www.ziyouz.com
kutubxonasi
24
Rasuli akramning yuksak insoniy tabiatli diniy erkinlik to‘g‘risidagi ko‘rsatmalariga u
zotdan so‘ng xalifalari ham amal qilishdi. Umar ibn Xattob Baytul Maqdisga fotih sifatida
kirganlarida, u yerning masihiy aholisi shaharda yahudiylar bilan birga yashamasliklarini
shart qilib qo‘yishganda, bunga rozi bo‘lganliklarini yaxshi bilamiz. U zot «Quddus al-
Kubro» cherkovida ekanliklarida asr namozining vaqti kirib qolganda, u yerda namoz
o‘qishdan bosh tortdilarki, keyinchalik musulmonlar buni dalil qilib cherkovni masjid qilib
olmasinlar, deb!
Misr aholisidan bo‘lgan bir masihiy ayol hazrati Umarga hovlisini Amr ibn Os majburan
masjidga qo‘shib olganligi haqida shikoyat qildi. U zot Amrdan bu haqda so‘raganlarida,
shunday javob oldilar: musulmonlar ko‘payib, masjid ularga torlik qilib qoldi. Masjid
yonida esa bu xotinning hovlisi bo‘lgan. Amr uning hovlisiga bir miqdor pul taklif
qiladilar. Pul miqdorini qanchalik ko‘paytirmasinlar, xotin baribir rozi bo‘lmaydi. Bu hol
Amrni hovlini buzib, masjidga qo‘shib olishga majbur etadi. Hovlining puli esa xotin
qachon xohlasa, oladigan qilib, Baytul-molga qo‘yildi. Amr qilgan ishlarida uzrli bo‘lgan
bu holat hozirgi qonunlarimizda ham joiz, deb bilingani holda Umar uning bu ishlaridan
rozi bo‘lmaydilar va Amrga masjidning yangi binosini buzishga va xotinga hovlisi oldin
qanday bo‘lsa, shunday topshirishga buyuradilar!
Diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri barhayot hazora soyasida masjidlar kanisalar
bilan yonma-yon bo‘lishidir. Kanisalardagi din kishilariga diniy va kanisiy ishlarining
barchasida raiyatlari ustidan to‘liq hokimiyat berib qo‘yilgandi. Davlat bu ishlarda ularga
aralashmasdi, balki mazhablari o‘rtasidagi ixtilofli masalalarini hal qilib berishgagina
qo‘shilar va ular o‘rtasida insof bilan hukm etardi. Rum hukmronligi davrida Malkoniylar
Misr qibtlarini quvg‘in qilib, kanisalarini tortib olishardi. Musulmonlar Misrni fath etgach,
qibtlarga kanisalarini qaytarib olib berishdi. Shundan so‘ng qibtlar Malkoniylarning arab
fathidan oldingi qilmishlari uchun intiqom olib, o‘zlaridan keta boshlashdi. Ular buni
Horun ar-Rashidga shikoyat qilishganda, u qibtlar Misrda egallab olgan kanisalarni
qaytarib olishga amr etdi. Malkoniylarning patriarxi murojaat qilgandan keyin ular
Malkoniylarga qaytarib berildi.
Sulton Muhammad Fotihning butun Sharqda pravoslav patriarxiyasi qarorgohi bo‘lgan
Qustantiniyani egallab olgandagi ko‘rinishni hech kim unutmagan bo‘lsa kerak. U o‘sha
kunda barchasi nasroniy bo‘lgan aholiga mollarida, jonlarida, e’tiqodlarida, cherkov va
xochlarida omonda ekanliklarini e’lon etdi va ularni askarlikka olinishdan ozod qildi.
Raislariga esa qonunchilik va qavmlari orasida chiqadigan turli da’volarni davlatning
aralashuvisiz hal qilish huquqini berdi. Qustantiniya aholisi bunda vizantiyaliklar
zamonida ko‘rgan muomala bilan Sulton Muhammad Fotih tomonidan ko‘rgan muomala
o‘rtasida katta farq sezganlar. Chunki vizantiyaliklar ularning mazhabiy ixtiloflariga
aralashar, kanisalarini boshqa kanisalarga tobe’ bo‘lishini afzal ko‘rishardi.
Qustantiniyaliklar millatdoshlari bo‘lgan hokimlar zamonida ham ko‘rmagan bunday diniy
erkinlikdan xursand bo‘ldilar. Hatto, Rum patriarxiga sulton tomonidan hukumat ichra
hukumatga o‘xshash huquqlar berib qo‘yildi va uning jamoasi yaqin besh yuz yil
yaxshilikda hayot ko‘rdi. Ular amalda mustaqil edilar, mustaqilliklariga na qo‘shin va na
mol rahna sola olardi.
Diniy erkinlik ko‘rinishlaridan yana biri – islomiy fathlar vaqtida ko‘pchilik kanisalarda
bir paytning o‘zida musulmonlar ham, masihiylar ham ibodat qilishidir! Payg‘ambarning
(s.a.v.) Najron nasorolariga musulmonlarning yonida ibodat qilishga qanday ruxsat
Islom hazorasi. Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |