Microsoft Word islom hazorasi ziyouz com doc



Download 363,37 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/86
Sana23.06.2022
Hajmi363,37 Kb.
#696356
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86
Bog'liq
Ahmad Muhammad. Islom hazorasi

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
20
hazoradir.
Musulmonlar Misrni fath etgani kelishganda, Bobiliyun qo‘rg‘oni oldigacha borib 
to‘xtashdi. Podshoh Muqavqis musulmonlar bilan muzokara o‘tkazishga rag‘bat ko‘rsatdi 
va ular nimani xohlayotganlarini bilish uchun bir vafd (delegatsiya) jo‘natdi. So‘ng ular 
ham bir vafd jo‘natmoqliklarini so‘radi. Amr ibn Os ularga o‘n kishilik jamoani yubordi. 
Ularning ichida Uboda ibn Somit ham bor edi. Uboda juda qora, bo‘yi uzun kishi edi. 
Hatto, uning bo‘yi o‘n qarich deguvchilar ham bor edi. Amr so‘zlash vazifasini unga 
buyurdi. Ular Muqavqis huzuriga kirgan vaqtlarida Uboda ibn Somit oldinga chiqdi. 
Muqavqis uning qoraligidan qo‘rqib ketdi va: «Bu qorani ko‘zimdan yiroq qiling. Men 
bilan so‘zlashgani boshqa kishi chiqsin», dedi. Shunda vafd a’zolari barobariga: «Albatta, 
bu qora bizning fikr va ilm jihatidan afzalimizdir. U – sayyidimiz, yaxshimiz va 
peshqadamimizdir. Albatta, biz uning fikri va so‘ziga quloq solamiz», deyishdi. Muqavqis 
bunga javoban: «Bu qora sizlarning afzalingiz bo‘lishiga qanday rozi bo‘lasiz, holbuki u 
sizdan tubanda bo‘lishi lozim edi-ku?» dedi. Ular esa: «Hech qachon! Garchi u qora 
bo‘lsa-da, ko‘rganingdek daraja, aql va fikrda afzalimizdir. Bizning ichimizda qorani inkor 
etadigan yo‘q!» deb keskin javob qilishdi. Shunda Muqavqis Ubodaga: «Oldinga chiq, ey 
qora. Menga muloyim so‘zla, men sening qoraligingdan qo‘rqaman», dedi. Uboda 
Muqavqisning qo‘rqinchini ko‘rgach, unga shunday dedi: «Bizning qo‘shinimizda mingta 
qora bor. Ular mendan-da qoradirlar». 
Bu – Islom hazorasining ajoyibligi va insoniyligini ko‘rsatib turibdi... Barcha odamlar, 
hatto yigirmanchi asr kishilari ham qoralikni nuqson, deb biladilar. Ular qorani oqlar 
qatorida bo‘lishga haqli, deb hisoblamaydilar-u, qanday qilib ularni e’zozlab o‘zlariga 
rahnamo qiladilar, fikr va ilmda afzal biladilar? Islom hazorasi kelganida, bu o‘lchovlarni 
yakson qildi. Bu fikrlarni ahmoqona, deb bildi. Ilmini, fikrini, shijoatini afzal bilgan 
paytda oqdan qorani oldinga qo‘ydi. Uboda ibn Somit Islom hazorasi rahnamolik
yo‘lboshchilik martabasiga ko‘targan kimsalardan faqat birginasi edi, xolos. 
Abdulmalik ibn Marvon munodiyga haj mavsumida Makkaning imomi, olimi va faqihi 
Ato ibn Abu Rabohdan o‘zga kishi fatvo bermasligini nido etishga farmon berdi. Bu Ato 
qanday kishi bo‘lganini bilasizlarmi? Qora, bir ko‘zi ko‘r, burni puchuq, shol va cho‘loq 
kishi edi. Kishi undan naf olishini xayolga keltirolmasdi... U minglarcha shogirdining 
qurshovida ilmiy majlisda o‘tirgan paytda go‘yo paxta xirmonida turgan qora qarg‘aga 
o‘xshardi! Bu qora, ko‘zi ko‘r kishini Islom hazorasi odamlar undan fatvo so‘raydigan 
imom, qo‘lida minglarcha oqlar o‘qib, bitirib chiqadigan madrasa qildi. 
Yuzlari qora bo‘la turib, hazora ilm va adabiyot maydonining barchasida ulug‘lagan 
kishilar bor. Ularning qoraliklari shoir Nasibga o‘xshash xalifalarning nodimi bo‘lishdan 
to‘sib qo‘ymadi. Yoki Islom fiqhida mo‘‘tabar manba kitoblar ta’lif etishda faqihlarni ma’n 
qilib qo‘ymadi. Masalan, Hanafiy fiqhidagi «Al-kanz» kitobining shorihi Usmon ibn Ali Az-
Zayla’iy va «Nasbur-raya»ning muallifi Hofiz Jamoliddin Abu Muhammad Abdulloh ibn 
Yusuf Az-Zayla’iylar Habashistonning Zayla’ degan yeridan bo‘lgan qora kishilardir. 
Tarix bilimdonlari to‘rtinchi hijriy asrda Misrga hukmronlik qilgan qora qul Kofur al-
Axshidiydan bexabar emaslar. Unga Mutanabbiy o‘z madh va hajvlarida barhayot umr 
bergan. 
Gapning qisqasi, Islom hazorasi oq bilan qora o‘rtasida unsuriy ayirmani bilmagan. 


Islom hazorasi. Ahmad Muhammad 

Download 363,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish