1. Bir gʻarib koʻnglini qila olsang shod,
Yaxshidir yer yuzin qilgandan obod.
Lutfing-la bir dilni qul qila olsang,
Afzaldir yuz qulni qilmoqdan ozod.
Umar Xayyom
2. Hech kimga gʻazab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning gʻazabiga duchor boʻlmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.
Amir Temur
3. Dunyoda ilm-fan va adabiyotni targ'ib qilishdan ko'ra buyuk vazifa yo'q. Bilim har bir mamlakatda xalq farovonligining eng ishonchli asosidir.
George Washington
4. Odamlar nimanidir bilmaganliklari uchun emas, balki oʻzlarini bilimdon va dono hisoblaganliklari sababli yanglishadilar, adashadilar.
Tohir Malik
5. Odamlar suratini bezatsa, sen siyratingni beza.
Odamlar boshqalar aybidan soʻz ochsa, sen oʻz qusuringni oʻyla.
Jaloliddin Rumiy
6.Biz oʻzbeklarda istihola kuchli. Oʻzni namoyon qilishdan tortinamiz… Endi oʻsha istiholani yigʻishtirib, xalq bilan muloqotning hamma shakllaridan foydalanishimiz lozim. Bu zamon oldidagi, Vatan oldidagi burchimizdir.
Erkin Vohidov
7.Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yoʻqmi, oʻqituvchilar saviyasiga bogʻliq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim.
Erkin Vohidov
8. Odobsiz, tarbiyasiz va badxulq kishilar bilan tortishmang;
Fikr bildirganda: “Bu – mening qarashim”, deb ayting;
Imom Gazzoliy
9. Har kim eshik oldin supursa oʻzi,
Toza boʻlar butun tumanning yuzi.
Har kim oʻz burchini ado etsa soz,
Hammaning ishi ham bitadi aʼlo.
Iogann Volfgang Gyote
10. Kengash ikki turli boʻlur: biri – til uchida aytilgani, ikkinchisi – yurakdan chiqqani. Til uchida aytilganini shunchaki eshitardim. Yurakdan aytilgan maslahatni esa qalbim qulogʻiga quyardim va dilimga joylardim.
Amir Temur
11. Uch nimarsaga uch nimarsadin chora yoʻqdir: podshohqa siyosat lozimdir, vazirgʻa omonatdorliq lozimdir, fuqarogʻa itoat va farmonbardorliq lozimdir.
Sidqiy Xondayliqiy
12. Milliy axloq deganda men odamlarimizga xos hayo, ibo, sharm, mehmondoʻstlik, sabr-qanoat, mulohazakorlik, andisha, shafqat, oilaga, ota-onaga, ayolga hurmatni tushunaman.
Gʻaybulloh as-Salom
13. Haqiqiy bilim hech narsa bilmasligingizni bilishda mavjud.
Konfutsiy
14. Mard koʻp soʻrasa ham ozga rozi boʻladi, nomard oz soʻraydi, ortiqcha bersang ham rozi boʻlmaydi.
Abay Qoʻnonboyev
15. Fan tashkiliy bilimdir. Donolik - bu tartibli hayot.
Emmanuel Kant
16. Inson xulq-atvori uchta asosiy manbadan kelib chiqadi: istak, hissiyot va bilim.
Plato
17. Ilmni amalda qo‘llamaguningizcha, hech qanday qiymat yo'q.
Anton Chexov
18. Ta’lim faqat maktabga borish va diplom olishdan iborat emas. Bu sizning bilimingizni kengaytirish va hayot haqidagi haqiqatni o'zlashtirishdir.
Shakuntala Devi
19. Tarbiya bu siyosiy ongni uzviyligidan kelib chiqmaydi,
Bahodir Shastri
20. Muvaffaqiyat - faqat intiluvchan odamlarga nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikkatushadiganlarni tushadiganlarni esa juda kam yo‘qlaydi.
Javoharla’l Neru
21. Ish bilan mashg’ul bo’lmagan odam hech qachon to’laqonli baxtli bo’la olmaydi. Ishyoqmas kishining nigohida hamisha norozilik kayfiyati ko‘rinadi.
Henrix Heyne
22. Zakovat o’qish-o’rganishda emas, unga erishish yo’lidagi harakatlar mevasidir.
Albert Eynshteyn.
23. Olg’a qadam tashlash uchun doimo sabab bor, faqat uni vaqtida ilg‘ab turish lozim.
Ayzek Azimov
24. Sen ko‘phujayralik organizm sifatida taxminan ellik trillion hujayradan iboratsan. Lekin, shaxs sifatida, aytilgan barcha hujayralar ahamiyati yig‘indisidan muhimroqsan.
Do'stlaringiz bilan baham: |