To`rtinchi bob O`zbek davlatchiligi amir temur va temuriylar davrida



Download 114,5 Kb.
Sana09.02.2017
Hajmi114,5 Kb.
#2194
To`rtinchi bob

O`ZBEK DAVLATCHILIGI AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA

Chingizxon lashkarlari tomonidan yurtimizning zabt etilishi bilan xalqimiz tarixida to`rtinchi bor haramlik davri (XIII asr 20-Yillaridan 1370 yilgacha) boshlanadi. Chingizxon va uning avlodlari nafaqat Turkistonni, balki o`sha zamondagi dunyoning ma'mur-obodon o`lkalarining aksarini bosib olishga muvaf-faq bo`lgandilar. Ular asos solgan saltanat Markaziy Yevropadan Yapon dengizigacha, O`rta dengizdan Hindi-xitoygacha bo`lgan ulkan hududni o`z ichiga olgandi. Madaniy jihatdan bo`ysundirilgan xalqlardan ancha orqada bo`lgan chingiziylar hukmronligi haram o`lkalar tarixiy taraqqiyot yo`lida salbiy iz hol dirdi. Chingiziylarning o`lkamizdagi hukmronligi 150 yil davom etgan bo`lsada, shu katta davr ichida na ijtimoiy-iqtisodiy hayotda, na ilmu madaniyatda e'tiborga molik biron-bir tadbir amalga oshirilmadi. Aksincha, arablar bosqini va ularga haramlikdan so`ng bir necha yuz yillar davomida shu sohalarda qo`lga kiritilgan yutuqlar, tiklangan an'analarga katta zavol yetdi. Ko`plab olimu fozillar, shoirlar chingiziylar bosqini yillari va undan keyin ham panoh izlab tinch o`lkalarga, masalan, Shimoliy Hindistonga ketib qolgan edilar.

Chingizxon asos solgan saltanatni uluslarga bo`lib boshharish joriy qilingan bo`lsa-da, ammo har bir ulus (Ulug` yurt, Chig`atoy, Jo`chi, Halokuiylar uluslari) mustaqil bo`libgina qolmay, bir-birovlarining mulkiga zug`um qilishdan ham toymas edilar. Xullas, chingiziylar istibdodida qolgan xalqlar obdon ezilgandilar. Ammo bu hol ularning iroda-yu erkka bo`lgan intilishini sindira olgani yo`q. 1238 yiliyoq Movarounnahrda bosqinchilarga harshi katta qo`zg`olon ko`tarilib, unga Buxorodan chamasi 20 km uzoqlikdagi Torob qishlog`ilik Mahmud ismli bir hunarmand boshchilik qilgan. Qo`zg`olonchilar tez orada Buxoroni ozod etishga muvaffaq bo`ladilar. Shu bilan birga so`nggi olishuvda Mahmud halok bo`ladi. Uning o`rniga sardorlik maqomiga ko`tarilgan ukalari Muhammad va Ali ham keyingi jangda halok bo`ladilar. Yo`lboshchisiz qolgan qo`zg`olonchilar harakati sustlashadi. Natijada ulardan 20 ming kishi halok bo`ladi va shu tariqa qo`zg`olon bostiriladi. Shu o`rinda biz qaysi darajada bo`lmasin mohir va oqil yo`lboshchi-larning tutgan o`rni doimo beqiyos bo`lib kelganligini alohida ta'kidlab o`tmoqchi-miz. Nafsilambirini aytganda, davlatchiligimiz tarixiy yo`lining temuriylar davridagi ahvoli ham xuddi mana shu masala bilan ko`p jihatdan bog`liqdir.

Chingizxon tomonidan amalga oshirilgan saltanat taqsimotida Movarounnahr, Yettisuv, Koshg`ar uning ikkinchi o`g`li Chig`atoyga (vafoti 1242 yil) nasib etdi. Manba tili bilan aytganda, "shundan keyin (bu o`lkadagi) hukmronlik uzoq vaqtlargacha uning avlodlari qo`lida qoldi". Aniqrog`i asosan tegishli soliqlarni qo`lga kiritish bilan kifoyalanib, boshharuv ishini mahalliy namoyandalar ixtiyoriga topshirib qo`ygandilar. O`zlari esa asosiy vaqtni madaniy viloyatlardan tashharida - biyobonlardagi harorgohlarida o`tkazib kelgandilar. Bu tabiiy hol edi. Chunki ular dashtu biyobon voqeligida qanchalik siyosiy yuksaklikka ko`tarilmasinlar, ammo madaniy o`lkadagi turli yo`nalishdagi munosabatlar jarayonini hali eplay ololmasdilar. Ular ko`p yillik hukmronliklari davomida bu nuqsonni bartaraf etishga uringanliklari ham ma'lum. Masalan, chig’atoiylardan Kepakxon (1318-1326) o`z harorgohini biyobonda emas, Movarounnahrning o`zginasida qurishga jahm qilib, Nasaf shahridan 12-14 km narida bir saroy qurdiradi. Saroy mo`g’ul tilida "harshi" deyilgan. Keyinchalik saroy atrofida boshqa imoratlarning bino etilib borishi bilan bu yerda butun bir shahar barpo bo`lib, saroyning mo`g’ulcha mutaqobili "harshi" unga nom bo`lib qoladi. Kepakxon shuningdek mamuriy va pul islohatlarini o`tkazishga ham uringani ma'lum. Undan keyin hukmronlik qilgan Tarmashirinxon

(1326-1334) hatto islom dinini qabul qilganini ham bilamiz. Ammo bu bilan ular baribir mintaqamizning tarixiy-madaniy hayot yo`liga butkul moslasha olmadilar. Chig’atoiy xonlardan Qazon (vafoti 1346 yil) davriga kelib esa ichki vaziyat keskinlashib yirik amirlar to`g’ridan-to`g’ri hukmdor xonadonga nisbatan tazyiq o`tkaza boradilar. Buning natijasida amir Qazag’on (Qazag’an) Qazonxonni nobud etishga muvaffaq bo`ladi. "Qazon Sulton o`ldirilgandan keiin, - deb yozadi o`sha zamon tarixchisi, - amir Qazog’on o`lkadagi voqelikni nazarda tutib (chig’atoiylardan bo`lmish) Donishmandchani hukmdor deb e'lon qiladi".

Aytib o`tilganidek, ilk bor sohta xonlarni e'lon qilish an'anasi amir Qazog’on davrida yuz bergan. Ammo amalda butun hokimiyat uning qo`lida bo`lgan. O`sha paytda o`lka siyosiy-boshharuv tizimida yuz bergan sharoitni zamon tarixchisi quyidagicha ta'riflagandi: "(Amir Qazog’on davridan boshlab) xonlik tizimi amirlik boshharuviga o`zgardi". Ya'ni rasman xonlik hokimiyati tan olinsada, lekin boshharuv amalda amir qo`lida edi. Amir Qazogondan so`ng uning o`g’li Abdulla otasi kabi siyosat yurgiza olmadi va natijada o`zi siyosiy kurash qurboni bo`ldi. Undan keyin amirlikni qo`lga olgan Bayon sulduz qat'iysiz edi. Shu sababdan ham XIV asr-ning 60-yillarida Movarounnahrda boshboshdoqlik yuz bergan. Fikrimiz dalili sifatida Nizomiddin Shomiyning quyidagi guvohligiga e'tibor beraylik. Bu vaqtda Kesh (Shahrisabz) viloyatida hoji barlos, Xo`jandda amir Boyazid, Balx va ba'zi viloyatlarda amir Qazog’onning nabirasi amir Husayn, Shibirg’onda amir Muhammadxo’ja, Badaxshonda ham mahalliy hokimlar, Xatlon (Xuttalon) va Arhangsaroyda amir Kayxisrav va amir Uljoytu, Samarqand viloyatida esa amir Xizr Yasovuriy o`zboshlaricha hokimlik qilardilar. Ulardan har biri oliy taxtni qo`lga kiritish payida bo`lganliklari xususida shubha qilmasa ham bo`ladi. Bu borada ayniqsa amir Husayn tirishqoqlik ko`rsatardi. U o`zini tilga olganimiz amir Qazog’on nabirasi sifatida ulug’ amirlik rutbasiga voris deb bilardi. Chig’atoiylar izmida bo`lib kelgan Yettisuv va Koshg’ardagi vaziyatga kelsak, bu yerda bir qator nufuzli amirlar tomonidan xonlik taxtiga Tug’luq Temur o`tqaziladi. Xuddi mana shu Tug’luq Temur 1360 yili Movarounnahrda chig’atoiylar hukmini qaytadan tiklash uchun bu yerga lashkar tortadi. Mazkur yil voqeasi munosabati bilan ilk bor Amir Temur nomi tilga olinadi. Amir Temur 736 yil sha'bon yigirma beshida seshanba kuni kechqurun (1336 yil, 8 aprel) dunyoga kelgan.

Amir Temurning otasi Taraqay bahodir (vafoti 1360 yil) Kesh viloyatining nufuzli amirlaridan biri bo`lgan. Taraqay bahodir haqida asl manbalarda to`liq ma'lumotlar keltirilmagan. Shu bilan birga, manbalardan birida yozilishicha, Niyoziy (Achig’i) qishlog’i Amir Temurning merosiy mulki hisoblangan. Demak, bu qishloq uning otasi Taraqay bahodirga tegishli bo`lgan. Shunga ko`ra, xulosa qilish mumkinki, amir Taraqay har hol zamonasining o`ziga to`q kishilaridan hisoblangan. Bu hol tabiiy ravishda Amir Temurning yoshligidanoq moddiy jihatdan ta'minlangan holda o`sganini bildiradi. Odatda, o`ziga to`q oilalar hamma zamonda farzandlariga yaxshi bilim va tarbiya berishga intilib kelganlar. Amir Taraqay oilasi ham bundan mustasno emasdi. U o`g`li Temurga ham dunyoviy, ham diniy ilmlar olishi uchun tegishli sharoit yaratib bergan. Ikkinchi tomondan esa tug’ma iste'dod va o`tkir xotira sohibi bo’lmish Amir Temur turli soha ilmlarini o`zlashtirishda g’oyatda tirishqoqlik bilan harakat qilgan, albatta. Shuning uchun ham o`rta asr tarixchilari uning tarix, she'riyat, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik borasidagi salohiyati haqida alohida so`z aytib o`tganlar. Tarixchi hofiz Abruning yozishicha, Amir Temur kitob mutolaa qilishni hech kanda etmagan. Amir Temur shaxmat o`yinida zo`r mahoratga ega bo`lgan. Uning xotirasi nechog’lik bo`lganiga ishora bo`lmish bir ajoyib rivoyatga ko`ra, Amir Temur Sherozni bo`ysundirgandan so`ng o`z odatiga ko`ra shaharlik olimu fozillarni shahar masjidiga yig’ib, ular bilan suhbat, turli mavzularda bahs o`tkaza boshlabdi. Yig’ilganlar orasida mashhur forsiyzabon shoir hofiz (vafoti 1390 yil) ham bor ekan. U nafaqat iste'dodli shoir, balki quroni karimni yoddan, o`n to`rt ohangda o`qiy biladigan hofiz ham edi (taxallusi ham shundan). Amir Temur unga, sen hofiz bo`lsang, "Arofat" surasini oxiridan boshiga harab oyatma-oyat o`qib berginchi, deb murojaat qilganda, u bunday qilish mumkin emas, degan ekan. Shunda Amir Temurning o`zi yig’ilganlar tanlagan "Bahara" surasini oxiridan boshiga harab oyatma-oyat yoddan o`qib boshlab, yettinchi oyatga yetganida yig’ilganlar hayratdan taqsinlar aytgan ekanlar. (Tarixiy manbalarda Amir Te-murning 1384 yili, ya'ni hofiz hali tirikligi paytida Sherozda bo`lgani haqida ma'lumotlar bor).

Demak, Amir Temur yoshligidanoq g’oyatda bilimli, keng dunyoharashli, kamyob iste'dod egasi bo`lgan. Tabiiy ravishda bunday shaxslar odatda ko`pchilik nazariga tushmay qolmaydi. Shu bilan birga otasi amir Tarag’ayning o`ziga yarasha tutgan mavqei o`g’li Temurning tanilishida ozmi-ko`pmi sabab bo`lgani aniq (buning isbotini biz sag’al quyiroqda ko`ramiz). Xullas, yuqorida zikr etilganidek, Tug’luq Temurxonning 1360 yil fevral-mart oylaridagi Movarounnahrga yurishi vaqtida Amir Temur o`ziga yarasha siyosiy faoliyat yurgizishga qodir, el-yurt oldida o`z burchini anglab ulgurgan shaxs sifatida yetilib bo`lgandi.

Amirlardan Xizr va Boyazid Tug’luq Temurxon harorgoqiga bosh egib boradilar. Hoji barlos esa Xuroson tomon jo`nashga jazm qiladi. Aftidan, uning xizmatida bo`lgan Amir Temur ham u bilan birga yo`lga chiqadi. Ammo Amudaryo bo`yida Amir Temur hoji barlosga murojaat qilib, shunday degan: "Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubqasiz begonalar qo`liga o`tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug’luq Temurxon) xizmatiga borsam". Merosiy mulkimiz deganda bu yerda Amir Temur Kesh viloyatini nazarda tutgani aniq. Mo`ljali ham oydin: Tug’luq Temurxondan Kesh viloyati hokimligini olish. haqiqatan ham shunday bo`lib chiqdi: nufuzli amirlardan hoji Sayfiddin yordamida Amir Temur Tug’luq Temurxon qabuliga boradi. Amir hoji Sayfiddin So-hibqironning fahm-farosati va saloqiyati, o`z zamonasi uchun qadrli bo`lgan nasl-nasabi haqida taqsinli so`zlarni aytib Tug’luq Temurxon oldida uning obro`-e'tiborini ko`taradi. Natijada Amir Temurga Kesh viloyati hokimligi topshiriladi. Bu vaqtda u 24 yoshda edi. Bir haraganda Tug’luq Temurxonning bu yurishidan keyin Movarounnahrda ham chingiziylar xonadoni mavqei amalda tiklanganday bo`lib ko`rinsada, aslida mahalliy yirik amirlar qanuz mustaqil siyosat yurgizishga intilardilar. Shuning uchun ham kelasi yili bahorda Tug’luq Temurxon yana bir bor katta qo`shin bilan Movarounnahrga bostirib keladi. Bu safar ham Amir Temur Kesh viloyati hokimligi mavqeiga erishadi. Bunda unga otasining do`sti amir hamid yordam beradi. Ammo bu hol uzoqqa cho`zilmaydi. Chunki ketish oddidan o`g’li Ilyos Xojani Movarounahrda qoldirgan Tug’luq Temurxon o`zining ishonchli amirlaridan Begchikni undan boxabar bo`lib turishga tayinlagandi. Amir Begchik esa tez orada mahalliy amirlar bilan kelishmovchilik va ularga nisbatan tazyiq o`tkazish yo`liga o`tib oladi.

Bunday vaziyatda Amir Temur Keshda va umuman Movarounnahrda qololmasdi. Shunga ko`ra u vatanni tark etib, keyingi deyarli to`qqiz yil davomida amir husayn bilan avval yonma-yon, so`nga harama-harshilikda faoliyat ko`rsatadi.

Nima uchun Amir Temur amir husayn bilan birga harakat qilgan, savoli tug’ilishi tabiiy. Amir husayn boshdanoq, bobosi amir bobosi amir Qazog’on davridagi o`z xonadoni mavqeini tiklashga intilib kelardi. Shu sababdan ham Tug’luq Temurxonning so`nggi, 1361 yilgi Movarounahrga bosqinida unga harshi chiqqan va kuchi yetmay Amudaryo ortiga chekinishga majbur bo`lgan. Ammo taxt uchun kurashdan toymagan. Buning ustiga bu vaqtda qazog’oniylar hukmronligi davrida, manba tili bilan aytganda, "parvarish topgan" qoraunoslar (ya'ni chingi-ziylar davrida Chig’atoy ulusi harbiy qismlarida - Movarounnahr, Xurosonga sharqdan kelib o`rnashgan va mahalliy turkiy aholi tarkibiga singib ketgan turkiy, mo`g’ul qabilalar) orasida uning mavqei baland edi. Amir Temurning mavqei esa hali bu darajada emasdi. Xuddi shuning uchun ham u amir husayn tomon intilgan. Ularning ikkovini ham bir maqsad umumiy dushmanga harshi kurash birlashtirgandi. 1363-1364 yillari ular Movarounnahrni chingiziylardan xalos etishga muvaffaq bo`ladilar. Ilyos Xoja Movarounnahrni tashlab qochadi. Husayn ulug’ amirlik maqomiga erishadi, xuddi bobosi davridagidek chingiziylardan bo`lmish Kobilshohni rasman xon deb e'lon qiladi. Ammo butun hokimiyat amir husayn qo`lida mujassamlashgandi. Amir Temurga esa yana Kesh viloyati nasib etadi.

1365 yil bahorida Mo`g’ulistondan (yettisuv va Koshg’ar) lashkar tortib kelgan Ilyos Xoja amir husayn va Amir Temur boshliq lashkarni mag’lubiyatga uchratadi. Bu voqea 22 mayda Toshkent va Chinoz oralig’ida qattiq yog’ingarchilik sharoitida sodir bo`lgan (shuning uchun ham bu olishuv "Loy janggi" deb tilga olinadi). Mag’lub tomon, jumladan, Amir Temur ham Amudaryo orqasiga chekinishga majbur bo`ladi. Ammo mo`g’ullar zafari uzoqqa cho`zilmaydi. Ular Samarqandga qilgan yurishlarida Mavlonozoda Samarqandiy, Xo`rdak Buxoriy, Abu Bakr Naddof Kalaviy boshliq sarbadorlar tomonidan qaqshatqich zarba yeb, ortga qaytib ketadilar. Sarbadorlar xarakati alohida tadqiqot uchun mavzu bo`lgani sabab, bu yerda biz faqat bir masala - sarbadorlar va Amir Temur munosabatiga nisbatan o`z fikrimizni bildirib o`tmoqchimiz. Sarbadorlar g’alabasi haqidagi xabar avval Amir Temurga va u orqali amir husaynga yetib borgan. 1366 yil bahorida amir husayn va Amir Temur Samarqandga keladilar va Konigilda o`tkazilgan g’alaba marosimida amir husayn buyrug’i bilan sarbadorlarning Yo`lboshchilari va aftidan, faol ishtirok-chilari qatl qilinadilar. Amir Temurning aralashuvi tufayligina Mavlonozodaning hayoti saqlanib qolinadi. Ma'lumotlardan ko`rinib turibdiki, sarbadorlar "masalasi"ni amir husayn hal qilgan, Amir Temur unga aralasha olmagan, hisob. Sababi ham ma'lum: bu vaqtda hali uning harbiy-siyosiy mavqei bunga imkon bermasdi. Amir husayn va sarbadorlar munosabatiga kelsak, amir husayn ularga o`z siyosiy raqibi sifatida haragani shubhasiz. Manbalardan birida diqqatni tortuvchi bir guvohlik bor: sarbadorlar g’alabasidan so`ng samarqandliklar Mavlonozoda itoatiga o`tib, "uni imom va amir (sifatida) qabul qilganlar". Ya'ni Samarqandda ham diniy, ham siyosiy qokimiyat Mavlonozoda qo`lida mujassamlashgan. Uning bu "imomligi va amirligi" Samarqandning o`zida deyarli bir yil davom etgan. Afsuski, ixtiyorimizda ana shu bir yil davomida Samarqandda bo`lgan o`zgarishlar jarayoni haqida batafsil ma'lumotlar yo`q. Ammo bu bir yil ijtimoiy-siyosiy munosabatlar nuqtai nazaridan bekor o`tmagani aniq. Shu ma'noda amir husaynning sarbadorlarga nisbatan tutgan siyosati mohiyatini tushunsa (oqlash emas) bo`ladi.

Amir husayn uchun o`z siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechoqlik muhim bo`lganini Konigil voqeasidan so`ng yuz bergan jarayon orqali ham bilib olish mumkin. Bir so`z bilan aytganda, endi amir husayn qanday bo`lmasin Amir Temurning mavqeiga bolta urishga jiddiy ravishda kirishadi. Buning uchun, eng avvalo, Amir Temur atrofini "bo`shashtirish" va so`ngra uni faol siyosiy harakatdan chetlashtirishni maqsad qilib qo`ygan. Chunonchi, u Amir Temurning bir qator safdoshlari va yaqin amirlariga nisbatan tazyiq o`tkaza boshlaydi. Ular orasida Sohibqironning harindoshi amir Joku, yuqorida tilga olingan amir Sayfiddinlar ham borligi aytilsa, amir husayn ko`zlagan reja yanada oydinlashadi. Gapning qisqasi, 1365-1370 yillar Amir Temur va amir husaynaro kurash yillari bo`ldi va u Sohibqiron g’alabasi bilan tugadi.

1370 yil 9 aprel' chorshanba kuni nufuzli amirlardan Shayx Muhammad sulduz, Kayxisrav Xuttaloniy. Uljoytu apardi, Dovud dug’lot, Sarbug’o jaloyir, Joku barlos, Muayyad Arlot, Badaxshon hokimi Shayx Muhammad, husayn bahodir hamda boshqa amirlar va sardorlar, sayyidlardan sayyid Baraka, termizlik aka-uka sayyidlar Abul Maoliy va Ali Akbar kabilar huzurida Amir Temur qokimiyati bir ovozdan tan olinadi. Bu vaqtda Amir Temur endigina o`ttiz to`rt yoshga kirgandi. Shu tariqa mo`g’ullarga 150 yillik siyosiy haramlik, yurtdagi boshboshdoqlik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotdagi qoloqlik davriga rasman chek qo`yilib, davlatimiz mustaqilligi tiklangan. Oldinda esa bir qator mushkul va muhim vazifalarni hal etishi kerak bo`lgan amaliy tadbirlar silsilasi turardi.

Davlat, davlatchilik mohiyati uning jamiyatda mavjud barcha ichki va tashqi imkoniyatlarini ro`yobga chiharuvchi tashkilotchiligi bilan belgilanadi. Shu ma'no-da mo`g’ullar hukmronligi davrida davlatchiligimiz o`z tashkilotchilik qobiliyatini amalda ifoda etish imkoniga ega bo`lmadi. Chunki siyosiy huquq qo`ldan ketgandi, haramlik, erksizlik hukm surardi. Har qanday qobiliyat esa faqat erkinlik sharoitidagina o`zligini namoyon qila oladi haramlikka chek qo`yilib, davlat o`zining haqiqiy egalari qo`liga o`tgach, jamiyat yana bir bor o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiharish sharoitiga ega bo`ladi. Bu ichki hamda tashqi siyosatdagi imkoniyatlardir. Demak, Amir Temur ana shu asosiy yo`nalishlarda davlat faoliyatiga boshchilik qilishi kerak edi. Xuddi ana shu faoliyat bilan bog’liq keng qamrovli jarayon Amir Temur davri davlatchiligimiz siyosati mohiyatini tashkil etadi.

Amir Temur davlat boshharuvini o`z qo`liga olgan bo`lsada, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo`yib borish nihoyatda og’ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo`lgan amirlar qozircha uning hukmronligini tan olgan bo`lsalar-da, ular bilan Amir Temur o`rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ular namoyandasi bo`lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko`p jihatdan bog’liq edi. Xuddi shuning uchun ham mazkur Yilning o`rtalarida Samarqandda o`tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig’ib, ularning har birining mavqei va martabasiga harab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab berdi, kattadan-katta sovg’alar ulashdi. Shu ma'noda Sohibqironning "Tuzuklar"ida keltirilgan quyidagi ta'kidi diqqatga sazovordir: "Bu-lardan mol-dunyoga xirs qo`ygan ochko`z va tamagirlariga mol-ashyo va'da qildim, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshharishga ko`z tikkan amalparastlarga qo`lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim".

Amir Temur o`z hokimiyatini mustahkamlashda yana bir tarixiy tadbirni amalga oshirdiki, bu uning davlatchilik mohiyatini anglashdagi salohiyatining nechoqlik teran bo`lganligidan dalolat beradi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Amir Temur chihargan dastlabki farmonlarda yo`llardagi xavfsizlik, pochta, qatnov vositalarini ta'minlash, qo`shinlar yurishi, janglar oqibatida xarob bo`lgan yerlarni obod etish, rabotlar (mehmonxonalar, to`xtash joylari), xonaqohlar qurish, kambag’al va miskinlar uchun xayrxonalar ochish haqida so`z ketgan. Shuningdek u sayyidlar, din peshvolari, qozilar, shayxlarga, ya'ni musulmon jamiyatida o`ziga xos mavqei va ta'sirga ega tabaqaga katta ikrom bilan harashini bildiradi. Ilm-fan rivoji uchun yo`l ochadi, talabalarga kattadan - katta stipendiyalar tayin etishni buyuradi. Bu bilan u uzoq yillar davomida mamlakat hayotini qamrab olgan jamiyat taraqqiyoti va istaklariga zid bo`lgan jarayonga chek qo`yilgani va bundan buyongi hayot jamiyatning turli tabaqalari (din peshvolariyu olimlardan to miskinu savdogarlargacha) manfaatida qurilishini bildirdi. O’zining o`ttiz besh yillik faoliyatida Amir Temur uchun bu bosh siyosat bo`lib qoldi. Garchi u o`z davri farzandi sifatida hokimiyatini saqlash vazifasini ham uyg’unlashtirib yuborgan bo`lsada, ammo ob'ektiv ravishda uning faoliyati o`zbek davlatchiligi va jamiyati taraqqiyoti uchun ulkan tarixiy xizmat qildi.

Shu tariqa Amir Temur o`z oldida turgan birinchi tadbir zaminini tayyorladi. Bu tadbir har qanday xalq davlatchiligi, xususan, o`zbek davlatchiligi tarixi ta-biatidagi mutlaq haqiqat - mamlakat siyosiy birligi va yaxlitligini amalda -ta'minlashdan iborat edi. Tarixiy-madaniy taraqqiyot yo`lida asosiy jihatlardan umumiylikka ega bo`lib kelgan va shu tufayli ham bir mamlakat, bir xalq sifatida tanilgan va xuddi shu orqali rivojlanish, yuksalish sharoiti va imkoniyatlariga ega bo`lgan makon va jamiyat yaxlitligiga erishmasdan turib boshqa siyosiy, iqtisodiy va shunga o`xshash tadbirlarni amalga oshirib bo`lmasdi. Bu yo`ldagi xatti-harakatlar Amir Temur uchun oson kechmadi. Ammo nima bo`lganda ham XIV asrning 70-yillari o`rtalariga kelib mamlakat siyosiy yaxlitligiga asosan erishib bo`lingandi. Shu yerda biz bir masalaga diqqatni tortmoqchimiz. Sovet davrida tariximizning u yoki bu sahifasi siyosiy manzarasiga murojaat qilinganda, asosan sun'iy ravishda o`rnatilgan "O`zbekiston SSR" chegaralari orqali mushoqada etilardi. Agar tarixiy voqelik mana shu chegaradan chetga chiqqudek bo`lsa, u holda mazkur tarixiy vaziyat o`zga yurtlarga bosqinchilik sifatida baholanardi. Va, aksincha, agar, masalan, ming yil burun Yettisuvda tashkil topgan qoraxoniylar sulolasi Movarounnahrga lashkar tortsa, ya'ni sovetlar hukmronligi davridagi "O`zbekiston SSR" chegarasini buzsa, bu hol tashqi tajovuz sifatida ko`rsatilardi. Vaholanki, bi-rinchidan, Xitoydan Yaqin Sharqqacha, Sharqiy Yevropadan Hindistongacha bo`lgan ulkan hududda eng qadimgi zamonlardan beri yashab kelayotgan xalqlarning o`zaro aloqalari nechoqlik bog’lanib ketganini biz o`tgan za-monlar siyosiy, iqtisodiy, madaniy munosabatlar tarixida ko`rdik. Ikkinchidan, Amir Temur chingiziylarning bir yarim asrlik hukmronligi yillari davomida o`zgarish topgan va tadqiq etilayotgan yillarga kelib esa voqelikka aylangan geosiyosiy vaziyatni inkor qilolmasdi. Uchinchidan, tilga olingan ulkan hududda turkiy tilli xalqlarning mavqei baland bo`lib kelganini ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak. Buni o`z vaqtida g’arbning mashhur olimlaridan biri, saltanatlar tarixining yirik tadqiqotchisi, mashhur "Vizantiya saltanati tarixi" muallifi, akademik F. I. Uspenskiy (1845-1928) ham to`g’ri payqagan. Uning fikricha, chingaziylar hukmronligi davridayoq Farg’onadan Volgagacha bo`lgan hududda yashovchi "toza turklar" xorazmshoxlar davridagi saltanatning o`rnida o`z "milliy buyuk dav-latlarini" barpo etishga kirishganlar. Shu bilan birga, deb davom etadi muallif, Turkistonning bu millatchilari Chingizxon yosoqlari o`rnida musulmon asoslari, shariat qonunlarini tiklashni xohlagandilar. Keyingi XIV asrning (oxirgi choragida) buyuk Temur ham xuddi shu vazifani o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan edi.

Shuning uchun ham Amir Temurning Oltin O`rda (bugungi qozog’iston, Sharqiy Yevropaning bir qismi), Mo`g’uliston (Ettisuv, Koshg’ar), Xuroson (Shimoliy Afqoniston, Sharqiy Eron), Seyiston, Shimoliy Hindiston kabi mintaqalarga harbiy yurishini, bir tomondan, ularni o`z ta'sir doirasiga tortishdan iborat edi, deb bahol asak, ikkinchi tomondan, tarixiy-madaniy jihatlardan yaqin mintaqani birlashtirish niyatida amalga oshirilgan harakatlar edi, deyilsa har ji-qatdan to`g’ri bo`ladi. Bu Amir Temur yo uning uchun qilinayotgan ixtiro emas. Undan oldin qam, undan keyin ham bu mohiyat o`z ahamiyatiga ega edi va saqlanib qolgan. Shuningdek, Oltin O`rda, Mo`g’ulistonda faoliyat ko`rsatayotgan siyosiy kuchlar Amir Temur hokimiyatiga xavf solib turardilar. Masalan, Oltin O’rda xoni To`xtamish (1376-1395) Amir Temurning mamlakatda yo`qligidan foydalanib, 1387-1388 yillari Movarounnahrga hujum uyushtirib, uni talon-toroj qilgan. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan Xorazm viloyatida hokimlik qilib turgan so`fiylarni, chunonchi, Husayn va Sulaymonni markaziy hokimiyatga harshi harakatlarga undagan. Amir Temur buning oldini olishi kerakmidiq Albatta. Shuning uchun ham 1389-1395 yillar oralig`ida u uch marotaba To`xtamishxonga harshi harbiy yurishlar uyushtirib, oxiri uni tor-mor qilishga muvaffaq bo`lgan. Xuddi shunga o`xshash Amir Temur Mo`qulistonga ham bir necha marotaba harbiy yurishlar uyushtirib, o`z siyosiy raqiblarining kuchini kesishga harakat qildi. Zero, u Tug`luq Temurxonning Movarounnahrga qilgan harbiy yurishlarini va umuman mo`g`ulistonlik siyosiy kuchlarning bu yurtga nisbatan tutgan siyosatini yaxshi bilardi. Masalan, 1376 yili Amir Temurning Samarqandda yo`qligidan foydalanib Mo`g`ulistonning yirik amirlaridan Qamariddin Fargonaga hujum uyushtirganini eslash kifoya. Va, nihoyat, yana bir narsani yodda tutish kerakki, xalharo maydonda manfaatlar yo`lida kurash tushunchasi bugun paydo bo`lgani yo`q. Balki bu tushuncha asrlar davomida mavjud bo`lib kelgan voqelik hosilasidir, xolos. Tabiiy ravishda, 1370-1405 yil-larda davlatimizga bosh bo`lgan Amir Temur ham davlatlararo munosabatlarda bu tartib-qoidalarga bo`ysunmasdan iloji yo`q edi.

Amir Temur davrida mintaqa xalqlari siyosiy ahvoliga nazar tashlagudek bo`linsa, shu narsa ma'lum bo`ladiki, yuqorida tilga olingan ulkan hududda yashab kelgan turkiy tilli xalqlarning o`zaro yaqinlashuvida, bir siyosiy markaz ostida birlashuvida (turli shakllarda albatta) Sohibqiron olib borgan faoliyat juda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Mamlakat, mintaqa birligini ta'minlash siyosati boshqa bir qator tadbirlar bilan bir vaqtda olib borilishi kerakligi tabiiydir. Bular davlat boshharuv tizimini tashkil etish, fan va madaniyat rivojini an'anaviy darajaga olib chiqish, savdo-sotiq munosabatlari uchun barcha yo`llarni ochish, dehqonchilik, hunarmandchilikni rivojlantirish, tashqi siyosiy-diplomatik aloqalarni yo`lga qo`yish, davlatimizning xalharo munosabatlardagi azaliy mavqeini qayta tiklashdan iborat edi. Eng muhimi mazkur yo`nalishlarda yuqori natijalarga erishish ma'lum ma'noda tashqi omillarga ham bog`liq bo`lsa, ikkiichi tomondan, ichki siyosatning yuksalib borishi o`z o`rnida davlat oldiga tashqi faoliyatda tegishli vazifalarni qo`yadi. Masalan, qaysi bir davlat xalqaro savdo yo`llarida ustunlikka erishsa, o`z ichki taraqqiyotidagi ustunligi ham shu darajada bo`ladi. Yuqoridagilarning barchasini nazarda tutgan holda shu narsani ta'kidlash mumkinki, Amir Temur davlatni buyuklik darajasiga ko`tarish, mamlakatni butun dunyo siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaziga aylantirishni o`ziga bosh maqsad qilib qo`ygan edi.

Ana shu dasturning tashqi faoliyat bilan bog`liq amaliy tadbirlarini o`sha davr uchun tabiiy va zarur bo`lgan harbiy yurishlarsiz tasavvur qilib bo`lmasdi. XIV asrning 80-yillarida Eronning, 90-yillarida esa Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Shimoliy Hindistonning Amir Temur tomonidan bo`ysundirilishini xuddi mana shu jihatlar orqali tushuntirmoq ham kerak, deb o`ylaymiz.

Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni Xitoyga yurish chog`ida O`trorda vafot etadi. U umrining eng so`nggi daqiqalarigacha faqat bir narsani - el-yurt osoyishtaligi va ravnaqini ta'minlashni o`yladi. Buni biz farzandlari, yaqinlari hamda a'yonlariga qilgan quyidagi vasiyati orqali ham ko`rishimiz mumkin: "(Zo`ravonlikka) monelik qilish ishini kechiktirish mamlakatni xavfu xatar ostida qoldiradi, jumlayi xaloyiqning huzur halovatini buzadi, maslag-u tariqatning buzilishiga olib keladi. Qiyomat kuni buni bizdan so`raydilar, surishtiradilar. Shu kundan e'tiboran farzandimiz (nabiramiz - A. 3.) Pir Muhammad (ibn) Jahongirni o`zimizga valiahd va toju taxt vorisi etib tayinladikkim, Samarqand taxti uning amri farmonida bo`lg`ay, tamkinlik va istiqlol bilan mulku millat, lashkar va raiyyatning muhim yumushlari bilan mashg`ul bo`lsin. Sizlar esa unga tobelik va bo`ysunish marosimini o`rniga qo`yinglar, birgalikda uni qo`llab-quvvatlanglar, toki olam buzilmasin...

Mamlakat manfaati va xalqlar farovonligi bobida (kishilar tajribasida) nimaiki aytilgan bo`lsa, yodda tutinglar. Raiyyat va qo`l ostingizdagilar ahvolidan bexabar qolmang. Qilich dastasini shijoat va mardlik qo`li bilan mahkam ushlanglar, shundagina men kabi podshohlik tizginini mustahkam tutgaysizlar. (Shu yo`l bilan) men Turon va Eronni muxoliflar va mufsidlardan tozaladim, adolat va ehson orqali obod etdim. Agar mening vasiyatlarimga amal qilgudek bo`lsangiz, adolat va himmatni o`zingizga maqsad qilib olsangiz, davlat va mulk uzoq yillar davomida siz bilan qolgay. Agar oralaringda bir qadar qarama-qarshilik yuz bergudek bo`lsa, (bilingki, uning) oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Chunki (bunday sharoitda) dushmanlar fikrini fisqu fasod qamrab oladi va (bu sizlar uchun ko`plab kutilma-gan) qiyinchiliklarni tug`diradi".

Hukmronligi yillar davomida dunyoning o`sha zamondagi ma'mur mamlakatlarining deyarli barchasini (Xitoydan tashhari) u yoki bu shaklda bo`ysundirishga muvaffaq bo`lgan Amir Temurning mazkur so`nggi xohishi bilan 1370 yili oliy taxtga o`tirgach dastlab chiqargan va biz keltirib o`tgan farmonlari mazmuni solishtirilsa, quyidagi fikr va maqsad yaqqollashadi: el-yurt osoyishtaligi va farovonligi.

O`zining 35 yillik faoliyati davomida Amir Temur qaysi bir tadbirga qo`l urmasin doimo uni poyoniga yetkazgan. Ammo bir masalada u ham zaiflik qiladi. U ham deyishimizga sabab - bu masalaning undan oldin ham, undan keyin ham hech bir davrda hal etilmaganidadir. So`z davlat boshqaruvidagi davomiylik usuli haqida. O`tgan sulolalar misolida ham biz ko`rdik: biron-bir siyosiy arbob o`z abjirligi, donoligi bir so`z bilan aytganda, buyukligi bilan nafaqat o`z sulolasini, balki butun davlatni, xalqni, mamlakatni yuksaklikka olib chiqadi. Undan keyin esa xuddi mana shu davomiylik masalasi hal qilinmagani sabab ilgarigi buyuklik va yuksaklikka katta ziyon tegadi. Mazkur masala yechimini davr shart-sharoitlari, an'analari orqali tushuntirish mumkin va bu ko`p ham salohiyat talab qilmaydi. Ammo bu nuqson o`nlab asrlar davomida pand berib kelarkan, u haqda jiddiyroq o`ylashni taraqqiyotimiz talablari taqozo etadi. Buni yanada teranroq anglash uchun Amir Temur o`limidan so`ng mamlakatda yuz bergan jarayon bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.

Pir Muhammad Mirzo (1376-1407) Amir Temurning ikkinchi o`g`li Muhammad Jahongir Mirzoning (1356- 1376) farzandi bo`lib, bu vaqtda nabiralar ichida yosh jihatdan eng ulug`i edi. Muhammad Jahongir Mirzoning yana bir o`g`li bo`lib - Muhammad Sulton Mirzo (1376-1403) - u bir necha yil burun vafot qilgandi. Sohibqironning to`ng`ich o`g`li Umarshayx Mirzo (1354- 1394) ham otasi hayotligidayoq olamdan o`tgandi. Uning bir necha o`g`ly bo`lgan: Rustam Mirzo (1381 - 1424), Iskandar Mirzo (1384-1415), Pir Muhammad Mirzo (1379-1410), Ahmad Mirzo (1385-1425), Saydi Axmad Mirzo (1391-1429), Boyqaro Mirzo (1393-1423). Amir Temur vafot etganda uning boshqa ikki o`g`li hayot edi: Mironshoh Mirzo (1366-1408) va Shohrux Mirzo (1377-1447). Mironshoh Mirzoning o`g`illari: Abobakr Mirzo (1382-1417), Xalil Sulton Mirzo (1384-1411), Umar Mirzo (1383-1407), Ijal Mirzo (1387-1415), Suyurg`atmish Mirzo (1386-1411), Muhammad Bakr Mirzo (1406-1434), Jamshid, Harochar, Sulton Muham-mad, Saydi Ahmad, Muhammad Qosim, Muhammad Temur. Shohrux Mirzoning farzandlari: Ibrohim Sulton Mirzo (1394-1435), Ulug`bek Mirzo (1394-1449), Su-yurg`atmish Mirzo (1399-1426), Jono`g`lon Mirzo (1403-1411), Muhammad Jo`kiy Mirzo (1402-1444), G`iyosiddin Boysung`ur Mirzo (1397-1434), Muhammad Yordiy Mirzo (1404-1409), Beko`g`li, Jahonshoh.

Vafotidan oldin Sohibqiron oliy taxtning rasmiy vorisini tayinlagan, avlodlari-yu, a'yonlari unga xizmat qilishga qasam bergan bo`lsalarda, ammo amalda ish umuman boshqacha tus oladi. Sohibqironning o`limi haqidagi xabar saltanat uzra tarqashi bilan har bir temuriy shahzoda u yoki bu darajada vorislik ishtiyoqi bilan yongani, yo bo`lmasa bundan buyongi vaziyatda o`zi tutishi mumkin bo`lgan mavqe borasida o`ylagani aniq. Masalan, kenja o`g`il Shohrux Hirotda o`z nomidan xutba o`qitib, tanga zarb qilishni joriy etgan. Bu bilan u Pir Muhammad Mirzo u yoqda tursin, hatto boshqalarning ham da'volari bilan hech qanday ishi yo`qligini bildirgandi. Taxt uchun kurashda tog`alaridan orqada qolishni Sohibqironning qizi Og`abegim (vafoti 1382 yil) o`g`li Sulton Husayn (1380-1405) ham istamagan. Abjirlikda esa hammadan Xalil Sulton o`tib tushgandi. Bosh shahar Samarqandni egallab u Muhammad Sulton Mirzoning o`g`li Muhammad Jahongir Mirzoni (1396-1435) xon deb e'lon qiladi. Chamasi bu yo`l bilan Xalil Sulton ikki maqsadni mo`ljallagan. Bir tomondan, Amir Temur vasiyatiga xilof ish tutishda ayblanishning oldini olmoqchi bo`lgan. Chunki Muhammad Sulton Mirzo bobosi hayotligidayoq rasman e'lon qilingan taxt vorisi edi. Ammo bevaqt o`lim mazkur rejaning amalga oshishiga to`siq bo`lgandi. Xalil Sulton esa Sohibqironning ilk niyatini nazarda tutgan holda Muhammad Sulton Mirzoning o`g`li Muhammad Jahongir Mirzoni xon deb ko`taradi, uning nomidan xutba o`qitib, tanga urdiradi. Ikkinchidan, Amir Temurning "birinchi" valiahdi avlodining Movarounnahrda rasman tan olinishi hech bo`lmaganda nazariy-g`oyaviy jihatlardan Amudaryoning narigi sohilidagi kuchlar - Shohrux Mirzo va Pir Muhammad Mirzo mavqeini sustlashtirishi mumkin edi. Lekin hamma gap amaliy tadbirlarda, Sohibqironning safdoshlari - yirik amirlar harakatida qolgandi.

Nima bo`lganda ham taxt uchun kurashda asosan ikki da'vogar yaqqol ko`zga tashlanib qolgandi: Xalil Sulton va Shohrux. Sulton Husayn ahvolini shunday baho-lash mumkin: bir tomondan, u taxt ilinjida yongan, ikkinchi tomondan, uning uchun kurashda o`zida qandaydir bir qat'iy ishonchni sezmagan. Avvaliga u Shohrux tomon og`gan. Ammo ko`p ham o`tmay besabab uni tark etib Xalil Sultonga borib qo`shiladi. Xuddi o`z vaqtida Shohrux uni qanday yaxshi qabul qilgan bo`lsa, Xalil Sulton ham shunday inoyatlar ko`rsatadi. Hatto uni bir qator yirik amirlariga bosh qilib Balxga Pir Muhammad Mirzoga qarshi yuboradi. Sulton Husayn bu yerga yetib kelgach niyati o`zgarib hamrohidagi amirlardan ikkitasini qatl ettiradi, qolganlari esa tiz cho`kib unga xizmat qilajaklarini bildiradilar. Xullas, amirlarni o`ziga bo`ysundirgan Sulton Husayn endi lashkarni ham xursand qilish niyatida Balxga kelayotgan malika Xonikabegim mol-mulki va zeb-ziynatlarini g`orat qilib, navkarlariga ulashadi. Uning mazkur barcha harakatlari paskashlikdan o`zga narsa emasdi. Shuning uchun bo`lsa kerak, Sulton Husayn lashkar bilan Balxdan Samarqandga, Xalil Sultonga qarshi yuzlanganda, Balxda zo`ravonlik bilan bo`ysundirilgan amirlar uni tark etib Xalil Sulton tomon o`tib ketadilar. Sulton Husayn qochishga majbur bo`ladi. Sarson-sargardon bo`lib axiyri yana Shohrux huzuriga keladi. Uning barcha qiliqlaridan xabardor Shohrux buyrug`i bilan Sulton Husayn qatl qilinadi. Shu tariqa taxtga da'vogarlardan biri "ro`yxat"dan tushadi. Bundan buyongi siyosiy jarayon endi asosan Shohrux va Xalil Sulton o`rtasida kechishi aniq bo`lib qolgandi.

Xalil Sulton yosh, abjir va dovyurak bo`lsa, Shohruxda tajriba ustun edi. Pirovardida, fikrimizcha, xuddi mana shu tajriba qolib keladi. Avval boshda, hali harbiy-siyosiy kuchlar taqsimoti to`la amalga oshmagan bir paytda, na Shohrux, na Xalil Sulton bir-birovlariga nisbatan keskin harakat qilishga botinolganlar. Xalil Sultonning bunga hali kuchi yetmasdi va Sulton Husayn bilan bo`lganidek to`siqlar yo`l bermasdi. Shohrux esa arqonni uzun tashlab ham maqsadga erishish mum-kinligini yaxshi bilardi. Shu ma'noda ikki tomon almashgan xatlar mazmuni e'tiborli. Shohruxning Xalil Sultonga yozganidan: "... bugun sen menga birodar va farzand o`rnida jondan shirinroq va ko`z nuridan azizroqsan; xazina, mamlakat va askarlardan nimani orzu qilsang, sendan darig` tutmayman; ammo (mening yoshim) kattaligi, yaqin kishilarni oldindan aniqlash, bandalaru asl xodimlarni rioyat qilish ishlarining nozik taraflarini bilishim (senga) ravshan va (oramizda) tug`ishganlik iplari ham mahkam. Agar ba'zi amirlar masofat yiroqligi va fitnayu ofat qo`rqinchi sababli biz yo`qligimizda ittifoqqa kelgan bo`lsalar, endi maslahat shuki, sen to`la ziyraklik yuzasidan ish tutib huzurimizga kelgin, toki biz nimani ma'qul topsak, shunga ittifoq tuzib amal qilaylik". Xalil Sulton yozganlaridan: "men on hazratning bandasi, davlatxoji va inisiman; ammo hazratimizning el-uluslari Xurosondadir; albatta, u mamlakatni tashlab ketmasalar kerak va bu viloyatni biror qullariga yoki ini va noiblariga topshirarlar. Shunday bo`lgach, bu ishga mendan boshqa qaysi bir qul qobiliyatliroq bo`la olishi mumkin! Agar iltimosni qabul qilib yaqin qarindoshlik huquqiga rioya qilsalar va baxtu saodat bilan qaytib ketsalar, men xazina va mol yuboraman va har nimagaki ishorat qilsalar bajo keltiraman".

Vaqt haqiqatan ham Shohruxning "odamlarni oldindan bilish"da ustunligini ko`rsatadi. U Xalil Sultonga teskari bo`lgan amirlar bilan aloqa o`rnatadi, o`z kishilarini uning xizmatiga qo`yadi, jamiyatda katta mavqega ega din peshvolari bilan doimiy munosabatda bo`lib, ularni e'tibordan qoldirmadi. Xalil Sulton mavqeining susayib borishida saroyda yo`l qo`ygan ba'zi xatolari ham sabab bo`lgan. Chunonchi, Ibn Arabshoh ta'kidlashicha, Xalil Sulton sevikli xotini Shodmulk ta'siriga berilib uning maslahatisiz biron qadam qo`ymagan. Bundan Shodmulkka yaqin bo`lganlar, xususan, uning xizmatchilaridan biri Bobo Tarmish (Turmish) foydalanib, hatto vazirlik maqomiga erishgan. Bu hol yon-atrofdagi aslzoda amaldorlarga xush kelmagan. Buning ustiga Bobo Tarmish ularning ba'zilariga tazyiq ham o`tkaza boshlagan. Xullas, chiqasi kelsa egasi sababchi bo`ladi, deganlaridek vaziyat har tomonlama pishib boravergan. 1407 yilgi Movarounnahrdagi ocharchilik chipqon ustiga dard bo`lgan, lashkar va aholi orasida norozilik alomatlari paydo bo`la boshlagan. Hammasi bir bo`lib Shohrux uchun Amudaryoning o`ng qirg`og`ida joylashgan hududda ham uzil-kesil o`z hokimiyatini o`rnatish imkonini tug`dirib beradi va 1409 yil 13 may kuni Shohrux Samarqandga kirib keladi. Bunga u deyarli qon to`kishsiz muvaffaq bo`lgandi. Xalil Sulton taslim bo`ladi. Shohrux uni Eronga, Ray hukmdorligiga tayinlasada, ammo u hokimlik gashtini uzoq surolmaydi - 1411 yili vafot qiladi. Ibn Arabshoh yozishi-cha, sevgilisi g`amini ko`tarolmay, Shodmulk o`z joniga suiqasd qilgan ekan.

Shunday qilib, Turkistonning Sirdaryogacha bo`lgan qismi hamda Eronda temuriylar xonadoni hukmronligi saqlanib qoladi. Shohrux Movarounnahrni o`g`li Ulug`bekka (1409-1449) topshiradi. To`g`ri, Shohrux davrida ham mamlakat ichki hayotida osoyishtalik, savdo-sotiq, iqtisodiyot ravnaqi, fan va madaniyat, ma'navi-yatga e'tibor hech bir susaymagan, davlatimizning xalqaro obro`si ham o`ziga yarasha bo`lsa-da, ammo davlatchiligimiz imkoniyatlarining Amir Temur zamonidagi manzarasi yo`qolgandi. Aniqrog`i davlatning zarbi, buyukligi yo`qolgandi. Buni qarang, temuriylarga tobe Ozarbayjon qoraqo`yunliylar qo`liga o`tgan kezlarda Shohrux uch marotaba (1421, 1429, 1434) u yerga yurish qilib o`z hukmini tiklaydi. Lekin har safar orqaga qaytganidan so`ng qoraqo`yunliylar yana Ozarbayjonni zabt qilaveradilar. Bu hol davlat zarbi yo`qolib borganidan dalolat beradi, albatta. Xuddi shunga o`xshash vaziyatni Ulug`bek boshqargan Movarounnahr misolida ham ko`rishimiz mumkin. 1427 yili Ulug`bek lashkari qo`shni Dashti qipchoq siyosiy kuchlaridan mag`lubiyatga uchraydi. Shundan keyin ham ularga qarshi biron-bir jiddiy tadbir qo`llanmaydi. Natijada chegara viloyatlarga tashqaridan tajovuzlar kuchayib boradi. Biz bu bilan Shohrux va Ulug`bek harbiy yurishlar uyushtirib turishlari kerak edi, deb masalani qat'iy qo`ymoqchi emasmiz. Ammo davlat taqdiri uchun javobgar kuchlar o`z zamonasi shart-sharoiti doirasida doimo uning manfaatlarini himoya qilib borishlari kerak, albatta. Davlatning tashqi manfaatlarni himoya qilishdagi sustlik ichki siyosatda ertami-kechmi o`z ta'sirini ko`rsatadi. Buni biz Shohrux o`limidan so`ng yuzaga kelgan vaziyat orqali ham kuzatishimiz mumkin.

Otasidan so`ng Turkiston, Xuroson, Eronni bir markaz ostida birlashtirishga uringan Ulug`bekka omad yor bo`lmadi. Bu tadbirni keyingi temuriylar ham udda-lay olmadilar. Aksincha, kuchli ziddiyat yuzaga keldi. Samarqandda Abu Sa'id (1451-1469), Hirotda Abulqosim Bobur (1452-1457) o`z boshlaricha hukmronlik qilardilar. Temuriy namoyandalar, jumladan, mazkur Abu Said maqsadiga erishish yo`lida o`z xonadonining doimiy raqobatchisi hisoblanib kelgan dashtiqipchoqlik siyosiy kuchlarga suyangan paytlari ham bo`lganini eslatib o`tish joizdir. Albatta, biz bu yerda dashtiqipchoqlik shayboniylarning mashhur namoyandasi Abul-xayrxonni nazarda tutmoqdamiz. Abu Sa'id xuddi mana shu Abulxayrxon yordamida Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq bo`lgan. Ammo yarim asr o`tib aynan Abulxayrxon avlodlari avval Movarounnahrda, keyin esa Xurosonda temuriylar faoliyatiga chek qo`yishini u bu vaqtda xayoliga keltirgan deysizmi!

Xoja Ahror Valiy madadida yurgan Abu Said uchun Abulqosim Bobur o`limidan so`ng Movarounnahr va Xuroson hamda Eron uzra o`z hukmini o`rnatish imkoni tug`ilganday tuyulsa-da, lekin Sulton Husayn Boyqaroning Xuroson taxtini egallashi bilan yana ikki tomonlama ziddiyatga yo`l ochilib kundan-kun oshib borgan. Bu o`z o`rnida umuman temuriylar xonadoni kuchini qirqib borardi. Mana qarang: Movarounnahrda Sulton Ahmad hukmronligi davrida (1469-1494) avval Sayram (1482), keyin Toshkent (1485) Mo`g`uliston xonlari tasarrufiga tushadi, Farg`ona doimiy xavf ostida qoladi. (Keyinchalik Muhammad Shayboniy Samarqandga yurishida Toshkentda o`rnashib olgan xuddi mana shu mo`g`ulistonlik siyosiy kuchlarga qattiq tayangan.)

Xurosonda ham ahvol bundan afzal emasdi. Shohrux o`limidan so`ng harbiy Eron temuriylar tasarrufidan chiqib boshqa bir turkiy sulola - qoraqo`yunliylar qo`liga o`tadi (shu asr 60-yillari oxiridan esa qoraqo`yunliylar o`rnini oqqo`yunliylar egallaydilar). Demak, Sulton Xusayn va uning avlodlarining siyosiy faoliyatlari, aniqrog`i o`zaro kelishmovchiliklari juda tor doirada Xuroson va Sharqiy Eron hududlarida kechgan.

XV asr so`nggi yillari ham Movarounnahrda, ham Xurosonda temuriylar uchun ichki sulolaviy nizolar, kelishmovchiliklar kuchaygan paytlar bo`ldi. Samarqand taxti uchun Abu Said nabiralari Boysung`ur (1477-1499), Sulton Ali (1483-1501) va Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o`zaro kurash olib borganlar (Sulton Ali va Bobur birgalikda Boysung`urga qarshi). Xurosonda esa Sulton Xusayn Boyqaro bir oyog`i Marv va Obivarda, bir oyog`i Astrobodda bo`lib o`g`illari ko`targan isyonlarni bostirish bilan ovora edi. Bu ham yetmaganday Badaxshon hokimi ham ichki nizolardan foydalangan holda Balxga zug`um qilib turardi.

Xullas, Dashti qipchoqda bosh ko`tarib kuchga to`lib kelayotgan shayboniylarning janubga tomon yurishlari arafasida temuriylar xonadoni ichki ziddiyatlar ta'sirida g`oyatda zaiflashib qolgandi. Shayboniylar bunday vaziyatdan ustalik bilan foydalana bildilar. 1501 yili Samarqand, 1504 yili esa Farg`ona ularning tasarrufiga o`tishi bilan Movarounnahr masalasi hal bo`ldi, hisob. 1507 yili Xirot olingandan so`ng esa temuriylar o`zlarining eng yirik siyosiy markazlaridan ayrildilar. Shu yillarga kelib Sirdaryodan hozirgi Afg`oniston markaziy qismlariga qadar bo`lgan mintaqa shayboniylar qo`liga o`tgandi.



Shunday qilib, biz Amir Temur va uning avlodlari faoliyati orqali XIV asr o`rtalaridan to XVI asr boshlarigacha bo`lgan davrda mintaqamizda kechgan siyosiy munosabatlar qisqacha tarixi bilan tanishib chiqdik. Qizig`i va saboqli tomoni shundaki, Amir Temurning hokimiyatga kelishi mamlakatdagi siyosiy boshboshdoqlik va ichki nizolarga chek qo`ygan bo`lsa, uning nomi bilan bog`liq sulola taqdirini oqibatda xuddi shu hol - o`zaro chiqishmovchilik va tarqoqlik hal etdi.

Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi kitobidan.
Download 114,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish