.Saida Zunnunova qaysi asarda iymoni butun onalarga,ayollarga madhiya qilingan?
a)"Qizingiz yozdi" b)"Nilufar" c) "Qo‘shnilarim" d) "Surat bilan suhbat"
21. Me'mor romanining qahramonlari to‘g‘ri sanalgan javobni toping. A. Badia, Horunbek B.Hasanali, To‘ybeka S.G‘avvos Muhammad, Mirzakarim qutidor D. Jomiy, G‘iyosiddin Kichkina
22. Jonimga masihdir shu ona tilim". Ushbu misra kimning qalamiga mansub? A. Navoiy B. Bobur S. Zavqiy D. R.Hamzatov
23. R. Hamzatov qaysi xalq shoiri? A. Qirg'iz B. Avar S. Rus D. Qozoq
24. Shoir R.Hamzatov ona tili yo'qolsa, nimaga ham rozi?
A. O'limga B. Har qanday kunga S.Qashshoqlikka D. Shoir bo'lmaslikka
25.Qaysi qatordagi so’zlar fe’lning munosabat shakliga qo’shimcha qo’shish orqali hosil qilingan?
A)o’roq,tugma,qirg’ich B)ochirg’ich,qurilma,achitqi C)tishkovlagich, suzma,yutuq D)barcha so’zlarda