www.ziyouz.com
kutubxonasi
28
etardilar. Yahudiylardan ba’zilari g‘arbiy Ovro‘pa davlatlaridagi elchiliklarda xalifalarga
noib, o‘rinbosar edilar».
Rino arablarning Fransa, Shveytsariya, Italiya va O’rta Yer
dengizi orollarida olib borgan yurishlari haqida shunday deydi:
«Musulmonlar Andalus
shaharlarida nasorolarga yaxshi muomalada bo‘lardilar. Shuningdek, nasorolar ham
musulmonlarning his-shuurlarini hurmat qilib, farzandlarini xatna qildirardilar, cho‘chqa
go‘shti yemasdilar».
Islomning siyosat sohasidagi konunlari va tamoyillari favqulodda tinchliksevarlik va
insonparvarlik g‘oyalari asosiga qurilgan. Bu haqiqat musulmon bo‘lmagan ko‘plab
tarixchilar va ilohiyotchilar tomonidan ham tan olingan. Dastlab rohib bo‘lgan angliyalik
tarixchi, Yaqin Sharq tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis Karen Armstrong o‘zining
“Muqaddas urush” (“Holy Way”) kitobida dunyodagi uch ilohiy din tarixini t
adqiq qilib,
quyidagi izohni beradi:
“Arab tilida “Islom” so‘zi “tinchlik” degan so‘zning o‘zagidan olingan. Qur’on urushni
Xudoning irodasiga zid g‘ayritabiiy holat sifatida qoralaydi. Islom muxolif tomonni
yo‘qotishga qaratilgan bosqinchilik urushlarini ta’qiqlaydi.
Islom faqat muqarrar bo‘lib qolgan va himoyalanish uchun bo‘ladigan urushlarnigina
tan oladi va ayrim hollarda ularni odamlarga qilinayotgan haqsizlik va azob-uqubatlarni
tuzatishga qaratilgan ezgu majburiyat sifatida baholaydi. (Ammo) Qur’on ta’lim beradiki,
hattoki, adolatli urush ham qat’iy had - chegaralar hisobga olingan holda, iloji boricha,
insonparvarlik yo‘li bilan olib borilishi kerak. Muhammad (s.a.v.) faqatgina Makka
mushriklari bilangina emas, balki mahalliy yahudiy qabilalari, shuningdek, yahudiylar
bilan til biriktirib, unga hujum qilishni rejalashtirgan Suriyadagi nasroniy qabilalar bilan
ham urushishga majbur bo‘lgandi. Ammo bu holat uning qalbida dushmanlariga nisbatan
nafrat tug‘dirmadi, uni “Ahli kitoblar” (nasroniy va yahudiylarni) la’natlashga olib
kelmadi. Uning musulmonlari o‘z hayotlarini jismonan himoya qilishga majbur bo‘lishdi,
lekin ular o‘z dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yo‘q.
Muhammad (s.a.v.) musulmon qo‘shinlariga boshliq sifatida o‘zining ozod qilingan quli
Zaydni nasroniylarga qarshi urushga jo‘natayotganda, unga Alloh yo‘lida mardona jang
qilishni, ammo insonparvarlikni unutmaslikni buyurgan. Ular diniy xizmatchilarni, rohib
va rohibalarni bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan, notavon odamlar,
ayollar, yosh bolalar, keksalarni nishonga olmas, ularga zarar yetkazmasdi. Ular tinch
fuqarolarni, aholini o‘ldirishmagan, bino va uy-joylardan hech birini vayron
qilishmagan...»
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin musulmonlarga bosh bo‘lib
qolgan “xulofai roshidin” (to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar) ham ozod qilingan o‘lkalarda mahalliy
aholi va yangi ko‘chib kelganlar uchun tinch va xavfsiz xolda ahil-totuv yashash
imkoniyatini yaratib berishgan. Xalifalarning birinchisi – Abu Bakr Siddiq (r.a.) Suriyaga
harbiy yurishga ketayotib, o‘z qo‘shinlariga Qur’oni karimning haqiqat da’vatiga yorqin
misol bo‘lgan quyidagi buyruqni bergandilar:
“Ey insonlar, men sizlarga chin dildan amal qilishingiz lozim bo‘lgan o‘n qoidani
ma’lum qilaman. Ularni aslo esdan chiqarmang va to‘g‘ri yo‘ldan adashmang. Bolalarni,
ayollarni va keksa kishilarni o‘ldirmang. Xurmo daraxtlariga o‘t qo‘ymang va daraxtlarni
kesmang. Tuyalarni, podalarni va boshqa (hayvonlar) to‘dasini o‘ldirmang. Siz o‘zga
ishlar, oxirat dunyosiga xizmat qilish bilan mashg‘ul odamlarni uchratasiz. Shunda ularni
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |