www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
E’tiqodlari uchun ta’qib, o‘lim va vahshiyliklarga duchor qilingan, keyinchalik esa
Ispaniya va Portugaliya katolik hukmdorlari tomonidan quvg‘in qilingan yahudiylar
Usmonli imperiya yerlarida orom-osoyishtalik topganlar. Sulton Boyazid II hukmronligi
davri diniy bag‘rikenglikka yorqin misol bo‘la oladi. U 1492 yilda Ispaniyadan quvg‘in
qilingan yahudiylarni qaramog‘idagi Edirne, Livadiya, Tirxala kabi shaharlarga
joylashtirgan. Hozirgi kunda Turkiyada yashayotgan 25 mingdan ziyod yahudiylar o‘sha
davrda musulmonlar yurtidan panoh topgan yahudiylarning avlodlaridir. Sulton Boyazid
II tomonidan namoyish etilgan mehribonlik va diniy bag‘rikenglik Movarounnahr
hukmdorlariga ham xos narsa edi. Amir Temur saltanatiga qarashli barcha shaharlarda
va qishloqlarda fuqarolarga erkin yashash, o‘z dinlari tomonidan buyurilgan diniy
qonunlar va urf-odatlarga rioya qilish huquqini berib qo‘ygandi.
Jorjtaun universiteti (AQSh)ning din va millatlararo munosabatlar professori Jon L.
Espozito musulmon davlatlari boshqaruvi ostiga o‘tgan yahudiylar va nasroniylar duch
kelgan diniy bag‘rikenglik va e’tibor haqida shunday hikoya qiladi:
“Vizantiya va Fors
yerlarida yashagan va hamisha kelgindi hukmdorlar qo‘l ostida bo‘lgan nomusulmon
jamoalar uchun Islom hokimiyati atigi ma’muriyat almashinuvi bo‘lgan, shu bilan birga
bu hukmronlik murosago‘yroq va bag‘rikengroq edi. Ana shu xalqlarning ko‘pchiligi
musulmonlar qo‘l ostida katta mustaqilikka erishib, soliqlarni ham ancha kam to‘laydigan
bo‘ldilar. Musulmonlarning diniy bag‘rikengligiga kelsak, Islomning yahudiylar va
mahalliy nasroniylarga avvalgi hukmdorlar davridagiga qaraganda, ko‘proq diniy erkinlik
bergan va qadrlagan din ekanligi ma’lum bo‘ladi”.
Islomdagi erkinlik va ulardagi taassubni isbotlash to‘g‘risidagi bu bahsni
tarafkashlikdan xoli buyuk nasroniy olimlardan birining shohidligi bilan yakunlash ma’qul
bo‘lardi. O’n ikkinchi asrning ikkinchi yarmida yashagan Antokiya patriarxi Ulug‘ Mixail
Sharqiy kanisalarning islomiy hukm ostiga o‘tganiga besh asr bo‘lgandan keyin
musulmonlarning bag‘rikengligi, Rumning esa Sharqiy kanisalarni quvg‘in qilishi haqida
so‘zlab shunday deydi:
«Quvvat va jabarutda yolg‘iz bo‘lgan, xohlaganiga berib, tubanni
ko‘taradigan, xohlaganicha bashar davlatini boshqaradigan intiqom ilohi quvvatga
tayangan, kanisalarimizni barcha mol-mulki bilan tortib olgan va rahm-shafqatsiz
azoblarga giriftor qilgan Rumning yomonliklarini ko‘rgan paytda, Janub (Arab
jazirasi)dan Ismoil farzandlari (arablar)ni bizni Rum iskanjasidan qutqarish uchun
yubordi. Bizning Rum shafqatsizligi, ozori, quturishi va bizga qarshi kuchli qat’iyatidan
xalos bo‘lishimiz va o‘zimizni amnu-omonda ko‘rishimiz kichik yutuq bo‘lmadi».
Gustav Lobonning ushbu so‘ziga e’tibor bering: «
Albatta, xalqlar arablardek rahmdil va
bag‘rikeng fotihlarni, dinlaridek samohatli – erkin dinni ko‘rmagan».
Bu so‘z
musulmonlarga insof qilishdan ko‘ra haqiqatga insof qilish emasmi?!.
I
slom hazorasidagi insoniy o‘ziga xoslik tomonlaridan yana biri haqida so‘z ochish
kerakki, bunda ham bu hazora boshqalari aro tanhodir. Go‘zal xulqlilik, ko‘ngilchanlik,
zaiflarga nisbatan rahmdillik, qo‘shni va yaqinlar bilan yaxshi muomala qilish o‘ta
yovvoyi bo‘lgan millatlarning ham tinchlik vaqtida qo‘lidan keladigan ishlardir. Lekin
urushda go‘zal muomala, dushmanga nisbatan ko‘ngilchanlik, yoshlar, ayollar va
qarilarga rahm qilish, mag‘lublarga bag‘rikeng bo‘lishning uddasidan har qanday millat
ham chiqavermaydi. Har qanday urush qo‘mondoni ham bunday sifatlarga ega
bo‘lavermaydi. Zero, qon ko‘rish qonni qaynatadi, adovat esa qahr va g‘azab o‘tlarini
yondiradi. o‘alaba shavqi fotihlarni mast qilib, qasos va intiqom olishdek
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |