Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc


«Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

«Bugun sizlar uchun barcha pokiza narsalar halol qilindi. Kitob 
berilgan kimsalarning taomlari sizlar uchun haloldir va sizlarning taomlaringiz 
ular uchun haloldir... Sizlar uchun mo‘minalar orasidan o‘zlarini haromdan 
saqlagan ayollar va sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalardan bo‘lgan o‘zlarini 
haromdan saqlagan ayollar ham haloldir»
(Moida surasi, 5-oyat). 
8. Odamlar dinlarida ixtilof etsalar-da, bir-birlari bilan go‘zal shaklda, odob doirasida, 
hujjat va qanoatlantirish bilan mujodala etishlari mumkin: «(Ey mo‘minlar), 
sizlar ahli 
Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala – munozara qilinglar»
(Ankabut 
surasi, 46-oyat). Muxoliflarga yomon so‘zlar aytish, agar butparast bo‘lsalar ham, 
e’tiqodlarini so‘kish joiz emas: 
«Allohdan o‘zgaga sig‘inadigan kimsalarni
(butlarini) 
so‘kmangiz! U holda ular hadlaridan oshib, johillik bilan Allohni so‘kurlar»
(An’om surasi, 108-oyat). 
9. Agar ummatning aqidasiga tajovuz qilinsa, aqidaning himoyasi uchun, fitnaning 
oldini olish uchun tajovuzni daf etish lozim: 
«To fitna tugab, butun din Alloh uchun 
bo‘lgunga qadar ular bilan urushingiz!»
(Baqara surasi, 193-oyat). 
«Alloh sizlarni 
faqat dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan 
haydab chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga 
yordamlashgan kimsalardan – ular bilan do‘stlashishlaringizdan qaytarur»
(Mumtahana surasi, 9-oyat). 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
23
10. Agar ummat dinda unga tajovuz qilganlardan g‘olib kelsa, dinlarini tark etishga 
majburlash bilan ulardan intiqom olish va aqidalari to‘g‘risida ularni quvg‘in qilish 
mumkin emas. Ular davlatning sultoni (hukmronligini) e’tirof etishlari va «biznikidek 
huquqqa va biznikidek majburiyatga» ega bo‘lishlari uchun davlatga sodiq 
yashamoqlarining o‘zi kifoya.
Islom hazorasiga poydevor bo‘lgan din erkinligining asoslari mana shulardir. U 
musulmonlarga Allohning barcha payg‘ambar va rasullariga imon keltirishni, ularni 
hurmat va ehtirom-la zikr qilishni, ularning izdoshlariga yomon munosabatda bo‘lmay, 
muloyim so‘zlash, ular bilan aloqada bo‘lish, yaxshi qo‘shnichilik bilan 
mehmondorchiligini qabul qilish va oilalar aralashib, qonlar qo‘shilib ketar darajada 
qarindosh bo‘lishdek go‘zal muomalani vojib etadi. Islom ularning ibodat makonlarini 
himoya etishni, e’tiqodlariga aralashmaslikni, hukmda jabr qilmaslikni, umumiy huquq 
va majburiyatlarda musulmonlar bilan barobar ko‘rishni va hurmatlari, hayotlari hamda 
kelajaklarini musulmonlarning hurmat, hayot va kelajaklari muhofaza etilganidek 
saqlashni musulmon davlatiga lozim qildi. 
Islom hazorasi mana shu asoslarga bino bo‘lgan. Mana shu bilan dunyo birinchi marta 
o‘zidan boshqa dinlarga qarshi taassub etmaydigan, g‘ayri muslimni ijtimoiy amal 
maydoni va ijtimoiy manzilat (daraja)dan quvmaydigan hazora paydo bo‘lganini ko‘rdi. 
Mana shu erkinlik Muhammad (s.a.v.) uning asosini qo‘yib berganlaridan boshlab, to u 
tanazzulga yuz tutguncha, asoslar yo‘q bo‘lib, buyruqlar unutilguncha va odamlar 
dinidan johil bo‘lib, bu mukarram diniy erkinlikdan uzoqlashgunlaricha islomiy 
hazoraning qonuni bo‘lib keldi. 
Payg‘ambar (s.a.v.) Madinaga hijrat qilgan paytlarida u yerda anchagina yahudiylar 
bor edi. U zotning davlat ishlaridagi birinchi amallari ular bilan aqidalarini ehtirom 
qiladigan ahdnoma tuzish bo‘ldi. Unga ko‘ra, davlat yahudiylarni o‘z himoyasiga oladi va 
ular ham o‘z o‘rnida Madinaga yomon qasd qilgan kishilarga qarshi musulmonlar bilan 
bir qo‘l bo‘ladilar. Bu bilan Rasululloh (s.a.v.) islomiy hazoraning ilk urug‘larida diniy 
erkinlik asoslarini tatbiq qildilar. 
Payg‘ambarning (s.a.v.) ahli kitobdan qo‘shnilari bo‘lgan. Ular bilan yaxshi 
qo‘shnichilik qilar, hadya berib, ulardan qabul etardilar. Habashiston nasroniylarining 
vakillari kelganlarida, Rasululloh (s.a.v.) ularni masjidga tushirib, o‘zlari ziyofatini berib
xizmat qildilar. U zot shu kuni bunday deganlar: «Bular ashobimizga ikromli edilar, men 
o‘zim ularni ikrom etmoqni xush ko‘raman». 
Bir marta Najron nasorolari kelganda, ularni ham masjidga joyladilar va unda 
ibodatlarini ado etmoqqa ruxsat berdilar. Ular masjidning bir tomonida ibodat qilishsa, 
Rasululloh va musulmonlar boshqa tomonida namoz o‘qishgan. Ular dinlarini himoya 
qilib, Rasululloh bilan munoqasha etmoqchi bo‘lganlarida, ularni tinglab, chiroyli shaklda 
mujodala qilganlar. Bularning barchasi muloyimlik, odob va go‘zal axloq bilan bo‘lgan. 
Muqavqisning (qibtiylar podshosi) ham hadyasini qabul qilganlar. Uning yuborgan 
joriyasini qabul etib, Ibrohim ismli farzand ham ko‘rganlar. Shundan musulmonlarga: 
«Men qibtlarga yaxshi bo‘lishingizni tavsiya etaman, chunki sizlarda ular bilan nasab va 
quda-andachilik bor», deb vasiyat qilganlar.


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish