10-sinf adabiyot darsligi bo`yicha
testlar
1. Sen bu kun sinfda shod yurak bilan
Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Yuqoridagi satrlar muallifi kim?
A) A.Qodiriy B) Hamza
C) M.Shayxzoda D) G‘afur G‘ulom
2. Adabiyot qadim zamonlardan qaysi tushunchalar bilan birga yashab keladi?
A) «ma’naviyat» B) «madaniyat»
C) «san’at», «jamiyat» D) A,B,C
3. «Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning narsasiga ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dastur xoni)din xo‘broqdur». Ushbu fikrlar muallifi kim?
A) Yusuf Xos Hojib B) A.Yassaviy
C) A.Yugnakiy D) A.Navoiy
4. «Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q» - degan fikrlar A.Navoiyning qaysi asarida uchraydi?
A) «Nazm ul-javohir» B) «Mahbub ul-qulub»
C) «Lison ut-tayr» D) «Xazoyin ul-ma’oniy»
5. «Haq berilmas, olinur» - degan jumla kimga tegishli?
A) M.Behbudiy B) A.Avloniy
C) Hamza D) Cho`lpon
6. «So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak» - degan fikrlar kimga tegishli?
A) M.Behbudiy B) A.Avloniy
C) A.Qodiriy D) Cho`lpon
7. «Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fdoyilik bilan kurasha olishi mumkin» - mazkur fikrlar muallifi kim?
A) Ch.Aytmatov B) I.A.Karimov
C) Hamza D) Cho`lpon
8. Qadim zamonda Oqtosh viloyatining podshohi kim edi?
A) Sultonxon B) Rustamxon
C) Dobonbiy D) Huroyim
9. «Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon» - ushbu gap qaysi qahramonga tegishli?
A) Sultonxon B) Huroyim
C) Rustamxon D) Qozikalon
10. Sultonxonning o`rtancha xotini kim edi?
A) Oqgul B) Oqqiz
C) Bahragul D) Huroyim
11. Sultonxon qaysi mamlakatga safarga chiqadi?
A) Oqtosh B) Qurudim
C) Hukumu D) Qo`ng`irot
12. Sultonxon suyunchi deb chiqqanni qanday mukofotlamoqchi bo`ldi?
A) ayamasdan tanga-tilla berarman
B) qulog‘idan dunyoga ko‘marman
C) qo‘rg‘onbegi qilarman D) A,B,C
13. Sultonxon safarga chiqar chog`ida taxtni kimga topshirdi?
A) katta xotiniga B) o`rtancha xotiniga
C) kichik xotiniga D) ukasiga
14. Sultonxon taxtni kimga topshirish masalasida kimdan maslahat so`radi?
A) yurt kattalaridan B) qozikalonlardan
C) vazir-u vuzarolardan D) sarkardalaridan
15. El ko‘chirib Olatog‘dan oshirding,
Ulug‘ bilib nechovlarga bosh urding.
Bir necha dushmandan siring yashirding,
Toj-u davlatingni menga topshirding.
Misralar Sultonxonga kim tomonidan aytilgan?
A) Huroyim B) Qozikalon C) kichik xotini D) ukasi
16. Sultonxon safardan qanchada qaytaman deb aytadi?
A) 14 yilda B) 3 yilda C) 5 yilda D) 15 yilda
17. Rustamxonning ismini kim qo`yadi?
A) Sultonxon B) Qozikalonlar
C) yurt kattalari D) Huroyim
18. Sultonxon Qurudim mamlakatiga necha mahrami bilan jo`naydi?
A) 500 B) 600 C) 1000 D) 40
19. Qurudim mamlakati tevaragida kimlar yashar edi?
A) Urganch, Xorazm, Xeva beklari
B) Dinkaman xonlari
C) Tojik, Turkman beklari D) A va B
20. Sultonxonga goh boj berib, goh bermay yurgan kimlar edi?
A) Urganch, Xorazm, Xeva beklari
B) Dinkaman xonlari
C) Tojik, Turkman beklari D) A va B
21. «..tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa, shuncha, ikki yuzi ochilgan gulcha, bellari xipcha, o‘zi suluv oyimcha..» - deya ta’riflangan qahramon kim edi?
A) Huroyim B) Oqqiz C) Ximcha D) Bahragul
22. Huroyim podsholik qilib, ichkarida arz so‘raydi. Tashqarida-chi?
A) Ximcha B) Oqqiz C) Bahragul D) vazir
23. Oqtosh viloyatida daftari mastondan nechta mastoni bor edi?
A) 400 B) 360 C) 500 D) bir kam besh yuz
24. Oqtoshdagi mastonlarning boshlig`i kim edi?
A) Sulton kampir B) Maston kampir
C) Momogul maston D) kichik malika
25. G‘orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to‘rt bo‘lib otar edi. Ushbu ta’rif kim haqida?
A) Sulton kampir B) Maston kampir
C) Momogul maston D) kichik malika
26. “..ne er yigit larni ikki pulga sotar edi, yaxshilikni uch pulga olmay, qayerda yomonlik bo‘lsa, izlab yetar edi, qanday odam ko‘rsa, bu kampirdan hazar qilib uzoqqa ketar edi…” – ushbu ta’rif kim haqida aytilgan?
A) Sulton kampir B) Maston kampir
C) Momogul maston D) kichik malika
27. Ikki kundosh mastonga nima bermoqchi bo`ldi?
A) Oqtoshdan bir viloyat B) xazinaning yarmini
C) Qurudim mamlakatini D) bir qop oltin
28. Jallodlar Huroyimni dorga osmoqchi bo`lganlarida kim qutqaradi?
A) Sultonxon B) Ximcha C) Rustamxon D) Oqqiz
29. «Adashganning oldi yo‘l», – deya yo`lga chiqqan qahramon kim?
A) Rustam va Huroyim B) Sultonxon
C) Ximcha D) Momogul maston
30. Huroyim o`g`li bilan qayerdan qo`nim topadi?
A) Qurudimdan B) Hukumu tog`idan
C) Xevadan D) Urganchdan
31. “..ajab suratli bir qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husnini ko‘rsa, aqli ketib, otdan yiqilib qolguday…” qizga duch kelgan qahramon kim?
A) Rustamxon B) Sultonxon C) Qoraxon D) Huroyim
32. Keraga nima?
A) o`tov
B) hovlining xizmatkorlar yashaydigan qismi
C) o‘tovning chetanga (to‘qima devor) o‘xshatib ishlangan devori
D) xizmatkorlar, asosan qorovullar turadigan xona
33. Rustamni kim yo`lbarsga qiyoslaydi?
A) Huroyim B) Sultonxon
C) Ximcha D) ajdar oldiga qo`yilgan qiz
34. “Ajdahor deganing bitta ilon-da” – degan qahramon kim?
A) Rustamxon B) Qoraxon
C) ajdaho oldiga qo`yilgan qiz D) Huroyim
35. Bir ilonning nima ham quvvati bor?!- deb ajdarni mensimagan qahramon kim?
A) Rustamxon B) Qoraxon
C) ajdaho oldiga qo`yilgan qiz D) Huroyim
36.– «Mard so‘zidan, yo‘lbars izidan burilmaydi» degan gapni kim aytadi?
A) Rustamxon
B) Qoraxon
C) ajdaho oldiga qo`yilgan qiz
D) Huroyim
37. Ajdar qaysi tarafdan kelardi?
A) tog` tarafdan
B) qir tarafdan
C) soy tarafdan
D) past tarafdan
38. Ajdarni o`ldirgan Rustam undan belgi sifatida nima oldi?
A) tasma
B) dumini kesib oldi
C) tishidan oldi
D) shoxidan oldi
39. Ajdahodan qutulgan Bujul shahri odamlari kimni xonlikka ko`tardilar?
A) Huroyimni
B) Rustamni
C) Sultonxonni
D) Oftoboyimni
40. Rustam kimga uylanadi?
A) Oftoboyimga
B) Hur qizga
C) Oqqizga
D) Bujul malikasiga
41. Rustam Bujulda necha kun podsholik qiladi?
A) 3 kun
B)
bir yil
C) qirq kun
D) bir oy
42. Rustam va Huroyimning tirikligini eshitgan kundoshlar kimni ishga soladilar?
A) Maston kampirni
B) vazirlarni
C) o`g`illarini
D) folbinlarni
43. Shum kampir kimning yordami bilan Rustamni o`ldirmoqchi bo`ladi?
A) ajdarning
B) chiltanlarning
C) devlarning
D) parilarning
44. Shum kampir Rustaming oldiga kiming qiyofasida keladi?
A) Huroyimning kundoshi
B) Sultonxon
C) Huroyim
D) Oftoboy
45. Sultonxon Rustam va Huroyimning oldiga qanday qiyofada keladi?
A) cho`pon
B) baxshi
C) qushnoch
D) qalandar
46. Ka’ba izlab bundan ketib boradi,
Kamxarj qolgan yerda gadoylik qildi.
Xarjili bo‘lganda qichab yo‘l yurdi... – deb tilga olingan qahramon kim?
A) Rustam
B) Sultonxon
C) Huroyim
D) Oftoboy
47. Rustam, Oftoboy va Huroyim qayerda yashashardi?
A) Oqrabotda
B) Bujulda
C) Bahra tog`da
D) Hukumu tog`ida
48. Belida kamarlari tilladan bo`lgan qahramon kim?
A) Rustam
B) Oftoboy
C) Sultonxon
D) Bujul shohi
49. Oftoboy Sultonxonga qarata nima deb murojaat qiladi?
A) otajon
B) qalandar bobo
C) begijon
D) B va C
50. Dostonda kimga nisbatan “Zolimlar dastidan yig‘lagan doim” – deya ta’rif beriladi?
A) Oftoboyim
B) Huroyim
C) Ximcha
D) Rustam
51. Rustam kundoshlarning qilgan ishini kimdan biladi?
A) yurt kattalaridan
B) Ximchadan
C) qalandarlardan
D) xazinabonlardan
52. Sultonxon ikki kundoshni kimga topshiradi?
A) Mastonga
B) Mirg`azablarga
C) jallodlarga
D) zindonbonga
53. – Ovda-dovda, ko‘p yuraman dalada,
Podsholik saltanat menga nima-da.
O‘z yurganim menga endi bo‘ladi,
Podsholiging menga ma’qul bo‘lmadi – degan qahramon kim?
A) Sultonxon
B) Rustam
C) Ximcha
D) Oftoboy
54. Xalq og`zaki ijodining eng yirik janri qaysi?
A) ertak
B) doston
C) roman
D) rivoyat
"ANDIJON STUDY" ona tili va adabiyot kursi, [02.12.18 22:13]
55. Qahramonlarning sarguzashtlari, o`zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko`lamda tasvirlovchi yirik hajmli liro-epik asar ….deyiladi.
A) ertak
B) rivoyat
C) sarguzasht asar
D) doston
56. Davr, tuzumdagi xalq ruhiyatini, xususiyatlarini aks ettiradigan, zamonlar o`tishi bilan yangi-yangi mavzular va g`oyaviy mazmun bilan boyib boradigan asar nima deyiladi?
A) ertak
B) rivoyat
C) sarguzasht asar
D) doston
57. Xalq dostonlarining qanday turlari mavjud?
1) qahramonlik dostonlari; 2) romantik – ishqiy-sarguzasht dostonlar; 3) tarixiy dostonlar.
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3
58. Dostonlarni mavzusiga ko`ra aniqlashtiring.
1) “Alpomish”; 2) “Go`ro`g`li”; 3) “Ravshan”; 4) “Rustamxon”; 5) “Oshiq G`arib va Shohsanam”
a) qahramonlik dostoni; b) ishqiy sarguzasht
A) 1,2,4,-a; 3,5-b
B) 1,3,5-a;2,4-b
C) 2,5-a;1,3,4-b
D) 1-a;2,3,4,5-b
59. O`z davrining ijtimoiy –siyosiy munosabatlari, ishq-muhabbat sarguzashtlari, turli fantastic uydirmalar, ertaklarga xos voqealarning yuksak badiiyati bilan yo`g`rilgan tasvirlar kishini hayajonga soladigan doston?
A) “Alpomish”
B) “Ravshan”
C) “Kuntug`mish”
D) “Rustamxon”
60. Xalqimizda «Ko‘r ko‘rni qorong‘ida topadi» degan maqolga mos keladigan obrazlar mavjud. Ularni toping A) Momogul maston va kundoshlar
B) Rustamxon va Oftoboy
C) Sultonxon va qalandarlar
D) Momogul maston va dev
O`rxun-Enasoy bitiklari
1. O`rxun-Enasoy bitiklarining topilishi qaysi daryolarning havzalari bilan bog`liq?
A) O`rxun, Yenisey
B) Selenga
C) Volga
D) A,B
2. Toshbitiklar keyinchalik qayerlardan topildi?
1) Sharqiy Turkiston, 2) O‘rta Osiyo, 3) Kavkaz,
4) Volgabo‘yi, 5) Sharqiy Yevropa, 6) Sibir
A) 1,3,5
B) 1,2,3,4,5,6
C) 1,2,4
D) 1,2,3,4,6
3. O`rxun-Enasoy bitiklari dastlab qaysi daryo bo`ylaridan topilgan?
A) O`rxun, Enasoy, Kama
B) O`rxun,Selenga, To`li
C) O`rxun, Enasoy, Xuanxe
D) Enasoy, Xuanxe, To`li
4. Toshbitiklarning eng yiriklari qaysi?
A) “To`nyuquq” va “Kultegin”
B) “To`nyuquq” va “Bilga xoqon”
C) “Bilga xoqon” va “Kultegin”
D) “Bilga xoqon”, “Kultegin”, “To`nyuquq”
5. Qadimgi turkiy obidalarning asl manbalari topilgan va saqlanayotgan joylar?
1) O‘rxun va Enasoy daryolari atrofari, 2) Turfon (Sharqiy Turkiston), 3) Mo‘g‘uliston, 4) Germaniya
(Berlin, Marburg, Mayns), 5) Rossiya (Sankt-Peterburg, Qizil, Minusinsk), 6) Xitoy (Turfon, Urumchi, Miran Suchjoy, Pekin), 7) Buyuk Britaniya (London), 8) Fransiya (Parij), 9) Shvetsiya (Stokgolm), 10) O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston.
A) 1,2,3,4,5,6,7
B) 1,2,3,4,5,7,8,9,10
C) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
D) 1,2,3,4,5,6,7,8,10
6. “..2 ta ustunga yozilgan. Ularning biri 170, ikkinchisi 160 sm dan iborat…”
Ushbu toshbitik qaysi?
A) “Bilga xoqon”
B) “Kultegin”
C) “Irq bitigi”
D) “To`nyuquq”
7. Bu yodgorlikni Yelizaveta Klemens 1897-yili Shimoliy Mo‘g‘ulistonda turmush o‘rtog‘i Dmitriy Klemens bilan birgalikda izlab topgan
Yuqoridagi fikrlar qaysi bitiktosh haqida?
A) “Bilga xoqon”
B) “Kultegin”
C) “Irq bitigi”
D) “To`nyuquq”
8. “To`nyuquq” bitiktoshi qayerda saqlanadi?
A) Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Batorda
B) Fransiya Parij muzeyida
C) Rossiya Peterburg muzeyida
D) Ulan-Batordan 66 km janubi-sharqdagi Bain Sokto manzilida
9. To`nyuquqning eli?
A) Shangun eli
B) Tabg`ach eli
C) Turk eli
D) Mo`g`ul eli